Katta yöldagi kiçik tösiqlar

Alloh yetkazgan buyuk neʼmat — mustaqillik Özbekistonga nimalar bergani, mamlakatimiz nimalarga erişgani barçamizga maʼlum va bundan quvonmaslik noşukurlik böladi.

Qanday yutuqlarga erişgan bölsak, bu Özbekistonniki, Özbekistonda yaşayotgan elniki. Lekin şuni ham aytiş kerakki, bugun erkin, ozod mamlakatni yangiça boşqariş, taraqqiyot tizimini takomillaştiriş, monopoliyadan qutqarib, farovon hayotga boşlab ketiş ham oson keçmayapti.

Bor kuç-quvvatini, bilimi, taşabbuskorligi va mahoratini Yangi Özbekistonni bunyod etiş, dunyo tamaddunida munosib maqomni egallaş, eng muhimi, aholi farovonligini taʼminlaş orqali yurtimizni yetakçi davlatlar qatoriga olib çiqişga sarflayotgan Prezident Şavkat Mirziyoyevning xatti-harakatlari beiz ketmaydi, albatta, hali özining zalvorli böy-bastini körsatadi.

Keyingi yillarda amalga oşirilayotgan yangiça islohotlarda aholi manfaatlari birinçi öringa qöyilganligi mamlakatda yangilaniş bardavom bölişiga işonç uyğotadi kişida. Ötgan qisqa davr odamlarda ham yangiça özgarişlarga yaraşa yangiça dunyoqaraşni şakllantirayotgani sezilib qoldi. Vaqt ham şuni körsatayapti, taraqqiyotga yangiça yondaşuv bugunning zaruriy ehtiyoji ekan.

Ammo şuni ham aytiş kerak, qilinayotgan barça islohotlarda millat manfaatlarini boş maqsadga aylantiriş zarurati borga öxşaydi. Yuqoridan aytilayotgan gaplar, berilayotgan topşiriqlar qu­yida köngildagidek bajarilmayotgani baʼzi örinlarda bilinib qolmoqda. Masalan, Prezidentimiz taʼlimni isloh qiliş kerak deganlarida bilim oliş maskanlarida taʼlim va tarbiyani mukammallaştirişni nazarda tutgan edilar. Joylarda esa ayrim mutasaddilar fanlarni qisqartiriş evaziga qöşimça fanlarni joriy etişni “isloh qiliş”, deb tuşuna boşladi, tavsiyalar köpayib bormoqda.

Rosti ham şu, keyingi yillarda taʼlim tizimini isloh qiliş jadal boşlandi. Lekin nimagadir, kutilgan natija baribir qoniqarli emas. Afsuski, şunday! Töğri, baʼzi taʼlim dasturlari özgartirildi. Lekin nimaning hisobiga? Dars jarayonida ayrim fanlarni qisqartiriş, baʼzilarining soatini köpaytiriş hisobiga qilingan iş yangilaş emas-da. Bu bir tajriba, xolos.

Taʼkidlaş kerak, öqitiş tizimlarida ham özgarişlar qilinayapti, qöşimça sirtqi va keçki öquv yönalişlari esa qayta tiklanmoqda. Ayniqsa, çekka hududlardagi maktablarda ham kompyuter sinflari paydo bölgani katta voqea böldi. Öqituvçilarning maoşlari oşirilayotgani sabab tajribali erkak muallimlar taʼlim dargohlariga qayta boşladi, bundan quvonmaslikning iloji yöq.

Ammo taʼlimda tartib özgarmayapti. Dars ötiş jarayoni öşa-öşa, öqituvçilarda davrga moslaşiş sezilmayapti. Prezidentimiz taʼkidlaganidek, maktabda 11 yil bilim olgan bola nega oliy öquv yurtiga kiriş uçun repitetor yollaşi kerak? Repitetor beradigan ikki yillik bilimni nahotki maktab 11 yilda berolmasa? Afsuski şunday. Bunga sabab nimada? Kadrlar talab darajasida emasligidami yoki tizimda taʼmagirlik, talon-toroj qiliş, ajratilgan mablağni özlaştiriş barham topmayotganidami? Nima bölganda ham, dars ötiş jarayonida yangiça yondaşiş sust, buning ustiga, öquvçining maʼnaviy saviyasini oşirib borişida qöşimça darslik, kitob öqimaslik holatlari odatiy hol.

Doim maqtanamiz, yurtimiz uluğ allomalar yurti deb, lekin bugungi   ösmir-yoşlarning köpçiligi bobolarimiz merosini örganişdan köra, uyali aloqa vositalariga boğlanib qolayapti. Ular kitobdan uzoqlaşdi. Bu bölğusi taraqqiyotga taʼsir qiladi. Töğri, allomalar, akademiklar, tajribali professorlar, bilimdon olimlar va juda yetuk öqituvçilar hozir ham bor, buni inkor etib bölmaydi. Hozir ham yurtimiz ziyolilari boşqa mamlakatlar ziyolilariga köp narsani örgatib qöyişi mumkin. Lekin yoşlar ham şunga munosib bölib voyaga yetişlari ham kerak-da.

Yana bir muhim masala, keyingi paytlarda ona tili darsini qisqartirib, xorijiy til soatini köpaytiriş ustida gap-sözlar “bola”ladi. Bu ham heç qanday natija bermaydi. Odamning qalbidan ona suti bilan kirgan ona tilisini suğurib olib bölmaydi, axir. Bu borada rivojlangan davlatlar taʼlim tizimini örgansak zarar qilmasdi. Ular, birinçi navbatda, davlat tili bölgan öz ona tiliga katta eʼtibor qaratadi. Xorijiy tillar esa qöşimça dars soatlari ustiga quriladi. Bizning yoşlarimiz orasida ham istak-xohişi borlar qöşimça soatlarda örgansin, xorijda öqib kelsin, bu hammamizning yutuğimiz böladi. Majburlab joriy etiş esa heç bir davrda özini oqlamagan.

Ayniqsa, mamlakat tarixini mahalliy taʼlim tizimida öqitmaslik yoki dars soatlarini qisqartiriş, töğrisi, buni, men sizga aytsam, boğça bolasi ham qabul qilolmaydi. “Öz tarixini bilmagan yurtning kelajagi yöq”, bu gapni Prezidentimiz ham köp bor taʼkidlab aytdilar.

Eng yomoni, taʼlim yönalişidagi eng muhim, eng zarur islohotlarning birortasi kögildagidek amalga oşmayotganini Yurtboşimizning özlari bot-bot aytayapti. Ammo uni amalga oşirişi kerak bölgan quyi böğin jim. Şu örinda ötgan kunlarni bir eslasak menimça zarar qilmaydi. Maʼlumki, Özbek tili va adabiyoti universitetini taşkil etiş böyiça qaror qabul qilinganda, qaysidir “alloma”ning tavsiyasi bilan uning tarkibiga Özbekiston FA Özbek tili va adabiyoti ilmiy tekşiriş instituti, şuningdek, Qölyozmalar instituti, Adabiyot muzeyi kabi muassasalar ham kiritilgan edi. Bu özini oqladimi? Albatta, yöq! Yuqori doiradagilarni çalğitişdan boşqa narsa bölmadi.

Öşanda heç bir özbek olimi töla ilmiy asoslaş bilan bu qöşib yuborişning xato ekanligini isbotlab berolmadi. Ammo bunga Prezidentimiz aniqlik kiritdi, bajarilgan amal xato ekanligini oydinladi. Ilmiy tekşiriş instituti, Qölyozmalar instituti, Adabiyot muzeyi va boşqalari öz holiga keltirildi. Şuningdek, Özbekiston Milliy universiteti tarkibida faoliyat yuritib kelgan Özbek filologiyasi fakulteti kutilmaganda tugatilgan edi. Yaxşiyamki, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev bu fakultetni qayta tiklanişiga imkon yaratdi.

Yana bir misol: ötgan davrda Angren pedagogika instituti ham tugatilgandi, natijada Toşkent viloyati maktablarini kerakli mutaxassis kadrlar bilan taʼminlaş zarurati tuğildi. Hayriyatki, bu institut mamlakatimiz rahbari taşabbusi bilan Çirçiq şahrida qayta taşkil etildi. Şunday ekan, öşa paytda Angrenda tugatişga hojat bormidi?!

Atrofga nazar taşlasangiz, öz törimizda özimiz öralaşib yurganga öxşaymiz. Kallamizga nima kelsa darrov biznes reja tuzib, rahbardan tasdiqlatamiz va şoşmaşoşarlikda amalga oşiramiz. Ertani öylamaymiz. Eng muhimi, “kallamiz bor”ligini körsatib qöyişimiz kerak. Söng, qöltiğidagi “qovun”ni tuşirib qöysa ham: “Xayf senga!” – deydigan odam topilmaydi.

Nahotki, buning zamirida ham köz ilğab-ilğamas korrupsiya yotgan bölsa… Baʼzida savol tuğiladi: nega hamma sohada korrupsiya avj olib ketayapti? Nega bugungi kunda korrupsiyaga qarşi jiddiy kuraşiş zarurati eng muhim masalaga aylandi? Hatto Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ham taşkil etildi. Uni mamlakat miqyosida tugatiş şunçalik muşkulmikin…

Şunday ekan, islohotlar mukammal ilmiy asosga tayangan holda amalga oşirilişidan hammamiz manfaatdormiz. Axir, farzandlarimiz, ertamiz egalari, katta bölişayapti. Ularga tinç, osuda, eng muhimi, ozod va obod Vatanni meros qoldiriş burçimizdir!

Yormat TOJIYEV,

filologiya fanlari doktori,

professor

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan