Yangi Quvasoyning qadim şamoli

Quvasoy şahri – Farğona vodiysi tekisligida joylaşgan bölib, şimoliy tomoni Farğona viloyatining Quva, Toşloq tumanlari bilan, janubiy va ğarbiy tomonlari Farğona şahri va Farğona tumanlari, şarqiy hududi esa Qirğiziston Respublikasining Batken viloyati, Qizil-qiya şahri bilan çegaradoşdir. 

Hozirda şahar miqyosida 5 ta yirik sanoat korxonalari: “Quvasoysement” AJ, “Kvars” AJ, “QUVASOY SHIFER HRIZOTIL” MÇJ, “Elektroqişloqquriliş” korxonasi, “FERGANACEMENT” MÇJ korxonalari faoliyat yuritadi.

Sanoat korxonalarida asosan sement, şifer, quriliş oynalari, temir-beton mahsulotlari va şişa idişlar işlab çiqariladi.

Quvasoyning zamini böz tuproq va toş­loqlikdan iborat, ösimlik dunyosi va hayvonot olami rang-barang.  Bundan taşqari, Oloy toğ tizmalaridan boş­lab,  şahar markazidan oqib ötadigan Isfayramsoy daryosi şahar körkiga-körk qöşib turadi.

– Quvasoy haqidagi ilk maʼlumotlar XIV asrdagi manbalarda uçraydi. “Quvasoy” sözining paydo bölişi töğrisida turli taxminlar mavjud. Şahar XX asr boş­larigaça Muyan nomi bilan yuritilgan. Bunga sabab qişloq yaqinida Muyan toğ tizmalari joylaşgan. Aholisi unçalik ziç emas, balki tarqoq qişloqlarda yaşagan. Ammo joylaşuv iqlimi öta şaffof, yerlari serunum, şuningdek, toğ turli madanlarga boy bölgani bois Farğona şahri va Muyan şaharçasini boğlab turuvçi temiryöl qurilgan. Şu tariqa, Isfayramsoy daryosi böyidagi poyezd töxtaydigan bekatga “Quvasoy” nomi berilgan.

Sobiq ittifoq davridayoq bu yerda işlab çiqariş korxonalari qurila boş­langan. Muyan sanoatlaşa boşlagaç, 1954 yilda Quvasoy işçilar şaharçasiga – şahar maqomi berilgan. Şunday qilib, mavjud korxona va zavodlarni rivojlantiriş, yangilarini quriş boş rejaga kiritiladi.

Quvasoyda ohak zavodi, issiqlik taʼminoti (GRES), sement zavodi, ğişt zavodi, şifer zavodi, kimyo zavodi, qulay tabiiy şaroit, ohaktoş, ganç va turli xil gilmoyalarga boy konlar, Quvasoy orqali ötgan temir yöl, bularning hammasi yirik sanoat markazining vujudga kelişiga zamin tayyorlagan, —deydi biz bilan suhbatda Quvasoy şahar hokimi Ravşanbek Rahimjonov.

Keyinçalik, yaʼni 1958 yilda ohak zavodi şifer işlab çiqariş korxonasi bilan birlaştirilib, “Quvasoy sement” birlaşgan korxonasiga aylantiriladi. Mamlakat uçun eng kerakli va xaridorgir bölgan şifer işlab çiqarişni takomillaştiriş maqsadida 1974-1976 yillarda eski qoliplaş maşinalari örniga, yangi avtomatik liniyalar örnatiladi. Korxona 1995 yil avgust oyiga kelib aksiyadorlik jamiyati sifatida faoliyat yurita boşladi. Istiqlol şarofati bilan korxona sexlariga eng zamonaviy texnologiyalar örnatildi.

Loğon ohaktoş koni özlaştirilişiga sabab, 1998 yildan qayta işlangan rudalardan oltin ajratib oladigan “Zarafşon-Nyumont” Özbekiston-Amerika qöşma korxonasi taşkil etilganida edi. Qöşma korxona ehtiyoji uçun hamda mamlakat miqyosida issiqlik elektr markazlarida suvning qattiqligini yöqotadigan tuyilgan ohak işlab çiqariş texnologiyasi töla quvvatda işlay boşladi, – dedi Ravşanbek Rahimjonov.

Hozirda bu yerda işlab çiqarilgan mahsulotlar Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afğoniston kabi davlatlarga eksport qilinadi. Eng muhimi, tayyor mahsulot jahon standartlari darajasida bölgani bois Madrid (1994), Jeneva (1999), Frankfurtmayn (2004) körik-tanlovlarida “Sifat uçun oltin yulduz” darajasi bilan taqdirlangan.

Şahardagi  ikkinçi yirik korxona “Kvars” AJ 1975 yilda işga tuşirilgan. List körinişidagi rangli, qoraytirilgan va toblangan oyna, şişa bankalari va butilkalar işlab çiqariş bö­yiça Markaziy Osiyo hududidagi eng yirik korxonalardan biridir. Tayyor mahsulotlari içki bozorni töliq taʼminlaydi hamda xorijga eksport qilinadi. Korxona hududida 5 ta asosiy va 9 ta yordamçi sexlar joylaşgan.

2010 yilda “Kvars” AJ böyalgan mis oynalarni işlab çiqarişni özlaştirdi. Oldin bunday oyna yurtimizga Xitoy, Rossiya, Turkiyadan keltirilar edi. Keyingi yillarda “Emxart” (Germaniya), “Tekint” (Italiya) va boşqa xorijiy firmalardan zamonaviy qurilmalarni keltirilişi bilan korxonada yuqori sifatli, jahon standartlariga mos yangi mahsulotlarni işlab çiqariş imkoni tuğildi. Korxona işlab çiqargan mahsulotining yuqori sifati uçun “Ğalaba çambaragi” va “Oltin sirtlon” kabi xalqaro mukofotlarni qölga kiritdi.

Şuningdek,  işlab çiqarilgan mahalliy mahsulotlarni çetga eksport qiliş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Natijada  korxonalar tomonidan mazkur yilning şu kunga qadar 14 million 962 ming AQŞ dollari mikdorida sanoat va qişloq xöjaligi mahsulotlari eksport qilindi. Bu  körsatkiç ötgan yilga nisbatan 6 million 500 ming AQŞ dollariga köp demakdir.

Quvasoy şahrida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obʼyektlari  va aholiga elektr energiyasi, tabiiy va balonli gaz, şuningdek, kömir yoqilğisini öz vaqtida yetkazib beriş böyiça tegiş­li çora-tadbirlar ham amalga oşirilib, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlariga katta eʼtibor qaratilgan.

Muxtasar aytganda, davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning viloyatga taşriflari davomida bergan topşiriqlari böyiça qabul qilingan “Yöl xarita”si ijrosini taʼminlaş çoralari körilmoqda. Şahar mutasaddilarining maqsadi ham, Prezidentimiz taʼbirlari bilan aytganda, xalqimizni rozi qiliş. Şaharni barça sohalarda mamlakat miqyosida çetga eksport qiliş salohiyatini oşiriş, eng muhimi, şahar infratuzilmasini tubdan yaxşilab, gullab-yaşnagan makonga aylantirişdan iborat.

Maʼrufa Soliyeva,

“Hurriyat” muxbiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan