Şuʼlangizda raqs etdim
Muallif haqida: Tillaniso Eşboyeva — Qoraköl tumanida tuğilgan. 2016 yilda ÖzMUning jurnalistika fakultetini tugatgan. ÖzRFA Özbek tili adabiyoti va folklori ilmiy instituti tayanç doktoranti. «Dilxat», «Olovrang tuğyon» nomli kitoblari naşrdan çiqqan.

* * *
Hamma narsa aniğu,
Men mavhumlikni yaxşi köraman.
Sevgilim, visol onida ölgim keladi
Sevgilim, vaqtimni sotgim kelar 4-5 jazmanga.
Baribir könglimni töldirolmaydi
Uzun halqa kabi çözilgan
Heç bölmasa tölsin vaqt pufaklari
Sevgilim
Yaşaş
Vaqtni har lahza seziş bölsa
Men his etdim har lahsa vaqtga tölgan Zerikişni.
Sevgi
Lim emas
Sevgi
Dunyoning ustunlarini
Qulatmoqçi bölgan nafrat
Sevgilim, nafratimdan bola kördim
Sevgilim, yonğinda qolgan Vaqt erur Nafrat
Sevgilim, dunyo ustunlari Qulasin.
Yovvoyi tanovor
Rasmingizga termilib çiqdim tun böyi.
Közyoşlarni bir-bir terdim nigohingizdan.
Şuʼlangizda raqs etdim.
Kaftimdan sirğalib tuşdi siniq va tirik haqlar.
Men raqs etdim.
Kulgingizdan sinib tuşdi borliğim.
Raqs etdim.
Dunyo bizni olib borolmagan heç
Hayot yöllarida sira körmagan
Manzillarga yetdi oyoğim.
Men raqs etdim.
Qiyofangizdan bir-bir terdim lahza borliğin —
Ötkinçilik ketdi sidrilib.
Qalbimga qorişdi lahza borliği
Yoğdu va oh kabi qorişdingiz siz
Oy yoğdusin örab oh kabi çekdim.
Men raqs etdim manzillarning ustida yolğiz
Men yod etdim gulni, baxtni, fasli xazonni
Yöllarning toşiga şunçaki tikdim — jonni arzonni
Somon yöllariga soçdim sabrni — sindi borliğim.
Men raqs etdim.
Men oh çekdim
Yodingizda kulgiyingizda.
Men raqs etdim.
Kulgingizdan sindi borliğim.
Men oh çekdim.
Ohkim,
Ohkim
Şuʼlangizdan bedor yiqildim.
* * *
Içimda baliq öynar
Likillatar dumini
U taşna
taşna.
Bir kun
Uç kun
Ön kun
Qirq kun.
Taşnalikdan ölmas baliqlar.
Içimda baliq öynar
Likillatar dumini
Nozik harir suyagi bilan
Parçalab taşlaydi
Haqiqatni u.
Içimda baliq öynar.
Közlari qoraygan tunning tusidir.
Yolğon ekan.
Öz jazavasidan ölar baliqlar.
Barbod qilar, urar özini
Öz xayolidan ölar baliqlar.
Yolğon ekan.
Bir,
Uç,
Ön ,
Qirq kun.
Taşnalikdan ölmas baliqlar.
