Möljallangan safarga tadorik

Bugungi sinovli kunlarda dunyoda eng katta zarar körgan sohalardan biri — turizmdir.

Sababi — hammaga maʼlum. Dunyo böylab yoyilib ketgan ofat — pandemiya. Deyarli barça mamlakatlar öz çegaralarini yopdi. Barça avia, temir yöl va boşqa turdagi xizmat körsatuvçi vositalar töxtatilgan vaqtda sayohat qilişni kim ham öylar edi.

Ammo mana, yana sekin-asta köplab davlatlar özaro avia, temir yöl qatnovlarini yölga qöymoqda. Odamlar ham uyidan çiqib, möljallagan uzoq-yaqin safarga oid tadorigini köra boşladi.

Aksariyat davlatlarda turictlarga, birinçi navbatda, kriminal unsurlar xavf solişi eʼtiborga olinib, özini himoya qiliş çoralarini körişi mumkin. Albatta, özini himoya qiliş uçun tiğli anjom sotib olib, yonida olib yuriş şart emas, balki har bir davlatning içki qonun-qoidalaridan kelib çiqib, nazarda tutilgan xavfsizlik  çoralaridan foydalaniş uçun turistlarga ruxsat etiladi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda ham turizmni yanada keng rivojlantiriş, yurtimizga taşrif buyurgan sayyohlarning qadimiy qadamjolar, tarixiy obidalarimiz bilan tanişiş asnosida sölim va betakror tabiat bağrida maroqli dam oliş­lari, şuningdek, yurtimiz milliy urf-odatlari, anʼanalari hamda xalqimizga xos mehr-oqibat, mehmondöstligidan ulgu oliş­lari borasida barça şart-şaroitlar yaratilayapti.

Bu borada 2019 yil 18 iyulda “Turizm töğrisida”gi Özbekis­ton Respublikasi Qonuni qabul qilingaç, çet ellik turistlarning xavfsizligi davlat tomonidan kafolatlandi.

Buxoro, Samarqand, Xiva, Qöqon, Şahrisabz va boşqa şaharlardagi tabarruk obidalar xorijlik mehmonlar ongida öta yangi muhit yaratişini hisobga olsak, ularning bemalol kelib-ketişlariga, albatta, töliq şaroit yaratib berişimiz lozim. Ana şunda Özbekiston xavfsiz hudud, tinç va işonçli mamlakat maqomini oladi.

Albatta, turistlarning xavfsizligini taʼminlaşda Özbekiston IIV faoliyati alohida örin tutadi. Sayyohlik majmualari va qiyofasini asraşda,  hududlarda, birinçi navbatda, mahalliy va xorijdan kelgan odamlarning içki tartibini saqlaş, turistlarni juzʼiy tahdidlardan, agar bor bölsa, xabardor qiliş, şu­ningdek, ularning soğliqlarini himoya qilişda “Tez yordam” xizmatini sifatli yölga qöyiş alohida ahamiyatga ega.

Temir yöl va havo transport infratuzilmalarida xavfsiz xizmat turi joriy qilinmoqda. Prezidentimizning 2019 yil 6 martdagi sohaga taalluqli qaroriga binoan xavfsiz turizmni taʼminlaş konsep­siyasi bosqiçma-bosqiç Toşkent şahri, Toşkent viloyati va Surxondaryo viloyatiga tatbiq etilayapti.

IIVda transportda xavfsizlikni taʼminlaş Boş boşqarmasi taşkil etilgani bunga misol. Boşqarmaning asosiy vazifasi — temir yöl va havo transporti, avtoulov, metropoliten obʼyektlarida jamoat tartibini saqlaş hamda huquqbuzarliklarning oldini olişdan iborat. Ötgan yildan eʼtiboran ixtiyoriy ravişda xohlovçilarga turistlarning avtotransportlarda harakatlaniş vaqtida kuzatib boriş hamda nomoddiy va madaniy meros obʼyektlarida jamoat tartibini saqlaş bö­yiça pulli xizmatlar körsatişga ruxsat etildi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda turistik marşrutlarni sertifikatlaştiriş işlari olib borilmoqda. Şu bois xorijdan taklif etilayotgan va mahalliy turistik firmalarning vakillari xavfsizlik bö­yiça qonunda belgilangan tartibda nazoratdan ötkaziladi.

Ayniqsa, yuqorida aytganimizdek, dunyoni larzaga solgan koronavirus pandemiyasi mamlakatimizga ham öz salbiy taʼsirini körsatayotgan bir davrda kasallanişning çetdan kirib kelişini oldini oliş maqsadida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qiliş, karantin talablari taʼminlangan holda turizmni yölga qöyiş çoğida, har qaçongidan ham, sohada yangiça işlaşni taqozo etadi.

I. Bekçanov,

Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi

öquv Markazi öqituvçisi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan