Özbek özi bekday bölsa-da!

“Lavhalar, eʼlonlar, narxnomalar va boşqa körgazmali hamda oğzaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylaştiriladi va eʼlon qilinadi hamda boşqa tillarda tarjimasi berilişi mumkin”.

Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunining (yangi tahriri) 20-moddasi.

Ne hasratda avaylab östirgan bolasining harbiy xizmatdan tili ajnabiylaşib qaytganidan qöni-qöşni oldida xijolat bölgan qança onalarning köng­­li buzilib: “Bu öris ölgur bolamning tuppa-tuzuk tilginasini buzib, eliga begona qilib qaytaribdi-ya”, deya yozğirganlarini hozirgi yoşlar qaydan bilsin…

Maktabda ustozimiz Mamlakat aya bizga: “Dunyoda neçta til bölsa, hammasining gapida boş bölaklar – “ega” va “kesim”, “ikkinçi darajali bölaklar” böladi… Faqat gapning emas, tilning ham egasi bölişi kerak… Kim öz ona tilini yaxşi bilsa, u boşqa xorijiy tillarni ham oson özlaştiradi…

Onang senga qançalar xayrixoh bölsa, ona tiling ham xuddi şunday – sening tayançing böladi…”, deb uqtirganiga mana, qariyb qirq yil bölibdi.

Töğri aytgan ekan. Özimdan qiyos. Öşa – gapda “ega” va “kesim” vazifasida keladigan söz turkumlari – “OT” ning kelişiklar böyiça turlanişini, “FEʼL” ning şaxs va sonda, yana zamonlar böyiça ham tuslanişini va hokazo bilimlarni yaxşilab özlaştirib olganim yaxşi bölgan ekan.

Yaşirmayman, şuning ortidan salkam öttiz yildan beri rözğor tebratyapman. Hozir ehtiyojimga yaraşa ikki-uçta xorijiy tilda ham “non topa olaman”, harholda.

Yana bir iqrorimni ham aytib ötay – yoşi 75ga qarab ketayotganiga qaramay, bitta “semiz” kitob mutolaasini uzoği bilan bir haftada intiholaydigan onam haligaça suhbatlarimizda hammamizning, hatto nabiralarining ham, ifoda-yu izofalarimizgaça tahrirlab turadilar, beo­zorgina. Mulla Abdurahmon domlaning nevarasi ölaroq xat-savodi hayallamay çiqqanidan beri 70 yilda qölidan ötgan kitoblardan olgan taassurotlarini ting­lab ötirişning özi bir olam zavq beradi kişiga. Azbaroyi tasavvurlari boyligidan yer yuzining istalgan joyini tabiatidan tortib odamlarining xarakterigaça şunaqangi aniq tasvirlab beradilarki, eşitgan odam xuddi bu onaxon hozirgina öşa yerdan kelibdi-da, degan xayolga borişi heç gapmas.

Qöni-qöşni, qarindoş-uruğlardan birortasining turmuşida muammo çiqib, öy-xayolida “hayot boşqa, kitob boşqa ekan-da” degan xulosa aylanib qolsa, heç ikkilanmay onamning maslahatiga keladi. Va tabiiyki, bunday “haqiqat” bir zumda “sinadi”. Onam hayotni xuddi kitobdagiday qilib, kerak bölsa, ertaklardagidek qilib yölga solib yuboradi. Dadam (oxirati obod bölsin!) ham qandaydir oilaviy masalada biror maslahat onam aytganiday hal bölaversa, “Ha, sening bilganing-bilgan, hamma narsani tuşunadigan xotinsan. Şu, omon bölgur, tuşuntirişing ham çakkimas-da”, deb qöyardi gohida…

Uzr, biroz çalğidim. Buning sababi bor.

“Hurriyat”ga, deb bir maqola yozib, tahririyatga olib keluvdim.

Unda BMT Boş Assambleyasining 75-sessiyasi bilan boğliq tarixiy xodisaga doir taassurotlarimni, “özbek tili avvalo davlat tili ekani, millat tarixi va madaniyatining asosi sifatida qadrlanişi, hozirda dunyo böyiça qariyb 50 million kişining ona tili sifatida xorijdagi vatandoşlarning ham etnomadaniy özligini namoyon etib kelayotgani, har qanday voqea-hodisani, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni, his-tuyğularni ifoda va izhor etiş imkoniyatlarining mukammalligi kabi noyob xususiyatlari” borasidagi fikrlarimni baholi qudrat aytişga uringan edim.

Maqolamda yana “özbek tili yuz yillardan beri 130dan ortiq millat va elatning özaro totuv umrguzaronlik qilişini taʼminlab kelayotgan çin baynalmilal til ekanini, bu til özbekning öziday bağrikengligi” haqida yozgandim. Özbek tili özining ona tili böla turib, boşqa tilda muloqot qilişni afzal köradigan millatdoşlarimni tahlil qilişga ham uringan edim.

Muhimi, mustaqil örganişlarim asosida “özbek tilini örganiş – umuminsoniy madaniy turfaxillikning qadimiy ildizlarini teran anglaş, odamzodning yana bir betakror feʼl-atvorini kaşf qiliş, asrlar mobaynida buyuk bunyodkorlik qudratining çaşmasi bölgan noyob bir milliy xarakterni his etişning eng zör yöli ekani”ni isbotlaşga tirişgan edim.

Nimaiki işlatilmasa u albatta yaroqsiz bölib qoladi, degan mantiqqa asos­lanib, “toki biz öz tilimizni faol va töğri qöllamas ekanmiz, uning isteʼmoldan çiqişiga tomoşabin bölib turaverişimiz”ni aytmoqçi bölgandim, maqolada…

Tahririyatga kirişdan oldin maqolani “boyitadigan” bitta bölsayam surat olay, deb köçaning qarama-qarşi tomoniga qaraganimni bilaman, Özbekiston poytaxti Toşkent şahrining Alişer Navoiy köçasida turganimga birdan şubha paydo böldi menda. Közlarimga işonmadim. Açinib ketdim, özimga – ÖZBEKka! Suratga oldim.

Maqolaning örniga tahririyatdan poytaxtimizning markaziy köçalaridan biri, buyuk bobomiz Alişer Navoiy nomi bilan ataluvçi köçadan olingan bir suratni çop etişlarini sörab, qayt­dim…

Faxriddin Karimov.

PS. Istalgan xorijiy davlatning poytaxt şaharlarida tijorat bannerlari yoki odamlarning közi tuşadigan yerda bittagina özbekça sözni işlatiş – siyosiy voqea sanaladi! Va bu deyarli imkonsiz iş. Bordiyu bunga ahd qilinsa, evaziga ança harakat va xarajat qiliş kerak! Özi insof bersin, özbekka!

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan