Qayta tirilgan jangçi qissasi
(Esse)
Uning nomini otasi yaxşi niyat bilan Izzatillo deb qöydi. U Boysunning kunçiqar tomonida, toğ etaklarigaça uzalib ketgan Gaza qişloğida ösdi. Uning bolalik paytida yaqin-orada durust bir maktab ham yöq edi. Öqişning imkoni bölmadi. Bolaligi otasiga yordam beriş, boqqa, tört-beş uşoq molga qaraş bilan ötdi. Öqişni ham, yozişni ham bilmadi. U 1914 yilning 2 fevralida dunyoga kelgandi, Şarqu öarbni Birinçi jahon uruşi qistovga olgan bir paytda. Ikkinçi jahon uruşi boşlanişi bilan Izzatillo Töraqulovni frontga olib ketişdi. U avval “qişki jang” deb nom olgan Fin uruşida qatnaşdi. Söng u Bessarabiya-Moldaviyada (hozirgi Moldova) xizmatni davom ettirdi.
Fransiya, Polşa, Çexoslavakiya, Vengriya, Albaniya, Bolgariya va boşqa Yevropa davlatlarini Germaniya birin-ketin zabt etib kelayotgandi. “Xalqlar dahosi” bilan ikki mamlakat bir-biriga hujum qilmaslik töğrisida tuzilgan sulhdan keyin Sovet Ittifoqiga kutilmaganda, ğaflatga qoldirib bostirib kirişni rejalaştirayotgan faşizm xavfi yaqinlaşayotgan bir payt edi.
U xizmat qilgan qism uruşning birinçi kunlaridayoq faşist artileriyasi va samolyotlari yoğdirgan bombalar ostida halok böldi. Izzatillo quroldoşlaridan heç kimni topolmadi. Uni boşqa harbiy qismga ötkazişdi. U Dunay böylarida, Moldovaning Yassi, Belsi şaharlarida rumin — nemis qöşinlariga qarşi olib borilgan janglarda öqçi-diviziyasi safida iştirok etdi. Uruş azoblari, alam-sitamlarini tortdi.
Boysunga qora xat keldi. Otasi Sulton bobo Töraqulov va onasi Öğlon momo qon yiğladilar. Xudoyisini berdilar, azasini tutdilar…
Frontda esa yarasinig yengilligi uni faşist avtomatidan qutqarib qoldi. Oğir yaradorlarni otib, özi oyoği bilan yuradiganlarini nemislar lagerga haydab ketişdi. Asirlik paytida qayerlarda bölmadi, nima işlarni qilmadi Izzatillo? Avval Polşada harbiy asirlar lagerida, söng Finlyandiyada, keyin Germaniya, Kanada…
Polşa lageridan ikki marotaba qoçdi. Belorus örmonlarida partizanlar borligini lagerdagi harbiy asirlardan eşitib, ularga borib qöşiliş umidida böldi. Lekin front liniyasiga yöl topolmadi.
“Mahalliy xalq qoçoqlarga yordam qilişdan, ularga yöl körsatişdan qörqar, iloji bölsa, nemislarga xabar berardi. Şunday qilib öz jonlarini saqlab qolardilar, çunki nemislar qoçoqlarga yordam berganlarni ular bilan qöşib otar va bir çuqurga kömardi. Şuning uçun mahalliy xalqni ham tuşunsa bölardi. Bu uruşdan keyin işlangan kinolarda bitta-yarim özidan keçganlar asirlarga yordam berişadi. Hayotda esa bu juda kam uçraydigan hol edi”, — deydi otasining gapini takrorlab Andrey Töraqulov, — Ikki marotaba ham ijobiy natija bölmaydi. Birga lagerdan qoçganlarning köplari Polşa örmonlarida oçdan ölib ketişdi. Izzatilloni bir polyak ayol ölimdan saqlab qoldi, uyiga kiritmasa-da, non berib turdi. Eski-tuski kiyimlar berdi. Ammo baribir uni topib yana harbiy lager jazoxonalariga tiqişdi…
Mixail Şoloxovning “Inson taqdiri” asaridagi jangçi Andrey Sokolov esingizga kelayaptimi? Balki Izzatillo kenjasining ismini bekorga Andrey qöymagandir, balki tasodifiy öxşaşlikdir? Qaydam… Bu haqda uning özi bilan gaplaşiş nasib qilmadi. Garçi, Boysunda bir neça marotaba uçraşgan bölsak-da.
Şunday qilib, 1945 yilning 9 may kuni Ikkinçi jahon uruşi nihoyasiga yetdi. Bu paytda Izzatillo va u bilan birga harbiy lagerda bölganlar Germaniyaning Ittifoqçilar, aniqroği Amerika Qöşma Ştatlari bosib olgan hududda edilar. Ularni kemaga ötirğizib, Kanadaga jönatişdi. U yerda asirlar bir yil işlagaç, Sovet Ittifoqidan bir ofitser keladi. Ular bilan uçraşib, kim öz vataniga qaytişni xohlasa, qatordan bir qadam oldinga çiqsin, deydi.
“Otam Özbekistonga qaytişni juda-juda xohlagan, uni qattiq soğingan. Bu xabardan xursand bölib, birinçilar qatori vataniga qaytiş istagini bildirgan, — deydi Andrey. — Ikkilanganlar qaytmagan. Ular işonmay töğri qilişgan, çunki ofitser aldagan ekan”.
Asirlar Moskvaga olib kelingaç, ularni bir muddat qamab qöydilar. Tergovlardan söng “vatan xoini” deb, köpini ölim jazosiga hukm qildilar.
“Otamning aytişiça, uni bir tojik millatiga mansub kişi tergov qilgan: vataniga qaytarmasa-da, ölimdan qutqarib qolgan. 8 yilga Uzoq Şarqqa daraxt kesişga jönatgan. Şunday qilib, otam Xabarovsk ölkasiga kelib qoladi va onam bilan şu yerda tanişib, oila quradilar”, — qöşimça qiladi Andrey. — Izzatillo doimo Özbekistonga qaytişni orzu qilib yaşardi. 1955 yil surgun muhlati tugadi. U xotini nemis farzandi Mariyani va bollarini olib “Qaydasan, ona yurt”, deya Xabarovskdan jönaydi. Bir neça kun poyezdda yurib, nihoyat Termizga, söng Boysunga, ota-onasi bağriga yetib keladi. 1964 yilgaça, qariyb ön yil Boysun şahar elektr tarmoğida işlaydi. Elga qöşilib, kirişib ketadi. Eli, yurti borligini his qilib yaşaydi. Ayoli, bolalari özbekça, tojikça gapira boşlaydi. Yana farzandlar dunyoga keladi. Ammo aççiq kunlarini baham körgan, oğir damlarida könglini kötargan ayoli yurak kasaliga mubtalo böladi, ob-havoni özgartirişga töğri keladi. Şu tufayli 1964 yil Izzatillo xotini, bolalari bilan yana Uzoq Şarqqa, Xabarovsk ölkasiga yöl olişadi.
60-yillarda I.Töraqulov öz polkini, birga xizmat qilgan quroldoşlarini topiş va ular bilan boğlanişga harakat qildi. Boysun harbiy komissariatidan özi xizmat qilgan qismni sörab bildi, Moskvaga xatlar yozdi. Ammo barça xatlariga bir xil javob kelaverdi: I.Turaqulov xizmat qilgan harbiy qism askarlari jangda halok bölgan, hujjatlari ham yöqolgan.
Şundan söng u oqlaniş umididan voz keçdi. Biror hujjat bölmasa, “qahramonlarça halok bölganlar” röyxatida tursa-da, ikki yil qirğinbarotda, tört yil asirda, 8 yil surgunda yurgan bölsa, unga birov işonmasa, nima ham qilardi? Axir, vatanni sotganlar nemisning yoğli konservasini peş bilib, legionlar safida öz yurtdoşlariga qarşi öt oçib yurgani hammaga ayon edi-ku!
Izzatilloning faqirona hayoti davom etardi.
Mamlakatni qayta quriş davri boşlandi. “80-yillarda uyimizga tuman harbiy komissariatidan kişilar kelib, otamga uning töliq oqlangani haqida hujjat keltirişdi, unga “Uruş qatnaşçisi” medalini topşirmoqçi bölişganda, otam ularga aççiq-aççiq gapirgandi (özim bunga guvoh bölganman): “Men sizlardan yordam kutib, murojaat qilganimda, meni “Vatan xoini” deb, eşiklaringdan kiritmagan edilaring. Endi menga heç narsa kerak emas. Ketinglar”. Şundan söng harbiylar medalni stol ustida qoldirib ketişgandi” — dedi Andrey.
Qayda bölmasin, u Vatan soğinçi bilan yaşadi. U Boysunga taʼtil paytlari bir-ikki farzandini ergaştirib kelar, hafta, oy turib, söng yana Xabarovskka qaytardi.
90-yil bir özi Boysunga keldi. Otasidan qolgan hovlida singillari, ukasi Mavlon Töraqulov va boşqa qarindoşlarining mehridan töyib, ikki-uç oy yaşadi. Kim biladi, bir hovuç tuproği vatanida, ota-onasi qabri yonida qolişini istadimi yoki boşqa sababdanmi, xotini-yu öğil-qizlarining u yoqdan yuborgan telegrammalariga “qaytaman, biroz sabr qilinglar” deya javob berar, özi esa har kuni tuman markazidagi dehqon bozori darvozasi yonidagi qariyalar çoyxonasida tengqurlaridan birortasini topib, gurunglaşib ötirar, kök çoy içib, ötgan kunlarini eslaşardi.
Bir kuni Gazada, bolaligi keçgan hovlida, qadrdon gujum soyasida yonboşlab öyga çömdi: ota-onasini, xeşu taborini, Boysunini, uning har sahardan unga boqib turadigan baland toğlarini öyladi: “Bularni taşlab ketib bölmaydi! Ammo men bu yerda qolsam, şu yerda kömilsam, bolalarim nima qiladi? Nevaralarim qabrimni qayerdan izlaşadi?..”
Şundan söng u Xabarovskka jönaş taraddudini kördi. Keyin barça bilan quçoqlaşib, yiğlab xayrlaşdi.
Öşa yil 28 noyabrda Izzatillo Töraqulov Xabarovskda qazo qildi. Kökrak qafasida 48 yil kötarib yurgan öq parçasini ham olib ketdi…
Bozor Ilyos al-Amin.
