Til örganişning neçta siri bor?

Bugungi yoşlar çet tillarini örganişga ança talabçan. Xorijda öqiş yoki işlaş uçun ham til bilişning muhim ahamiyatga ega ekanligi kun sayin oydinlaşmoqda. Şu kunlarda quloğimizga turli ajnabiy sözlar tez-tez çalinayotgani, respublikamiz böylab faoliyat yuritayotgan turli öquv markazlarining til örgatiş kurslariga öquvçini jalb qiliş uçun takliflari, çegirmalari kundan-kunga köpayayot­gani bejiz emas, albatta.

Şunday ekan, keling, xalqaro ingliz tilini örgatiş tizimi darajalari bilan tanişsak: boşlanğiç (Beginner), boşlanğiçdan bir poğona yuqori (Elementary), örtaçadan past (Pre-Intermediate), örtaça (Intermediate), örtaçadan yuqori (Upper Intermediate) va ilğor daraja (Advanced).

Xalqaro ingliz tilini sinaş tizimi, yaʼni insonning bu boradagi bilim darajasi (IELTS) esa quyidagiça amalga oşiriladi:

— Listening (tinglaş qobiliyati);

— Reading (öqiş qobiliyati);

— Writing (ingliz tilida yozma könikmalar);

— Speaking (oğzaki ingliz tilini bilişi).

Sinov natijasi(IELTS daraja) ikki yil davomida amal qiladi.

Köça-köydagi eʼtiborni tortadigan joylarda “1 oyda ingliz tilini örgatamiz!”, “3 oyda eng yuqori natija!”, “Qoida va grammatikalarsiz tilni oson va qulay usulda örganing” singari eʼlonlarga közingiz tuşgan bölişi tabiiy. Bu odatiy holga aylangan bölsa ham, ajablanmayman. Xöş, öquv markazlari reklamalaridagi jumlalar qançalik haqiqatga yaqin, tilni qanday örganiş kerak, qança muddat şuğullansa böladi? Ingliz tilini kimdir kinofilm tomoşa qilib, inglizça musiqalar tinglab örganadi, IELTS imtihonlarida yuqori natijaga erişadi. Yana kimdir ingliz tilini örganişga umrining bir neça yilini sarflasa ham, foydasi bölmaydi. Buning sababi nimada, qanday sirlari bor?

Şu va boşqa savollarimizga javob oliş uçun poytaxtimizdagi “Registon” öquv markazida bir neça yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan yoş va iqtidorli pedagog Tursunoy Yöldoşevaning tajribalari bilan qiziqdik. — Ingliz tilini qanday örganiş kerak?

— Men özimning uzoq yillik kuzatişlarim davomida ingliz tilini örganişning atigi 3 ta “sir”i bor, degan xulosaga kelganman:

— Dangasa bölmaslik;

— Jonli muhit şakllantiriş;

— Doimiy ravişda takrorlab, maşq qiliş.

“Tadqiqot”, yaʼni yangi tilni örganiş jarayoni juda qizğin keçişi lozim. Bir kunda 5-6 soat şuğullanib, 1 hafta kitob öqiyolmay yurgandan, birinçi haftada har kuni 1 soatdan şuğullanib, keyingi haftalarda dars davomiyligini oşirib borgan maʼqul. Bu maşğulot özingiz uçun qiziq bölsa, dars vaqti siz bilmagan holda köpayib, samaradorligi oşib boraveradi. Kam va tez-tez örganing. Miya maʼlumotni qabul qilişni töxtatganidan söng, quloqlar eşitmaydi va köriş “loyqa” tusga kiradi. Kuç sarflaşni davom ettirsangiz ham, bunda nimadir örganişingiz dargumon. Bular ing­liz tili, umuman, har qanday tilni örganişning oddiy sirlari. Ularni biliş maqsadingizga erişiş uçun yetarli, deb öylayman.

“Çet tilini örganmasangiz hayotingiz zulmatga aylanadi, ingliz tilini bilişingiz şart, bu davr talabi…” deb emas, uni şunçaki sanʼat sifatida qabul qiling. Çunki bu nafaqat istak va harakatni, balki maxsus bilimlarni ham talab etadi. Agar tilga majburiyat deb qarasangiz, yillar davomida ham biror natijaga erişa olmaysiz.

— 1 oyda IELTS 7+ oliş mumkin(mi)?!

— Bugun turli öquv markazlarining flayer va reklama bannerlari, videoroliklarida bu kabi eʼlonlarga tez-tez közimiz tuşadi. 1 oyda, hatto undan ham kam muddatda IELTSdan yuqori natija oliş mumkin. Faqat iştiyoq va insonda til böyi­ça yetarli darajadagi “baza” bölsa bölgani. Öquv markazi qöygan talablarni va berilgan vazifalarni vaqtida, aytganidan ziyoda bajarib, 24 soat davomida kitob öqiş… (buning iloji yöqligini tuşungandirsiz?) Agar öquvçi aytilgan muddatda natija çiqarolmasa, unga vazifalarni vaqtida bajarmagani rökaç qilinib, aybni tayyorlov markazining “böyni”dan soqit qiliş oson.

IELTSga tayyorlanişni köpçilik IELTS texnikasini örgatadigan kitoblar qidirişdan boşlaydi. Internetdan şunday kitoblarni yuklab oladi-da, qaysi biridan boşlaşni bilmay boşi qotadi. Dastlab “You Tobe”da qanday qilib “Listening”, “Reading”, “Multiple”, “Choice”, “Question” bilan işlaş sirlarini örgana boşlaydi. “True/false/not given”ni aniqlaş yöllarini qidiradi. Lekin amalda qöllay olmaydi, natija past çiqaveradi. Xöş, bu bilimsizlikni anglatadimi?

Yöq. Şunçaki siz qanday qilib tayyorlanişni bilmayapsiz, xolos. Qolganlar nima qilsa, şuni qilyapsiz. Çunki ular imtihondan “8.0” ball olgan-da! Bilmaysiz-ki, bu natijaga erişganlar IELTSga tayyorlanişdan avval tilni kuçli bilgan va “General English”ni mukammal örganib, keyin tayyorlana boşlagan.

Agar “General English”ni yaxşilab örganib, söz boyligingizni oşirib, “Listening”, “Reading” (badiiy kitob öqiş), “Speaking”, “Writing” ustida işlasangiz, IELTS texnikasini örganiş oson.

Tavsiyam — ingliz tilidagi kino yoki seriallarni köring. Yangi sözlarni yozib, tarjimasini yodlang. Qahramonlarning har bir gapini töxtatib, xuddi aktyorlardek talaffuz qiling, rolga kiring.

Kitob öqing. Özingizga yoqqan asarni qança köp mutolaa qilsangiz, şunça foydali. Boşida qiynalasiz, lekin taşlab qöymang. Har bir sözni emas, özingizga yoqqan jumlani tarjima qiling. Muhimi, yod oling!

Kundalik daftar tuting va unga kunlik öylaringiz, orzularingiz, maqsadlaringizni yozib boring. Qança köp bölsa, şunça yaxşi. Kino va kitobdan yodlagan sözlaringizdan foydalaning. Bu “Writing” oşişi uçun ham juda foydali.

Past daraja bilan IELTS kurslariga qatnaş befoyda. Avvalo, ingliz tilini yaxşilang. Unutmang, til va IELTS bitta narsa emas. Til — bu til, IELTS esa darajangizni baholaydigan tizim — test, xolos. U sizga imtihon testlari strukturasini örgatadi.

— Til örganişdagi samarali usullar haqida nima deya olasiz?

— Avvalo, inson nima qilişni yaxşi körişini aniqlab olişi kerak. Balki sizga musiqa tinglaş, film tomoşa qiliş yoki maşhur şaxslarning namoyiş­lari, suhbatlari yoqar? Ehtimol, mutolaa, audio kitoblarni tinglaş yoki yangilik­larni muhokama qilişni xuş körarsiz? Çet tilini örganişda qiziqişlaringizdan maksimal darajada foydalaning!

Bu tilda bemalol gaplaşiş naqadar ajoyibligini tasavvur qiling, orzu qiling. Kelajakdagi natijani va maqsadlaringizni bir zum xayolga keltiriş sizga juda köp kuç va motivatsiya bağişlaydi, xorijiy tilda gapiriş qobiliyatingizni rivojlantirişga turtki beradi. Avvalo, til içida til bilan yaşaşni örgansangiz bölgani.

Muhimi — jonli muhit yaratiş. Bu juda muhim. Masalan, afğonistonliklarni oling, ingliz tilini heç bölmaganda muloqot darajasida bilişadi. Çunki bizda rus podşohlik bosqini davrida rus tili tarğib qilinganidek, bu davlatlarda öz davrida inglizlar hukmronligi sababli ehtimol, ingliz tili muhiti yaratilgan. Misol uçun, yoş bolalarni oling. Ular tilni qanday örganişini bilasizmi? Buning asosiy usuli — taqlid qiliş va takrorlaşdir.

Bolalar bir neça yillar davomida qiziqiş va qatʼiyat bilan atrofidagilardan eşitgan barça sözlarni takrorlab, ularga taqlid qiladi: “buvva” asta-sekin “suv”ga aylanadi, “mommoq” — “sut”ga, “şalom” esa “salom”ga…

Biz, kattalar, çet tilini örganiş jarayonida bolalardan köra ança ustunlikka egamiz. Yaʼni, allaqaçon, kamida, bitta tilni bilamiz. Artikulyar muşaklar, fikr­laş, xotira va eşitiş organlarimiz rivoj­lanib bölgan. Kamida bitta tilni bilamizmi, demak boşqa tillarni örganiş qobiliyatimiz ham yetarli. Muammo şundaki, biz ona tilimizni qanday örganganimizni unutib qöyganmiz! Ingliz tilida notaniş sözni eşitganimizda, xuddi bolalardek harakat qilganimizda edi…

Yana bir usul, iloji boriça çet ellik­lar bilan suhbatlaşiş katta yordam beradi. Heç qaçon xato qilişdan qörqiş kerak emas. Ular sizning xatoingizdan kulişmaydi, aksinça, ona tilisini örganayotganingizdan xursand böladi va qölidan kelgança yordam beradi.

— Ingliz tilini köproq kimdan örgangan maʼqul?

— Ingliz tilini birinçi navbatda uni mukammal biladigan va pedagogik mahorati yuqori öqituvçidan örgangan maʼqul. Bugun köpçilik insonlar öqituvçining IELTS darajasi, tamomlagan oliygohi, qaysi çet davlatlarda bölganiga eʼtibor beryapti. Bu juda katta xato! Masalan, “Vestminster oliy öquv yurtini bitirgan” — bu hali oliy darajadagi pedagog degani emas! Bu kabi OTMlarda iqtisod, biznes, xalqaro diplomatik aloqalar örgatiladi. Öqituvçi Yevropaning eng rivojlangan davlatlarida bölib, IELTS darajasi ham yuqori, qolaversa, yetakçi universitetlarni tamomlagan bölişi mumkin, ammo pedagogik mahorati bölmasa qiyin. Şunday öqituvçilar borki, biror çet davlatida bölmagan, darajasi ham ança past, lekin tayyorlagan öquvçilari ingliz tili böyiça yuqori natijaga erişadi. Bu ustoz tanlaşdagi eng muhim jihatlardan biridir.

Har bir inson öziga xos xususiyat, iqtidor va fazilatga ega. Undan foydalana olsa bölgani. Siz avvaldan maʼlum eski metodlar asosida til örganişga majbur emassiz! Xohlasangiz özingiz uçun yangi metodologiya yarating, qoliplarni buzişdan, maʼlum tartib va qoidalarni özgartirişdan qörqmang! Özingizni qiynab, 3-5 soatlab şuğullanişga miyangizni majburlamang, şunçaki tilni örganing. Örganişingiz kerak, şart bölganidan emas, uni yoqtirgan maşğulotingizga aylantiring. Xobbi bilan maqsad sari harakat qiliş osonroq… Özingizni munosib rağbatlantirib borişni ham unutmang!

P/S. Tursunoy opa bilan suhbatimiz dunyoqaraşim va miyamdagi tumtoq fikrlarni butunlay özgartirib yubordi. Ayni kunda “boş qotiriş”ni töxtatib, ingliz tilini örganişni boşladim. Siz–çi? Do you speak English?!

Abdulaziz Ahmedov

suhbatlaşdi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan