Mömin otaning turmuş urinişlari
jadidlarning eng sönggisi haqida
Men bu qariyani tanirdim. Uni Mömin ota, orqavarotdan esa Mömin kofir deyişardi. Eskigina kiyimda, bir qölida tördan töqilgan xöjalik xaltasi kötarib yuradigan novçagina, töladan kelgan ammo biroz egilib qadam bosadigan çöqqi soqolli bu odam oltmişinçi yillarda men işlaydigan “Muştum” jurnali idorasining yölagidan ham ötib qolardi. Garçi uning eski zamonlarda yozuvçi, şoir bölganini, köpgina hajviy şeʼrlar yozganini eşitgan bölsak-da, özi körimsiz bölganligidanmi yoki uning ismiga qöşib aytiladigan “kofir” laqabi tufaylidanmi, işqilib, biz yoşlar unga unça eʼtibor qilmasdik, töğrisi — mensimasdik.
Asli ismi Möminjon Muhammadjonov bölgan bu keksa qalamkaşning “Turmuş urinişlari” degan kitobi öşa — oltmişinçi yillarda bosilib çiqqan bölsa ham uni birorta odam tuzuk-quruq öqib çiqqanligi ham maʼlum emas edi. Mana men bu kişini oradan deyarli qirq yildan mölroq vaqt ötgandan keyin, Mömin ota allaqaçon bandalikni bajo keltirib joyi rostga ketganida kaşf etdim. Bir men emas boşqalar ham, hatto çet eldagi tadqiqotçilar ham Mömin Muhammadjonov qoldirgan meros bilan qiziqib qolişdi, u haqda çet ellarda maqolalar paydo böldi. Illo bu kamtarin, kamsuqum, aftodahol bir çolning ötmişimizdagi köpgina tarixiy voqealarning jonli bir guvohi, maşhur taraqqiyparvarlarning dösti, jadid matbuotining birinçi naşrlaridan tortib to oxirigaça doimiy muxbiri, istiqlolimiz uçun olib borilgan kuraşlarning bevosita iştirokçisi ekanligidan bexabar edik-da. Afsus, bilganimizda juda köp-köp narsalarni sörab-bilib olardig-a… Ammo endi keç. Bu gaplarni, zarur maʼlumotlarni Mömin otadan qolgan birdan bir yodgor — uning “Turmuş urinişlari” kitobidan izlaymiz xolos.
“Turmuş urinişlari” — Möminjon Muhammadjonovning tarjimai holi, bosib ötgan hayot yöli haqidagi oddiygina memuarnamo bir asar. Unda yozuvçi özining bolalik davridan to öttizinçi yillargaça körgan-keçirgan voqealarini erinmasdan, bir boşdan, heç qanday badiiy töqima qöşmasdan yozib ötadi. Toşkentda kambağal bir oilada tuğilgan, yoşligida ota kasbi — uzangisozlik ustaxonasida ter tökib işlab tirikçilikning aççiq-çuçugini tatigan, eski maktabda ne azoblar bilan xat-savodini çiqargan, keyin esa ilm oliş maqsadida Toşkent, Buxoro, to Ufadagi madrasalarga ham borib ne maşaqqatlar bilan öqigan Möminjon aka öşa davr taraqqiyparvar ziyolilari, jumladan, şoir Kamiy va boşqalar bilan döstlaşadi, yangi çiqa boşlagan gazeta va jurnallarni öqiydi, ularda öz maqolalari, şeʼrlari bilan iştirok etadi, şu boisdan mutaassib dindor emas — keng fikrli inson bölib yetişadi. U öz kitobida yozişiça öşa davrlardayoq turli mozorlarga siğinişni bidʼat deb bilgan, ayrim badnafs din vakillarining kirdikorlariga nisbatan aççiq gaplar aytişga jurʼat etgan edi. (Unga “kofir” laqabining berilişiga ham sabab şu bölsa kerak).
Tirikçilik urinişlari Möminjon akani qay joylarga taşlamagan — u goh Toşkentdagi biror mahalla masjidida imomgarçilik qilişga majbur bölsa, goh Marğilon, Andijon va Xorazmda, hatto qöşni Qozoğiston qişloqlarida muallimlik qiladi. Ammo u qayerda bölmasin yangilikka intiladi, odamlarga ilm-maʼrifat tarqatadi, taraqqiyparvarlar safida böladi. U dastlabki taşkil etilgan jadid naşrlari — “Xurşid”, “Şuhrat”, “Sadoyi Turkiston” gazetalarida öz şeʼrlari, maqolalari bilan qatnaşadi, ularda bosilgan öz felyetonlarida zulmkor amaldorlar, poraxör qozilarni ayamay foş qiladi.
Möminjon Muhammadjonov yuqorida aytganimizdek, qator tarixiy voqealarning bevosita iştirokçisi bölgan. Masalan, u 1916 yil Toşkentda bölib ötgan ulkan xalq harakati — çor podşosining mardikor oliş haqidagi buyruğiga qarşi kötarilgan qözğolonni öz közi bilan körgan, unda yaralangan hammahalla Sodiq degan yigitga yordam körsatgan. “Mahallamizdagi bir tikuvçining ön sakkiz yaşar öğli Sodiq doktorxonada bir neça kun yotib, soğayib qaytib keldi. Keyin eşitsam, bir neça kundan keyin politsiya kelib, uni olib ketibdi. Beçorani hukumatga qarşi harakatda ayblab, osib öldirdilar. Unga qöşib yana tört kişini ham osibdilar. Töqqiz kişini yigirma yildan katorgaga — oğir işga hukm qilibdilar”, — deb yozadi öz kitobida adib öşa davrdagi çor hukumatining zulmi haqida. Bu zulm bevosita Möminjon akaga ham tegib ötadi. Uni mardikorlikka oladilar, ammo u muallimman, deb bundan qutulib qoladi, uning örniga ukasini olib ketadilar, ukasi mardikorlikdan xastalanib qaytadi va vafot etib ketadi.
1917 yil fevral inqilobi Turkiston ziyolilari uçun ham “milliy ozodlik umidi”ni uyğotgan voqea sifatida zör talqin qilingan. Bu paytda Möminjon aka Andijonda şoir Çölponning hovlisida maktab oçib, muallimlik qilayotgan edi. U şunday deb eslaydi:
“1917 yil, fevral oyi edi. Boloxonada bolalarni öqitiş bilan maşğul edim. Quloğimga tapir-tupur ovoz kirdi. Eşikdan bunday boşimni çiqarib qarasam qölida qoğoz Abdulhamid (Çölpon – M.X.) yugurib kelyapti. Suyuna-suyuna mening oldimga kirib kelib: “Qani, suyunçini çiqaravering, Möminjon aka! Padarlanʼat zolim Nikolay podşo yiqilibdi, afsalosoflinga ketibdi. Endi ezilgan hamma mustamlaka xalqlar ozod! Işonmasangiz mana rusça telegramma!” — deb qölidagi telegrammani menga körsatdi.
Ikkalamiz suyuna-suyuna quçoqlaşib körişdik. Keyin şaharning keng bir maydonida miting böldi. Mitingda boşqalar qatori Abdulhamid ham nutq sözladi”.
Möminjon Muhammadjonov 1917 yil oktyabr özgarişidan keyin yangi tuzum matbuotida, jumladan “Muştum”da işlab, öz hajviy şeʼrlari bilan qatnaşib turdi. U öz şeʼrlarini Toşqin, Mehtarbod degan taxalluslar ostida yozardi. Garçi u bu davrda yozgan şeʼrlarida öşa davr taomiliga köra yangi tuzumni olqişlab:
Davr bizning davrimiz,
davron bizim davronimiz,
deb madhu sanno öqisa-da, bu davr uni siylamadi, hatto qatorga ham qöşmadi. Illo taraqqiyparvarlar matbuotida faol iştirok etgan, ularning hamfikri bölgan har qanday odam bu davrning duşmani sanalardi. Dahşatli qatağonlardan omon qolişi esa bu insonning baxti edi. Şu boisdan Möminjon aka bunga şukr qilganday butun umr indamay, böyin egib qölidan rözğor xaltasi tuşmay ötdi. Uning turmuş urinişlari şunday öz nihoyasiga yetdi.
Men bu qariyani tanirdim…
Muxtor Xudoyqulov.

Assalomu alaykum, yaxshimisiz? QURBON Hayitingiz muborak bo’lsin. Sizga sog’lik-salomatlik, oilangizga farovonlik tilayman. Ushbu maqolangizni o’qib juda quvonib ketdim. Men shu insonning hayoti va ijodi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishi olib bormoqdaman. Siz bilan qanday bog’lansam bo’ladi? Mumkin bo’lsa iltimos telefon nomeringizni qoldirsangiz. Andijon davlat universiteti doktoranti Gulnozaxon Sherg’oziyeva.