«Kim zör?»

Dunyoda eng yomon odat… nima, bilasizmi? Tarrakday qotib yotgan odamni tuyqusdan uyğotiş! Ordona qolgurning tovuşini öçirmagan ekanman, quloğimning ostida varanglab ketsami. Seskanib uyğondim-u ön ikkinçi qavatdan otgilarim keldi. Asfaltga tuşib, abjaqqinasi çiqib, soçiliblar ketmaydimi!

— Kunning qizili botmasidan katagingga kirib opsan-da? — Parpining ovozi eşitildi. — Bizning tovuqlar haliyam hovlida qaqaqlaşib yuribdi.

— Keça işdan keçroq qaytgandim…

— Sen beçoragayam qiyin. Iş-iş deb ölasan-ketasan bir kuni.

— Sen-çi? Bu dunyoga ustun bölişga litsenziya olganmisan?

— Mayli, bilganingdan qolma, — dedi tovuqlari haligaça hovlisida qaqaqlaşib yurgan oşnam. — Olimman deb kerilgunça, bir savolga aniq javob ber.

— Xöş?

— Putin zörmi — Tramp?

— Tuşunmadim. Nima deding?

— Karmisan? “Putin zörmi — Tramp?” deyapman.

“Poşöl…” deb örisçalab sökib yuboray desam, tilim qisiq: ötgan asrda ön yil birga öqiganmiz. Taqdir “sinf­doşlik”, degan köz ilğamas pölat zanjirni böynimizga osib qöyganki, Parpi ming çaqirim olisdagi qişloğimizdan turib öşa savil qolgurni ahyon-ahyonda, sabab-besabab tortib turişdan huzur qiladi. Tortgan paytida albatta yonida kimlardir böladi, buni sensiraşidan bilaman.

— Qişloqda töy qilganim yöq-ku, Parpi? — dedim yotgan joyimda.

— Tani-joning soğmi? Men sendan…

— Qişloqda töy qilib, tomoşasiga kuraş qurmagan bölsam, — deb gapini böldim. — Putin bilan Tramp davraga çiqib olişmagan bölsa, kim zörligini men qaysi gördan bilaman?

— Sen bola, talmovsirama! — dedi oltmişdan oşgan sobiq sinfdoşim. — Bugun pensiya qölga teguvdi, jöralar bilan oz-ozdan olib ötiribmiz. Bu dunyo ötar-ketar. Hasratning hammasini senga yiğib berganmiz, to joying­­da toş qotguningça işla…

Pensiya jamğarmasidagilarga ham qoyil emasman: biror joyda uç kun yolçitib işlamagan Parpiga öxşagan fuqarolarga pensiya, boz ustiga, naqdgina qilib, uyginasiga, qölginasiga olib borib berişadi. Behasrat oşnam­ning aytişiça, pensiyasi bir oylik araq bilan gazagiga bemalol yetadi.

“Mabodo yetmay qolsa-çi?” — deb xavotirlanaman baʼzan.

“Xudoga şukr, öğlim bor”, — deydi oşnam faxr-iftixor tuyğulariga limmo-lim tölib.

“Axir öğling qanday qaraşadi-i? — deb xavotirim yana-da oşadi mening. — “Öğlim — özim raislik qiladigan “Bekorçilar uyuşmasi”da örinbosarim” deganding-ku?”

“Fu, şuyam gap böldimi? Kelinni nimaga olganman, kelinni! Maktabda muallim. Oyligi — qişloqning oldi!..”

— Piyonista çollarga salomlar bölsin! — yonboşimga ağdarilar ekanman, karavotim ğiçirlab ketadi.

— Piçing qilmada, gapning indallosini ayt… Xö-öş, manavi oşnalarning bari, Tramp zör, deyapti…

— Sen-çi?

— Men Tramping Putinning oldiga tuşolmaydi, deyapman…

Asli şunga öxşaş bahslar yettinçi sinfga ötganimizda boşlangan. Saboq tugaşi oldidan “Tarix” öqituvçimiz Parpiga qaramaslikka harakat qilarkan, sörardi: “Dars tuşunarlimi, bolalar? Savollar yöqmi?”

“Tuşunarli!” — derdik biz jör bölib.

“Menda savol bor!” — deb namoyişkorona örnidan turardi Parpi.

“Xöş?”

“Lenin zörmi Stalin?”

Öqituvçimizning çuvakkina yuzi burişib ketardi.

“Masalani bunday qöyib bölmaydi, — derdi u. — Savol mantiqan notöğri!”

“Nimasi notöğri? — deb böş kelmasdi Parpi. — Stalin urilgani, nomi qoralangani uçun notöğrimi? Qörqayapsiz!..”

“Senga kimning qanaqaligini birov aytganmi?”

“Aytgan”.

“Kim? Qaçon?”

“Keça, otam aytdi, — Parpining otasi qişloğimizdagi yagona magazinning yagona mudiri, öğli katta tanaffusda borib çöntagini peçenyega töldirib kelar va darsda ham pişillagança kavşanib ötirardi. — Stalin zör bölgani uçun Leninni öldirib, joyini özi egallagan, dedi”.

“Lenin ölayotganida otang uning oğziga suv tomizib turgan bölsa, nega mendan sörayapsan?”

“Aniqlab olmoqçiman!” — ijikilardi kiyimidan maktabni bitiruv keçasidayam peçenye isi anqib turgan Parpi.

“Otangning gapiga işonmasang, — degan domla, — unda, borib enangdan söra!..”

Mana, oradan ellik yil ötganidan keyin, Parpi mendan yana navbatdagi olamşumul gapini tasdiqlatib olib, birga ötirgan şişadoşlarini mot qilmoqçi. Balki bir-ikki şişadan garov öynagan bölsa, yutib ham çiqmoqçidir.

— Sen aytayotgan odamlar kim, özi? — dedim men homuza tortib. — Nima iş qiladi?

— Uv-v bola, talmovsirama! — dedi endi araq anqib ötirgani aniq sinfdoşim. — Kimligini bilmaysanmi?

— Na özini, na boşpurtini körmagan bölsam, qayerdan bilaman!

— Birovi Amerikaning, ikkinçisi Rossiyaning kattasi-ku, kallavaram!

— Xöp, — dedim, — kattasi bölsa, senga nima qayğusi qoldi? Tinç qöy beçoralarni. Siyosatga burningni tiqib nima qilasan?

— Tiqayotganim yöq, — dedi Parpi. — Qaysi biri zörligini bilmoqçiman.

— Xöş, seningça qaysi biri zör?

— Aytdim-ku, Putin deb.

— Sababi?

— Sababi — u razvedkaçidan çiqqan. Pixini yorgan.

— Tramp-çi?

— Tramp — boyvaçça bölsayam, özimizning Suvon meşga öxşagan, soddaroq.

— Buni senga kim aytdi?

— Kampirim aytgan. Bizzi kampir tilbizirni möyniga osib yuradi. Dunyoning gapidan xabari bor.

— Unda borib kampiringdan söra-da, meni ovora qilganing nimasi, görsöxta!..

Telefonimning biqiniga bir urib, yostiqning tagiga tiqdim-da, körpani boşimga tortdim.

Jonqobil Juma.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan