Kitoblar “qamoq”dan çiqarildi

Yaqinda olamdan ötgan, iqtidorli jurnalist Qurbon Eşmat bilan uning ölimidan 10-15 kun oldin telefon orqali boğlangandim, mening asarlarim haqida yozajak maqolasining sarlavhasini aynan “Olim böri sudlanmadi, maʼnaviyat sudlandi…”, deb boşlaganini ayt­gandi. Afsus, maqolani özi oxiriga yetkazolmadi. Bölib ötgan voqeani esa özim qalamga olişga jazm etdim.

Aziz birodarimizni Alloh rahmatiga olgan bölsin.

2020 yil yanvar oyida Toşkent şahar Yunusobod tuman maʼmuriy sudi majlisida sudya S.Qöçqorov raisligida körib çiqilgan iş yuzasidan qilingan xulosada şunday deyiladi: “Aniqlandi. O.Böriyev 2016 yil fevral oyida “Bilim va intellektual” naşriyoti vaqtinça iş boşqaruvçisi I.Abdullayev va boşqalar bilan birga diniy kitoblarni çiqarişga litsen­ziyasi bölmay turib, diniy mazmundagi “Ikki asr ijodi” kitobini qonunga xilof ravişda çop etişadi. Şuningdek, O.Böriyev 2017 yil oxiri 2018 yil boşida Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot rahbari T.Qöyliyev bilan birga litsenziyasi bölmagan holda “Şohnoma” nomli diniy kitobni çiqarişadi. 2018 yilda yana litsenziyasi bölmasa-da, “Ikki asr ijodi” diniy kitobini çiqarişadi. 2019 yilda esa “Kamalak press” naşriyotida “Masnaviyi nur” diniy kitobini çop etişadi”.

Afsuski, bir tomonlama körilgan iş holatidan kelib çiqib, sud yuqorida tilga olingan kitoblarni “yöq qiliş” haqida qaror çiqardi.

Hazrat Nizomiy: “Kelur oltmiş tolursan öltirişdan, yetar yetmiş çiqar aʼzoying işdan va gar yuz yil yaşa, bir kun hayotdan ketursan uşbu dilbar koinotdan”, degan ekan. Inson farzandi bu dunyo­­da omonat, vaqtinça ekanligini ang­latib, dilga taskin beradi Nizomiy hazratlari oxiratni esdan çiqarmaslik, birovga zulm qilmaslik, yaxşilik qilişga undaydi. Biroq xalqning maʼnaviy mulki bölib qoliş ehtimoli bor kitoblar ustidan çaquv yozuvi uyuştirib, yöq qiliş pa­yida bölgan şaxslar oramizda borligidan açinasan kişi.

Mening kitoblarimga qöyilgan ayb ğaraz niyatli kişilarning işi böldi. Baxtimizga tuzum özgardi, Şavkat Mirziyoyevdek adolatli Yurtboşimiz Özbekistonni yangitdan taraqqiy ettiriş borasida oçiqlik va oşkoralikni boş maqsad qildi.

Prezidentimiz şaffoflikni taʼminlaşga qaratgan eʼtibori sabab Inson huquqlari böyiça Özbekiston milliy markazi rahbari Akmal Sai­dov Oliy sudga işonçli va asosli xulosa berdi. Şundan söng, tunu kun qilgan mehnatim evaziga yuzaga kelgan tört kitobim biroz keçikib bölsa-da yoruğlik kördi. Mazkur masala Özbekiston Res­publikasi Oliy sudining maʼmuriy işlar böyiça sudlov hayʼatida sudya Ş.Saidov raisligida qaytadan körib çiqildi. Kitoblarning yozilişidan tortib, naşriyotlarda çop etilişi jarayoni örganildi.

Açinarli tomoni, öz vaqtida uşbu masala yuzasidan maʼmuriy sud tomonidan diniy taşkilotlarga mutasaddilarning ekspertiza xulosasini olişga yuborilgan sörovnoma natijasiz qolgani böldi.

Aslida “Şohnoma” davlat buyurtmasi bölib, Alişer Navoiy nomidagi Til va adabiyot universiteti va Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tavsiya xati bilan çop etilgandi.

Men kitoblarim olib ketilgandan söng köplab tegişli idoralarga murojaat qildim, naf bermadi. Ittifoqo, Yurtboşimiz Akmal Saidov nomzodini Oliy Majlis Qonunçilik palatasi raisining birinçi örinbosarligiga tavsiya etayotib: “Akmal Xolmatoviç Inson huquqlari böyiça köplab fuqarolarga yordam berdi”, degan gapi yodimda qolgandi. Yaxşi niyat bilan, tavakkal qilib, huzuriga bordim. Alloh işimni oson qildi. Masalaga u kişi oydinlik kiritdi.

Agar avvalroq sohaga daxldor idora va taşkilotlar ham bu borada ozgina eʼtibor qaratişganida edi, men bunça sarson bölmasdim. Özbekistonda adolat ustuvor, lekin öz huquqingni himoya qiliş oson emas, degani rostga öxşaydi.

Istiqlolning yangi poğonasida, yangilanayotgan Özbekiston ostonasida turibmiz. Hali heç bir xalq rahbari Prezidentimizçalik öz vatandoşlarini kitobxonlikka tarğib qilmagan edi. Ustoz hazrat Abdurahmon Jomiy: “Kitobxonlik bu olamda saodat, kitobxonlikni doim ayla odat”, deganlar. Davlatimiz rahbarining kitobxonlikka eʼtiboridan ilhom olib, şaxsiy jamğarmam va obuna qiliş yöli bilan Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa” asarini ham tavakkal qilib, çop ettirişga jurʼat qildim.

Söng 2018 yil “Ikki asr ijodi” kulliyotimni çop ettirdim. Har ikkala kitobga akademik Aziz Qayumov söz boşi yozgan, masʼ­­ul muharrir bölgan. Bundan taşqari, Ğafur Ğulom NMIU da “Şohnoma” epopeyam ham ustoz Aziz Qayumov sözboşisi va masʼ­­ul muharrirligida bosilib çiqqandi. Mazkur kitob “Özbekistonnoma” nomi bilan Alişer Navoiy nomidagi Til va adabiyot universiteti va Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi şeʼriyat kengaşi tavsiyasi bilan davlat hisobidan naşr etilgani men uçun katta mukofot bölgandi. Biroq asar uç ming yillik Vatanimiz tarixi va buguniga oid bölgani uçun nomini “Şohnoma” deb, özgartirganman.

2019 yilda “Kamalak press” naşriyotida “Qurʼonnoma” (Qurʼoni karim maʼnolari tarjimasining mazmuni) va “Masnaviyi nur” (Qurʼoni karim tarjimasining nazmiy tafsiri) Şayx Abdulaziz Mansur sözboşisi va masʼ­ulligida, Diniy idora fatvosiga asosan ulamolar taqrizi bilan çop etilgan. Törtala kitob ham Yurtboşimiz taʼkidlagan hikmatomuz ğoyalarni tarannum etuvçi, xalqimizga kerakli tarixiy-maʼnaviy, diniy manbalarning nazmiy ifodasi ediki, kam nusxada qimmatbahoda sotilgani bilan öz xaridoru muxlislarini topdi.

Xullas, mening sörovim yerda qolmadi. Özbekiston Respublikasi Oliy sudining maʼmuriy işlar böyiça sudlov hayʼati işni xolis örgandi, kerakli xulosani berdi. Maʼmuriy sudlov hayʼati qarorida şunday de­yiladi: “Yunus­obod tuman maʼmuriy sudining 2020 yil 27 yanvardagi qarori va Toşkent şahar maʼmuriy sudi kassatsiya ins­tansiyasining 2020 yil 3 martdagi qarori özgartirilsin. Sud qarorlari bilan aşyoviy dalil sifatida olingan 100 dona “Ikki asr ijodi”, 70 dona “Şohnoma”, 81 dona “Qurʼonnoma” va 75 dona “Masnaviyi nur” nomli kitoblar tegişli tartibda “yöq qiliş” qismi bekor qilinsin”.

Eng asosiysi, aşyoviy dalil sifatida olingan kitoblar diniy ekstremizm, fundamentalizm va qonun bilan taqiqlangan boşqa diniy oqimlarning ğoyalarini tarğib etuvçi kitoblar emas, aksinça, akademik Aziz Qayumov, din arbobi Şayx Abdulaziz Mansur va Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi milliy markazi direktori, akademik A.Saidovning mazkur kitoblar kitobxonlar uçun foydali ekanligi töğrisidagi xulosalar sud hukmlarining adolatli qaror topişida muhim manba böldi.

Adolat qaror topdi. Kitoblarimni 2020 yil 18 avgust kuni keltirib berişdi. Bu kitoblar bir yilu bir oy «qamoqda» saqlandi.

Lekin ötgan bir yillik azob menga qança maʼnaviy va moddiy zarar keltirdi, buni bir men va Xudo biladi. Muhimi, adolat qaror topdi. Dilimni ezgan ğam qoronğuligi örnini sevinç quyoşi nurlari zabt etdi. Adolat tantana qilişining özi “salla desa, kalla keltiradiganlar”ga munosib jazo, deb öylayman.

Olimjon Böriyev.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan