Onlayn va offlayn tahdidlar: zöravonlik haq söz uçun sönggi çorami?

Har yili jurnalistlarga ozod va hur sözi uçun hujumlar uyuştiriladi, ular qamoqqa olinadi, haqorat va tuhmat çangalida qoladilar. Ayniqsa, uruş, turli namoyişlar bölib turgan mamlakatlarda oddiy aholi kabi jurnalistlar xatar içida yaşaydilar. Çunki adaşgan yoki adaşmagan xohlagan bir öq uning hayotiga nuqta qöyişi mumkin.   Biroq jurnalist har kuni janggu jadalga şay holda uyğonadi. Zero, haq sözni aytiş ham qonli jang keçişning aynan özidir. Haq sözi uçun qöliga kişan taqqan, panjara ortida ötirgan yoxud öz tuğilib ösgan vatanidan quvğin bölgan jurnalistlarning qismati bu fikrimizning yorqin dalilidir.

Jurnalistika — bu uçuvçidan keyin ikkinçi darajali xavfli kasb ekanligi bot-bot aytiladi. Biz Xeminguey va Kolsovni öqiganmiz, Simonov va Grossmanning jang maydonlaridan tayyorlangan reportajlarini yaxşi bilamiz. Bundan ança yillar oldin maşhur jurnalist Vlad Listyev Moskvaning qoq markazidagi uyi eşigi oldida otib öldirilganini va bu qizğin munozaralarga sabab bölganini   katta avlod yaxşi eslaydi. Biroq masalaning boşqa tomoni bor: Suriyada, Ukrainada, Turkiyada, Meksikada jurnalistlar xizmat paytida bevaqt halok bölmoqdalar. Bular öz vaqtida şov-şuv qilinadi, bahslar böladi, biroq oxir-oqibat esa heç nima yuz bermaydi: suvlar oqadi, ustini qumlar yopadi. Jurnalistlarga uyuştirilayotgan turfa şakldagi tahdid va hujumlar esa yildan-yilga ortmoqda.

Jurnalistlik xotirjam kasb emas. Bu kasbning ortidan bir joyda jimgina ötiri-i-ib işlab bölmaydi. Gavdangiz ustidagi boşingizni, köksingizda urib turgan yuragingizni bir çetga olib qöyib, dunyo va odamlar muammolariga befarqqina qarab ötiriş esa mumkin emas! Şuning uçun bölsa kerakki, dunyoda eng köp xavfu xatar bilan yuzma-yuz keladigan kasb egalari bu jurnalistlardir. Ularning yozayotgan mavzulari, kötargan ğoyalari, tösiqlarni yorib çiqar muşohadalari hamişa ham yaxşilik bilan yakun topmaydi.

Maʼlumotlarga köra, yakunlanib borayotgvn uşbu yilda dunyo miqyosida 387 jurnalist öz kasbiy vazifalarini bajariş jarayonida qamoqda qolayotganligi aytilmoqda. Koronavirus pandemiyasi tufayli jurnalistlarni noqonuniy   hibsga olişlar soni oldingi yillardagiga nisbatan ortgan. Ularning işi bilan boğliq qamoq jazosining 61 foizi 5 mamlakatda sodir bölgan: 117 jurnalist Xitoyda, 34 kişi Saudiya Arabistonida, 30 nafar Misrda, 28 nafar Vetnamda va 27 nafar jurnalist Suriyada qamoqda ötiribdi.

Qamoqdagi ayol jurnalistlar soni 35 foizga oşgan: 2020 yil oxirida ularning 42 nafari qamoqqa taşlangan. Bir yil oldin bu raqam 31 nafar bölgan edi. Yangi-yangi qamoqqa oliş holatlari, asosan, 9 avgust kuni bölib ötgan prezidentlik saylovlaridan söng Belarusda misli körilmagan darajaga yetdi. Bu yerda jurnalistlar mislsiz repressiyani boşdan keçirmoqdalar(4), şuningdek, sanitariya inqirozi tufayli repressiya Eronda ham kuçaygan (4) va Xitoyda (2) ham sodir bölmoqda. Epidemiyani yoritgani sababli hibsga olingan jurnalistlarning 14 nafari bugun panjara ortidadir. Bundan taşqari, 54 jurnalist dunyo böylab garovda, yana 4 kişi esa bedarak yöqolganligi aytilmoqda.

2019 yilda dunyoda 49 jurnalist halok bölgan bölsa, 2020 yil boşidan beri 30 dan ortiq jurnalist öldirilganligi aytilmoqda. Bu inson huquqlari va “Çegara bilmas muxbirlar” taşkiloti maʼlumotlariga köra jurnalistlarga bosim kuçayganidan dalolatdir. “Tahdidlar xilma-xil bölib, ularga qarşi kuraşiş qiyinlaşmoqda”, – deydi Kristof Delyur.

Xususan, kuni keça Eronda Amad Nyus yangiliklar portali rahbari Ruhulloh Zamning qatl etilişi köpçilikni ğazabga keltirdi. Mehr Nyus xabariga köra, ölim jazosi osib öldiriş tarzida amalga oşirilgan. Eron rasmiylari taʼkidiça, Amad Nyus xorijiy razvedka xizmatlaridan yordam olgan. 2019 yil oktyabr oyi örtalarida Zamning hibsga olinganligini eʼlon qilgan edi. Oçiq manbalarga köra, Zam butun Eron böylab 2017 yil dekabr – 2018 yil yanvar oyidagi norozilik namoyişlarini xalqaro miqyosda faol yoritib borgan. Maʼlum qilinişiça, uning harakatlari Fransiya razvedkasi tomonidan boşqarilgan. AQŞ va Isroil razvedka xizmatlari uni qöllab-quvvatlagan.

Şuningdek, ötayotgan yilda rossiyalik oppozitsioner, siyosatçi va bloger Aleksey Navalniyga hujum uyuştirildi. Haq sözi va odil yondaşuvlari uçun zaharlangani butun jahon ommasining eʼtiboriga tuşdi. Bu işga Germaniya, Fransiya kabi “oqsuyak” mamlakatlarning liderlari boş qöşişiga qaramasdan, garçi Aleksey Navalniy öz qotili bilan telefon orqali gaplaşib, uni foş etgan bölsa-da, aybdorlar “nomaʼlumligiça” qolmoqda.

YUNESKO va Xalqaro Jurnalistlar federatsiyasining statistik maʼlumotlariga köra, ommaviy axborot vositalari tarixida heç qaçon matbuot bunday bosim va töğridan-töğri zöravonlikka duç kelmagan. Sönggi ön yil içida “Çegara bilmas muxbirlar” dunyo jurnalistlarining kasbiy faoliyati bilan boğliq holda jami 1000 ga yaqin qotillikni qayd etgan. Uşbu jinoyatlarning aksariyati heç qaçon töğri tergov qilinmagan va jinoyatçilar ham javobgarlikka tortilmagan. Sönggi 20 yil içida esa 3000 ga yaqin jurnalist vafot etgan. Bularning hammasi uruşlar davom etayotgan joyda yoki giyohvand mafiya va terrorçilarga qarşi kuraş olib borilayotgan joylarda emas. “The Nation” siyosiy jurnalining Nyu-Yorkdagi muxbiri Bryus Şapiro tinçgina qahva içib, yana bir naşr haqida öylarkan, ostonada qurollangan qotil paydo böldi. Bryus jarohat oldi, möʼjiza yuz beribgina omon qoldi.

Yaqin kunlarda yuz bergan yana bir xabar hammani larzaga keltirdi. Özbek jurnalisti, Turkiyaning Kastamonu universiteti Kommunikatsiyalar fakulteti jurnalistika bölimi magistranti Abdukarim Mirzayev joriy yilning 11 dekabr kuni turk politsiyasi tomonidan qölga olingan.

Jurnalistni huquqiy jihatdan himoya qiliş uçun yollangan advokat vaziyatni örgangaç, kimdir Abdukarim Mirzayevga tegişli raqam orqali şubhali şaxslar bilan muloqotda bölgani haqida xabar bergani, uşbu maʼlumot ortidan jurnalist kuzatilib, söngra qölga olinganini aniqladi. Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Abdukarim Mirzayevning hibsga olinişi Özbekistonning sörovi asosida bölmagani, mamlakatda unga nisbatan jinoiy iş oçilmaganini maʼlum qildi. Dunyoda yuz berayotgan bu kabi vaziyatlar esa jurnalistlar hayoti, ular timsolida “ozod söz” haliyam tahdid ostida ekanligini körsatmoqda.

Şu örinda jurnalistlarga bölayotgan onlayn hujumlar ham kuçayayotganligini aytiş lozim. Uşbu tizimda işlaydigan ayollar uçun bu soha nisbatan maşaqqatli ekanligini tan oliş lozim. Tuhmat qiliş, haqorat qiliş, odobsiz ravişda soxta fotosuratlar, zörlaş tahdidi va jismoniy şikastlaniş — bu ommaviy axborot vositalarida işlaydigan köplab ayollar uçun tez-tez uyuştiriladi. Ayol jurnalistlarni raqamli bezorilikdan qanday himoya qiliş kerak? Bu savol butun dunyo ommasi qarşisidagi muhim savol bölib qolmoqda. Ayol jurnalistlarning uçdan ikki qismi internetda turfa körinişda bezoriliklarni boşdan keçirmoqda. Jurnalist ayollarning har öntasidan biri jismoniy tahdidlarga duç kelgan va ularning 90 foizi jismoniy hujumlardan köra köproq onlayn bezorilikdan qörqişadi.

Jurnalistlar özlarining işlaş xususiyatlariga köra internet platformalari va ijtimoiy tarmoqlarni eʼtiborsiz qoldirolmaydilar. Ularning asosiy auditoriyasi bor, ularning materiallariga qiziqişi mumkin bölgan naşrlarning muharrirlari bor, axir ularning hamkasblari, professional jamoalari bor.

Internetda köpinça Anna Kasparyan singari siyosiy va ijtimoiy mavzularda yozadigan jurnalistlar uçun juda mömay pul tölaydilar. Anna maşhur “Yoş turklar” onlayn-siyosiy dasturining boş muharriri va boşlovçisi. Uning sözlariga köra, u muntazam ravişda tahdidlarga uçragan — ularning kuzatib boruvçilari uni öldiriş yoki zörlaş bilan tahdid qilişgan, lekin u allaqaçon bunga parvo ham qilmay qöygan. Internetda uning bir neça bor soxta pornografik fotosuratlari va videolari paydo bölgan. Anna virtual tahdidlar köpinça jismoniy zöravonlikni keltirib çiqaradi, deb qöşimça qiladi va u buni öz tajribasida boşdan keçirgan.

Ehtimol, faqat ayollar haqida gapirilayotgani noodatiy tuyular? Erkak jurnalistlarga internetda bezorilik va tahdid qilinmayaptimi degan savollar paydo bölar? Dalillar şuni körsatadiki, ayol jurnalistlar erkak hamkasblariga qaraganda tez-tez hujumga uçraydilar.

Jurnalistlar özlari va yaqinlaridan xavotir olib, mavzu tanlaşda yanada ehtiyotkor bölişadi va özlarining materiallarida öz-özini senzura qilişadi. Bu, matbuot öz vazifasini bajarmasligiga olib keladi. Baʼzi isteʼdodli jurnalistlar özlarining kasbiy prinsiplarini buzişni istamaydilar, lekin ular ham özlarini xavf ostiga qöyişga tayyor emaslar.

Bosma matbuotda har bir söz jaranglab, radiomiz yangrab, televizorimiz körsatib turar ekan, biz har lahza jurnalistning, hur sözning kuçini köramiz, biroq hamişa ham qadriga yetavermaymiz. Şifokor jismimizni davolasa, umr böyi minnatdor bölamiz, biroq qalbimizni davolagan jurnalistdan hamişa ham minnatdor bölavermaymiz. U tufayli bugungi kunning tahliliy qiyofasini tomoşa qila turib ham uni oqlaş va qoralaş pozitsiyasida tez-tez almaşinib turamiz. Garçi buyuk tarixiy hodisalar jurnalist va söz ahli sabab yuz bergan esa-da, uning qiymatini juda tez unutamiz. Qon keçib, tahdidlarini oralab yurgan jurnalistning reportajlarini eng, eng odatiy hollardan biridek qabul qilamiz. Hatto, keyingi paytlarda uning ölimi ham ana şunday tasavvur paydo qilayotgandek. Nega, degan savol tuğiladi. Axir millatning tahrir qalami bölgan jurnalistning xizmatlari şu qadar arzon baholanadimi? Axir Daqqiyunus zamonidan buyon goh yumilay, goh oçilay deb turgan közlarimizga jarangdor bir havo yetkazayotgan jurnalistning sözi emasmi?!

Gözal BEGIM

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan