“Tarbiya”ning qaytişi
Insoniyat taraqqiyotida avloddan-avlodga ötib, izçil rivojlanişni taʼminlaydigan xazinalar köp: kelajakka meros qoladigan uy-joy, mol-mulk va albatta, tarbiya. Ularning dastlabki ikkisi yana boşqa şunday boyliklar bilan qöşilib, tiriklikning moddiy asosini taʼminlasa, tarbiya bu borada yaşaşning maʼnaviy asosi bölib xizmat qiladi. Bizning tilimizdagi “tarbiya” sözi arabçadagi “robbi” – yaratuvçi sözi bilan bir özakdan. Qolaversa, tarbiyani ota-onadan farzandga qoladigan eng katta boylik ham deb baholaydilar (Maqol: “Olmaning tagiga olma tuşadi”). Dunyoga endi kelgan zurriyod ham yaşaşning ilk saboqlarini ota-onadan oladi (Maqol: “Quş uyasida körganini qiladi”). Farzand voyaga yetib, jamoaga qöşilar ekan, odamzot osmonida yangi bir yulduz paydo bölgandek tuyuladi, atrofdagi hamma unga qaraydi, u doim jamoaning nazarida (Maqol: “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”). Jamiyatning bir tenghuquqli aʼzosi ana şunday söqmoqlardan ötib, insoniyat olamiga qöşiladi. Bu hol bizning gözal turmuş tarzimizda ajib bir tarzda mazmun kaşf etgan: bir farzand bilan butun jamoaning ezgu orzulari ulğayib boradi, undan (zurriyotdan) dunyoning koriga yaraydigan bir bunyodkor paydo bölişini istaydi. Xalqimizning azaliy turmuş tarzi ana şunday mezonga asoslangan, yaxşidan hamma baravar quvonadi. Aksinça, yomondan hamma birdek aziyat çekadi.
Bunday munosabat bizda tarbiyaning ijtimoiy qiyofasini tayin etadi. Demak, tarbiya hammaning har kuni qiladigan işi. Azaldan turmuş tarzimizda tarbiyaga qattiq amal qilingan, dasturxon atrofida, öqiş, mehnat jarayonlarida, köça-köyda yuriş-turişda kattalar muttasil yoşlarga tanbeh borib borişlari odat tusiga kirgan, şundan bolalar ham öziga huşyor, atrof-tevarakka tarbiyali munosabatda bölişga harakat qilib ösişgan. Keksalarga röbaru böliş xuddi qattiqqöl ustozga imtihon topşirgandek masʼuliyatli bölgan, şundan hadeb ularga duç kelinavermagan, agar kattalar gaplaşib turgan bölsa, boşqa köçadan aylanib ötilgan. Tarbiyaning yuki şu darajada oğir bölgan. (Hozir ham şunday tartiblar amal qiladigan qişloqlar juda köp). Tarbiyaga jiddiy eʼtibor berilganidan taʼlim ham tarbiyaning bir bölagi deb qaralgan, ilm örganiş, aslida, tarbiyani ilmiy örganiş usuli bölgan. Tarbiyali odamning bir fazilati uning ilmli ekani ham hisoblangan.
Afsuski, keyingi paytlarda tarbiya tor oilaviy masala sifatida çeklanib, ilm – taʼlim yetakçi öringa çiqdi. Kişi faoliyatiga ilmiga qarab baho beriladigan böldi va bu bahoning mezonlari işlab çiqilib, ijtimoiy hayotda majburiy qilib qöyildi. Ilm hamma yöllar bilan rağbatlantirildi, öqiş-öqitiş muassasalarida taʼlim yönalişiga urğu berildi, ilmiy unvonlar joriy qilindi: fan nomzodi, doktori, professor, akademik… Bu holning sababi – milliy qadriyatlarga öt oçilgan va insonga katta mexanizmning bir vinti deb qaralgan tuzumda yaratuvçining kimligi emas, uning mehnat mahsuli lozim edi. Tarbiya esa tomiriga suv yetmagan daraxtdek qurib boraverdi. Ana şunday bir tomonlama yondaşuv tufayli odamzot “oqibatda, ilmu urfon (taʼlim)da eng baland nuqtaga – apogeyga yetdi. Dunyoning bundan keyingi taqdirini esa tarbiya hal qiladi”. (2009 yilda yozilgan “Janob” tarbiya” maqolasi şu sözlar bilan yakunlangan). Aniqroq qilib aytadigan bölsak, ilm tufayli odamzod aqli butun galaktikani kezib çiqdi, odamning şişa nayçadagi namunasi – klon yaratildi, viruslardan ajal quroli sifatida foydalaniş mumkin böldi va hokazo. Maʼnaviyat esa tubanlaşib, bir jinsli nikoh va boşqa körguliklargaça borildi. Ikki oyoqli xilqat baʼzi qiliqlari bilan tört oyoqli hayvonni ham ortda qoldiradigan böldi. Demak, keçdan köra heç, deganlaridek, vaziyatni önglaş uçun keskin çoralar köriş lozim bölib qoldi. Ana şunday şaroitda mamlakatimizda zamon söroqlariga hozirjavoblik bilan Tarbiya darslarining joriy qilinişi ayni köngildagi gap hisoblanadi.
Tarbiya har lahzada kerak böladigan amal. Gavjum şahar transportiga çiqib olgan odam şundoq eşikning oldida turib qoladi, yölovçilar uni turtib, u yoq-bu yoqqa ötadilar, biroq u bir qadam içkariga kirişni, çunki bu joy böş, fahmlay olmaydi. Hatto, noz-neʼmat töla dasturxon atrofida ötirganda tanovul qilişni nimadan, qanday boşlaş lozim – hamma bilavermaydi. Qaçon qöl olib körişiladi, qaçon boş irğab salomlaşiladi – va hokazo millionta mayda ikir-çikirlar. Ularning odobini bilmay, köpga ergaşib ham yuraveriş mumkin, lekin uzukni barmoqqa, bilaguzukni qölga taqiş madaniyat hisoblanadi. Köp takrorlanadigan MADANIYAT degan katta boylik ana şunday mayda unsurlardan taşkil topadi. Madaniyat joriy bölgan tuzum madaniyatli hisoblanadi va unda ğayriinsoniy qiliqlarga örin bölmaydi – tariximiz ana şunday jannataro davrlarni körgan. U paytda iqtisodiyot, ilm-fan, sanʼat yuksalgan, bu yuksalişni madaniyat taʼminlagan.
Köp asrlik tajriba va zakiy olimlarning saʼy-harakati bilan tarbiyaga doir ulkan ilm şakllangan. Hozirgi axborot asrida ana şu ilmdan xabardor bölmay, çin maʼnodagi komil inson böliş mumkin emas (bexabar bölsa, umri qiyinçilikda ötadi xolos). Bu ilmga kirişişdan oldin bir aniq holni eʼtirof etiş lozim: ijtimoiy borliqda paydo bölgan zurriyot ilk tarbiyani ota-onasidan oladi! Hatto, tarbiya unsurlarini irsiy ham deyişadi (Maqol: “Qazisan – qartasan, bir kun aslingga tortasan”). Tarbiyaning biologik genlardan ötiş hodisasidan taşqari tarbiyada homilaning qanday luqma (halol – harom) bilan ulğaygani asosiy örin oladiki, hatto, tarbiyani moddiy hodisa, deyiş ham mumkin. Şunday ekan, halolidan buyursin, “harom luqma bilan ulğaygan bola dözaxga ötin bölişdan boşqasiga yaramaydi” (Hadisdan). Ha, insoniyat dunyosining talablari şafqatsiz, bitta yaxşi insonning dunyoda qoyim bölişi uçun qança şartlar lozim – şuning uçun atrofimizda yaxşi odamlar kam.
Şunday mulohazalardan kelib çiqib, tarbiyani içki (botiniy; fitriy) va taşqi (zohiriy; kasbiy) yönalişlarga ajratadilar. Professor Abdurauf Fitrat 1914 yilda yozilgan “Oila” risolasi (kitob 1998 yil “Maʼnaviyat” naşriyotida bosilgan)ning ikkinçi qismida farzand tarbiyasi masalasiga batafsil töxtaladi (risolaning birinçi qismi uylaniş zarurati va masʼuliyati masalalariga bağişlangan) va olim tarbiyani uç qismdan iborat deb hisoblaydi. 1). Badan tarbiyasi (ovqatlaniş, uyqu, poklik, harakat). 2). Aqliy tarbiya. Taşqi maʼlumot manbalari (köz, quloq, til, burun, teri) orqali; içki maʼlumot manbalari (his, aql, diqqat, idrok, xotira, muhokama) orqali. 3). Axloqiy tarbiya. Feʼl (tasavvur, muhokama, soliştiriş, qaror, ijro); mayllar (şaxsiy, ijtimoiy, oliy) orqali inson şaxsining yuksalişiga taʼsir etiş. Har bir atama milliy şaroitdan kelib-çiqib, batafsil izohlanadi. Bunda jadid bobomizning islom dini arkonlari bilan birga Yevropa ilmidan ham çuqur xabardor ekanligi maʼlum böladi. Bu hol risolaning qimmatini oşiradi.
Risolada har bir tarbiya böğiniga alohida taʼrif berilar ekan, ularni takomillaştiriş va amaliyotga joriy etiş usullari dunyo ilmidagi qoidalar orqali tuşuntiriladi. Albatta, bu qaraşlar bir muallifning özi kaşf qilgan, dunyoviy ilmlarga asoslangan va mavjud ijtimoiy hayot (XIX asr, Buxoro)dan olgan misollari asosidagi ilmiy xulosalari. Risola öz paytida Örta Osiyo ilmiy jamoatçiligi örtasida ança maşhur bölgan. Fitrat domlaning qöliga qalam tutqazgan masalalar esa xalqimiz madaniy saviyasining rivojlangan davlatlar, xususan, muallif özi körgan yurtlar darajasidan pastligi turtki bölgan. Bu hol turmuşning barça jabhasida, jumladan, ajralişlarda ham aks etayotgandi. Oilalar buzilişining köpligini “Biz turkistonliklar örtasida axloqiy fazilat va islomiy tarbiya joriy etilmagani va undan mahrum bölganimiz sababli” deb şarhlaydi. Bu masalaning juzʼiy tomoni. Tarbiya şunçalik noçor yölga qöyilganki, musulmon birodarlarimiz biron sohada kamolga yetişni öylamaydilar. Odamlarning loqaydligidan iztirob çekib, şunday deb yozadi Fitrat: “Bitta yahudiy savdogar qança turkistonlik savdogarlarning közini boğlab qöyadi yoki bir armani qança buxorolik duradgorni qoyil qilib qöyadi” deydi va şunday savol qöyadi: “Nima sababdan?” Javob esa juda oddiy: “Çunki ular bilağon: muhokama, mulohaza va tafakkur qiladiganlardir”. Bizning mardumlar esa taqdirga tan berib, “çordona qurib ötiraveradilar”. (Bu holning şu kunlardagi körinişi: masjidga yuguradilar va hamma narsani Xudoga taşlab, osmondan çalpak yoğişigi kutib ötiraveradilar. Harakat yöq yoki joiz emas). Körinib turibdiki, bir asr oldin qalamga olingan muammolar bugun ham begona emas.
Olim bunday noxuş holning sababini tarbiyaning naqadar ibtidoiyligida, deb biladi va öz millat-doşlarini dunyo tajribasi, ilmidan bahramand etiş uçun şu risolasini yaratadi. Oçiği, bunday ilmiy va didaktik adabiyotlar yetarli, hayot esa yangi muammolarni köndalang qöyaveradi. Bugungi kunda yoş avlod tar-biyasi har qaçongidan ham dolzarb. Masalaning nozikligi şundaki, axborot vositalari öta köp va ularni jilovlaşning iloji yöq. Şunday şaroitda şaxs tarbiyasi masalalarning masalasi bölib maydonga çiqayapti. Şaxs kamolotida tarbiyani idiş, taʼlimni unga quyiladigan suyuqlik, maʼlumotni esa suyuqlikning nimaligi: şarobmi, şarbatmi yoki oddiy suvmi – şunga qiyoslaş mumkin. Yoxud tarbiya – libos, taʼlim – çöntakdagi pul. Xullas, bu borada qiyoslar ham, mulohazalar ham yetarli. Umuman, kuzatişlarimni tartibga solib va tarbiyaning dolzarbligi hamda ijtimoiy ahamiyati yuqoriligini aniq misollar bilan dalillab, bir maqola yozgandim va u “Tarbiyani yaşirib bölmaydi” degan sarlavha bilan “Hurriyat” gazetasining 2010 yil 10 fevral sonida bosilgandi. Maqola yaxşi kutib olingan, muştariylar ança jöyali fikrlarni izhor etişgandi. Keyin uni yana ham mukammallaştirdim va “Janob” tarbiya” degan nom bilan “Umid manzili” (“Özbekiston” naş-riyoti, 2016 yil. 30-56 betlar) kitobimga kiritdim. Bu saʼy-harakatlardan maqsad – bir fuqaro, qolaversa, 10 yil maktablarda öqituvçilik qilgan ustoz sifatida Tarbiyaning inson hayotidagi muhim örnini taʼkidlaş, şu bilan birga jamiyatda, öqitiş tizimida unga lozim darajada jiddiy ahamiyat berilişi şartligini öqdiriş edi.
Taraqqiyotning hozirgi bosqiçida savod örgatiş yoki maʼlumotli qiliş deyarli har bir kişining şaxsiy işi va muammosiga aylandi. Davr şu darajada taraqqiy etdiki, endilikda ilmli bölmay yaşaşning umuman iloji qolmadi. Şunday şaroitda bu masala keyingi qatorga ötdi, deyiş mumkin. Zotan şaxsning kimligi, borliqqa munosabati, uning içki olami asosiy öringa çiqdi. Fikrlar, manfaatlar kuraşida kimning yutib çiqişi emas, qanday odamning (yoki ğoyaning) yutib çiqişi muhim bölib qoldi. Keyingi saʼy-harakatlar işlab çiqarişni rivojlantiriş, unumdorlikni oşiriş yoki möl-köl mahsulot yaratiş emas, dunyoni şu boriça uşlab turişga qaratilmoqda: qurollanişning oşib ketgani, ekologik va boşqa fojialar endi taraqqiyot tezligini jilovlaşni taqoza etmoqda. Ana şunday tahlikali şaroitda tarbiya masalasi, yaʼni insonning madaniyati masalasi yetakçi öringa çiqdi. Bu haqiqat. Albatta, maktablarimizda joriy etiladigan Tarbiya darslari boy maʼnaviy, tarixiy merosimizning eng nodir durdonalari asosida tuziladi va kelajak avlodimizni dunyo tamaddunida öz örnini tayin etadigan kişilar bölib yetişişiga xizmat qiladi.
Hakim Sattoriy,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi masʼul xodimi.
