Sabr va zahmat
Mamatqul aka – iş odami. Barakali rahbar. Bu barakaning siri nimada? Masʼuliyatda, zahmatda! Öz kasbiga, Vataniga, xalqiga mehrida, sadoqatida. Qayerda, qaysi işga qöl urmasin, bor mehrini berib, ixlos bilan mehnat qilişida.
Zahmatkaşligi, jonsarakligi, fidoyiligi, öziga va qöl ostidagi xodimlariga öta talabçanligi uçun Mamatqul Hazratqulov boş-qoş bölgan taşkilot borki, birpasda qaddini tiklaydi. Nufuzi çandon oşib, jamoatçilikning nazariga tuşadi. Baraka inadi.
Bunga ança yillar avval Mamatqul aka masʼul kotib bölgan “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi yaqqol misol. Atoqli adib, ustozi Asqad Muxtor bilan birga nişona sonining tarxini çizgan naşrning qiyofasida, oradan neça ön yillar ötib ketganiga qaramay, hali-hamon öşa anʼanalar ufurib turibdi.
Bunga Mamatqul aka yigirma ikki yil rahbarlik qilgan va Özbekistonning haqiqiy Milliy agentligiga aylantira olgan ÖzAdek zabardast axborot mahkamasi ikkinçi misol.
Bunga Mamatqul aka bir muddat burun boş muharrir etib tayinlangan va köz oçib yumgunça mamlakatimizning eng nufuzli naşrlaridan biriga aylanib, yana qölma-qöl öqila boşlagan “Guliston” jurnali yana bir misol.
Yigirma-yigirma beş yildan beri maʼrifatli davralardan biroz “oyoği uzilgan” mazkur jurnalda, Asqad Muxtor boş muharrir bölgan zamonlardagidek, yana atoqli adiblar, şoirlar, jurnalistlar, olimu ulamolar, musavvirlar, yoş ijodkorlar öz asarining çop etilişini şaraf deb bilmoqda.
“Guliston”da böy körsatiş adabiyotda, sanʼatda, umuman, ijodda eʼtirof etilişning öziga xos ramziga, naşrning özi esa, sara ziyolilarning tabarruk minbariga aylanyapti. Yöğon çözilib, ingiçka uziliş arafasiga kelgan pandemiya şaroitida ham tahririyat jamoasi mualliflarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, moddiy-maʼnaviy rağbatlantiriş imkonini topayotgani tahsinga loyiqdir.
Insof bilan aytganda, Mamatqul Hazratqulovgaça bu naşrga neça rahbar kelib-ketmadi deysiz. Heç kimni kamsitmagan holda aytmoqçimanki, sözdan amaliy işga ötiş jarayonida köp odam bedarak ketadi.
Sanʼatlar içida eng muhimi
Rahbarlik ham sanʼat. Çöng zahmat, fidoyilik, donişmandlik, eng muhimi, yuksak madaniyat talab qiladigan sanʼat. Rahbar özini boşqalardan, ayniqsa, qöl ostidagilardan köra aqlliroq va donoroq sanay boşladimi, misqollab yiqqan obrösini çelaklab soçgani — şu.
“Mamatqul aka odam taniydi, — deydi Özbekiston xalq yozuvçisi Erkin Aʼzam. — Kimning qandayligini bir qaraşda biladi. Har qanday işni qotiradi. Luboy soha yo vazifani bering, qotirmasa, otimni boşqa qöyaman!”
U ayrim rahbarlarga öxşab baqirib-çaqirmaydi. Stolga muştlamaydi. “Dumingni tugaman” qabilidagi döq-pöpisa, dağdağalarga zör berib, özining ojizligini körsatmaydi. Qörslik ham qilmaydi. Birovni behuda ranjitişdan qörqadi.
Yodimda. Özbekiston hukumati bilan maşhur xalqaro bankning qöşma axboroti eʼlon qilinadigan böldi. Ertalabdan — yarim xuftongaça ÖzAga sim qoqmagan moliyaçi qolmadi: “Bu axborotni gazetalarga qoğozda qanday bölsa, şundayligiça, qöl tekkizmasdan uzatiş kerak!”
Çöpon köpaysa, suruv harom ölişi tayin. Öşanda ham şunday böldi. Matnni teriş çoğida, operator qiz bitta vergulni tuşirib qoldirgan, aksiga olib, boş muharrir ham bunga eʼtibor qilmagan ekan. Qarabsizki, gapning maʼnosi teskariga aylanib ketgan. Ana endi janjalning zörini köring! Xalqaro töpolon-a!
Boş muharrirni ergaştirib, boş direktor xonasiga kirdim. Mamatqul aka xörsinadi. Şu qadar oğir, şu qadar çuqur xörsinadiki, yonib-yorilib ketmaganiga ajablanasiz.
Söng u “piçoği”ni qöliga oladi. Piçoq qayda? Bepiçoq söyişga tuşadi: “Uka, sizki, işga şunday yengil-yelpi qarasangiz, boşqalardan nimani kutamiz!”
Eng oğir taʼnasi ham, jazosi ham — şu.
Xöş, bunday gapga, muomalaga nima deb javob berasiz? Holingiz kelsa, uzr sörarsiz. Ammo söraşdan oldin yerning yoriğini izlay boşlaysiz. Qani öşa yoriqni topsangizu kirib keta qolsangiz!
Tanida tafti bor odamning bunday samimiy daşnomdan, madaniyatli va mehrli muomaladan keyin ikki-uç hafta közi yerni körmay, quloği gapni eşitmay, varaja tutib yuradi.
Telefondagi tortişuv
U — adolat tuğini mahkam tuta olgan odam. Kengaşişdan erinmaydi. Majlisbozlikka toqati yöq, biroq özi işonadigan va suyanadigan xodimlar bilan maslahatni pişitib, keyin işga qöl uradi. “Yuqoridan” topşiriq bölsa, ayrimlarga öxşab hovliqib, şaytonlab qolmaydi. Kerak bölsa, unça-munça amaldorning har qanday notöğri topşiriğini “yelkasidan oşirib otadi”. Bajarmaydi.
Özim guvoh. Ança yil burun dunyoni titratib turgan bir mamlakatning taşqi işlar vaziri Özbekistonga kelib, Birinçi Prezidentimiz, rahmatli Islom Karimov qabulida böldi. Matbuot xizmati tanlagan va gazetalarda çop etiş uçun möljallangan yagona surat — Özbekistonning davlat rahbari bilan vazirning qöl berib, salomlaşib turgani — ÖzA boş direktoriga mutlaqo yoqmadi. Boisi, mehmon — oldinroqda, Islom Karimov esa uning “soyasida” qolgan edi.
“Nu, çto? — dedi telefonda Matbuot xizmati rahbari vazifasini vaqtinça bajarib turgan şaxs. — On je gost!”
“Mehmon bölsa-çi? U — vazir, — dedi Mamatqul aka. — Islom Karimov — Prezident! Mustaqil davlatning rahbari!”
“Boşingizni qotirib nima qilasiz, oka! Xöp deb beravermaysizmi? Özlari körib berganlar!..”
Özbekistonning, xalqning, millatning şaʼni, obrösiga putur ketişi mumkin bölgan joyda tabiatan ança yuvoş, murosaga moyilligi kuçli Mamatqul Hazratqulovni tanimay qolasiz: tom maʼnoda kökragini qalqon qilib turib oladi. Menga nima deb, qöl siltab ketmaydi. Ketolmaydi!
Telefondagi tortişuv ança davom etdi. Oxiri ÖzA rahbarining aytgani böldi. Qabul iştirokçilarining muzokara stoli ortida ötirgan surati çop etildi.
Bandasi borki, kattadir-kiçikdir biror korxonaga boşliq bölgisi, boşqalarga hukmini ötkazib, davralarning törida qör tökib ötirgisi keladi. Şunga intiladi. Biroq sinovli damlarda masʼuliyatni zimmaga oliş va odamlarning samimiy mehrini qozonib, ularni öz ortidan ergaştiriş — hammaga ham nasib etavermaydigan baxt.
Afsus
Mamatqul akaning ijodi va asarlari haqida munaqqidlar köp yozgan. Hali yana yozişadi deb öylayman. Men uning rahbarlik faoliyatiga eʼtibor qaratganimning boisi şuki, sönggi paytlarda maşhur arboblarimiz haqida deyarli heç kim söz aytmay qöydi. Aytsa ham, nomigagina. Bunday “aytimlar” köpinça yubileylar arafasida birrov paydo böladiyu benişon ketadi. Afsus!
Mamatqul Hazratqulov asarlari, ayniqsa, publitsistikasi haqida söz yuritar ekan, mutaxassislar köpinça bir jihatga eʼtibor qaratadilar. Bu — donişmandlarga xos tiniq va aniq fikr. Bunda adib mehr qöygan ustozlari Asqad Muxtorga xos tutum — sokinlik, oğir-vazminlik, Odil Yoqubovga xos bağrikenglik, dangallik, atoqli mutarjim Vahob Rözmatovga xos hazil-mutoyibaga moyillik seziladi. Hovliqiş, palapartişlik, sendan men kammi degan aqidayu çapakbozliklardan yiroq.
Hayotda birov may, birov gul işqida örtanib, boşqasi töy-tomoşa qilib yayraydi. Mamatqul aka esa iş köpaygan sayin dimoği çoq böladiganlar xilidan. Zimmasidagi yuk, masʼuliyat qança ortaversa, göyo sillani quritadigan qöşimça taşviş emas, mukofot olayotganday, şunça kişti kelaveradi. “Şunisi yetmay turgandi!” deb yozğirsangiz, eşitadiganingiz tayin: “Şukr qilaylik! Qölimizdan keladigan iş-ku!..”
Akadan eng yaxşi körgan sözini söramaganman, lekin bilaman: “Şukr!”
Bu faqat mening fikrim emas. Mamatqul Hazratqulov bilan birga işlagan, uni yaqindan bilgan yuzlab, minglab hamkasb jurnalistlar, yozuvçilar, dramaturglar, mutarjimlar, ssenariynavislar, noşirlar, sanʼatkorlar, musavvirlar, ustozlariyu şogirdlarining ham fikri. Bu — Mamatqul akaning yuzlab maqolalari, kitoblarini öqigan, körsatuvlari, kinofilmlarini, pyesalari asosida sahnalaştirilgan spektakllarini tomoşa qilgan muxlislarning-da eʼtirofi.
Men hali talabalik paytimda, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” haftaligiga musahhih sifatida işga kelganimda, u masʼul kotib edi. Keyin yana ÖzAda birga işladik. U kişi — boş direktor, kamina — örinbosari.
Mamatqul Hazratqulov — özbek milliy jurnalistikasining rasmiy, jumladan, xalqaro axborot yönalişida öz tarixi va anʼanalariga ega maktab yaratgan jurnalist.
Savolga hojat yöq!
Mamlakatimizda nafaqat ommaviy axborot vositalari tizimida, balki maʼnaviyat, siyosat, iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, parlamentarizm, taʼlim-tarbiya, adabiyot, sanʼat kabi köplab sohalarda bir tuşunça qatʼiy şakllanganiga ança bölgan: biror taşkilotga işga olinayotgan nomzod ÖzAdan çiqqani aytilsa, bas, ortiqça savolga hojat qolmaydi. Bilimi, tajribasi, salohiyatiga şubha-gumon qilmasa ham böladi. Işni ham, siyosatni ham, masʼuliyatni ham, tilni ham biladi. Xat-hujjatga pişiq-puxta, tayyor kadr.
Mamatqul Hazratqulov maktabida şakllanib, toblangan, iş va til örganib çiqqan, köplab yönalişlarda samarali mehnat qilayotgan maşhur jurnalistlar, adiblar, siyosatçilar, deputatlar, diplomatlar va boşqa sohalar vakillarining nomini, mansab-martabasini keltirsam, kattakon gazetaning sahifasi kamlik qiladi.
Şu bois, faqat bitta raqamni aytiş bilan çeklansam. Bir neça yil avval, Mamatqul aka bilan hali ÖzAda birga işlab yurgan kezlarimizda, biz, şogirdlari özimizça sanadik. ÖzAning nufuzli vazirlik va idora, taşkilot va muassasa, naşrlaru korxonalarda boş rahbar bölib işlayotgan sobiq kadrlarining özi yigirmadan oşar ekan. Yigirmadan!
Şunda taniqli adabiyotşunos Şuhrat Rizayev hayratlanib gapirdi: “Mamatqul akaday gazeta-jurnalu, kitobni köp öqiydigan odamni kam körganman! Qanday vaqt topib, hafsala qiladi — hayronman!..”
Söng menga yuzlandi: “Rahbaringiz ÖzAning materiallarigayam onda-sonda köz taşlab turadilarmi, özi?”
Bu savolni eşitib, agentlikda ikki yil boş direktorning birinçi örinbosari bölib işlagan Erkin Aʼzam tizzasiga şapatilab kuldi: “Köz taşlab turadiyam gapmi! Yotib olib öqiydi! Farmonu qarorlardan tortib, ob-havo maʼlumotigaça şaxsan özi öqiydi. Yana ikki tilda!..”
Bu gapda mutlaqo lof yöq. Bugun ham “Guliston” jurnalining materiallarini, maketini, bezaklarini, suratlarini, sarlavhalarini — hammasini özi birma-bir, sinçiklab köradi. Xodimlariga işonmaganidan emas, şunday işlaşga odatlanganidan. Bundan katta zavq olganidan!
Özi rahbarlik qiladigan naşrda nimalar çop etilgani yoki etilayotgani bilan qiziqmasdan, bilmasdan, tağin şu holiga faxrlanib ötib ketgan boş muharrirlarni ham köp körganmiz.
“Hazratqulovning soati”
2016 yil ostonada eşik qoqib turgan kunlar edi. Iş odatdagidan ham keç tugadi. Juda keç. ÖzA mamlakatimizdagi jamiki (bilişimça, mingdan ortiq) ommaviy axborot vositalari tahririyatlariga sönggi rasmiy materialni uzatib, xayr-xöş qilganidan söng, gazetani apil-tapil “yopdik”.
Biz, navbatçi guruh, “Pravda Vostoka” gazetasining navbatdagi sonini bosmaxonaga topşirib, maşinaga ötirganimizda, poytaxtimizning qoq markazidagi “Matbuotçilar” köçasida jon zoti qolmagandi. Qanday qolsin! Izillagan sovuqda kimga zaril deysiz.
— Soat neça böldi? — uyqusirab söradi haydovçining yonida qönişib ötirgan boş muharrir örinbosari.
Heç kimdan sado çiqmadi. Çamasi, çöntagidagi telefoniga yoki bilagidagi soatiga birrov köz taşlaşga boşqalarda ham na hafsala, na toqat qolgan edi.
— Ana, Hazratqulovning soatiga qarang, — deb norozi tönğilladi musahhih ayol.
Örinbosar oynani tuşirib, boşini çiqardi:
— Ö-hö! Uçdanam ötibdi-ku…
Çiroqlar şuʼlasida parvozga şaylangan oqquşdek tovlanib turgan muhtaşam binoning ön yettinçi qavati peştoqidagi soat millari mayin jimirlaydi.
“Hazratqulovning soati!” — deb piçirlayman men va köz oldimga ÖzA boş direktorining “ilonizi” xonasi keladi. Kirgan odamning eʼtibori otam zamondan qolgan sarğimtil mebellarga, besönaqay alyuminiy derazalarga emas, “buralib ketgan” xonaning kulrang devorlariga tuşadi. “Xonangiz metroga öxşarkan” degan hazillar köp bölardi. Asli özi telefon stansiyasiga möljallab qurilgan bino yana nimaga öxşasin.
Özbekiston mustaqillikka erişganiga ikki yil tölib, şörolar davlati tarix sahnasidan allaqaçon tuşib ketgan bölsa-da, pul-moliya masalalarida hali-hamon markazning taʼsiri seziladi. Özaro oldi-sotdi, tovar ayirboşlaşda sovet rubli muomaladan çiqib, hamma barterga ötgan.
Davlatimiz rahbarining 1992 yil 5 fevraldagi farmoniga binoan, ÖzTAG deb atalmiş agentlik Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA) nomi bilan qayta taşkil etildi. Uç yuz kişilik jamoada davlat tilida yoza oladigan uç muxbirni topolmaysiz. Tomigaça vahimali beton panjaralar bilan öralgan beş qavatli binodan hamma hadiksiraydi. Sovetlar zamonida mustamlaka zulmi şu binodan yoyilgan, şu bino orqali oqlangan. Taqdirni qarangki, mening özimni ham şu binoda bitilgan maqolalar bilan ikki marta “Pravda Vostoka”da millatçilikda ayblab “urişgan” edi.
Birovni ÖzAga işga taklif qilsangiz, maoş qançaligini eşitib, qaytib eşikdan boş suqmaydi. Stalin zamonidan qolgan texnika-texnologiya degan (agar şunday ataş mumkin bölsa!) matohning hammasi Moskvada — TASSda obdan işlatilib, keyin respublikalararo taqsimlangan emasmi, buzilmagan kuni yöq.
Öşa paytlarda ostona hatlasangiz — bozor edi. “Özbekiston” mehmonxonasining oldidan to soatli minoragaça köçaning ikki böyini yoymaçilar egallagan — eski-tuski kiyim-keçak, oziq-ovqatdan qozon-tovoqqaça bor. Magazinlar böm-böş. Un, yoğ, şakar, sovun, hatto sigaret ham, ijroqöm röyxati va ruxsati bilan jon boşiga ölçab beriladi.
Xorijiy tillarni biladigan jurnalistni-ku, kunduzlari çiroq yoqib ham topiş mahol. Özbek rasmiy, ayniqsa, xalqaro axborot tili şakllanmagan. Davlat tiliga tarjima qilinadigan materiallarni yozayotgan aksariyat xodimlarning esa xayoli parişon. Özbekiston mustaqilligini butun dunyo tan olgan bölsa-da, ularning hali-hamon “katta oğalik” egaridan tuşgisi yöq. Topşiriq bersangiz, tişini ğijirlatadi…
ÖzAning bugun parvozga şaylangan oqquşdek tovlanib turgan binosi 2008 yili, agentlik jamoasi unga köçib ötganida, qanday ahvolda bölgani yodimda. Ulkan imoratning yonidan ötiş xatarli. Marmari köçib, boşni yorişi mumkin. Yorgan ham. Şundan söng atrofi qizil tasma bilan örab qöyilgan. Binoda ijarada turgan önlab firmayu kompaniyalar uni öz bilganiça taʼmirlab, iç-taşini yaroqsiz holga keltirgan.
Özingiz ayting, şahar markazidagi hayhotday binoni, söng uni taʼmirlaş uçun millionlab mablağni undiriş oson işmi? Muomala, obrö-eʼtibordan taşqari, soxt-sumbat, salobat ham muhim. Kimga, qaçon va nima deyişni biliş ham kerak.
Uyğoq söz va doniş fikr qadri
Bu esse faqat Mamatqul Hazratqulov haqida emas. U mansub avlod, istiqlolning dastlabki davrlari haqida.
Bugun, oradan qariyb öttiz yil ötgaç, öşa kunlarni eslar ekanman, baʼzi voqealar goh kulgili, goh fojiali bölib tuyuladi. ÖzAda yangi taşkil etilgan xalqaro axborot tahririyati xodimlariga öqituvçi yollab, xorijiy tillarni örgatiş bilan birga, xalqaro munosabatlardan ham saboq berişga töğri kelgan.
Hali mustaqil Özbekistonning davlat protokoli şakllanmagan. Taşrif buyurgan xorijlik oliy martabali bir mehmonning poyiga oq qöçqor söyilsa, boşqasi sovetçasiga — non-tuz bilan kutib olinadi…
Yangi, mustaqillik şaroitida işlaş oson emasdi. Hali köp narsalar qanday bölişini, mustaqil davlat qanday şakllanişi lozimligini heç kim aniq bilmasdi. Markazning topşiriği, partiya va hukumatning yetoviga könikib qolgan rahbar kadrlarning köpi arosatda. Istiqlolning maʼnaviy va ğoyaviy asoslarini mustahkamlaşda millatning ongu şuuri, tafakkuri teran ilmiy doiralari, ijodkor ziyolilariga tayanilgani sir emas.
Özbekning ne-ne adiblari, olimlari, ulamolari öz ilmiy-ijodiy işini çetga surib qöyib, faoliyatini, umrini saltanatu siyosatga — Vatanimizning davlat mustaqilligini mustahkamlaş işiga bağişladi. Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Erkin Aʼzam, Xayriddin Sulton, Baxtiyor Nazarov, Abbosxon Usmonov, Xurşid Davron, Ahmadjon Toşxöjayev…
Uzoq davom ettiriş mumkin bölgan uşbu röyxatda Mamatqul Hazratqulovning alohida örni bor. Xarob bino, almisoqdan qolgan uskunalar, tajribasi mört xodimlar bilan iqtisodiy-moliyaviy ahvoli abgor agentlikda iş boşlab, uni mintaqamizning eng nufuzli axborot mahkamalaridan biriga aylantira olgan rahbar — şu odam. Ommaviy axborot vositalari ÖzA tarqatayotgan materiallarga qarab andaza oladigan darajaga kötargan mohir boşqaruvçi.
Unutmaylik: bugun mustaqil Vatanimiz, ona xalqimiz, davlatimiz ne-ne yutuqlarga erişgan va erişayotgan bölsa, bu muvaffaqiyatlarning zamirida milliy ijodkor ziyolilarimizning, arboblarimizning fidokorona mehnati — uyğoq sözi, doniş fikri, adolatli maslahatlari ham mujassam.
Bugun yetmişning nari-berisidagi va özini “yolğon-yaşiq kitoblar, soxta aqidalar — kommunistik ğoyalar ruhida tarbiyalangani uçun “aldangan avlod” (Erkin Aʼzam iborasi) deb ataydigan ziyolilarimiz istiqlolning avvalida barça masʼuliyatni öz zimmasiga olişdan, xatolardan çöçimadi.
Bu avlod saltanat tepasiga kelganida davlat rahbaridan to oddiy amaldorgaça — hammasi egizaklarga öxşardi: egnida bir xil — Toşkentdagi “Yulduz” firmasida tikilgan qöşqator tugmali odmi qora kostyum, böynida rezina çandilgan galstuk, dazmol bosilaverib sarğayib ketgan oq köylak. Yöqsilligi bilan faxrlanib kelgan avlodning farzandlari pörimroq kiyinişga istihola qilardi. Buni manmanlik, kibr, muhtojlikda yaşayotgan xalqining yuziga oyoq qöyiş, deb bilardi.
Öşa kezlarda ÖzA boş direktorining, yaʼni vazir maqomidagi yuqori martabali amaldorning, maoşi öttiz dollarga ham yetmasdi, desam, manzara yanada yaqqolroq ayon böladi.
Qölga kiritilgan mustaqillik zavqidan mast bölgan bu avlod öz rözğori, bola-çaqasi, ijodini ham unutib ter tökkan, el-yurtining yalt etgan yutuğidan boşi köklarga yetgan, baroridan kelmagan işlari tufayli esa, xafaqonga çalingan.
Ne tongki, bu avlodning xatolari, uloqişlari köp böldi. Biroq Vatan mustaqilligini şer kabi ulkan raşk, qizğaniş bilan himoya qildi. Şu neʼmatga soya soladigan har qanday manfaatdan, jonidan ham, öylab-netib ötirmay voz keçdi: “Vatan bitta — jon bitta!”
Özini eplay olmagan xalq yetimga öxşaydi — otasi, aql örgatuvçisi köp böladi. Boşi ğavğoyu janjaldan çiqmaydi.
Ammo özbek doim özini eplagan!
Ikki sohil oraliği
Siz mendan 1947 yili Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi toğli Mingbuloq qişloğida serfarzand oilada tuğilib, kamol topgan Mamatqul Hazratqulovning tuproği qayerdan olingan deb sörasangiz, javobim aniq: sabr va zahmat degan zamindan!
Adib naşrga tayyorlagan yangi kitobini “Ikki sohil” deb atagan. Unga bitilgan sözboşida şunday satrlarni öqiysiz:
“Biron-bir daryoning bu sohilidan u sohiliga suzib ötganmisiz? Bunga köp vaqt ketmaydi. Şundaymi? Ammo şu qisqa vaqt içida daryodan qança suv oqib ötadi?
Inson umrini ana şu jarayonga mengzaş mumkin. Ibtidosidan intihosigaça bir lahzalik. Umr köz oçib yumgunça ötadi-ketadi. Şu qisqa umr davomida odam bolasi nimalar qila oldi? Qanday savob işlarga qöl urib ulgurdi? Yoki butun umr izsiz, samarasiz keçdimi?
Gap ana şunda.
Kimdir Olloh bergan buyuk neʼmat — umrning har kuni, har daqiqasidan unumli foydalanişga, özidan muayyan iz qoldirişga intiladi. Bu iz, avvalo, solih farzandlar, el-yurt uçun qilingan xayrli, ezgu amallar, qurgan imoratlar, barpo etgan boğ-roğlar, yozilgan kitoblar, tarbiyalagan şogirdlar… Boşqa birov esa…”
Mamatqul akaning uşbu kitobiga jamlangan hikoyalar, qissalar şular haqida. Eng asosiysi, kitobning birinçi qismidagi (Birinçi sohil) qissa va hikoyalar sobiq şöro tuzumi davrida yozilgan. Ikkinçisidan (Ikkinçi sohildan) joy olgan asarlar esa, istiqlol yillarida bitilgan.
Xullas, “Ikki sohil” — nasriy asarlardan jamlangan ajoyib guldasta.
Bu guldasta özbekning sadoqatli farzandi, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist unvoni, “Mehnat şuhrati” va “Fidokorona xizmatlari uçun” ordenlari sohibi, taniqli adib Mamatqul Hazratqulovning qançalik serğayrat ijodkor, donişmand inson ekanligini ham köz-köz etib turadi.
Qulman OÇIL.
Suratda: Mamatqul Hazratqulov (çapda) va Erkin Aʼzam.
Ahmad TÖRA olgan surat.
