Töğrilangan kovuş va oçilmay sölgan gul fojiasi
(Ötmiş hikoyalaridan)
Maşhur adib Sadriddin Ayniy öz “Esdaliklar”ida Mulla Burhon degan dösti aytib bergan bir sarguzaştni keltirib ötadiki, bu — bir tarafdan kulgili, ikkinçi tomondan esa nihoyatda açinarli. Quyida öşa hikoyani keltirib ötmoqçiman.
Adibning yozişiça Buxoro madrasalaridan birining talabasi bölgan Mulla Burhon bir yili yozgi taʼtil paytida öşa davrga xos — tasavvuf odati böyiça biror xilvat joyda qirq kun “çilla” ötirib, bu dunyoning taşvişlaridan xoli bölmoqçi va şu bilan birlikda madrasada ötilgan darslardan ulgurmay qolganlarini takrorlab özlaştirib olmoqçi böladi. Qaşşoq talaba uçun unga heç bölmasa tekin ovqat topiladigan şunday joy kerak edi. Tanişlari buning uçun şahardan bir neça çaqirim narida Qizilqum tepaliklari orasida joylaşgan Xöjaöbon mozoristonini maslahat köradilar. Aytişlariça bu mozorga tevarak-atrofdan ziyoratçilar köp kelib, nazr-niyoz va yegulik narsalar keragidan ortiqroq tuşar, mulla Burhondek qaşşoq talaba qirq kun emas, bir yil tursa ham oziq-ovqatdan heç kimga oğirligi tuşmas ekan. Buni eşitgan Mulla Burhon Qizilqum sahrosining qum barxanlaridan oşib yöl bosa-bosa öşa Xöjaöbon mozoristoniga yetib boribdi. Mozoristonning şayxi va mutavallisi yetmiş yoşlardagi yöğon gavdali, qorin solgan va yozuvçining taʼrifiça “yuzi kunda ikki marta tuğadigan tovuqning yuziday qip-qizil” bir odam ekan. Mulla Burhon unga öz maqsadini bayon qilib, şu yerda qirq kun “çilla” ötirişga ruxsat sörabdi. Şunda mutavalli rozi bölganday bölibdi va:
— Agar hazrati buzrukvor sizni öz dargohlarida turişingizni istasalar qirq kungina emas, qirq xafta tursangiz ham biz faqir xizmatdamiz, — debdi. Bu gapni eşitgan Mulla Burhon: “Agar hazrati buzrukvor men kabi ilm tolibi bölgan bir qaşşoqni istamasa kimni ham istardi”, — deb köngli töq bölib xonaqohdagi çillaxonada “çilla”sini boşlabdi. U “çilla” ötirganining uçinçi kuni keçasi sahar uyqudan turib taşqariga çiqmoqçi bölsa eşik oldida öz kovuşining ketişga oldindan tayyorlab qöyilgandek — töğrilab qöyilganini köribdi. Bu iş bir neça marta takrorlangaç şu yerni supirib yuruvçi farroşga:
— Birodar, rahmat, ovora bölib mening kovuşimni töğrilab meni xijolatda qoldirişingizga hojat yöq edi-ku… — debdi.
— Men sizning kovuşingizni töğrilab qöyganim yöq, — debdi farroş.
— Unda… Kim töğrilab qöyayapti? — deb sörabdi Mulla Burhon.
— Xöjaöbon hazratlari, — deb javob qilibdi farroş qabrga işora qilib.
Bu javobdan mulla Burhon ajablanibdi, ammo bu yerda qandaydir bir “sir” borligini sezib:
— Nahotki şunday uluğ zot menday beçoraga şu qadar uluğ iltifot körsatsalar? — debdi.
— Yöq, aksinça. Şayx buzrukvor kimni öz dargohlarida turişini istamasa uning kovuşini töğirlab qöyadilar, — debdi farroş.
Mulla Burhonning quloğiga bu dargohda faqiru beçora kişilarning uç kundan ortiq tura olmasliklari haqidagi gaplar çalingandek ekan. U farroş bilan bölgan suhbatdan keyin buning sirini anglagandek bölibdi va öşa keçasi yarim tunda turib çillaxonadan çiqib mehmonxona, ayvon va boşqa joylarda uxlab yotgan mehmonlarning kovuşlarini töğrilab qöyibdi va özi tinçgina uyqusini uribdi. Ertalab turib mozorga ziyoratga kelgan ne-ne mehmonlar “Şayx Xöjaöbon bizni öz dargohlarida turişimizni istamabdi”, deb qayğuga çömib jönab ketişayotganliklarini köribdi. Mulla Burhon tomonidan “kovuş töğrilaş” bir neça bor takrorlangaç, tevarak-atrofda “Xöjaöbon hazratlari heç kimni öz dargohlariga qabul qilmay qöyipti”, degan ovoza tarqalib ziyoratçilarning oqimi ozayib, bora-bora heç kim kelmay qöyipti. Bir keç mutavalli uning huzuriga kirib kelib va:
— Mulla, kovuşlarni töğrilab qöyiş vazifasini öz gardaningizdan soqit qilib buzrukvorning ixtiyorlariga qöysangiz, — deb yalinibdi va unga “xamir uçidan patir” deganday qoğozga öralgan ançagina pul uzatibdi. Şayx unga yaqin kelib gapirganida uning oğzidan şarob hidi anqib turganini ham sezibdi.
— Xöp böladi, — deb uning taklifiga rozi bölibdi Mulla Burhon.
Şu-şu mutavalli uni tinç qöyibdi va Mulla Burhon öz “çilla”sini bemalol davom ettirib, darslarini takror qilişga tuşibdi.
Ammo Xöjaöbon mozoristonida yana yangi, butunlay boşqaça voqealar yuz beribdi. Mulla Burhonga çoy, oziq-ovqat keltirib turadigan yoşgina xizmatkor qiz bir kuni öz bekasi — mutavallining böy yetgan qizini boşlab kelibdi. U nihoyatda çiroyli, dono ekan, adabiyotga, şeʼr-ğazal yozişga qiziqar ekan, şu xususda Mulla Burhondan maslahatlar sörabdi. Ular örtasida işq-muhabbat paydo bölibdi, qiz bilan xilvatda tez-tez uçraşib turişibdi. Qiz juda aqlli, hayoli ekan, u doim odob saqlagan holda Mulla Burhonning ham odob-axloqni zarraça buzişiga yöl qöymabdi. Qiz bu uçraşuvlarda boşiga tuşgan oğir qismatni yigitga sözlab beribdi. U yigirma sakkiz yoşga kirsa ham hamon turmuş qurmagan ekan. Bunga — ularning xöjalar avlodidan ekanligi sabab ekan. Qizning mehribon onasi vafot etgaç otasi boşqa xotinga uylanibdi, ögay ona uni xörlab, azob beribdi, hatto “ğazal öqigan qiz buzilib ketadi”, deb kitob öqişga ham qöymabdi. Ögay ona ölgaç qiz otaning hukmronligida qolibdi, u johil ota zulmidan qutiliş uçun hatto qari çol bölsa ham erga tegib ketişga rozi ekan, ammo xöja zotidan er çiqmas ekan. Uning birdan-bir hamrohi va ovunçoği şu ön ikki yoşli xizmatkor qiz ekan, ammo otasi şu norasidaga ham köz olaytira boşlabdi. Qizning azob-uqubatli hikoyasidan yuragi açigan Mulla Burhon unga yordam bermoqçi, özi uylanmoqçi bölibdi va mutavallidan:
— Agar qizingizga xöja bölmasa ham biror mulladan sovçi kelsa berarmidingiz? — deb sörabdi. Mutavalli bunga rozilik berganday bölibdi. Mulla Burhon şaharga kelib bir taniş mullani öz nomidan sovçi qilib yuboribdi. Ammo johil ota öz fikridan qaytibdi va qizini faqat xöja zotiga berişni aytibdi. Sovçi bölib borgan odam qayta-qayta qistayvergaç, mutavalli qizi uçun juda katta miqdorda qalin puli va boşqa mol-dunyo sörabdi. Buni eşitgan beçora Mulla Burhon bir tarafdan qizning ayançli ahvoli, ikkinçi tomondan özining qaşşoqligidan ökinib qattiq kasal bölib qolibdi, huşidan ayrilayozibdi, beş oy deganda öziga kelibdi. Şu orada u Xöjaöbondan mutavallining qizi “jinni bölib özini osib öldirgani”ni, mutavalli qizining qirqi ötar-ötmas öşa ön ikki yaşar qizni öziga nikohlab olganini, u qiz ham nikohning uçinçi kuni jinni bölib: “Jonim poşşa opam, meni mutavalli bobomning qöllaridan qutqaring!” deb dod solib, mutavallining qizi osilgan joyda özini osganligini eşitibdi…
Muxtor Xudoyqulov
