Tönğiç botir

Muallif haqida: Alişer Fayzullayev — 1988 yilda Navoiyda tuğilgan. ÖzMU jurnalistika fakultetini tamomlagan. Uilyam Saroyanning hikoyalar töplamini, Lotin Amerikasi adabiyoti namunalarini tarjima qilgan. “O`zbekiston” naşriyotida işlaydi. “Soyasini boqqan kişi” deb nomlangan tarjima kitobi naşrga tayyorlanmoqda.

  1. Bolalik – sokin xotira

Bolaligim yomon ötmagan. Poytaxt-viloyat yönalişidagi transportlarni kutiş bilan ötdi u. Qiş­loğimda meni “quruq” deyişsa, şaharlik bolalar uçun “qişloqi” edim. Ana şunday “tuyaquş” hisoblanardi biz kabilar. Şuning uçunmi, “dom”imiz bolalari boşqalarga qöşilmas, alohida öynardik. Darvoqe, biz yaşaydigan köp qavatli uyning farqi ham şu, u viloyatlik isteʼdodlar oilalari uçun atay qurilgan.

Menga u qiz yoqarmidi? Bilmayman. Ammo bobom uning qaysidir fazilatini köra bilgan, doim “Şu qizni senga olib beraman”, derdi. Bir safar ikkovimizni bozorga olib borgani, muzqaymoq olib bergani yodimda. Mana, oradan köp yillar ötdi, bobom vafot etganiga ham ança bölgan. Qiz esa maktabni tugatiboq qişloğiga uzatilib ketdi.

Hali bolamiz. Kimningdir tuğilgan kunida yiğilgandik. Ovqatlanganmiz, dunyoni unutib öynar, öyinçoqlarga özimizça jon baxş etardik. Öşanda u uyga aylangan yemak stoli ostida menga “muhim” gaplarni ayta ketgan: maktab, dugonalarining ğayirligi, yaqinda qöşni uyga köçib kelgan Anvar… U sözdan heç töxtamas, ora-sira közlarimga qarab yuziga tuşgan tim qora soçini qöli bilan quloği ortiga ötkazib qöyardi. Nihoyat, meni yaxşi körişini ham qistirib ötdi. Bu bolalarça xayol, kör-körona qaytariq, beğubor iştiyoqdan özga narsa emasdi. Nima bölganda ham, şunday voqealar xotirada butun umr saqlanib qolarkan.

Mana u — qarşimda, yozuv stolida daftarga kömilib nimadir qoralayapti. Meni payqadi çoği, közlarini daftardan uzib menga tikdi. Endi eʼtibor qilibman, u bolasiningmi, ukasiningmi uy vazifasini bajarib berayotgan ekan. Unga halaqit bermaslik uçun boşqa xonaga çiqdim.

  1. Ğalati ösimlik

Bu xona xuddi özimnikidek: 3 ga 4. Ammo içidagi jihozlar boşqaça, kiraverişda tizilgan şkaf xonani kiçikroq körsatar, örtada esa ikki kişilik yotoq bor va unda… çalqança yotgan ukamni kördim …

Ukamning sönggi kunlarini yaxşi eslayman, juda noziklaşib qolgan, heç qayerga öngarilmay yotar, sal qöl tegişi ham joniga azob berardi. Suyaklari mörtlaşib oyoği sindi, bir tarafga yotaverganidan tanasini yotoqyara ilma-teşik qilib taşlagan, heç bitmasdi. Ota-onam undan kam azoblanmas, dadam dardini içiga yutar, onam tez-tez yiğlab olar, baʼzan Xudodan uning jonini oğritmay olişini sörardi. Singlim akasiga mehribon, men esa ukamning közlariga qaray olmasdim. Uning közlari… nimadir demoqçi, söramoqçidek iltijoli tikilardi. Uyda boşqa birov qolmagan payt uning oldiga borib gapirar, javob qaytaradi deb işonardim. U indamasdi, şiftga tikilib yotaverardi… Men esa yiğlagudek bölib xonadan çiqib ketardim.

U 18 da edi. Yangi telefon olgan, duç kelgan narsani rasmga tuşirib yurgan paytlarim. Singlim ukamni suratga olişimni söradi. Oldim. Oradan uç kun ötib ukam 18 yillik darddan foriğ böldi.

Bozorda işlardim. Yakşanba, tong­gi sakkizlar. Otam qönğiroq qildi. “Öğlim, ukangning mazasi yöq. Uyga tez qayt!” Uning ovozi titrar, juda zaif, dardçan eşitildi. Köng­limni xavotir çulğadi. Yarim soatlarda işimni tugatib uyga çopdim. Yölakda otam turardi. “Ukangdan ayrilib qoldik, bolam…” Xuddi hiqiçoq tutgandek özimni töxtata olmas, yiği böğzimdan otilib çiqardi.

U butun tanasi bilan yuqoriga intil­yapti. Umri yotoqda ötgan, jilla qursa hozir yotoqdan kötarilmoqçidek iltijoli tikildi. Uni kötarib yotoq tepasidagi arğamçiga yotqizdim. Ukam jilmaydi, söng şarpadek yöqoldi.

Men polga, şundoqqina gilam ustiga çözildim. Endi ruhim ança yengillaşgan, parvozdagi quş kabi qöllarimni yoyib şiftga tikilgança kulardim. Tösatdan ğöldir-ğöldir tovuş keldi, qarasam karavot ostidagi qutilarga jon kirgan, suhbat avjida. Diqqat bilan eşitsam, gap xonadon egasi haqida. Qutilar bir-biriga gal bermay uning qanday yaxşi inson ekani, xuşfeʼl, oliyjanob, işining fidoyisi, ustaçiligi, qölidan ötgan poyabzallar, matematik, geometrik tahlillarda ham yuqori sifatli deb topilganligini taʼkidlaşardi. Menga bu odam tanişdek tuyular, ammo ismini heç eslay olmasdim. Bir quti şuni tuyulgandek, bor ovozda allaqaysi tramvay uning nomi bilan atalişini aytdi. Oxiri bu yerda tinçlik bölmasligini tuşunib, örnimdan turdim.

Boşqa xonaga çiqdim. Bu boyagisidan kattaroq, namxuş va qoronğu. Xona örtasida kattaligi çaqaloqdek keladigan allaqanday notaniş ösimlik bor. U tanasini nurga tutmoqçi, ammo bir qatim nur topolmay ovora. Içimdagi kimdir uni suğurib taşlaşni buyurdi. Könglim xira tortdi-yu içimdagi ovozga qarşi bormadim. Şunda ösimlik bilan birga atrofimni örab turgan devorlar ham yöqoldi. Atrof çaroğon, özim esa adirlikda turibman.

  1. Alvido umidlar…

Ilgari bunday joyni körmaganman: qator dölana-yu bodomlar umidvor kökka köz tikişgan, pastdagi yaylovda ot uyuri ötlab yuribdi, yuqoriroqda esa buloq. Suv öziga yöl oçarkan, beçora adir yuzida çandiq qoldirgan. Osmonda Boboquyoş barçaga birdek mehr ulaşadi. Musiçani yodga soluvçi kökqarğa va qaldirğoçlar samoni töldirgan.

16-bolalik bilan xayrlaşiş paytim bölgan. Maktabni tugatib litseyga hujjat topşirdim. Öşa kezlar özimni tökis yigit hisoblagandirman, ammo tan olişim kerak, hali ham gödak edim: bolalarça öylar, bola kabi tizginsiz xayollar oğuşida suzar­dim. Bu köhna olam atayin men uçun yaratilgandek, mening tuğulişimni kutgandek tuyulaverardi. Şunda özim xohlagan litsey imtihonlaridan yiqilib öqişni boşqa litseyda davom ettirişimga töğri keldi. Ahamiyat ham bermadim, tezda önglanib oldim. U yerda bir qança yaqin döstlar va Uni topdim. U haqida öylasam, könglimni qorişiq hislar bosadi.

Vaqt baʼzan şu qadar tez harakatlanarkanki, ortingga qaraşga ulgurmay qolarkansan. Köz oçib yumgunça 23 daman. Qalbimni ulkan böşliq, qora öra öz domiga tortgan, ongimni xira xayollar, puç orzular egallagan. Şu holimga özim befarq, özim beeʼtibor ketib boraman. Kim biladi, ehtimol öşa tubsizlikning qora iskanjasiga özimni manguga topşiriş oni yaqindir. Asta piçirlayman: alvido umidlar… Alvido orzular… Xayr, xuş qoling!

Öylarim nigohim sançilgan moviy osmonga böylar, öpkamga tiniq, xuşhavo tiqilardi. Keyin men tomon bostirib kelayotgan odamlarga közim tuşdi. Qöllarida panşaxa, ketmon, bel kötarib olişgan, közlarida qahru ğazab uçquni porlaydi. Nima gap­ligiga tuşunib yetgunimça, ulardan biri toş otdi. Qoçiş kerak!

  1. Poyga

Men qoçdim, ortimdan esa şafqatsiz olomon quvardi. Orqaga qarayman: ayol-u erkak orasida bolalar ham bor, balki ular voqea oxiriga, qonli nihoya­ga qiziqişayotgandir?!

Bolaligimdan yolğonga örgangandim, baʼzan gunohimni yaşiriş uçun, baʼzida nimagadir erişmoq uçun. Keyinçalik bu ruhimga singib ketdi, har gapim yolğonga aylanib boraverdi. Va nihoyat, atrofimdagilar menga işonmaydigan darajaga “erişdim”. Rost sözimni himoya qila olmagan paytlar qattiq jahlim çiqar, göyo bunga yonimdagilar aybdordek tuyu­lardi. Asl aybdor — özim. Mana bu olomon-çi, u nima istaydi? Nega közi qonga tölib meni quvadi? Kimga qanday ozor berdimki, bu qadar darğazablar? Nahot, meni öldirişni öylaşyapti?!

Şovqindan uyur ham xurkib ketdi çoği, borgan sari tuyoq tovuşi yaqinlaşib, otlar paydo böldi. Ular ham men kabi anavi ayovsiz va beşafqat odamzotdan qoçyapti. Yonimda yugurib borayotgan bir böz ot xuddi yelkamga çiq, degandek boşini silkib-silkib qöydi. Men uçun bu tulpor qutqaruv kemasidek edi, öylab ham ötirmay uning yoliga yopişdim. Köp ötmay atrofim butkul özgardi, men tulporimning qordek oq böynidan quçgança oldinga intilar, loçindek uçardim. Quloğimga dalda qiçqiriqlari eşitildi: “Bölaqol”, “Yana ozgina qoldi… Böşaşma!”, “Sen uddalaysan, öğlim!” Va men… qandaydir marrani kesib ötdim. Yon-verim gulga tölgan, qarsak-u olqiş ovozi olamni bosgan, karnaylardan esa men va yana ikki yigitning poygada peşqadamlik qilib, yurt şarafini himoya qilgani, farzandlik burçini oqlagani baralla aytilardi. Böz otdan tuşdim, ortga qaradim. Haligi yigitlar ança yoş, biri qora, biri malla otni yetaklab menga ergaşmoqda. Oldimizdan gul tutgan olomon peşvoz çiqdi.

  1. Men Tönğiç botirman!

Odamlar orasidan bir bola ajralib çiqib, menga allaqanday kökrak nişoni taqib qöydi. Havas bilan qaradi, nigohida orzumandlik, xayolparastlik balqib turibdi. Qölimni qisib qöyib, darhol çetga ötdi. Ortidan örta yoşlardagi kişi (körinişidan kattaroq mansabdorga öxşaydi) çiqib keldi, tabriklab yelkamga qölini taşladi, keyin allaqanday quvlik bilan dedi:

— Sen kim eding?!

— Men Tönğiç botirman…

Beixtiyor oğzimdan çiqib ketgandi bu. Yodimga ukalarim tuşib, takror aytdim:

— Yolğiz qolgan Tönğiç botirman!

Bu qadar oğir uyğonmagandim. Quloğimdan yelkamgaça igna sançilgandek simillab oğrir, butun tanam terga botgan, tomoğim qaqrab, yuragim qafasdagi quş kabi pitirlar, ongimda esa bir narsa aylanaverardi: “Men Tönğiç botirman! Tönğiç botirman…”

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan