“Haqiqiy sanʼatni biznes, deb biliş gunohdir”

Özbek sanʼatini ulkan çamanzorga qiyoslaydigan bölsak, uning bağrida ifori turli gul köp, çeçak köp. Har birining bul çamanda öz tarovati, öz lutfi borligi ayni haqiqat. Bugungi özbek milliy sanʼatini özining noyob ovozi, takrorlanmas milliy uslubi bilan boyitib kelayotgan sanʼatkorlardan biri, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Oybek Hamroqulov tabiatan kamsuqum, qalbida samimiyat mujassam, özbek mumtoz ğazallarining çinakkam şaydosi, desak xato bölmaydi. Biz mumtoz ğazallar ijroçisi, isteʼdodli sanʼatkor bilan suhbatda böldik. 

— Siz sanʼatkor oilasida voyaga yetgansiz, sizdan sanʼatga oşnolik qaçon boş­langan, deb söramoqçi emasman, ammo bu boşqa sohani tanlaşingizga xalaqit qilmaganmi? Demoqçimanki, bolaligingizda kim bölmoqçi edingiz?

— Musiqaga, sanʼatga bölgan iştiyoq bolaligimdan şakllangan. Otam, birinçi ustozim, Özbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov meni sanʼatga oşno etdi. Şu boisdan, boşqa kasbni egallaş istagi menda bölmagan, desam yangilişmayman. Otamning sanʼatga bölgan mehri, özgaça hurmat bilan ardoqlaşi menga ham ötgan. Men aynan şu muhitda ulğaydim. Bolaligimda  özimça ularning qöşiqlarni xirgoyi qilib yurardim. Bora-bora musiqaga bölgan iştiyoqim meni sanʼat sohasini tanlaşimga sabab böldi.

— Qiziq, nega ajoyib ovoz sohibi, el tanigan sanʼatkor Oybek Hamroqulov haqida internet saytlarida, gazeta-jurnallarda dilkaş suhbatlar yöq hisobi? Buni özingiz xohlamaysizmi yoki sizni suhbatga çaqirişmaydimi? Umuman, bölajak takliflarga qanday qaraysiz?

— Takliflar juda köp böladi. Biroq didingga mos keladigan taklif bilan çiqadigan naşr ham bölişi kerak-da. Bu bilan markaziy naşrlarga davoim bor, demoqçi emasman. Köpinça tuzilgan savollar “kurakda turmaydigan” darajada böladi. Baʼzida xizmat safarlarida bölaman. Şu sababdanmi, çindan ham gazeta-jurnallarda heç jöyali çiqiş qilmaganman.

Qolaversa, turli xil ijtimoiy tarmoqlar, saytlar, xususiy gazetalarga intervyu berib, özimni ortiqça köz-köz qilişni ham unça xuşlamayman. Mana, özingiz körayapmiz, böldi-bölmadiga suhbatlaşib ketaveradigan xonandalar haqida internet olamida har xil, bölar-bölmas gap-sözlar “bolalab” ketayapti. Hatto, şaxsiyatiga tegişayapti. Bu albatta, özbek sanʼatiga, qolaversa sanʼatkor şaʼniga yaxşi emas. Biroq telekanallar tomonidan taşkil etildigan bayramona davralardagi dilkaş suhbatlarga vaqt ajratib, borib turaman.

— Demak, bu borada biz omadli ekanmizda? Sizni suhbatga rozi qila oldik?

— Albatta, yaxşi naşrlar, samimiy suhbatdoşlarga doim vaqt topiladi.  

— Mumtoz adabiyotimizga ixlosingiz baland, buni bilamiz. Qöşiq uçun ğazal tanlaşda nimalarga köproq eʼtibor qaratasiz? Ğazal matni rom etadimi yo uning muallifi?

— Birinçi navbatda, ğazalning yoki şeʼrning matni, albatta. Muallif ikkinçi masala, yaʼni u oddiy şoir, kamtarin ijodkor bölişi mumkin, ammo yozgan şeʼri öqigan, tinglagan qalblarga yetib borib, dardmand qalblarga davo böla olsa, menga şuning özi yetadi. Rostini ham aytay, men köproq ğazallarga murojaat qilaman, sababiki, mumtoz şoirlarimiz tomonidan yozilgan bunday noyob, qayta-qayta öqiganingda özing uçun yangiça maʼno-mazmun, mohiyat topadigan asarlardan xonanda böla turib qöşiq ijro etmaslikni men özimga singdira olmayman.

— Barça kuylagan qöşiqlaringiz öz muxlislarini tezda topa oldi. Bu borada siz özingizni omadli sanaysizmi? Yo buning boşqa siri ham bormi?

— Mening nazarimda bu omadga boğliq emas. Çunki, avvalo, omadga yaraşa mehnat qilişingiz, xalqqa yoqadigan şeʼrni tanlay oliş, unga mos ravişda musiqa bastalaş mahorati, ovoz bilan işlay oliş qobiliyatingiz ham bölişi kerak. Masalan, men biror-bir qöşiqni bastalab, yozganimdan keyin bir muddat “tokça”ga taşlab qöyaman. Oradan maʼlum vaqt ötgandan söng, yozib olingan nusxasini qaytadan ting­lab, sözlarini, musiqasini tahlil qilib, özgartiradigan joylari bölsa, qaytadan işlab, keyin könglim tölsagina muxlislarimga taqdim etaman.

Mana, sizga bir misolni aytaman. Yaqinda kuylaganim, şoir Azim Suyun şeʼri bilan “Hay-hay bu qiz” degan qöşiqni kuyini 2003 yili bastalaganman. U ança yillar arxivimda turdi, neççi marotaba özgartirişlar, tuzatişlar kiritildi. Va nihoyat, özimga maʼqul kelgan şaklga keltirib, taqdim qildim. Qay darajada çiqdi buni endi xalqimiz baholaydi.

— Har bir xonandaning özi yoqtirgan qöşiqçisi, qöşiği böladi. Siz kimlarning ijodiga köproq qiziqasiz?

— Men, asosan, ustoz-sanʼatkorlarimizni eşitaman. Komiljon Otaniyozov, Ortiq Otajonov, Bobomurod Hamdamov bularni ustoz, deb bilganman. Yoşlarni ham tinglab turaman, yaxşi xonandalarimiz yetişib çiqmoqda. Baʼzilaridan esa köng­lim tölmaydi. Bir qarasang turk­dan, birda erondan, birda arab qöşiqlaridan köçirib öğirlangan musiqalar, bu kimga kerak? Har bir sanʼatkor yaratayotgan qöşiğining sözi, musiqasi ustida özi işlaşi, ter tökişi, mehnat qilişi kerak.

Töğri, bir paytlari ozarbayjonça, keyin arabça, turkça, eronça usulda qöşiq aytiş urf bölgandi. Yevropaga ham taqlid qilib körildi, ammo ularning birortasini xalqimiz qabul qilolmadi, hozir eslolmaydi ham. Xalqning dilida yaşab kelayotgan qöşiqlar faqatgina milliy sanʼatimiz namunalari. Şuning uçun bugun turli ajnabiy kuy va qöşiqlarning hidi keladigan, oldi-qoçdi sözlar bilan aytilgan aşulalarning umrini, maşhur ibora bor-u — “birrov”, ana şunga öxşatsa böladi.

Demak, mehnat va ilhomsiz yaratilgan qöşiq haqiqiy sanʼatni sevguvçi xalqning qalbidan örin ololmaydi. Çiroyli ijro, takrorlanmas musiqalar bilan qalblarga kirib borsagina, uni eʼtirof etsang arziydi. Umid qilamanki, milliy musiqamizni yangiça köriniş, uslublarda köylab yoş xonandalarimiz ham sanʼatimizdan munosib örin egallaydi. 

— Oybek Hamroqulov sanʼatni biznes deb tuşunadimi?

— Yöq. Bular boşqa-boşqa narsalar. Şaxsan men bu sohaga biznes, deb emas, çinakam sanʼatkor bölaman, deb kirib kelganman. Albatta, iqtisod ham kerak, uni rad qilib bölmaydi. Biroq sanʼatga biznesni qoriştirib  qöyiş gunohdir. Bunday ötkinçi, yengil-yelpi xayollar bilan sanʼatga kiriş men uçun xiyonatdek gap. Şou-biznes qilaman, deyotgan baʼzi “xonandalar”ning dardsiz, didsiz çiqişlari sahnani butunlay egallab olişi ham notöğri, nazarimda. Favqulodda taniliş, moddiyat ilinjidagi harakatlar vaqtinçalik. Bundaylarning “maşhurligi” ham uzoqqa bormaydi.   

— Sanʼatkorlar, hatto keçagina sahna körgan qöşiqçilar katta sahnada yakkaxon konsertini qöyişni xohlaydi. Siz nega jimsiz?

— Bu mening oğriqli nuqtalarimdan biri. 2000 yillar edi, “Zarafşon”da, “Turkiston”da kon­­­sert bergandim. Muxlislarning yodidan ham çiqib ketgan bölsa kerak. Lekin rejamda bor, bu borada yangi qöşiqlar tayyorlayapman, karantin tugab, konsertlarga ruxsat berilsa, “Xalqlar döstligi” sanʼat saroyida konsertimni qöyaman, inşoolloh.

— Bilamiz, sizning köplab muxlislaringiz bor. Alloh bergan noyob neʼmat — şirali ovozingiz bor. Söramoqçi bölganim, özingiz kimlargadir ustoz­lik qilişga ham mahoratim yetarli, deb öylaysizmi?

— Ustozlik — uluğ maqom. Bu men uçun qiyin jarayon. Hali u darajaga yetib keldim, deb ayta olmayman. Sizga bir misol keltirsam, ustozlarimiz Ortiq Otajonov hamda Bobomurod Hamdamovlar Komiljon Otaniyozov xonadonlarida 3 yil qolib xizmat qilgan ekan. Doim şu yerda bölib, Komiljon akaning ovozini, uslubini örganib, keyin katta sanʼatga kirib kelişgan. Bugun esa yoşlarimiz bunga çiday olişmaydi, bardoşlari yetmaydi. Men bolaligimdan otamning yonlarida bölib, ularni doim kuzatganman. Ovozlari, uslubi, yondaşuvlari barçasini körib, bilib keyin oq yöllari bilan sanʼatga kirib kelganman. Bu juda murakkab jarayon…

— Sahnada sanʼatkorning surat va siyrati qançalik darajada yaqin, hamohang bölişi kerak? 

— Bu eng muhim holatlardan biri. Sanʼatkorning nafaqat surati, siyrati, sözi, uslubi, hattoki qaddi-qomati ham bir-biriga mos bölişi kerak. Agar xonandada bulardan birontasi bölmasa, ijod tugal bölmaydi, kemtik bölib qoladi. Mabodo, sizda taşqi köriniş unçalik darajada “mos” emas, ammo Alloh tomonidan faqat sizgagina inʼom etilgan, noyob ovozingiz bilan muxlislarni mahliyo qilib qöyişigiz kerak. Ana öşandagina ular sizning taşqi körinişingizni unutişib, ovozingiz sehridan bahramand bölişadi, tan olişadi.

— Özbekiston xalq yozuvçisi Ötkir Hoşimovda şunday gap bor: “Ijodkorda qişloqning qalbi, şaharning aqli bölişi kerak…” Bu haqda sizning fik­ringiz qanday?

— Albatta, nafaqat ijodkor, sanʼatkorda ham bu sifatlar bölişi kerak. Özi sanʼatkor, ijodkor, şoir, yozuvçi — bular bitta tuşunça. Hammamizning ham maqsadimiz xalqqa maʼqul keladigan asarlar, qöşiqlar yaratiş. Agar sanʼatkorning ilhom manbai bölgan qalbida qişloqning jaydari, sof, samimiy, soddadillik bölsa, zör asarlar yarata olişi aniq. Sanʼatkor tomonidan kuylangan qöşiq böladimi, şoirning yozgan şeʼri, asari, hattoki rassomning çizgan suratida ham bu uyğunlik bölişi lozim. Özida bu sifatlarni mujassam eta olmagan ijodkordan yaxşi asarni kutiş qiyin.

— Bugun nimalar bilan bandsiz, muxlislarga qanday “sovğa”lar tayyorlayapsiz?

— Bugun pandemiya munosabati bilan biz ham, asosan uyda, lekin qizğin ijoddamiz. Şu kunlarda ötayotgan vaqt haqida bir qöşiq tayyorladim. Yaqinda muxlislarga taqdim etmoqçiman. Undan taşqari, arxivimdagi 10 taça qöşiqlarimni qayta yozib, işladim. Nasib bölsa, oktyabr oyining oxirlariga uni ham xalqimizga ulaşiş rejamda bor. 

— Köplab muxlislaringiz tomonidan yod olinib, qayta-qayta xirgoyi qilinuvçi “Sohibqironim bor mani” qöşiğingizning ijrosi tarixi haqida gapirib bersangiz?

— Bu qöşiqni birinçi bor ustoz-sanʼatkor Komiljon Otaniyozov ijro etgan. Men ham ularga havas qilib uşbu qöşiqni dastlab, özimça xirgoyi qilib yurar edim. Kunlardan bir kuni Çirçiq şahriga tadbirga bordik. Ilk marotaba şu aşulani ijro etib kördim. Qöşiqni eşitgan mehmonlar yana aytib bering, deb iltimos qilişdi. Xorazmlik Ravşanbek degan akamiz bor. Şu akamiz “Oybekjon, şu qöşiqni sen aytişing kerak,  mana körasan kattagina şov-şuv böladi. Qöşiq aynan senga mos tuşdi”, deb qoldi. Ha, aytaman dedimda, negadir qunt qilmadim. Oradan bir muddat ötgandan söng şu akamiz bilan yana bir xizmatda körişib qoldim. Yana qöşiqni aytişimga daʼvat qildilar. Şundan söng sozanda Bunyodbek Abdullayev bilan birgalikda uyda aranjirovka qildik-da, ertasi kuni studiyaga borib yozdik. Keyin bu qöşiqqa raqqosa Irodaxon Ismoilovani jalb qildik. U paytda singlimiz talaba edi. Onalaridan ruxsat oldik, qöşiqqa raqsni ham qöşdik. Oradan ozgina vaqt ötar-ötmas Ravşanbek aka aytganidek qöşiq öz muxlislarini top­­di. Sanʼatkorlar tili bilan aytganda maşhurlikka erişa oldi.

— Oybek Hamroqulovning kitobni tanlab öqişi qançalar haqiqatga yaqin?

— Agar yaxşi asar bölsa, kitob­ning şeʼr yoki boşqa janr­da bölişining farqi yöq. Badiiy, tarixiy, şeʼriy kitob­lar, mumtoz şoirlarimizning ğazallari — doimiy hamrohim. Döstlarim ham kitobni sevganimdanmi, menga köproq kitob sovğa qilişadi. Bundan xursand bölaman.

Taniqli adib Asqad Muxtorning “Kitobning öqilgani — boylik, sotib olingani emas”, degan gapi bor. Şu bois kitob olsam, avval obdan öqib, keyin javonga joylayman.

— Kitob javoningizdan örin olgan kimlarning kitoblarini “javonim javohirlari”, deb baholaysiz?

— Navoiy, Fuzuliy, Hiloliy, Nizomiy kitoblarini javonim javohirlari, desam adaşmayman. Şuningdek, Mirzo Boburning “Boburnoma”, Mirmuhsin qalamiga mansub “Temur Malik” romani, Xayriddin Sultonovning “Boburiynoma” singari asarlarni sevib mutolaa qilaman.

Ayniqsa, mumtoz ğazallarga juda qiziqaman, qayta-qayta öqiyman, tuşunmagan sözlarni luğatlardan topib, örganaman. Yuragimga yaqinlarini tanlab, sözlarini takrorlab, maʼnosini anglaganim hamonoq kuyi ham paydo böla boşlaydi. Şu asnoda qöşiqlarimning ohangi ham, sözi ham, kuyi ham yaraladi.

— “Hurriyat”çilarga tilak­laringiz?

— Birinçi navbatda, bugungi murakkab, tahlikali davrda ham öz muxlislari uçun gazetaning har bir sonini peşma-peş yetkazib berayotgan tahririyatning barça xodimlariga alohida rahmatimni aytib qolaman. Ilohim qalamingiz ötkir, sözingiz salobatli bölsin.

Suhbatdoş:

Islom ASILBEKOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan