Qor ostida qolgan izlar

Talabaligim ötgan asrning adabiyot va sanʼat ayni gullay boşlagan saksoninçi yillari boşiga töğri kelgan. Boysunning çekka bir qişloğidan Toşkentday azim göşaga ziyo izlab çiqqan bir öspirin uçun şaharning osmon bilan böylaşgan haşamatli imoratlari negadir, uyimiz yonidagi çöqqilar kabi hayratlanarli emasdi. Poytaxt köçalaridagi tungi panoramalar ham çöponlarning keçasi yoqadigan gulxaniday meni öziga tortmagan bölsa-da, ammo bu yerdagi maʼnaviy hayot qizigan tandirdek taftli edi.

Baʼzan qişloqning boşidan adoğigaça axtarib topolmagan kitobimning    muallifi bilan şahar köçasida kutilmaganda duç kelişimni, vaqt ötgaç esa bu odatiy holga aylanib qolişini kim ham öylabdi deysiz…  Sumbatini faqat televizordagina körgan maşhur hofiz yoki taniqli teatr darğasi bilan bir avtobusda ketişni xayolga ham keltirmaganman.  Şahar ana şu jihatlari bilan toğ-toşlar orasidan enib kelgan bizdek yoşlar uçun sehrli edi.

Kitobga öçlik, şeʼrga taşnalik, mumtoz qöşiqlarga moyillik bolaligimdan bor. Köngil istagiga Toşkentdan malham topganday bölganman. Men öqiyotgan madaniyat institutining nomi unçalik mahobatli bölmasa-da, professor Malik Murodov, Ğayrat Jalolov, Saodat Yöldoşeva, Norqul Bekmirzayev singari olimlar dars berganligi bois, biz talabalar uçun bu dargoh juda qadrli edi. Qolaversa, baxşiçilik, ayniqsa Boysun folklorini izlaş avj olgan öşa kezlarda ustozlarimning meni özlariga yaqin tutişlarini körib, bu yurtda tuğilganimdan faxrlanib ketardim. Kursdoşlarim orasida “tilim uzun”, köksim toğ qadar edi.

Baʼzan qayerdan ekanligimni sörab qolişsa: “Şukur Xolmirzaning yurtidan”, “Usmon Azim bilan bir joydanmiz”, “Erkin Aʼzam hamşahrim böladi”, “Şalola” ansambli bizdan-da”, “Şoberdi baxşiga yaqin turaman”  deb javob qaytarişni xuş körardim. Bu azbaroyi, maqtançoqlikdan emasdi. Ammo…

…Birinçi kursman. Bir kuni darsdan qaytdim. Ijara uyda yaşayman. Institut yotoqxonasi oldidan ötayotsam, uçinçi qavat derazasiga qöyilgan magnitofondan bir qöşiq yangrayapti. Eşitmay ötib ketişning iloji yöq: ovoz şunçalar nolaga qorişiq edi-ki, har qanday diydasi qattiq odamni ham eritib yuborar darajada:

“Menga berding keng osmonning tiniğini,

Toşlar otding, terib oldim siniğini.

Qahratoning qatronini tortdim men, yor,

Ağyor bildi sözlaringning iliğini”…

Bor vujudim bilan quloq tutdim. Sözlar köngilga yaqindek, musiqiy ohang taniş, hofizning qöşiğini esa magnit lentalari orqali ilk bor eşitişim edi. Matndan Boysun diyorining nafasi kelib turardi.

Qöşiqni taşlab ketolmadim, yotoqxona tomon yurdim. Qorovuldan izn sörab, tepa qavatdagi qöşiq taralayotgan xonani topib bordim. Eşik oçiq, “Kuydi jonim”ni miriqib tinglayotgan xona egasi meni körişi bilan joyidan turasolib istiqbolimga çiqdi. Qarasam, qöşni fakultetda öqiydigan andijonlik Ilhom degan yigit. U ham öşa paytlardayoq Şerali Jörayevning qöşiqlarini aytib tanila boşlagan, ovozi juda şirali edi. Ilhom mening ne sababdan kelganimni darhol payqadi.

— Aşi hopizdi qöşiqlarini har kun eşitgim kevuradi, — deya şirin lutf ila gap boşladi u magnitofon ovozini sal pasaytib, — sel qivoradi odammi. Özini Surxondaryodan deb eşitganman, ismini Xoliq deyişuvdi, boysunlik bösa kerak. Siz ham aşiyoqdansiz şakilli?..

— Bolaligimda bir marta töyda körganman, — dedim men, — ovozini şovqinda eşitolmaganmiz. Biz taraflarda töyda odam bosib ketadi, şunda ham biz bolalar zörğa daraxtlarning ustiga çiqib tomoşa qilganmiz.  

— Man sizga aytsam, haliyam bu qöşşiğlar maşinaqa eski magnitafonga  yozib olingan, agar studiyada yozilsa bormi, yiğlatvoradi! Işonavuring…  — U anjança şevada tez-tez gapirgança davom etdi. — Endi mambusini bi-ir eşitib köring, dod devorasiz, — deya u yana magnitofonni  qöydi:

“Dunyo qiziq, qaydadir qizigan bozor edi,

Qaydadir böyoqlarga kömilgan bahor edi,

Qaydadir umidini yöqotgan bemor edi,

Men nonu nasiba deb yiroqlarda yurardim,

Goho xitob, gohida söroqlarda yurardim …”

Qöşiq yuragimni durillatib, suyaklarimgaça singib ketgandek edi.    

Qisqa suhbatimizdan söng Ilhomga muddaomni aytdim, ertasi kuni kursdoş döstim bilan kelib, qöşiqlarni kassetaga yozib oldik. Uçib qönişga joy topolmasdim. Özimça yana bir çöqqini kaşf etgandek edim.

Öşa kundan boşlab kassetadagi qöşiqlar ijara xonamizda har kun yangrar, qişloqdoş talabalar esa mening yana “xazina” topib kelganimdan xursand edi. Darvoqe, öqişdan böş paytimning köpi  sara kitob böladimi, sanʼat asarimi, dökonma-dökon qidiriş bilan ötardi. Abdulla Oripovning “Yuzma-yuz”ini, hatto Turğun Alimatov tomonidan tanburda ijro etilgan maşhur kuylarning plastinkasini oylab axtargan mendek işqibozga Xoliq akaning “zapis”i yölimda uçrab qolganligi ham qaysidir maʼnoda  tasodifiy bir tuhfadek edi. 

Maşhur şoirimiz aytganidek, yillar “gulduros solib” ötdi. Oliy dargohni tugatib yurtga qaytgaç Boysun tuman gazetasiga işga joylaşdim. Xoliq Xursandovdek sanʼatkorni topiş va u bilan uçraşişga ança paytgaça hayiqib yurganim ham rost. Oxiri Boysunning eski bir boboki çoyxonasida körişib qoldik. Örtamizda davom etgan uzoq suhbat çoğida men qöşiqçi deb yurganim — “Xoliq artist” bilan emas, u adabiyot böladimi, sanʼatmi, tarix yo falsafami, xalq oğzaki ijodi yoinki jurnalistikami, ehe-ye-ye… barçasidan birday xabardor bölgan keng mulohazali, fikri teran, tiynatida dardli tuyğular ustun, mendan ön beş yoşlar katta bölgan doniş bir odam bilan birga ötirar edim.

Gurungimiz birinçi uçraşuvdayoq qör oldi. Gap adabiyotdan boşlanib, jadidçilik, uyğoniş davriga ötdi, Abdulla Qodiriylar zamoniga ham bir-bir kirib çiqildi. Xoliq aka ajdodlarimizning ayançli hayoti, yurt tarixi va millat taqdirining oyoqosti qilinganligi haqida kuyunib sözlardi. Mamlakatda kommunizm quramiz deb jar solinayotgan ayni öşa kezlari bunday gaplarni gapiriş u yoqda tursin, eşitgan har qanday odamning hayoti tahlikada qolişi heç gap emasdi.

Gap orasida Xoliq aka sörab qoldi:

— Mana, Amir qoçganiga, yurtga qizillar egalik qilganiga ham qariyb oltmiş beş yildan oşayapti. Sizga bir savol: şörolar mafkurasini örgatiş uçun Toşkentdan Boysunga kelayotgan Abdulla Nabiyev degiç komsomolni Beşerkakda otgan Salom kalta kim bölgan?

— Bosmaçi! — deb javob berdim men, institutda yodlab olgan gapimni takrorlab.

— Ha-a, yaşang! Özimam şunday javob berişingizni kutbedim. Ana endi bosmaçi, degan sözga ikkovlaşib izoh topaylik-çi, — kuyunib menga tuşuntirmoqqa çoğlandi Xoliq aka, — Padang degan toğ qişloğida yaşab, öz qavmini yovdan himoya qilgan Salom kalta bosmaçi sanaladimi yoki uzoq özga yurtlardan Boysunga bostirib kelib, xalqning kalla kötargan zörlarini öqqa tutganlarmi? Heç esdan çiqarmang, xalq himoyasiga çiqqan bobolarimizni yomon körsatiş uçun bizga atayin şunday öqitişgan, kallamizning qopqoğiga “bosmaçi” degan sözni joylaştirişgan! Aslida Salom qörboşining ikkita öqi, qizillarning oldiga tuşib çopgan Abdulla Nabiyevga öxşaganlarni qahramon qilgan. Meni ham aytdi dersiz, hali kunlar kelib Salom kaltalar millat qahramoniga aylanadi…

Men bu gaplardan lol edim, institutda “SSSR tarixi”, “Ilmiy kommunizm” degan fanlardan beşga öqigan va hali iş boşlaganiga unça köp bölmagan mendek muxbir bola butunlay boşqa dunyoga kirib qolgandi. Istiqboliga oşiqqanim — mening nazarimdagi “Xoliq artist”ning qalbi töla  dard, sözlari orifona edi. Oldimda hayotning aççiq sinovlari közlarigaça soya solgan  haqiqiy bir faylasuf ötirardi.

Xoliq aka berilib sözlarkan, gap oxirida qöşib qöydi:

— Siz haqingizda tahririyatga işga kelgan dovurlaringiz eşitgandim. Yozganlaringizni öqib turibman. Oçil Pardayevday qattiqqöl muharrirning qöliga tuşibsizmi, sizdan yomon jurnalist çiqmasligiga işonaman. Lekin mayda-çuyda mavzularga öralaşib qolmang, balandlab yuring…      

Suhbatga qiziqib, keç tuşganini ham sezmabmiz. Xoliq aka bilan xayrlaşib qaytarkanman, öşa damlardan boşlab mening ğör tasavvurimda inqilob boşlangandek edi. Eng muhimi, “balandlab yuring” degan gapi meni boşqa özanga burib yuborgandi.        

  * * *

Boysunda Şukur Xolmirzayev bilan bir sinfda öqigan Qayum ğijjakçi degan odam bor edi. Köp yillar “Şalola”ning badiiy rahbari sifatida faoliyat körsatgan Qayum Abulxayev Boysunning sanʼatini elga tanitganlardan biri.

1974 yilda “Şalola” ansambli Polşaning Zakopanye şahrida ötgan jahon toğli ölkalar folklor jamoalarining festivalida “Kumuş bolta” sovrinini qölga kiritib, özining betakror repertuari bilan dovruği doston bölganini köpçilik yaxşi biladi. Oradan yillar ötib, aniqroği, ötgan asrning 85-yillarida “Şalola”ning dovruği ança pasayib qolgandi. Ansamblning Zikir Umarov, Şoyim Abduraimov singari jonkuyarlari nafaqaga çiqqan, jamoada asosiy özak hisoblangan Qayum Abulxayev, Xayrullo Nasriddinovlar esa viloyat teatri va boşqa joylarga işga ötib ketişgan edi.

Yaxşi eslayman, buni sezgan tuman rahbarlari ansambl obrösini qayta tiklaşga yana jiddiy kirişişdi. Daryoni özaniga qaytariş esa hazilakam iş emas. Öşa yillari nohaqlik qurboni deymizmi, taqdir taqozosimi — nima bölgandayam, özi bir maşhur qöşiğida aytganidek: “goho xitob, gohida söroqlarda” sakkiz yilça yurgan Xoliq aka oilasi bağriga qaytgan, quriliş taşkilotlaridan birida oddiy vazifada işlar, ansamblni eplasa — şu odam eplab keta olardi. Xuddi şunday böldi ham. Kattalarning işonçi va taklifi bilan Xoliq Xursandov madaniyat uyi qoşida “Boysun” folklor etnografik ansamblini tuzdi. Özining nay navosi ila elni maftun etgan, otasi Zikir aka kabi sanʼat fidoyisi bölgan Habib Umarov ansamblning musiqa rahbarligiga tanlandi.

Bu paytga kelib men Xoliq aka bilan haftada bir-ikki bor hamsuhbat bölib turganim bois, qilayotgan har bir işidan boxabar edim. U işni folklor qöşiqlarini töplaşdan boşladi. Öşa yili tumandagi maktablar, bilim yurtlari örtasida unutilib ketgan “Marhabo talantlar” tanlovi qayta tiklandi, ammo yönalişi özgartirildi. Tanlov şartlarining uçtasi folklor, xalq oğzaki ijodi ijrosiga qaratilgan bölib, maqsad — xalq  folklorini izlab topiş, uni sayqallaştirgan holda katta sahnalarga olib çiqişdan iborat edi. Men ham öşanda Xoliq akaning qistovi bilan hayʼat aʼzoligiga jalb etilgandim. Maktab öquvçilari olib çiqqan köpgina sahna namoyişlarini körib, xalq ijodiyoti hali tadqiq etilmagan qaynab yotgan buloq ekaniga öşanda amin bölgandim.

Xoliq akani şu paytlari katta köpkariga tayyorgarlik körayotgan çobağonga qiyos etganman. Uni bir qarasangiz qariyalar davrasida, ertasi qaysidir toğ qişloğida, indiniga hunarmandlar orasida körardingiz. Folklor qöşiqlarini yozib oliş, ansambl uçun boysunça köhna liboslarni tiklaş, Navröz udumlari yoki dehqonu çorvadorning anʼanalarini örganiş bilan maşğul edi.

Adaşmasam, sakson oltinçi yil edi. Men yaşaydigan Pulxokim qişloğida Sattor aka degan bir yamoqçi bölib, özining möʼjazgina poyabzal tuzatiş ustaxonasida odamlarga maxsi, yugan va şunga öxşaş narsalar tikib berardi. Bir kuni ustaxona oldidan ötayotsam mökki (teridan tikiladigan poyabzal) tikayapti, hayron qoldim. Sababi, odamlarning mökki kiymay ketganiga ham qirq yillar bölgan. Borib qarşisidagi örindiqqa çökdim. Qarasam, yonboşida bir neçta tayyor mökkilar, terisi karmakda yaxşilab iylangan bölsa kerak — qip-qizil, yaltillab turibdi.

— Qariganda mökki bilan biznes qilay depsiz-da, — dedim salom-alikdan söng hazillaşib.

— E-e, nimasini oytasiz muxbirjon, bizday jomoqçilardiyam izlaydigan odam borakan bu dunyada. Bizdan sörasangiz, obriyimiz kötarilip ketgan, — soddalik bilan tölib-toşib sözlardi usta. — Burnoği kun bir “Vilis” töxtadi. Içidan Olpamişday savlatli bir jigit tuşdi. Bakumlari uzun, közlari jonib turipti. Sörap-sörap meni tovip kepti. Nekilli, maʼmilalari zörakan. Nima xizmat desam, menga mökki tigip bering diydi. Oldiniğa meni ohmaq qilayappa dep vöyladim. Qorasam çippa-çin oytayapti. Mayli dedim, jonimminan dedim. Razmiri neççi bösin desam, qirq, qirq bir bölabersin, bir xil mökkidan yigirmata tiging, pulini naq beramiz diydi. Hoyranlar qoldim. Keyin gapding tuyirini oytdi. Mökki artislarga kiyib vöynağali keragimiş. Labzlaşdik, boynaği jigitding oti Xoliq ekan, oldidan ança pul taşlap ketdi. Şundan beri tirmaşip tigip jotippiz-da!..

Usta bilan hangomalaşib, uyga qaytdim. Bir oylar avval Xoliq aka mendan Boysunda mökki tikadigan usta qayerda borligini söraganining maʼnisini endi tuşungandim. Keyin eşitişimça, boysunça janda degan matoning ham qayerlardadir saqlanib qolgan köhna nusxalarini topib, töqiş uçun hunarmandlarga buyurtma beribdi. Ansamblga libos tanlaş bahonasida janda ham şu tariqa hayotga qaytgandi.

“Boysun” folklor etnografik jamoasining repertuari bir yil içida yangi xalq qöşiqlari bilan boyitilib, hali sahnada norasmiy çiqişlarning öziyoq hayron qolarli darajada edi. 1987 yilda esa ansambl uçun haqiqiy parvozlar davri boşlandi.

Boşda boysunça döppi, yelkada janda matosidan bölgan çöğdek jelak, boboki oq işton, oyoqda mökki — bu liboslar tanlanganining özi xalqona sanʼat edi. 1987 yilda folklor-etnografik ansambllarining respublika tanloviga “Boysun” butunlay yangilangan repertuar, jöşqin ijodiy kayfiyat bilan bordi.

“Bor ho, kel ho, hamalam ha,

Yöl qayda?

Yölni topib kel, öynagali kel,

Kuylagali kel, sayilga kel ho-oo-ooo!..”, deb boşlanuvçi dasturdan örin olgan “Sust xotin”, “Mayda-yo mayda”, “Navröz ekan”, “Kim oladi-yo, şuginani-ya” singari folklor qöşiqlarining dovruği butun mamlakat böylab yoyildi. “Kampir topaymi, dadajon?” qöşiğidagi:

“Qari kampir, movpişak deb sökdingmi sen,

Xotin bölib obröyimni tökdingmi sen…”

yoki:

“Qari kampir menga kulib qaramading,

Erta turib soqolimni taramading…”,

singari “yöqolib” ketgan folklor qöşiqlari Xoliq aka tomonidan sahnaga moslaştirilgan haqiqiy topildiq, qayta köz oçgan xalq sanʼatining jonli ifodasi edi.

Ana şu muvaffaqiyatli çiqişlar katta şuhrat keltirdi. Ansamblga “Xalq ansambli” degan yuksak maqom berildi. Boysunga esa folklorşunoslar, kinorejissyorlar oqib kela boşladi. Şundan söng “Özbekfilm” Eduard Davidov rejissyorligida uşbu yurt  qöşiqlarini özida aks ettirgan “Boysunda qor eriganda” filmini suratga oldi. “Özbekkinoxronika” studiyasi tomonidan (rejissyor Temurmalik Yunusov, ssenariy muallifi Xoliq Xursandov) “Unutilgan ohanglar” filmi muxlislarga havola etildi. Şuningdek, “Şarq bozori”, “Qadimiy öyinlar”, “Köpkari — mardlar öyini” singari hujjatli filmlar ham xalq qadriyatlari, milliy anʼanalari va folklorini özida mujassam etgan edi.

Ansambl qisqa vaqt oraliğida Rossiya, Afğoniston, Turkiya, Fransiya kabi qator xorijiy mamlakatlarni kezib çiqdi. 1990 yil “Boysun” 40 kişilik jamoa bilan Buyuk Britaniyada bölib ötgan musiqa festivalida qatnaşib, uşbu mamlakatning önta şahrida öz sanʼatini namoyiş etdi. Şu yili jamoani xorij safarlarida ötgan festivallarga munosib tayyorlay olgani uçun Xoliq Xursandovga “Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni berilganini butun boysunliklar şaraf bilan kutib oldilar.

Baʼzan, Xoliq aka şunça ijodiy işlarga qanday ulgurgan ekan, degan savol miyamda aylanadi. U hofiz, folklorşunos, katta jamoaning badiiy rahbari böliş bilan birga yozuvçi, yaxşigina dramaturgligi yillar ötib bir-bir namoyon böla borardi. Uning “Çopon kiygan ayol” qissasi (1998 yilda) “Yoşlik” jurnalida bosila boşlagunça Xoliq akaning yozuvçilik bobida ham yaxşigina isteʼdod egasi ekanini sezmaganman. Negaki, suhbatlarda u öz ijodi, yozayotgan narsalari haqida heçam gapirmasdi. Şundan söng “Termiz oqşomi” gazetasida “Ölganlar yolğon gapirmaydilar” nomli qissasi, “Nido” nomli hikoyasi eʼlon qilindi. Keyin bilsam, hikoyalari talabalik yillarida “Guliston” jurnalida ham çiqqan ekan.

Xoliq aka Boysunda işlab yurgan paytlarim men uçun eng yaqin dilkaş suhbatdoş, biron-bir çigalli yoki çalkaş mavzularga oydinlik kiritiş uçun esa tirik ensiklopediya edi. 2005 yilning bahorida men viloyat markaziga işga keldim. Xoliq aka bilan  oramizdagi masofa uzoq bölgani bilan bir-ikki oyda uçraşib turardik. Keyingi yillarda uning qalamiga mansub “Ölding, aziz bölding”, “Qaysar çolning qiliği”, “Dard körmagan erka bolam”, “Pogon taqqan odamlar”, “Muhabbatim — qismatim”, “Kampir topaymi, dadajon” singari dramatik asarlari respublika va köpgina viloyatlarning teatrlarida sahna yuzini körganini eşitib, könglimda faxr tuyib qöyardim. Xoliq aka xokisor, lekin katta  ijodkor edi.

* * *

2015 yil mart oyining boşlari. Boysun maysaga burkangan, yöl çetlarida boyçeçaklar bodrab çiqqan payt. “Surxon yoşlari” gazetasida muharrirman. Toşkentdagi katta ijodkorlar bilan yaqin aloqa boğlaganmiz. Taklifimizga binoan Özbekiston xalq şoiri Xurşid Davron, şoir Eşqobil Şukur, yozuvçi Nabijon Boqiy tahririyatimizga keladigan bölişdi. Kutib oldik. Rejamizga köra ular bilan dastlab, Denovda “Alpomiş” kitobining taqdimotida qatnaşdik. Gazeta xodimi Sirojiddin Ibrohim, yoş ijodkor Xurşid Qarşiyev ham biz bilan birga. Ertasi kuni Vaxşivordagi Söfi Olloyor boboning qabrini ziyorat qilib Boysunga, Pulxokimdagi bizning uyga keldik. Ertasi Xurşid akaning taklifiga köra, şaharga boradigan böldik. Maqsad — yozuvçi Erkin Aʼzamning onasidan birrov xabar oliş va Xoliq aka bilan diydorlaşiş, söng esa Termizga enib ketiş edi. Jönadik. Yölda Xurşid aka Xoliq Xursandov töğrisida uning biz bilmagan jihatlarini yöl-yölakay gapirib bordi.

Dastlab, yozuvçining onasidan xabarlaşdik. U yerdan çiqqaç mehmonlar bilan Boysunning markazidan bir-bir six kabob yeyişga tuşdik. Kabobçini yaxşi taniyman. Döstimiz, “Boysun” ansamblining aʼzosi Hamro metarçi. Maşhur Rajab metarçining öğli. U mehmonlarni darhol tanib, istiqboliga peşvoz çiqdi. Men kabob buyurar ekanman, muddaomizni — bu yerdan çiqib Xoliq akaning uyiga mehmonga borişimizni aytdim. Hamroning qiyofasi birdan özgardi, meni yoniga çaqirib, sekin şivirladi:

— Döstim, xabaringiz yöq şekilli, men ham bir soatlar böldi şu yoqdan kelganimga, uç kun böldi. Bugun Xoliq akaning yettisini berayapti…

Men muzlab qolgan edim. Kabobni töxtattirib, Xoliq akanikiga jönadik. Darvoza oldida odam köp. Şu kiriş bilan bir soatlar qolib ketdik. Termizga qaytarkanmiz, yölda Xurşid aka ham, boşqalar ham xomuş edi.

* * *

Oradan yillar ötdi. Boysunning çöqqilari neça bor qor ostida qoldi, toğning yolğizoyoq yöllaridagi izlar kömildi. Institut yotoqxonasida Xoliq akaning qöşiqlari yozib olingan kasseta esa uyimda haliyam saqlanadi. Öşanga qirq yilça vaqt bölibdi. Hozir betakror qöşiqlari kompyuterim va telefonimda ham bor. Sal ğussaga botsam, ularni qayta-qayta eşitgim kelaveradi. “Ölding, aziz bölding” deb yozgan Xoliq aka men uçun ilgari ham aziz edi, hozir ham şunday…

Isroil ŞOMIROV,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan