Ona tilimiz har lahzada kerak
Mutaxassislarning aniqlaşiça, odam ovqatsiz bir haftadan köproq vaqt yaşay oladi, suvsiz bir neça kunga çidaydi, havosiz bir neça daqiqa yaşaşi mumkin, xolos. Xöş ona tilisiz-çi? Qiziq, töğriroği oğriqli savol. Şunday emasmi? Aslida odam bolasi millat sifatida tilsiz, zabonsiz biror soniya ham yaşaşi mumkin emas.
Atoqli yozuvçi Çingiz Aytmatov maşhur bolqor şoiri Qaysin Quliyev ijodiga bağişlangan maqolasida uning: “Ona tilida tasavvur qiliş qahramonlikdir”, degan sözlarini alohida taʼkidlagan edi. Çunki odam ona tilida tasavvur qilsagina tilini, millatini, davlatini anglaydi, uni asraşda qahramonlik körsatadi. Haqiqatan ham bu taniqli adiblar aytganidek, QAHRAMONLIKDIR! Yaʼni, biz ham ona tilimizda tasavvur qilganimiz, sözlaşganimiz uçun dunyoda özbek tilimiz, özbek millatimiz, Özbekistonimiz bor.
Beixtiyor ilğor maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning quyidagi purhikmat sözlari dilda takror böladi: “Har bir millatning dunyoda borligini körsatadigan oynai hayoti til va adabiyotidir”. Bizning boy ona tilimiz bölgani va tilimizda muhtaşam adabiy asarlar yaratilgani uçun bu köhna olamda qança tillar, millatlar, davlatlar bölsa ham dunyoda özbek tilimiz, özbek millatimiz, Özbekistonimiz hurmat bilan tilga olinadi.
Darhaqiqat, yurtimizdagi Renessans davrlari ona tilimiz va adabiyotimiz yuksalişi bilan hamohang keçgan. Birinçi Renessans davri – IX-XI asrlarda til tadqiqotiga bağişlangan dunyodagi birinçi ilmiy risola Mahmud Qoşğariy bobomizning “Devonu luğotit turk” asari ona tilimizda yaratilgan. Ikkinçi Renessans davri – XIV-XVI asrlarda Hazrat Alişer Navoiyning ona tilimizda yozgan “Xamsa” asari adabiyot olamida Jomolungma çöqqisi kabi böy çözdi.
Mustabid tuzum qatağon qiliçini qayrayotganini bilganlari holda jadidlarimiz ötgan asr boşidan “Najot – ilmda!” sözlarini özlariga şior qilib, xalqimizni ilmu maʼrifatga çorladilar, yangi uslubda öqitadigan maktablar oçdilar, gazeta-jurnallar çiqardilar, ona tilimiz qadrini kötarişga urindilar, xalqaro tillarga yaqinlaştiriş maqsadida lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etişga erişdilar. Afsuski, maʼrifatparvar jadidlarimizning orzulari uşalmadi. Ulardan bizga oydin orzular va ona tilimiz jilolangan Abdulla Qodiriyning “Ötgan kunlar”, Abdulhamid Çölponning “Keça va kunduz” romanlari kabi ölmas asarlar qoldi.
Şukrki, yurtimizda Uçinçi Renessans davriga tamal toşlari qöyib bölindi: Özbekistonimiz mustaqil davlat, özbek tilimiz davlat tili maqomiga ega, Özbek tili bayrami kuni nişonlanmoqda, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) Boş assambleyasining 75-sessiyasida ona tilimizda nutq sözladi!..
Hozirgaça BMT sessiyalarida faqat ingliz, fransuz, rus, ispan, xitoy va arab tillarida nutq sözlanar edi. Birinçi marta dunyoning nufuzli taşkiloti minbarida özbek tilimiz ham baralla yangradi. Bu barçamizga faxr-iftixor tuyğularini bağişlaşi bilan birga zimmamizga katta masʼuliyat va uluğvor vazifalarni ham yukladi. Axir, yurtimizda Uçinçi Renessansga mustahkam poydevor qöyiş va dadil qadamlar taşlaş bizning zimmamizdagi şarafli vazifa hamda kelajak avlodlar oldidagi burçimiz hisoblanadi. Bunday xayrli işlarni amalga oşirişda muhtaram Prezidentimizning quyidagi sözlari bizni istiqbol sari boşlaydi: “Bugungi kunda biz yangi Özbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etişdek ezgu maqsadlarimizga erişişda, heç şubhasiz, ona tilimizning hayotbaxş qudratiga tayanamiz”.
Til qaçon kuç-qudratini töla namoyon etadi? Agar u xalqaro tillar qatoridan örin olsa. Şu bois, biz saʼy-harakatlarimizni özbek tilimizning BMT yettinçi rasmiy tili sifatida eʼtirof etilişiga safarbar qilişimiz kerak. Ona tilimiz BMT rasmiy tili sifatida eʼtirof etilsa, Xalqaro özbek tili kuni belgilanadi va bu sana butun dunyoda nişonlanadi. Bu özbek tilimizning yanada köproq kişilar örganişiga zamin yaratadi, xalqaro miqyosda qöllaniş çegaralarini kengaytiradi va bizning barça sohalarda jahon xalqlari bilan hamkorligimizni yanada mustahkamlaydi.
Oldimizda turgan şunday uluğvor vazifalarni bajarişda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda özbek tilini yanada rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni dasturilamal bölmoği şart. Mazkur farmonda taʼkidlanganidek, uning moddalarini bandma-band bajariş özbek tilimizning xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obrö-eʼtiborini tubdan oşiradi, unib-ösib kelayotgan yoşlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalaydi. Bu buyuk allomalar yurti bölgan jonajon Özbekistonimizda zakiy ajdodlarimizga munosib voris bölgan, ulkan işlarga qodir zukko avlod voyaga yetadi deganidir. Ular olamşumul kaşfiyotlar yaratişadi, möʼjiza deb ataladigan uluğvor bunyodkorlik işlarini amalga oşiradilar, adabiyotimizda ham “Devonu luğotit turk”, “Xamsa”, “Ötgan kunlar”, “Keça va kunduz” kabi asarlar bilan böylaşadigan durdona ijod namunalarini yozişadi.
Şu örinda ommaviy axborot vositalari – hayotimiz közgusi, deya bejiz aytilmaydi. Yuqorida tilga olingan farmon moddalari bajarilişini yoritiş va nazorat qilişda ommaviy axborot vositalarining örni beqiyos, agar u ixtisoslaşgan bölsa yanada yaxşi. Xolisanlillo tan olsak, Davlat tilini hayotimizga joriy etişda yutuqlarimizdan köra, bajarişimiz lozim bölgan işlarimiz, yeçimini topişimiz kerak bölgan muammolarimiz köproq.
Kuni keça ommaviy axborot vositalarida Özbekiston Respublikasi Prezidentining qutluğ bayramimizga bağişlangan qarori har safargidan ertaroq eʼlon qilindi. Bu “Özbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining öttiz yillik bayramiga tayyorgarlik köriş va uni yuqori saviyada ötkaziş töğrisida”gi qarordir. Muhim qarorning ertaroq eʼlon qilingani barçamizga ğayrat bağişladi. Negaki, Eng uluğ va eng aziz Mustaqillik bayramini yuqori saviyada nişonlaşga puxta hozirlik köriş, yoş avlodga Istiqlol mazmun-mohiyatini tölaqonli yetkaziş, xalqimiz tili bilan aytganda, qutluğ töyimizga munosib töyona tayyorlaş ança muddatni talab etadi.
Ajdodlarimiz va zamondoşlarimiz orziqib kutgan Özbek tili bayrami kuni ham muborak bayramlarimizdan biridir. Bu bayramga bağişlab yil böyi puxta tuzilgan reja asosida turfa xil maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazişimiz va uni jahon ahli havas qiladigan darajada nişonlaş uçun hozirlik körişimiz kerak. Holbuki, bayramga bağişlangan “Qadring baland bölsin, ona tilim!” xalqaro tanlovi hali eʼlon qilinmadi. Aslida, bu tanlov har birimizni ona tilimiz nufuzini yanada oşiradigan ijod namunalari yaratişga har lahzada, har kuni undaşi zarur. Muqaddas ona haqida asar yoziş qiyin bölganiday ona tilimizga bağişlangan ijod namunasi yaratiş ham oson emas. Buning uçun ijodkor bölişdan taşqari, avvalo, ona tilimiz fidoyisi böliş zarur.
Xullas, ona tilimizning xalqimiz hayotida va xalqaro miqyosda obrö-eʼtibor qozonişi, millatimizning, Özbekistonimizning buyuk istiqboli har birimizning har lahzada ona tilimiz havosidan nafas olişimizga, ona tilimiz hayotbaxş suvidan taşnaligimizni qondirişimizga, özbek tilining benazir xazinasidan maʼnaviy oziq olişimizga va uni boyitişimizga bevosita boğliq.
Asror MÖMIN,
Özbekiston Respublikasida
xizmat körsatgan jurnalist
