Muallim missiyasi yoki bizga qanday adabiyot öqituvçilari kerak?

Sizlarda ham şunday hol kuzatiladimi, a? Yarim tunda uyqungiz buziladi-da, allanimalar haqida öylay ketasiz. Oxirgi safar şu haqida öylaganim bugungi yoşlarning xat-savod va did masalasi böldi. Nima uçun aksar yoşlar tört enlik arizani eng kami uçta xato bilan yozib beradi? Bu aytib turib yozdirganingizdagi ahvol. Mening öylarimga esa bunday paytda nafaqat ona tili muallimlari, adabiyot muallimlari ham öz missiyasini töliq bajara olmayotgani haqidagi fikrlar keladi.

Haqrost, iç-etimni arradek nimadir tirnab ötadi. Byudjetdan hazilakam mablağ sarflanadimi bir bolaning umumiy örta taʼlim olişi uçun?! Örtaça 11 yilda bitta ariza yozişni örganmagan bolaning ertasi nima böladi, deb kim öylaydi? Ular tarbiya qiladigan farzandlar qanday ulğayadi? Yo u kimningdir uyini kuydirib pul topaversinmi? Yo u tik-toku instagramda maʼnisiz harakatlar bilan pul topuvçi didsiz nusxalar bölaversinmi? Yoki xorij uçun tayyor migrant bölaversinmi? Yo u pora bilan çorasini topib, oliy maʼlumot olsin-da, korrupsiya botqoği sonini köpaytiraversinmi?.. Bizga qöpol bölsa, uzrku-ya, maymundan sal nari-beri bölgan odamlar kerakmi yoki keng fikrlaydigan, saviyali, didli, millat va mamlakat ravnaqi uçun halol xizmat qiladigan şaxslarmi?! Modomiki, elu yurtga sidqidildan xizmat qiluvçi halol insonlar kerak ekan, ayniqsa, bizning adabiyot muallimlari zimmasidagi masʼuliyatni his qilişlari şart böladi!

Heç esimdan çiqmaydi. 5-sinfda öqigan paytimiz Abdulla Oripovning “Özbekiston” qasidasini boşidan oxirigaça yoddan öqigandik. Har birimiz qasidani yodlagan edik. Butun sinf! Oçiği, adabiyot darsida nasriy asarlarni oz öqisak-da, barçamizning yuraklarimizda şeʼriyatga oşuftalik kuçli edi, oşuftalik uyğoq edi, uyğotilgan edi. Sinfdagi barça öquvçilar bahru baytda maktabda ğolib edi. Oşuftalik uyğotgan uyğotgiçimiz — adabiyot öqituvçimiz Iroda opa Manbetova bizni şunday tarbiyalagandi. Söngra yangi adabiyot muallimimiz Gulnora opa Muhiddinova bizdagi nasriy böşliqni töldiriş uçun harakat qildi va buni uddaladi.

Adabiyot muallimlarimiz adiblarning sanalardan iborat tarjimai hollarini kör-körona tuşuntirmas, şeʼrlarning mazmunini tuşuntirmay yodlatmas, asar tili va ğoyasi bilan yaqindan tanitmay turib öqitmas edi. Adabiyot nomli muhtaşam saroyda şunçaki yurmaslikni uqtirardilar adabiyot muallimlarimiz. Negadir hozir ayrim adabiyot öqituvçilarida şunday yölçiroqlik sifatini topolmayman, qidiraman-u yana barça saʼy-harakatlarim besamar ketadi.

— Biz özbek xalqi mangu yaşaydi, deb işonamiz-ku. Mangu yaşaşi uçun özbek xalqini sevadigan odamlar bölişi kerak-da. Vatanparvarlarni esa Adabiyot yaratadi! — degan edi suhbatlarning birida Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim.

Xöş, bugun qanday adabiyot öqituvçilari kerak?

Odatda, şeʼr boşidan oxirigaça öqiladi va şunday yod olinadi. Endi birgina hayotiy misol keltirayki, hozirgi ikki öquvçiga yigirma qator şeʼrni bölib-bölib, pora-pora qilib, adolatli taqsimot bilan yod oliş topşiriq qilinayapti va bu topşiriq bugunning adabiyot öqituvçilari tarafidan berilayotgani ham rost. Oybekning “Naʼmatak” şeʼrini ikkiga bölib, partadoş ikki öquvçi yodlasa, Ğafur Ğulomning “Soğiniş” şeʼrini butun sinf tört qatordan yodlab çiqadi. Şeʼrni bu yösin, odatda, turli tadbir yo uçraşuvlarda yodlaş urf edi. Ammo hozirgi kunda adabiyot darslarida ham şu “urf” közga taşlanayapti va bu köplarning közidan panada qolayapti. Ahvol şu darajagaça yetdimi?

Biz maktabda öqigan yillarimiz bir öquv yili mobaynida eng kami yigirma-öttiz şeʼru beş-ön ğazalni yod olardik. Darvoqe, ğazal degandek, bugun biror öquvçidan ğazal sörasangiz, aksariyati tört qator aruziy şeʼrni ham öqiy olmaydi, afsuski. Vaholanki, özbek mumtoz adabiyoti böstoni misoli qirğoği yöq ulkan ummon ekanligi aniq-ku. Nega şunday adabiy merosimiz yoşlarga örgatilmaydi? Biror aytarli vaj bunga tösqinlik qilayaptimi?

Bugun kitobxonlik madaniyatini östiriş uçun qabul qilingan ne-ne rasmiy hujjatlaru ne-ne körik-tanlovlar va ne-ne dasturlarga zarraça hojat yöq edi, agarda, adabiyot öqituvçilari, öz missiyasini vijdonan ado etganlarida.

Aslida öquvçining adabiyot haqidagi dunyoqaraşi faqatgina “Adabiyot” darsligi bilan çeklanib qolmasligi, kundan-kunga adabiy geografiyasi va mundarijasi kengayib borişi kerak emasmi? Kalavaning uçi tağin borib adabiyot muallimiga taqaladi — öqituvçi özida yöq narsani öquvçiga qanday örgatsin? Oçiği, “Adabiyot” darsligini tuzuk öqita olmayotgan öqituvçidan ortiqça vazifani talab qilişning özi nodonlik va mantiqsizlikdan boşqa narsa emasdek. Ammo millatning qoraköz bolalari bu olamda adabiyot degan olam borligidan bebahra ötişlari kerak emas! Buning uçun adabiyot öqituvçilarimiz, albatta, adabiy naşrlarga obuna bölişlari zarur. Yana talab etiladiki, faqatgina respublikadagi adabiy naşrlar emas, xalqaro adabiy gazeta va jurnallarni ham kuzatib borişsa, nur ustiga aʼlo nur bölar edi.

Masalan, Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusida dars ötayotgan öqituvçi, tabiiyki, “Yolğiz” qissasi töğrisida heç qanday maʼlumot bermaydi. Xudo rahmat qilsin, adabiyotşunos olim, mohir pedagog Omonilla Madayev “Ötkan kunlar” romanini oxirgi marta qaçon öqigani yodidan çiqib ketgan adabiyot öqituvçilariga dars berib qiynalganini aytib, kuyungan edi. “Ötkan kunlar”dan bexabar adabiyot muallimi “Yolğiz” haqida nima deya olsin? Axir, ayni bizning zamonda Xurşid Döstmuhammad degan yozuvçi yaşayotgani, uning “Yolğiz” qissasi borligi-yu, “Şarq yulduzi” jurnalining 2018 yilgi 5-6-sonlarida bosilganini, yaqinda kitob holida ham çop etilib, qissa asosida Abror Hidoyatov nomidagi Özbekiston davlat drama teatrida “Julqunboy” spektakli sahnalaştirilganidan hozirgi adabiyot muallimlarining qançasi voqif?

— Bolasini taşlab ketayotgan onalar bor, xorijda odamlarni öldirayotgan odamlar bor, Özbekistondan çiqib çetda işlayotganlar bor, ularning orasida jinoyat qilayotganlari, naşavandlari bor, eng muhimi, oilani buzib, xotinini qöyayotgan takasaltanglar bor, şularning hammasining aybini men ularning ota-onalari bilan teppa-teng adabiyot öqituvçisida ham, deb bilaman, — degan edi ustoz Omonilla Madayev. — Oilani taşlab ketişlar, milliy qadriyatlarimizga bepisand qaraşlar, loqaydlik — bularning bari adabiyot öqituvçilarining mahorati zaiflaşganidan darak beradi… Amerikada nimaga otişmalar köp böladi? Amerikada nimaga jinoyatlar köpayyapti? Çunki Amerikada adabiyot darsining özi yöq!.. Örtoğining onasini öldirgan bolani, yoki bir-birini piçoqlagan öquvçilarni, öz joniga qasd qilgan ösmirlarni eşitib qolamiz. Bularning hammasiga şaxsan özim adabiyot darsiga munosabatning zaifligida, deb bilaman.

Qarangki, Abdulhamid Sulaymon öğli Çölponning bundan 106 yil muqaddam aytganlari hamon kun tartibidagi masalaligiça turibdi:

— Endi, ey, qardoşlar! Adabiyot öquylik. Adiblar yetişdirayluk, “adabiyot keçalari”yasayluk. Ruh, his, tuyğu, fikr, ong va öy olayluk, bilayluk. Agarda “bayoz” va bemaʼni bir-ikki dona kitoblar ila qolsak, mahvu inqiroziy bölurmiz. Yuragimiz kundan-kun toşdan ham qattiğ bölur. Yurakni eritayluk, ruh berayluk, inqiroz bölmayluk. Menim bu ojizona fikrima qöşilaturğonlar bölsa adabiyotning foydasi töğrusinda “Oina” va “Sado”larimizga tarixiy va adabiy maqola va şeʼrlar yozsunlar, kitoblar tartib bersunlar. Hozirda bizga birdan-bir lozim bölğon narsa — adabiyot, adabiyot, adabiyot…

Darhaqiqat, adabiyotsiz vatanparvarlarni, millatning çin ziyolilarini, halol insonlarni tarbiyalay olmaymiz! Buni töğri tuşunib, öz missiyasini vijdonan ado etayotgan adabiyot muallimlarimiz bor bölsin!

Otabek Isroilov,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan