Quruq gapdan aniq saʼy-harakatlarga ötaylik!

Çorrahadagi bekatda avtobus kutib qoldim. Bunday paytda beixtiyor atrofdagi yozuvlarga közing tuşadi, ularni öqib uqmoqçi bölasan. Ammo… tört tomondan körinib turgan binolar – katta savdo majmuasi, uning birinçi qavati sahnidagi kiçik-kiçik dökonçalar, oziq-ovqat dökonlari va yengil tamaddixonalar, maydon örtasiga örnatilgan katta ekranda çiqayotgan eʼlonlar, hatto taşqariga bitta tuynukça oçib qöygan somsaxonagaça… bittagina “Dunyo gullari” degan yozuvni hisobga olmaganda, hammasi xorijiy sözlar.

Sal naridagi muhtaşam binoda quriliş uçun kerakli xomaşyolar sotiladi. U yangi oçilganda yuqori qavatiga örnatilgan, uzoqdan ham körinib turadigan “Usta bor” degan yozuvni körib biram quvongandim. “Rosa munosib nom topişibdi-da! Ham özbekona, ham öziga juda mos, ham jarangdor. Hatto özbek tilini bilmaydiganlar ham bu nomni eslab qolişlari oson”, deb köpçilikka gapirib ham yurdim. Ammo köp ötmay, bu yozuvning örnida “Quriliş mollari markazi” degan özbekça, rusça yozuv paydo böldi. Demak, “Usta bor”ga kimningdir tili, dili kelişmadi şekilli. Mana, hozir ham tuşuniş tugul, öqişgayam tiling kelişmaydigan nomlar, yozuvlar qurşovidamiz. Yana kelgusi yilning 21 oktyabr kuni yaqinlaşişi va öşa paytda Davlat tilimizning mavqei, sofligi, obrö-eʼtibori uçun “kuraşiş” mavsumi boşlanişini kutib yaşayotgandekmiz. Bu mavsum ötgandan keyin uning natijalarini sarhisob qiliş ham göyo keyingi mavsum uçun zaxiraga olib qöyilayotgandek.

Şularni öylarkanman, beixtiyor, “Xöp, bu borada özim nima saʼy-harakat qildim?” degan savol köndalang böldi. Umumiy gaplardan taşqari, aniq bir taklif berdimmi, ularning amalga oşişi uçun jon kuydirdimmi? – Yö-öq… Axir, xayrli iş avvalo, istakdan, qalbdagi ezgu niyatdan boşlanadi-ku! – Şu öy dilga tuşdi-yu, göyo fikrlarim “oçilib ketganday” böldi.

Tasavvur qildim: dorixonalarga “Şifo”, “Şifobaxş”, “Malham”, “Dori-darmon”, “Moyçeçak”, “Darmon” kabi nomlar, şuningdek, respublikamiz farmakologiyasi sohasida yaratilib, dori-darmon bozorlarida örnini topgan dorilarning nomlari yozilsa; non dökonlari peşonasida “Issiq non”, “Kulça”, “Jizzali non”, “Gulobod patiri”, “Samarqand noni”, “Şirmoy”, “Obi non”, “Tandir non”, “Jaydari non” kabi yozuvlar bilan, (qaysidir yurtning batonlari rasmi emas,) yuzi nondek issiq onalar, bekalar, bolalarning tandirdan non uzayotgan, non sindirayotgan, savat töla non kötargan holatlarini aks ettirgan rasmlar iştahangni oçib tursa; kitob dökonlari peştoqidagi “Ziyo”, “Nurafşon”, “Şuʼla”, “Maʼrifat”, “Maşʼal”, “Oftob”, “Hilol”, “Sevimli kitob”, “Kitob – oftob” kabi nomlar qalbingizni ilmu maʼrifat ziyosiga çorlab tursa; şirinliklaru pişiriqlar dökonlariga qöyilgan “Lazzat”, “Dandon”, “Xolva”, “Çak-çak”, “Rohat”, “Şirin”, “Qandolat”, “Quş tili”, “Asal”. “Obakidandon” kabi nomlar yoqimli taassurot ulaşib tursa; ayollar gözallik salonlari “Orasta”, “Ozoda”, “Pokiza”, “Dilbar”, “Sölim”, “Zebo”, “Muattar” “Nafosat”, “Barno” kabi nomlar bilan atalsa-yu, ularga yondaş rasmlarda soçlarini sepsaytirib, közlari teşib ötguday qarab turgan, körinişidan millati nomaʼlum qiyofalar örniga közimiz va könglimizga yaqin samimiy qiyofalar jilmayib tursalar; kelin-kuyovlarga xizmat qiladigan dökonlar-ku, öz nomi özi bilan – “Tohir va Zuhra”, “Farhod va Şirin”, “Yusuf va Zulayho”, “Baxtli böling”, “Kelin-kuyov”, “Baxtli ostona” “Kelinçak” kabi nomlarga yaraşiqli (yelkasi, orqasi, kökragi yalanğoç-u, etagi ikki metr orqada sudralib yuradigan köylaklar emas) özbekona atlasu adraslar, beqasam, şoyilardan şarqona biçimlarda tikilgan liboslarda hayo-ibo bilan boqqan yoşlarning suratlari havasingni toşirib tursa; zargarlik buyumlari dökonlariga, hay-hay, “Feruza”, “Yoqut”, “Marvarid”, “Marjon”,   “Bilakuzuk”, “Tillaqoş”, “Olmos”, “Laʼl”, “Kumuşoy”, “Tuhfa”, “Zebu zar”, “Sadaf” kabi nomlar qançalar yaraşimli; sport anjomlari dökonlariga munosib “Alpomiş”, “Pahlavon”, “Loçin”, “Botir”, “Bahodir”, “Ğolib”, “Qahramon” kabi nomlar ularning salobati, eʼtiborini oşirib tursa; bolalar boğlari, boğçalari, dökonlari peştoqi “Lola”, “Yulduz”, “Şirintoy”, “Erkatoy”, “Bulbulça”, “Zumrad”, “Çaman”, “Parizod” kabi nomlaru iroqi döppili soçi jamalak qizaloqlar, bolakaylarning baxtiyor rasmlari bilan yana ham yaşnasa; elektr mahsulotlari dökonlari peştoqida “Nurafşon”, “Nurobod”, “Çaqmoq”, “Ziyobaxş”, “Kahkaşon”, “Şuʼla”, “Qandil”, “Çaroğon” kabi nomlar porlab tursa…

Sizlarni bilmadim-u, men yuqoridagi fikrlarni xayolan tasavvur etsam ham hayajonlanib, quvonçdan yuragim toşib ketyapti. Bular – bugungi kunimiz köçalarini kuzatarkanman xayolimdan yöl-yölakay “lop” etib ötgan gaplar, nomlar. Ijodkor, tilşunos, tiliyu qöli uddaburon döstlarimiz yana qança ajoyib nomlarni taxlab taşlaşlari, amaliy takliflar bildirişlari turgan gap. Agar bafurja ötirib, mulohazalarni qiyomiga yetkazib, nomlaru rejalarni muvofiqlaştirib qoğozga tuşirsak va ularni hayotga tatbiq etsak bormi! Unda, şubhasiz, köçalarimiz, bozoru dökonlarimiz, saylgohu boğlarimizda yurib közlarimiz, köngillarimiz yayraydi. Ona tilimizning ruhi, sözlar mazmun-mohiyati qalblarimizga çuqurroq singiydi. Bolajonlar bu nomlarni eslab qolişlari oson, demak, ularning onajon tilimiz luğat boyligini köproq, tezroq özlaştirişlariga imkon yaratgan, hissa qöşgan bölamiz.

Menimça, ijodkor döstlarimiz, tilşunos olimlar, qalbida ona tilimiz taraqqiyoti bilan boğliq dardu rejalari bor insonlar orasida bu qutluğ işga boş qöşişga tayyorlar juda köp – şahar, tumanlarning hokimlari, ayni masalaga masʼul xodimlari taşabbusni boşlab, ularni hamkorlikka taklif etsalar, birgalikda rejalar tuzib… hududlarning qiyofasini özbekçalaştirsak!

Yangi yilda tilaklarimiz, rejalarimizni Alloh özi qöllab-quvvatlasin. Ijtimoiy, maʼnaviy-madaniy-maʼrifiy taraqqiyotimiz uçun har kuni dolzarb bölgan vazifalar qatorida yuqoridagi taklifni ham mulohaza uçun havola qildim. Darvoqe, bundan-da samarali, töğri, yeçimlari qulay taklifu rejalar bölişi mumkin, ularni örtaga taşlab, afzalu samaralilarini iş yöriğimizga aylantiraylik. Muhimi, 2021 yilda ayni borada gapdan aniq saʼy-harakatlarga ötaylik.

Muhtarama ULUĞOVA,

Respublika Maʼnaviyat va marifat

markazi masʼul xodimi

Uşbu maqola Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat-notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş Jamoat fondi tomonidan ajratilgan davlat granti “Inson manfaati — taraqqiyot poydevori” loyihasi asosida çop etilmoqda. (S/5)

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan