Çekkagirlar
Toğay Murodning “Ot kişnagan oqşomda” qissasida “çekkagir” degan bir söz bor. Köpkarida çavandozlar yerdagi uloqni yiqilib tuşguday bölib engaşib olib, taqimiga bosay deganda, çetda aylanib yurgan ğirrom uloqçilar payt poylab turib, uloqni tortib ketarkan. Demak, işning oğiri bitgaç, tantana çoği bayroqni qölingizdan yulib oluvçilar “çekkagir” deyilar ekan…
* * *
Axiyri, muhtaşam teatrining yelkasiga oftob tegdi — maxsus loyiha asosida yangi bino qurib beriladigan böldi. Öziyam, ön tört yil içida uç joyga köçib, oxirgi paytda eski paxta zavodining xarob klubasida jon saqlab kelişayotgan edi-da. Bu ijodiy jamoaning ön beş yillik rahbari Mahkam aka, sanʼat arbobi, hamma narsani unutib, quruvçilar içida yugurib yuradigan bölib qoldi, qöyilayotgan har bir ğişt, örnatilayotgan har bir eşikni kuzatişga urinar, tanbeh berar, ustalarga “teatr – muqaddas dargoh”, degan gapni uqtirişdan çarçamasdi. Axiyri, ular orasida “Muqaddas aka” degan laqab ham ortirdi.
Bir yarim yil içida ança ozib qorayib ketdi, lekin binokorlik desa binoyiday maslahat berişga yaraydigan bölib qoldi. Yap-yangi tufli bilan tuproq keçib yugurar, loyga oyoq bosişiga töğri kelsa, kiyimini ayab ötirmas, bino uçun qazilgan kotlovanga tuşib, payvandçi yigitlar bilan horma-bor böl qilar, böyni-boşi terdan şalabbo yurar edi.
Imorat bitgaç, yana bir saxovat körsatildi. Mebelu jihozlarni ham batamom yangilab beramiz deyişdi, bir neça dekoratsiyalarni demasa, eski joydan heç narsa opkelişning hojati yöq ekan. Direktor uçun bir yengil avtomaşina, jamoaga esa yangi avtobus inʼom etiladigan böldi.
Şaharning qoq markazida, yaşiltob oynavand devorli bino içida Mahkam aka mamnunligini sezdirmay yurişga urinadi, har bir xonaga kirib, qaysi sanʼatkorga qaysi xona berilişini çamalaydi, tuşlariga ham şu taşvişlar kirib çiqadi.
Nihoyat, ertaga teatr binosi tantanali ravişda oçiladi, degan kun keçroq qöl telefoni jaranglab qoldi. Hokimning şu soha böyiça muovini ekan, bir kelib ketişini tayinladi. Ertangi tadbirning maslahati bölsa kerak, degan öyda, Mahkam aka aytilgan soatda uning qabuliga kirdi. Nimagadir, muovinning çehrasi öta jiddiy, sipo ötirar, ilgarigi hazil-huzullaridan asar ham yöq edi.
— Xöş, domla, teatr jamoasining kayfiyati qalay, “normalniy”mi?
— Rahmat, hamma xursand, sizlardan minnatdor, zör iş böldi.
— Hm-m, “ta-ak”, yaxşi! Endi… gap bunday, rahbariyat bilan kengaşib, bir qarorga kelindi. Siz, mana, oltmiş törtga kiribsiz, bu endi — buyoği pensiya degani. Xabaringiz bor, hozir hamma joyda yoşlarga eʼtibor katta. Şuning uçun öz ixtiyoringiz bilan işdan böşaş haqida ariza yozib, qabulxonada qoldirib keting, örningizga yangi odam tayinlanyapti.
— K-im? — deya savol bera oldi tuyqusdan eşitgan bu xabarga işonib-işonmay. Mahkam aka nogahon boşiga tuşgan bu zarbani ongi töliq idrok eta olmayotgan edi.
— Siz tanimaysiz, kelajagi porloq yoş kadrlardan, — dedi hokim muovini va gap tamom deganday, katta stolda qator turgan telefon apparatlaridan birini oldiga tortib, raqam tera boşladi.
Esankirab qolgan Mahkam aka qanday qilib ariza yozdi, qanday qilib taşqariga çiqdi, yangi binoga — sobiq işxonasiga kirib kelib, bir-ikki xalta mayda-çuydalarini olib uyiga jönadi — özi ham bilmaydi.
Töğri, iş degani kişiga boylab berilgan emas, har kimning bir kuni böşaşi aniq, lekin nega endi şunça kuyib-pişib, saratonda tuproq keçib salkam ikki yil qurilişda yurgani evaziga şundoq yangi binoda, çiroyli kabinetda bir kun ham işlaşga qöyişmadi, hamma narsa bitganida böşatişyapti yo yetdim deganda yiqildim, deganlari şunaqa böladimi?
Teatr oçilişiga atab yozgan nutqi ham endi keraksiz, uniyam qöying, loaqal jamoani yiğib, pensiyaga kuzatiş degan gaplar ham yöq, baayni işdan haydalgan piyonistaday ketyapti — şu alam qilar, dilida nuqul “nega yo biron joyda xatoga yöl qöydimmi, nega endi?” — degan savol aylanaverardi.
Ertasi boşi oğir, yuragi ğijimlab turgan, kayfiyati tuşkun bölib uyğondi. Qançadan-qança dramatik va fojiiy rollarni qoyillatib öynagan atoqli aktyor bugun — öz boşiga tuşgan bu qadrsizlik oldida nihoyatda ojiz va uvol holda edi. Bitta-bitta qadam taşlab, hovli örtasidagi uzum oldiga yetib bordi. Darmonsizlikmi yo boşqami, yiqilib tuşmaslik uçun uzum tanasini mahkam çangalladi-da, köngli ağdarilib, qayd qilib yubordi.
Közini oçsa — parday yengil, notavon holda oppoq bir xonada karavotda yotibdi. Bir nima demoqçi edi, tovuşi çiqmadi. Şu payt bir hamşira yetib kelib, “Amaki, qimirlamay yoting, yaxşi bölib qolasiz”, deb uni tinçlantirdi. Bilagida osma ukolni töğrilagan böldi, oğzidagi kislorod beradigan nayçadan xabar oldi.
“Kasalxonaga tuşibman-da”, deb öyladi Mahkam aka va bola-çaqasini esladi: “Ular qayerdaykin, mening ahvolimni bilişarmikin?”
Xayriyatki, tönğiç öğli sanʼat-panʼat deb öralaşmagan, işlab çiqariş bilan şuğullanar edi, biznesmenga öxşab harakat qilibdi —markazidagi barça şifokorlarni oyoqqa qöyib, bir-ikki professorni çaqirtiribdi, aytilişiça, şunaqa qilib, Mahkam akani nariga dunyo oğzidan bir amallab qaytarişibdi… Hamkasblari keyinroq eşitişibdi.
Oradan oylar ötdi. Mahkam aka oyoqqa turdi. Baribir, sanʼat odami emasmi, özi qirq yil işlagan teatridan oyoq uzib keta olmadi. Qaysidir anjuman bahona, bir kuni hassa tayanib, binoga kirib bordi, eski qadrdonlar bilan omonlaşib, parterdagi bir kresloga çökdi. “Tadbir” boşlangaç, boşlovçi “anjumanni oçib beriş uçun söz teatrimizning muhtaram direktori “viç-viç”ga beriladi, marhamat, olqişlaringiz!!!” deya qiçqirdi. Yoşgina, közoynak taqqan, oppoq yuzli bir yigit özbek sözlarini buzib-buzib talaffuz qilib bölsa-da, tantanali yiğilişni oçiq deb eʼlon qildi, söng hokimiyatga borişi belgilanganini aytib, sahna ortidan çiqdi.
“Şu ekan-da, ösadigan kadr”, deb öylandi Mahkam aka. Keyin bilsa, u töqimaçilik sohasida öqigan ekan, teatrga rahbar qilib tayinlanişi boisi, kattakon bir rahbarning sodiq şogirdi ekan, teatr ham vaqtinçalik, yana kattaroq lavozimga ötkaziş uçun “tramplin” ekan, xolos…
* * *
Qurib ketkur koronavirus çiqib, karantin davri öquvçilarning yozgi taʼtiliga ulanib ketdi. Çuvvos solib yuradigan bolalar yöq, jimjitlik. Yetmiş yillar avval qurilgan, keyinçalik unça-munça rekonstruksiya qilingan maktab, qişloqning örtasida qad rostlab turibdi. Ahyonda koridorni taʼmirlayotgan ustalarning biron yoşroği çiqadi-da, çelagidagi axlatni bir çetga tökib, yana işiga qaytadi.
Ustalar işini kuzatiş, zarur narsalarni yetkaziş uçun xöjalik mudiri, yana bir-ikki erkak öqituvçi şu yerda. Bir mahal direktor opay şoşilganiça kirib keldi — viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi boşliği taşrif buyurayotgan ekan, telefon qilişibdi. Opa xursand, taʼmirni tumanda birinçi bölib tugatişyapti, qolaversa, viloyat böyiça rahbarning oldida yuzini yoruğ qiladigan boşqa narsalar ham bor — ikki yil içida daşt kabi yalanglikdan iborat maktab tevaragini ğişt devor bilan çiroyli qilib örattirdi, taqir yerlarni haydatib, yuzlab mevali daraxtlar ötqazişdi, bungayam köngil tölmay, daraxtlar orasiga piyoz, sarimsoq kabi ekinlar ekilgan edi, yoz boşiga kelib maktab taʼmiri uçun ota-onalardan “homiylik yordami” sörab yalinişga ehtiyoj qolmadi — olingan hosilni sotib, pulini şunga yaratişdi.
Qişloqda suv yetişmasdi, bir yarim gektarli maktab hovlisining bir çetida bejirimgina artezian quduq qazdirdi — ana suv! Jamoat ahil, öquvçilar odobli, har yili olimpiadalarda ğolib bölişyapti. Xullas, opa mamnun, mudirdan rahmat eşitamiz, ibrat qilib körsatişadi bizni, deb jilmayganiça tökilgan atirgullar boşini çimçilab kutib turardi.
Bir mahal uç odam yov quvganday şoşib maktab hovlisiga kirib keldi. Oldinda — boşqarma boşliği. Direktor opaning salomiga alik ham olmay, vajohat bilan içkariga kirib ketişdi. Qaraşsa, koridorlar yoğ tuşsa yalaguday bölib yaltirab turibdi, böyoq islari hali tugab bitmagan. Xonalarga kirişdi, taʼmiri binoyiday. Faqat bir xonada devorga ilingan diagramma qiyşiq osilgan — muallim yangi oqlangan devorga mix urişga botinmay, qolib ketgan ekan. Yana bir sinfxona eşigi esa qulf turardi, uning sohibasiga odam yuborilganu uyi uzoqligidan hali yetib kela olmapti. Şu ikki “ayb” katta bahona böldi. Öttiz beş-öttiz olti yoşlar çamali — opayning öğli tengi boşqarma boşliği unga xömrayib tikildi-da:
— Ha, opa, çarçaganga öxşaysiz işdan? — deb siyosat qildi.
Bunaqa muomalani sira kutmagan opa esankirab qoldi, nihoyat:
— Bilmasam, yangi artezian quduq qazib, suv çiqargan edik, bir körasizlarmi? — deya ularni murosaga taklif qildi.
Mudir bunga javoban opaga qarab bir yana öqraydi-da, indamay köçaga çiqib, xizmat maşinasiga ötirib jönadi.
Bu orada yetib kelgan beş-olti muallim esa “katta rahbar”ning bu dağal muomalasidan ong-tong bölib, serrayib turişar, çunki barining bir neça yillik iştiyoq bilan qilgan mehnatlari, quvonçlari toptalgan, rahmat örniga dağdağa eşitişgan edi.
“Ha, mayli, — dedi direktor opa uyiga kelgaç öziga-özi ovoz çiqarib taskin berarkan. — Avval gimnaziyaga rahbarlik qilganimda ham hammayoq orasta bölib, yangi qurilişlar qildirib, endi bitirganimda tuman hokimining qaynsinglisiga olib berişgan edi. Mana endi ham biron erkatoyga şundoq obod qilingan, hamma narsa muhayyo joy kerak şekilli. Bölmasa, ana, eski xöjalik örnidagi beş-olti maktabning birontasiga direktor topolmay sarson bölişyapti… Voy tayyoriga ayyorlar-yey! Işlab-işlab, maktabni har jihatdan oldingi qatorga olib çiqqanimda-ya? Bunaqa muttahamlarning uruği munça köp ekan-a?..”
* * *
Mirtemir salkam ellik yil avval “Kuning kelipti-da…” deb bir baxşiyona törtlik bitgan ekan:
Şopirib-şopirib, Şodmonjonga suz,
Öpirib-öpirib, Örmonjonga suz.
Qarama heç kimning qoş-qovoğiga,
Sanamay sakkiz de, öylamay töqqiz.
Davring keldi — sur begim, deydiganlar haqida yozilgan bu şeʼr.
Ajab, kimdir sal yuqoriroq amal kursisiga ötiradigan bölsa, hali ötirmasidan yaqinlari yopirilib keladi — hammasi ham xursand, baxtiyor, hammasining bir istagi bor. U ham bölsa “rahbar” böliş.
Bu odam xoh-noxoh bölib, haq-nohaq işlar qilib, öşalarga yumşoq, issiq örinlar oçadi, davlatning bergani — xalqning mablağini öşalarga soçadi. Kimningki biron amaldor yaqini bor, heç kimdan tap tortmaydi, aftiga qarasangiz, közida çaqini bor. Çunki u falon töraning ğörasi, falon mingboşining jörasi! Qarindoşu qöşnilar keladi, kursdoşu sinfdoş, teng-töşu mahalladoş — bari yopiriladi. Sen şu iş-lavozimni egallaşga loyiq mutaxassismisan, heç qurisa, şu sohada öqiganmisan, deb sörab ham bölmaydi ulardan, “yuqori”da ötirgan boyagi amaldorning ğazabiga qolasiz, sazoyi olamon bölasiz, rasvoyi jahon bölasiz!
Uning toğasi, uning dösti, ammasining nevarasi, ukasining bojasi, toğasining şogirdbaççasi… işqilib, töralarimizning allakimi-da, u!
Ajabki, bunday “oğayin”lar qança köpaysa, boyagi amaldorning mansabdan tuşişi şunça tezlaşadi. Yaqinlar yovdan ham yomon iş qilişadi.
Uyoğini sörasangiz, bu ham korrupsiyaning özginasi. Korrupsiya tomir yoygan joydagi odamlarning holi menga “Ötkan kunlar” romanidagi bir devonani eslatadi: “Qovoq devona deganimiz örta yoş, siyrak soqol, qotma, kun issiğliğiğa qarşi öçakişkandek boşiğa eski telpak, egniga paxtasidan boşqasi tözib ketkan guppi çopon kiyib, yangi böz belboqni beş-olti aylandirib boğlağan va unga beş-oltita çilim qovoqdan tortib to suvqovoq, nosqovoq va tomoşa qovoqlarğaça osqan; qovoqlarning oğirliğidan arang harakat qiladirğan öz zamonasining maşhur bir devonasi edi”. Ha, korrupsiya dastidan biron qadamni şaxdam qöyib bölmaydi, qayoqqa qarab burilsa ham, gardanidan oğir bir tavqi laʼnat bölib bosib, yerga qapiştirib turadi jamiyatni. Davlat işi oldinga bosmaydi.
Biz esa özimizga xos “bağrikenglik” bilan uni qadrdonçilik, oqibatlilik, muruvvat, siylov va boşqa har balo deb papalab, yumşoqqina nomlar bilan ataymiz. Aslida, uning özbekça nomi — taniş-bilişçilik. Odam özi haqli bölmagan nimagaki erişsa, noörin yöl orqali erişadi, çunki yo biron töra aralaşgan, yo “qöl-qölni yuvgan” bölib çiqadi.
“Korrupsiya — yadro qurolidan ham xavfli”, degan edi taniqli kişilardan biri. Avvaliga, bu fikrga qöşilmasligingiz mumkin. Biroq uning mamlakat iligini sörib qöyadigan, taraqqiy etişiga har on, har qanday holatda ğov böladigan narsa ekanini körganingizdan, şuni boşdan ötkazganingizdan söng yuqoridagi ibora haliyam yumşoq qilib ifodalangan, deysiz, işonavering…
Zuhriddin Isomiddinov
