“Yurakdan kuylaş uçun yurak kerak”
Xususiy telekanallar, radiolarda yangrayotgan ayrim “qöşiq”larni tinglasangiz kayfiyatingiz tuşadi, taʼbingiz xira tortadi. Sözlar jön, qöpol, siyqa tuyğular ifodasidan dilingiz xufton böladi. Xalq nomi bilan xalqqa qöşiqlar tuhfa etayotgan sanʼatkorlar nimalarni tarğib qilyapti özi deb öylab qoladi, kişi.
Taniqli jurnalist Fozil Zohidning yozişiça, Komiljon Otaniyozov tajribasiz vaqtida kimdandir örgangan bir mantiqsiz qöşiqni aytgan ekan. Şunda unga akasi Foziljon dakki beradi.
— Mantiqsiz qöşiq sanʼatkorni beburd qiladi, — deydi u. — Sahna minbar, artist öşa minbardagi otaşin notiq ekanligini unutma. Qöşiq odamlarni tarbiyalaşga, ularning dilida ezgu his-tuyğular, estetik zavq uyğotişga xizmat qilişi kerak. Maslaksiz, beqaror sanʼatkor, garçi u talantli bölsa ham minbarga, yaʼni sahnaga loyiq emas.
Yaqinda qaysidir telekanalda “yulduz”lardan sanalayotgan bir xonanda ayolning qöşiğiga olingan klipni namoyiş qilişdi. Öşa ayol tantiqlangança kresloda ötirar, öziga kuyov tanlardi. Kuyovlikka daʼvogar bölib, turli davlatlardan “şahzoda”lar kelişdi. “Şahzoda”lar kinofilmlar orqali ança taniqli bölib qolgan yigitlar edi. Maʼnisiz qöşiq(agar qöşiq deyiş mumkin bölsa), baçkana klipda öşa aktyorlarning qatnaşişi juda eriş tuyuldi. “Yulduz”ning atrofida ötirgan “dugonaça”larning körinişi, kiyimlari, yuzlaridagi böyoqlari, tilimizga bepisandligi ğaşingizni keltiradi, tomiringizga piçoq urilgandek jonu jahoningizni zirqiratadi. Miyasida böşliq bölgan yoşlar balki bu klipdan öziga kerak bölgan maʼnaviy qaşşoqlikni özlaştirib olişar, kör-körona ularga ergaşar. Xöş, natija nima böladi? Özbekona qadriyatlarimiz qay darajadadir toptalmaydimi? Töğri, öşa “yulduz” milliy urf-odatlarimizdan yiroq, şeʼr tanlaşni bilmas, tafakkuri haminqadardir, biroq telekanallarda namoyişiga ruxsat berganlar savodli, ziyolilar emasmi?
Yaqinda avtobusga çiqdik-u, uning salonida varanglayotgan qandaydir qorişiq “musiqa”ni eşitib hayron qoldik. Birozdan söng taraqa-turuqlar içida “qöşiq” yangradi. Yoşlarga “jon” kirdi. Ayniqsa, “xonanda”ning “içib olganmisiz, tuşunmadim” degan sözlari ularni zavqlantirardi. Tabiiyki, katta yoşlilar taassuf bilan ötirardilar. Şundan söng yölovçilarga yangi tuhfa “fizika-fizikali, musiqa-musiqali” degan sözlardan iborat “tarona” taqdim etildi. “Fizikali” degan söz nima ekan deya boşlar qotayotgan bir paytda kimdir “xorazmça bölsin” degan taklifni kiritdi. Yoşi kattalarning yuziga tabassum qöndi, nihoyat “yulduz”ning bemaʼni qöşiqlarini tinglaşdan qutilib, biron diltortar xonişni miriqib eşitib, madaniy hordiq çiqarib ketarmiz, degan xayolga borişdi. Şunda baland ovozda xorazmlik qaysidir “yulduz” qöşiğini boşladi:
Bor-boraver yöling bölsin
Sanamjon.
San bölmasang örningni bosar
Darmonjon,
San bölmasang bölaveradi
Darmonjon…
— Ana muhabbat, mana muhabbat. Bir kiyim yoqmasa almaştirgandek gap-da, — deb qöydi hamrohlarimizdan biri.
Yana kimdir “tavba şunaqa ham qöşiq böladimi, bundaylarni tarbiyalaş kerak yoxud sahnaga yölatmaslik lozim” dedi. Afsus, bu gaplarni eşitayotgan yoşlarning yuzida norozilik ifodasi paydo böldi. Şundan keyin ayol xonandaga navbat yetdi. Uning ijrosi oldingisidan oşib tuşdi:
Oldin yaxşi edim
endi yomon böldimmi
Sendan ayrildim.
Lekin öldimmi?
Sendanam zörni topdim böldimi,
Oşiqlarim izlarimda sarson-a
Sendanam zörni topdim böldimi?
— deya kuylayverdi. Almoyi-jalmoyi sözlarni kuyga solib, tilimizni yerga urayotganiga, köpçilikning jahlini qözğayotganiga, hali şakllanib ulgurmagan yoşlarni tamoman jarlik tomon yetaklayotgan bu kabi “qöşiqlar”ga nima deyiş mumkin?
Keyingi paytlarda töy-tomoşalarda körib-bilib yuribmiz, jonli ijroda kuylovçilar juda kam, salgina ovozi bor özini qöşiqçilikka urayotgandek tuyuladi. Jon koyitib maşhur şoirlarning purhikmat şeʼrlarini qiynalib yodlagandan köra, mazmunan sayoz, şeʼrga öxşaş nimadir, yozib, biror kuyni öğirlab olib bastalayotgan, salgina keliştirib aytib, mikrofon, fonogrammadan foydalanib davrani gullatayotganlar köpayib ketyapti. Sal ötmay ular özini “yulduz”deb eʼlon qiladi. Lekin bu “yulduz”ning elga nafidan köra zarari köproq emasmikan? Özi anglab yetmagan holda “ommaviy madaniyat”ni, havoyi hislarni tarğib qilayotgani bor gap. Ular xalqimiz anʼanalari, avloddan-avlodga ötib kelayotgan bebaho sanʼatni rivojlantiriş, sayqallaştiriş örniga yoşlarning didini ötmaslaştiriş, maʼnaviyatini xiralaştirişga hissa qöşadilar. Agar sanʼat yölini fidoyilikdan iboratligini, sanʼatkor tarğibotçi ekanligini his qilsalar, yuqoridagi kabi qöşiqlarni kuylamagan bölardilar. Baʼzida davralarda yoxud töylarda “bunaqa bemaʼni qöşiqlarni kuylamaslik, bunday “yulduz”larni taklif qilmaslik kerak” degan fikrlar aytiladi, biroq kimdir ularning litsenziyasi bor-ku deydi. Şunda öylanib qolasan kişi, ularga kim, nima uçun litsenziya bergan? Yana bir tarafi uşbu “qöşiq”çilarni xususiy telekanal va radiolar öziniki qilib olgandek, şaxsiy mulkiga aylantirgandek. Bu sanʼatga xiyonat, ustoz sanʼatkorlarga nisbatan hurmatsizlik emasmi? Mazmunan sayoz, maza-matrasiz qöşiqlar kuylaş, sahnaga çiqib bemaʼni dikonglaşlarga çek, qaysi asr çek qöya oladi?
Yuqoridagi öy-xayollar oğuşida borayotganimizda kutilmaganda avtobusda şunday bir qöşiq yangradiki, köngillar yorişib ketdi, boyadan beri “fizikali”ga qiyşanglayotgan yoşlar ham birdan töxtab, berilib tinglay boşlaşdi:
Otalikning molin boqdim
bahorda,
Özi turmay uyğotardi
saharda
Pişirgan oşlari
közning yoşinday,
Qotirğan nonlari
çaqmoq doşinday.
Sehrli kuy va sohir ovoz barçaning qalbini allaladi, barça uning maftuniga aylandi. “Bor ekan-ku, barakalla” degan tovuşlar yangradi. Komiljon Otaniyozovning şirali ovozi va betakror musiqa yurak torlarini çertib yubordi.
— Mana haqiqiy sanʼatkor, yillar, asrlar ötsa-da boqiy yaşaydi, — degan ovozlar eşitildi.
Ha, Komiljon Otaniyozov ustoz sanʼatkor, xalqiga eng gözal qöşiqlarni inʼom etgan, odamiylik xislatlari ila elda doston bölgan inson edi. U heç qaçon özini yulduz deb ataşga, maqtaşlariga yöl qöymagan. Haqiqiy bahoni xalq öz könglidan bergan. Uni hamişa öz xalqi, balki boşqa yurtlarda ham olqişlaşgan. Buning boisi sanʼatkor heç qaçon yengil-yelpi qöşiqlar kuylamagan. Köp öqigan, köp izlangan. A.Navoiy, Ogahiy, Mahtumquli ijodiga köproq murojaat qilgan, şeʼr tanlaşni bilgan. Bugungi kunda sanʼatga qiziqqan har bir yoş ustoz sanʼatkorlar hayot yölini örgansalar, ular ijro etgan qöşiqlarni kuylaşga harakat qilsalar, şuningdek kamtarlikni kasb qilsalar, obrö topib, olqiş olardilar.
Bundan bir-ikki yil muqaddam tumanimizga “yulduz”lardan sanalgan yoş xonanda kelib konsert berdi. U şeʼrni ham özi yozgan (uni şeʼr deyiş mumkin bölsa), kuyni ham özi bastalagan ekan. Hayron qoldik. Oldin sanʼatkorlar şoirlar bilan hamkorlikda qöşiq yaratişgan, televideniye yoxud ommaviy konsertlarda şeʼr kimniki ekanligi eʼlon qilinar edi. Bu ham öz navbatida yoşlarning şeʼrga bölgan qiziqişini oşirar, nomi zikr etilgan şoirning asarlarini topib öqişni xohlab qolardilar. Biz maktabda öqiyotganimizda Erkin Vohidov sözi bilan aytiladigan “Yoşligim kel” qöşiğini eşitib, şoir asarlarini topib öqiganmiz. Demak, kitoblarni tarğib qilişda bunday usul qöl keladi. Hozir esa unday emas, faqat qöşiqçining nomi aytiladi, xolos. Xonanda faqat özini tarğib qiliş yölidan boradi. Biroq mazmunan sayoz qöşiqlarni kuylagan xonanda ertami-keçmi, el nazaridan qoladi. Lekin ungaça nimalarni tarğib qilişga ulgurmaydi, sayoz qöşiqlari bilan qançadan-qança yoşlar maʼnaviyatiga putur yetkazmaydi, deysiz. Buning oldini oliş uçun badiiy kengaşlar faoliyatini jonlantiriş, qöşiq matniga alohida eʼtibor beriş, “şiğirbozlar” emas, haqiqiy şoirlar ijodiga murojaat qilişni anʼanaga aylantiriş lozim. Zero, biz şeʼrlari qöşiqday yangrab, qöşiqlari şeʼrday jaranglaydigan til sohiblarimiz. Buni unutmasligimiz kerak!
Şu örinda taniqli şoir Matnazar Abdulhakimning “Avtobus haqida ballada” degan şeʼrini eslaş joiz. Unda şoir quyidagiça mulohaza yuritadi: “Qöşiq ham, maʼlumki, öpkaga töldirib olingan nafas bilan ijro qilinadi… Biroq naqadar muhim bölmasin, öpkaning özi bilangina iş bitmaydi. Yurak ham kerak. Yurakdan berilib kuylaş uçun esa aql ham kerak. Har xil qalanği-qasanği sözlar yiğindisini qöşiq deb elga taqdim qilavermaslik uçun isteʼdod kerak. Sözni biliş uçun. Sozni biliş uçun”. Uşbu mulohazalarni sanʼatkorman deganning har biri öqisa, deyman. Ehtimol, şundan söng millatni, tilni tahqirlaşdan tiyilarmidilar?!
Mehribon Tillayeva.
Xorazm viloyati
