Kiçik hikoyalar

Muallif haqida: Şuhrat Matkarim — 1960 yilda tuğilgan. 1985 yilda Xorazm Davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini ingliz tili öqituvçisi ixtisosligi böyiça tamomlagan. “Kun şunday boşlanadi”, taniqli özbek şoiri Matnazar Abdulhakim haqida “Ustoz haqida söz” xotira — esselar kitob­lari naşr etilgan. Xeminguey va Şukşin hikoyalarini özbek tiliga tarjima qilgan.

* * *

Tuğilgan kun

Işdan kelib kiyimlarimni almaştirayotsam nevaralar buvisining ovozi keldi:

— Otasi tezroq çiqi-ing! Bolalaringiz sizga qarab ötirişibdi-ii..

Dasturxon kamtargina bezatilgan edi. “Mehmon kelib ketgan bölsa kerak”, öyladim men. Nevaralarning ham, ularning buvilarining ham, menga issiq-issiq tikilişayotganligidan mendan nenidir istaşayotganligini his qildim. Ammo nimani kutişyapti, bilolmadim. Bu ularni zavqlantirayotgan edi. Yana dasturxonga qaradim. Möʼjazgina, çiroyli qilib beza­tilgan. Bayramning isi kelayotgandi. Ammo qanaqa bayram? Mening duv-dolo bölib ötirganimni körgan nevaralarning momosi kömakka keldi:

— Bugun biz bayram qildik!

Hayronligim battar oşdi:

— U ne bayram?

Kiçik, beş yaşar, şeʼrlar yodlab mehmonlarga öqib berişni (albatta, bekorga emas) yaxşi köradigan nabiram Matkarim buva oğzini bekitib piqqillab kuldi, keyin opasi, beşinçi sinfda öqiyotgan Zevarjonga tikildi: “Qarang-a, bilmas ekanlar!”

— Ne gap özi bolalar?

— Voy, şuni ham bilmaysizmi? — Zevarjon çaros közlarini katta-katta oçib, çeksiz hayrat bilan tikildi menga.

Bir muddat oiladagilar, yaqinlarning tuğilgan kunlarini eslaşga harakat qildim. Foydasiz.

— Yöq, bilmas ekanman, — tan olişga majbur böldim men hijolatda.

— Biz esa bayram qilib ötiribmiz, — nevaralari tomonda turib “hujum” qildi buvisi.

Ilojsiz qolgan edim.

Zevarjonning menga rahmi kel­di:

— Axir bugun Ogahiyning tuğilgan kuni-ku-uu!

Darvoqe, bugun 17 dekabr edi. Şunday kun xotiramdan kötarilgani uçun nabiralarim oldida çindan ham izza böldim.

“Oşiq yigit!”

Dilşod öğlining ovozini eşitib mamnun jilmaydi. Kuni keça bölib ötgan voqeani esladi. Öğlini boğçadan olişga borgan edi. Boğça opasi bir neça marta eslatsa ham Eryigitning xonadan çiqişi qiyin böldi. Oxiri boğça opaning özi xonaga kirib, Eryigitni qölidan tutib, yetak­lab çiqdi. Eryigit juda hayajonlangan edi.

— Ne gap bolam?

— Heç kimga aytmasangiz sizga bir gap aytaman, — dedi Eryigit ikki yonoği qip-qizarib.

— Ne gap ekan, bolam? Heç kimga aytmayman.

— Men Madinani yaxşi köraman, — dedi u közlari bilan yer çizib ketar ekan.

— Eyyy, — bu gapni birov eşitmadimi deb, Dilşod atrofiga alanglab qarab qöydi. Birdaniga nima deyişini ham bilmay qoldi. Zavqi keldi. “Topgan gapini qara!”

— Dim yaxşi böpti, — dedi keyin öğlining könglini kötariş uçun. — Sallamno1!

— U esa meni yaxşi körmaydi, —dedi Eryigit bolalarça soddalik bilan. Uning közlari jiqqa yoş edi. Dilşodning butun dunyosi ostin- ustun bölib ketdi. Hayajonning zöridan titrayotgan öğlining jajjigina, momiqqina kaftini avaylabgina meh­natda qotgan, rapidaday katta kaftlari orasiga oldi. U murğakkina bolaning tavba, kattalarnikiday, bal­ki ularnikidan ham maʼyusroq közlariga hayron tikildi. U hamon ne deyişini, qalbiga olov zarrisi tuşgan mitti yurakni qaysi sözlar bilan, qanday ovutişni bilmas edi. Bolaga biror narsa deyiş lozim edi. Dilşod bolaning erkak könglini juda-juda yaxşi ilğadi. Şuning uçun unga quvvat böluvçi sözlarni aytişga qaror qildi:

— Qizlar yaxşi körganini aytmaydilar. Balki u ham seni yaxşi körar…

— Yaxşi körmaydi, — çuqur “uh” tortdi Eryigit. — U Behzodni yaxşi köradi.

— Sen qayerdan bilasan buni?

— U faqat Behzod bilan öynaydi.

“Yo Xudo! Oşiqni bunçalar miskin, maʼşuqani bunçalar mağrur yaratmasang”.

Ertasi kuni boğçada ota-bolalarning gurunggi yana davom etdi.

— Qani, Madinani menga bir körsat…

— Yöq, — dedi Eryigit qölini Dilşodning kaftidan zardali tortib olar ekan. — Körsatmayman!

— Nevçun?

— Uyalaman.

— Nega uyalasan?

— Uyalaman, dedim-ku, şuning uçun uyalaman.

Dilşodning yana zavqi keldi. Eryigit uyatdan qip-qizarib ketgan edi. “Ay, Xudoyim uyatni berganing­ga şukr. Uyalib turgan kişi qanday ajoyib!”

Şularni xayolidan keçirar ekan Dilşodning horğinçiligi tarqab ketdi. “Oşiq yigit!”

Yolğon

— Yöq, hammasi zör, hammasi ajoyib bölib turgan edi, — jiği-biyroni çiqdi Sovurning. — Şarmanda etdi Reyim kal!

Tuman fermerlar uyuşmasining rahbari, kal, deb yozğirayotgani Reyim ota fermer edi. Yetmişlariga yaqinlaşib qolgan. Yetti puşti ketmon çopib bel kötargan. Pörtaki. Haqiqatparast. Yolğonga tobi yöq. Yolğon gapirişni ham, yolğon gapirganni ham yomon köradi. Şu feʼli uçun uni köplar yoqtirmaydi. Ammo u bu qiliğini taşlay demaydi. Bu safar ham şunday böldi. Yiğilişni yakunlayotgan tuman hokimi, kimda gap bor, dedi. Reyim boğbon qöl kötardi.

— Eşitamiz, ota!

— Bular sizni aldadilar! — dedi Reyim ota örnidan turar ekan guldirak ovozda. — Bu yölning ikki tomoniga uyub qöyilgan gönglar toza çiqarilgan emas. Biz ularni keçasi bilan keça siz körgan yerlardan bu yoqqa taşib çiqdik.

Zal bir guvrandi. Qişloq fermerlari, tumandan kelgan mutaxassislar orasida şivir-şivir boşlandi.

Hokim bir muddat boşini yerga osganiça turib qoldi. Keyin bu qiş­loq fermerlari falon tonna göng töp­ladilar, deb ikki yöl çekkasidagi uyumlarni maqtanib körsatgan Sovurga, söng zal örtasida kökragini kerib turgan, hali qarilikni böyniga olmagan, baland böyli, suyakdor gavdali, bir vaqtlar buğdoyrang bölgan yuzini yillar qoraparangga döndirgan Reyim boğbonga qaradi.

— Tuşunmadim, — dedi hokim ança vaqtdan keyin ovozini pastlatib. Bu uning jahli çiqqanidan darak edi.

— Biz sizni aldadik! — dedi Reyim boğbon. — Mana bu yigitning gapi bilan, — boğbon Sovurga işora qildi. — Keçasi bilan keça siz aylangan yerlardagi darsni bugungi aylangan yerlaringizga köçirib çiqdik…

Endi qirqlardan oşgan Sovur bozor körgan gaççi2 bölsa-da hozir bir- zumgagina tipirçilab qoldi. Ahvol jiddiy edi. Ammo tezda özini önglab oldi. Agar şunday qilmaganida Sovur Sovur bölmas edi.

— Şu gap rostmi? — hokimning ovozi tahdidli yangradi.

— Rost, yoşulli, — dedi Sovur birzum ham öylab ötirmay baland va tantanavor ovozda göyo yillik paxta tayyorlaş rejasini bir kunda bajargan kolxoz raisiday. — Reyim ota haq gapni aytdilar! Özi öylab ötirgan edim, qani bu gapga kim eʼtibor berar ekan, deb. Reyim otaga rahmat! Mening şu işimni ham beeʼtibor qoldirmadilar. Ammo yoşulli, şu yerda bir narsani aytib ötişim kerak. Hamma bilsin. Darsni u yerdan bu yerga köçirişdan maqsad sizga göng körsatiş emas, fermerlarning texnikasi ekişga tayyorligini bir sinab köriş edi! Rahmat fermerlarga, texnikani dutorning toridin etib sozlab qöygan ekanlar! Yoşulli, özingiz körgan bugungi darslarni qişloq fermerlari bir keçada bir yerdan ikkinçi yerga köçirdilar. Rahmat bularga!

Hokimning oppoq yuzi birzumda qip-qizarib ketdi.

— Taşqariga çiqing, — dedi Sovurga eşitilar eşitilmas. — Siz bilan maydonda gaplaşamiz.

Taşqariga çiqqan Sovurning közi qorovul Komil otaga tuşib unga dardini tökib solayotgan edi:

— Yoşullining ham kayfiyati yaxşi edi. Şu kal işni buzmaganida hammaga rahmat aytar edi…

— Ha, endi yoşulli, Reyimni bugun körib turganingiz yöq-qu, — Komil ota kalta qirqilgan oq soqolini kajkart öroqday bukilib qolgan, quruqşab qotib, qalin terisi yorilib-yorilib ketgan barmoqlari bilan siyrak çöqqi soqolini silar ekan eski, labi uçgan piyolasidagi sovib qolgan çoyni “şalt” etkizib oyoq ostiga otdi. — Ahmoqmi, ahmoqligini etaveradi. — Keyin Sovurning qizarib, bözarib ketgan yuziga, bir joyda turmay olma-kesak terayotgan kiçik, şum va qöy közlariga boqdi. “Ammo malades, Reyim!” öyladi u. “Ammo haqqinnan çiqibsan-ov bu eşşaklarning. Hammasining işi ertadan keçgaça köz böyab, bir-birovini aldaş!”

Şu payt hokimning şotirlaridan biri yugurib keldi:

— Sizni yoşulli çaqirayotir! — dedi u Sovurga. — Tez böling!

Sovur yana birzumga bölsa ham böşaşib ketdi. Ammo tezda özini qölga olib yoşullining maşinasiga qarab çopdi. Yiğilişni yakunlab çiqayotgan hokim unga uç-tört oğiz gap aytdi-da, maşinasiga ötirib jönab qoldi. Sovur esa egilganiça ança turib qoldi. Hokimning nima deganini heç kim eşitmadi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan