Yangilanayotgan ta'lim — ertamiz poydevori

Vaqtni oqar suvga qiyos qilishadi. Tizginsiz o'tib borayotgan yana bir yilga guvoh bo'lib turibmiz. Hammamiz uchun tarixga aylangan 2020 yil Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tarixida qanday iz qoldirdi?

Mana, qariyb bir yildan ortiq davr mobaynida Yer yuzini tark etmayotgan pandemiya balosi oqibatida bizning institutda ham barcha ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklar talabalari uchun o'tayotgan o'quv yilining 2-semestridan “moodlle” platformasida onlayn ta'limi yo'lga qo'yildi.

Institut tashabbusi bilan maktab o'qituvchilarining pedagogik salohiyatini oshirish, o'qitishning yangi metodlarini joriy etishda qulaylik yaratish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi o'rtasida 2020 yil 30 noyabrda imzolangan qo'shma qarorga muvofiq o'rta umumta'lim maktablarida “Pedagogik ta'limning innovatsion klasteri”ni tashkil etish yo'nalishida “Ta'limda Chirchiq tajribasi” loyihasi joriy etildi.

Bundan tashqari, “Ta'limda Chirchiq taj­ribasi” loyihasi doirasida Chirchiq shahridagi 24 ta (1 ta maxsus), “Ta'limda Parkent tajribasi” loyihasi doirasida esa Parkent tumanining 18 ta umumta'lim maktablari institut tashabbusi bilan otaliqqa olindi. Shuningdek, sinov tariqasida Chirchiq shahridagi 22 ta umumta'lim maktab­larida “Maktab-laboratoriya”si va 2 ta maktabgacha ta'lim tashkilotidagi “Bog'cha-laboratoriya”lari zamonaviy usulda tashkil etilib, tasdiqlangan das­tur asosida mashg'ulotlar yo'lga qo'yildi.

Bugungi kunda institutimizda 16 000 nafardan ziyod talabalar tahsil olishmoqda. Xorij tajribasidan kelib chiqib, dunyo reytingida yuqori bo'lgan oliy ta'lim muassasalarida qo'llanilayotgan o'qitishning “kredit-modul” tizimi bo'yicha o'quv jarayoni olib borilmoqda.

O'qitishning “kredit-modul” tizimiga o'tish munosabati bilan 2020-2021 o'quv yilida bakalavriatning 25 ta ta'lim yo'nalishida malaka talablari, 25 ta namunaviy o'quv reja hamda 1125 dan ortiq fan dasturlari yaratildi. Shuningdek, 15 ta magistratura mutaxassisligi bo'yicha ham “kredit-modul” tizimiga asoslangan 15 ta malaka talablari va o'quv rejalar, 144 ta fan dasturlari ishlab chiqildi hamda bitiruvchilarda amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirildi.

Xalqaro maydonda tenglar ichra tengmiz

Belarus Respublikasining A.A.Kuleshov nomidagi Mogilev davlat universiteti bilan kelishuv bitimiga ko'ra, bakalavr bosqichida 3 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha qo'shma ta'lim dasturi joriy qilindi.

Bundan tashqari, Britaniya kengashi hamkorligida institut professor-o'qituvchilari va talabalariga “IELTS” o'qitish strategiyasi bo'yicha seminar tashkil etildi. Britaniya kengashi bilan kelishuvga asosan “MOCK IELTS” sertifikatini olish uchun institutda tahsil olayotgan 89 nafar talaba imtihonga jalb etildi.

Ma'naviyatli yoshlar maskani

O'tgan yilda ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishida “Har bir xonadonga kitob va ma'rifat bilan” aksiyasi hamda telegram ijtimoiy tarmog'ida “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida kitobxon talaba” kanali tashkil etildi. Ushbu kanalga 3000 ga yaqin jahon va milliy badiiy asarlar joylashtirildi. “1 oyda 10 kitob — 1 yilda 100 kitob bilan do'stlashdim” mega loyihasi doirasida “Eng faol kitobxon” tanlovi o'tkazildi.

Jamiyatda yoshlarning faolligini oshirish hamda bandligini ta'minlash yuzasidan “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” loyihasi doirasida talaba-yoshlar ishtirokida biznes-seminarlar bo'lib o'tdi.

Shuningdek, milliy odob-axloq udumlarini asrash, yosh avlodga targ'ib qilish borasida “Sharq qizlari odobi”, “Biz buyuk yurt farzandlarimiz”, “Ta'lim va tarbiya uzviyligi”, “Ulug'larni e'zozlash — buyuklikdan dalolat” mavzularida o'tkazilgan ilmiy-nazariy seminarlar, trening mashg'ulotlari, targ'ibot aksiyalari orqali barcha bosqich talabalari qamrab olindi.

Ilmiy faoliyat — ta'limga berilgan baho

O'tgan mavsumda institut pedagoglaridan 8 nafari fan doktori (DSc) va 20 nafari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini himoya qildi. 6 nafar pedagoglarimiz dotsent va professor unvonlariga ega bo'ldi.

O'qituvchilarimiz tomonidan “Scopus, Web of Science” kabi umume'tirof etilgan, indeksatsiyalangan ma'lumotlar bazalari jurnallarida e'lon qilingan ilmiy nashrlar soni 380 tani tashkil etadi.

Institutning asosiy strategik ilmiy tadqiqot yo'nalishi — Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri doirasida ilk fan doktorlik (DSc) dissertatsiya ishi himoya qilindi, hamda 20 dan ortiq ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

O'tgan faoliyatimiz davomida institut miqyosida “lip” etgan yangilik bo'lsa, ularning barchasini baholi qud­rat OAV orqali sizlarga yetkazishga harakat qildik. Ishonamizki, joriy yilda ham sizlar bilan birgalikda axborot maydonida o'z so'ziga va ovoziga ega bo'lgan o'ziga xos minbar yaratamiz!

Nizomiddin BOZOROV,

Toshkent viloyati Chirchiq davlat

pedagogika instituti matbuot kotibi

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

9 − 2 =