Qişloqda yarim tun…
Qişloq. Oddiy oilalardan birining xonadoni. Çorpoya. Keçki ovqat mahali. Töğridagi uyning siniq deraza tabaqasida söriga qaratilgan televizor bor. Hammaning közi ongni, maʼnaviyatni, qolaversa, vaqtni öğirlab, yamlamay yutayotgan “tilbuzar”da…
Törda ota — xayolida ming bir öy va rözğor taşvişini öylab; yonida ona — bolalarning ertasi, oila kam-köstini öylab; quyiroqda esa şaharda kontraktda öqiydigan “ustudent” — ota-onasini öylab… televizorga termilişgan.
“Oynai jahon”ga çiqib olib, sözlarni şevaga botirib paqqos tuşirayotgan boşlovçining gaplariga heç kim eʼtibor bergani yöq. Hamma öz sukunatini “isteʼmol qili-ib” ötiribdi…
* * *
Tilla zavod işlamagan yerda misning qadri baland, bozori çaqqon böladi. Bu metallga talab oşgani sayin, narx-navosi ham kötariladi, mis odamlar orasida eng qadrli matohga aylanadi. Tilla qazib çiqariş bir çetda qolib, barça konçilar özini misga “uradi”. Rudaning soxta nusxalari tayyorlanadi, xaridorlarga “haqiqiy” degan tamğada sotiladi. Eng qiziği, avom haqiqiy va soxta misning farqiga ikki dunyoda ham yeta olmaydi…
Men bugun hayotga boqib aynan şunday ahvolni köraman. Adabiyotga qarang: şoirni şoir, yozuvçini yozuvçidan boşqa aytarli heç kim öqimaydi. Talabalar majburligidan onda-sonda eng zör yo nozör kitoblarni “çöqilamasa”, oddiy aholi orasida mutolaa körsatkiçi ança past. Balki fikring xato, mana, falon yilgi reytinglarni kör, bizda mutolaa foizi baland, deb oldimga bir dunyo statistikani taşlaşingiz mumkin. Keçirasizu, biz hozir haqiqiy “ahvolimiz” haqida gaplaşyapmiz. Uzoqqa bormang, atrofingizga, agar bölsa kitob javoningizga, ota-onangizga bir nazar soling. Ularning rözğor tebratişdan, pul topişdan muhimroq boşqa ğami yöq. Moddiyat — hamma narsadan ustun!
Ötgan asrning 70-80 yillar adabiyotida yetişib çiqqan şoir-yozuvçilarning ğoyasi, maqsad-muddaosi istiqlolga erişiş edi. Faqat şu yölda birlaşib, qadam bosişgan ular. Asosiysi, bemaqsad yozmagan: “Şunçaki yozmoqlik — şoirga ölim!” (Halima Xudoyberdiyeva). Bugun köp jurnalist-yozuvçilarning işxonada soat 9:00 dan 18:00 gaça ötirib, yasama sözlarga serjilo libos kiydirib, qilgan tahriru yozuv-çizuvlaridan köra qurilişdagi mardikorning Vatanga foydasi köproq tegayapti, nazarimda. Töğri-da, bir uyni poydevoridan boşlab qurib, egasiga topşirsa, ham mömaygina daromad oladi, ham bir oila uyli bölib, ustani duo qilib yaşaydi…
Xöş, ayting va baraka toping, nega bugun jurnalistikaning ahvoli şunçalik ğarib? Sabab bitta: bizda unga eʼtibor susaygan, xolos…
Matbuot mavzusining siyqasi çiqdi. Bu haqda qişloğimizdagi Çori aka bilan pistaçi Sotti xolaning gapirmagani qoldi. Natija esa…
Televideniyeni oling. Ayniqsa, xususiy telekanallarning ahvoliga boqing. Diling oğrib-oğrib, oxiri şunga “örganib” qolganday.
Agar dunyodagi jami urf-odatlar bozorga olib çiqib sotilsa, har bir millat vakili aylanib-aylanib, baribir, özining mentalitetiga mos qadriyatlarni sotib oladi. Çunki aynan ular orqali esini tanigan, özligini anglagan. Bugun telekanallarimiz dunyoda eng reytingi baland körsatuvlarning özbekça variantini suratga olayotgani, efirga uzatayotgani bor gap. Masalan, “Ugaday melodiyu” — “Navo şou”, “Veçerniy Urgant” — “MTV şou”, “Vzglyad snizu” — “Bola tilidan”, “Prosti menya” — “Meni keçir” va hokazo. Oramizda ayrimlar buni öğirlik sifatida baholayapti. Mayli, lekin faqat köngiloçar, baçkana loyihalarni emas, maʼnoli, saviyasi baland körsatuvlarni ham “öğirlaş”ganda edi. Oddiygina “Golos”, “Golos deti”, “Voice”ning butun dunyoda yuzlab variantlari efirga uzatiladi: “O ses Türkiye”, “Golos kraїni”, “The Voice of Holland”, “La Voix”… Bizda ham şunga öxşaş keng auditoriyali, saviyali, darajasi yuqori körsatuvlar olib bölmaydimi, desam “Mening yurtim” telekanali Boş muharriri Dilşod Mamaturdiyev şunday deydi:
— Ommaviy axborot vositalari xalqqa yaqin bölişi kerak. Lekin masalaning yana bir tomoni bor, bu moliyaviy munosabatlarga borib taqaladi. Davlat telekanallarining faoliyati davlat byudjetidan moliyalaştiriladi. Siz nazarda tutgan pozitsiyadan turib turkum körsatuvlar qiliş va bu orqali xalqqa yanada yaqin böliş mumkin.
Nima uçun nodavlat telekanallarida bu kabi loyihalar kam, bilasizmi? Çunki har qaysi nodavlat telekanal özining içki imkoniyatlari, kadrlar salohiyati va moliyaviy holatidan kelib çiqib, bu kabi loyihalarni tayyorlaşga kirişadi. Texnika va ijodiy guruh xarajatlari aynan öz hisobidan qoplanadi. Bu kabi ijtimoiy loyihalarga esa homiylar jalb qilinmaydi. Çunki homiylarni faqat köngiloçar teleloyihalar qiziqtiradi.
Buni töğri tuşuniş kerak, çunki bozor iqtisodiyotida yaşayapmiz. Xususiy telekanallar imkoniyati keng, formati özgaça bölsa-da, köp hollarda baçkana körsatuvlar, bölar-bölmas lotereya şoulari bilan aholining vaqtini öğirlayapti, degan fikrdagilar ham bor oramizda. Men bunga qöşilmayman. Çunki har qaysi telekanal faoliyat yuritiş böyiça litsenziya olişda öz formatini körsatib ötadi. Unda körsatuvlar yönalişi, mazmuni, auditoriyasi kabi barça elementlar hisobga olinadi. Bu tasdiqlangan format.
Menimça, nodavlat telekanallarga beriladigan imtiyozlar, ajratiladigan Grant mablağlari yoki subsidiyalar borasida yangi islohotlar kerak. Natijada nodavlat telekanallarda ijtimoiy soha yanada jadallaşib, rivojlanişi mumkin.
Men bugungi tomoşabinga açinaman. Sababi, şunday körsatuvlar borki, u sizga öylaş uçun imkon qoldirmayapti. Natijada odamlar uçun oddiy öy suriş, fikrlaş maşaqqatli mehnatga aylanib qolyapti. Isteʼmol qilayotgan vaqtimiz, havoga sovurayotgan sözlarimizning ozgina bölsa-da maʼnaviy yuki bor-yöqligiga eʼtibor berilmayapti. Doim “silliq” qiyofalar, yengil-yelpi fikrlar, baçkana körsatuvlardan keyin maʼnaviyat haqida gapirişga yöl bölsin…
Ijtimoiy tarmoqlarda “ZO‘R tv” telekanali muharriri Feruza Yusupovaning bir fikriga közim tuşdi: “Biz ham milliy seriallarni efirga beriş tarafdorimiz. Lekin hozirça talabga javob beradigan milliy serial taklif qilinmadi. Şu sabab xorijiy davlatlar tomonidan işlangan kinolarga murojaat qilaveramiz”. Xöş, qaçongaça kamimizni xorijning kesilgan, qirqilgan çala-yarim seriallari bilan töldirib yaşaymiz? Axir bizda kino sanʼati rivojlangan, aktyorlarimiz ham salohiyatli bölsa, qaçongaça tilla zavodimiz turib, ğişt zavodining javlon urib işlaşiga, kinomizda “Kelin xiyonati”, “Bir uyda ikki xotin”, “Oilasini buzgan fohişa”, “Öynaşining siri foş böldi”… kabi sariq çaqaga arzimas “kino”lar paydo bölişiga indamay qarab turaveramiz? Savollar köp, javob esa…
Xöş bu borada tomoşabin nima deydi?
Baxtiyor Qurbonov,
şifokor:
— Telekanallarimiz örtasida soğlom raqobat yöq. Boşlovçilarni tanlaşda ham talabçanlik yetişmaydi. Eng muhimi, mablağ kam sarflanadi va arzonning şörvasi tatimaydi, deganlaridek auditoriya yiğa olişmaydi. Mayli, çetdan köçirsin, lekin zör qilib, öğirlik qilmasdan, öşa körsatuvlarning “egalari” bilan hamkorlikda loyihalar yaratişsin. Şunda haqiqiy şou dasturlar paydo bölardi. Könglim özbek körsatuvini tusasa, “Zakovat”ni köraman, xolos.
Nima bölganda ham, televideniyega har kuni millionlab aholi tikilib ötiradi. Boşlovçilar aytgan har bir sözini tahlil qiladi. Hozir davlat telekanallari bilan xususiy telekanallar örtasida farq yer bilan osmonça. Qölida mikrofon kötarib yurgan “teleyulduz”larning hammasini öz sohasining yetuk mutaxassisi, deyiş qiyin. Bir-biridan bemaʼni “Voydod karaoke”, “Aldama meni”, “Hello Afrika” körsatuvlarining yöq saviyasi haqida gapirişning özi kulgili. Farzandlarimiz teleekran orqali uzatilayotgan tarjimasi nihoyatda qaşşoq turk, koreys kino, serial va har xil saviyasiz “şoular tili”da sözlaşayotgani sizni taşvişga solmaydimi?
Sadoqat Dadayeva,
“Mahalla” telekanali jurnalisti:
— Tomoşabin auditoriyasi turli qatlamga bölinadi. Baʼzi odamlar köngiloçar körsatuvlar muxlisi, baʼzilarga hayotiy taqdir qissalari qiziq. Baʼzilar esa maşhurlar hayotidagi miş-mişlarga qiziqadi. Bugun tomoşabinlar orasida şov-şuvga öç, yengil-yelpi şoularga mukkasidan ketgan bir qatlam şakllandi. Ularga ur-yiqit, baçkana hazillarga asoslangan dasturlar kerak.
Mediaolamda davlat va xususiy sektor faoliyati hamişa farqli bölgan. Davlat sektoriga qaraşli telekanallar davlat siyosatini, pozitsiyasini yoritadi. Sababi, u davlat byudjetidan moliyalaştiriladi. Xususiy sektor esa, asosan, reklama hisobiga “kun köradi”. Yaʼni, xususiy telekanallar özini özi “boqadi”. Jahon jurnalistikasiga nazar solsangiz ham, heç qaçon davlat telekanallarining auditoriyasi xususiy telekanallarnikidan keng bölolmaydi.
Davlat telekanalida faoliyat yuritayotgan ijodkor sifatida ayta olamanki, bu jarayonni tabiiy va töğri qabul qiliş lozim. Xususiy telekanallarda faoliyat körsatayotgan ijodkorlarning aksariyati avval davlat telekanallarida mehnat qilib, tajriba töplagan kadrlar ekanini ham unutmaylik. Töğri, xususiy telekanallarning tomoşabini köp ekani davlat telekanallarini ham raqobatga undadi. Bizda eskiça qoliplardan voz keçib, oddiy, xalqona tilga ötiş talabi paydo böldi. Bugun odamlar uzundan-uzoq vaʼzlardan köra, oddiy turmuş tarzini, öz taqdirini oinai jahonda körişni istaydi. Davlat telekanallari ham buni yaxşi tuşunib turibdi. Vaholanki, bizning ham öz auditoriya-yu muxlislarimiz bor.
Tan oliş kerak, xususiy telekanallarning juda köp loyihalari muvaffaqiyatli davom etmoqda. Ammo barça teledasturlarni ham saviyali, deb aytolmaymiz. Baʼzi körsatuvlarda mablağ topiş, şov-şuv kötariş maqsadi birinçi öringa çiqib, professionallik yöqolib qolgandek.
* * *
Qişloqda yarim tun. Ota yonboşlab uxlayapti. Ona esa idişlarni yuvib-yiğiştirib, uxlaş uçun joy solişga tutungan. Söri çetidagi ola muşuk dasturxondan tökilib qolgan non bölagini oliş ilinjida. “Ustudent” esa tezroq öqişni bitirib, ota-onasini kontraktdan xalos qilişni orzu qiladi. U uyda ilm haqida gapirişga iymanadi, çunki eşitadigan odam yöq. Tilla zavod işlamagan yerda temirning qadri baland, bozori çaqqon böladi-da! Televizorda lotoreya şoularida iştirok etib, ğolib bölişni, boyib ketişni öylay-öylay uyquga ketadi. Ertaga kallai saharlab dadasi bilan dalaga çiqişi kerak…
Abdulaziz Ahmedov.
