Özi ham, sözi ham gözal edi
Jurnalistlik rahmatli döstimiz Nasriddin Muhammadiyevga (matbuotdagi adabiy taxallusi — Nosir Muhammad) ota kasb edi. Otasi Misriddin aka Muhammadiyev öttiz beş yil mobaynida tuman gazetasining muharriri vazifasida işlagandi.
Oiladagi ijodiy muhit Nasriddinning kasb tanlaşida muhim omil böldi. Maktabni bitirgaç, Toşkent davlat universitetining filologiya fakultetiga hujjat topşirdi. Universitetni tamomlagaç, poytaxtdagi gazeta va jurnallarda öttiz yildan ziyod xizmat qildi. Birgina “Toşkent oqşomi” gazetasida maşhur yozuvçimiz Ötkir Hoşimov bilan bir xonada ötirib ön yil işladi. Gazeta boş muharriri Saʼdulla Karomatovdan ham köp narsa örgandi. Öşa davrda “Toşkent oqşomi” gazetasining yurtimizning adabiy-madaniy hayotidagi mavqei, nufuzi ança baland edi. Nasriddin aksariyat ijodkorlar kabi ilk maşqlarini şeʼr yozişdan boşlagan bölsa-da, matbuotning qora, zahmatli yumuşlarini bajonidil zimmasiga oldi. Matbuotda qalami qayralib, yetuk ijodkor bölib yetişdi.
Ötgan yillar mobaynida “Estetik ideal va adabiyot”, “Oz-oz örganib, dono bölur” (Ş.Zunnun bilan hammualliflikda), “Salom, kelajak”, “Bahor taronasi”, “Hikmatlar”, “Özbekiston jahon hamjamiyati safida”, “Nasaf va Keş allomalari”, “Tafakkur uçqunlari”, “Sumalakdan toş topdim”, “Anqoni mahram qildingiz” kabi öndan ziyod kitoblari çop etildi. Kitoblarning nomi va mundarijasidan ham körinib turibdiki, Nasriddinning isteʼdodi serqirra, bilim va qiziqiş doirasi keng va ğoyatda rang-barang edi. Ham nazm va nasrda, mutarjimlikda, tarixiy mavzularda ilhom va iştiyoq bilan qalam tebratardi. Ğarb va Şarq madaniy, maʼnaviy merosini puxta özlaştirgandi.
Nasriddinning mumtoz adabiyotga bölgan qiziqişi va qobiliyatini payqagan, imkoniyatlarini töğri baholagan rahmatli alloma Ergaş Rustamov (Alloh rahmatiga olgan bölsin) döstimizni ilmiy iş bilan şuğullanişga astoydil daʼvat qilardi. Xizmatda hamişa qattiq band bölgan döstimiz garçi dissertatsiya yozişga vaqt topolmagan bölsa-da, mumtoz adabiyot, xususan, Navoiy ijodi haqidagi qiziqarli maqola va kitoblari bilan ustozning ruhini şod etganday böldi.
Nasriddin fors, turk, rus tillarini ança mukammal egallagan, nemis va ingliz tilini ham yaxşi bilardi. U erinmay Toşkent davlat universitetining şarqşunoslik fakulteti qoşidagi ikki yillik fors tili kursini bitirib, Eronda fors tili böyiça tarjimon bölib ham işladi. Til bilgiçligi jahonga çiqişida, jahonga çiqqanligi esa tillarni yaxşi özlaştirişida qöl keldi.
Nasriddinni jahongaşta ijodkor edi, desak töğri bölar edi. Uç yil Eronda tarjimon bölib işlagan, Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasida esa ikki yil mobaynida birinçi kotib vazifasida xizmat qilgandi. Xorij taassurotlari asosida maqolalar, kitoblar çop etgandi.
Nasriddinning yana bir ibratli jihatiga ham havas qilardim, ham hayratlanardim. Odamlar bir kunda sakkiz soat işlasa, u yigirma tört soat işlayotgandek tuyulardi, aslida ham xizmati şunaqa edi. Yana şu alfozda ijod uçun vaqt topganiga qoyil qolardim. Barça yozgan asarlari masʼul xizmat vazifalarida qattiq band bölib turganida, goho dam olişni çeklaş hisobiga yaratilgan. Tirişqoqligi, mehnatkaşligi, kuydi-pişdiligi, jonsarakligi qonida bor edi. Hayotda nimagaki erişgan bölsa, hammasiga özining mehnati bilan erişgandi.
Muqaddas Qurʼoni Karimda “Feʼlingiz – taqdiringiz”, degan purhikmat kalom bor. Xalqimiz ham “Nima topsang, feʼlingdan topasan”, deb bejiz aytmaydi. Nazarimda, Nasriddin ham hayotda nimagaki erişgan bölsa, avvalo, feʼl-atvorining nekbinligi, muttasil komillikka intilgani tufayli erişgan.
Esimda, bundan ança yillar muqaddam Turkiyadan samolyotda yurtga qaytayotib, u yerda işlaydigan hamyurtlar bilan hamroh bölib qoldik. Orasida Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasida işlaydigani ham bor ekan. Gurung asnosida elçixonada işlagan Nasriddin Muhammadiyevni taniysizlarmi, deb söradim. Şunda birdan jonlanib, oğzilaridan bol tomib, bir-biriga gal bermay, döstimizni alqaşga tuşdilar. Meni yanada hayratlantirgani ularning eʼtiroflari juda ham samimiy edi…
Muborak hadislarda aytiladi: “Kimning xulqi gözal bölsa, unga jannatning eng töridan qasr bino qilinadi”.
Darhaqiqat, xulqi gözal, feʼl-atvori quvnoq, samimiy, xuşçaqçaq odam hamişa, hamma yerda ardoqlanadi. Hayotda ham işi öz-özidan yurişib ketaveradi. Nasriddin heç qaçon taniş-bilişlarini oraga qöyib, öziga iş qidirmagan, balki işning özi uni qidirib topgan. Hamişa döstlarining, hamkasblarining ardoğida yaşadi. Uni bir kun körmasa soğinib qoladigan döstlari, jöralari köp edi.
Ayniqsa, ustoz Erkin Vohidovning unga mehri, ixlosi (ular “Yoşlik” jurnali gurillagan zamonda birga işlaşgandi) juda baland bölgan. Nasriddin şunday ardoqqa loyiq inson edi-da. Erkin aka hayotining oxirgi yillari pedagogika universiteti yonidagi ijodxonasidan telefon qilib, Nasriddin ikkimizni huzuriga çorlab turar, şaxmat bahonasida yaxşigina gurunglaşar, şunday uluğ inson bilan zamondoş, hamnafas ekanimizdan biz ham çeksiz ğururlanar edik. Goho Nasriddinni soğinib uyiga telefon qilsam köpinça: “Dadamiz hali işdan qaytmadilar yoki dadamiz mehmondorçilikda!” — degan javob bölardi. Körişganimizda öziga: “Uyga ham kelib turibsizmi?”, deya hazillaşib qöyardim.
Nasriddin bilan universitetni ketma-ket bitirganmiz. Taqdir taqozosi bilan bitta “dom”da yaşadik, Çorvoqdagi dala hovlimiz ham bir joyda edi. Döstimiz qişloqda ösgan emasmi, yerga nihoyatda mehr qöygan, bola-çaqasi bilan dala hovlisida astoydil ter tökib mehnat qilardi. Natija ham zahmatga yaraşa bölardi. Bahor noqulay kelib, köpçilikning mevalarini sovuq urib ketganda ham Nasriddinlarning daraxt şoxlariga çirmaşib ketgan uzumi möl-köl hosil berardi. Şotutlari, xurmolari şiğil-şiğil meva tugardi. Alloh yaxşi insonlarni öz neʼmatlari bilan şunaqa siylasa kerak-da.
Dunyoga maşhur yozuvçilardan biri öğlining fotosurati orqasiga: “Mening eng yaxşi asarim!”, — deb yozib qöygan ekan. Murakkab hayotda goho ijodni rökaç qilib, oilaga beparvo qaraşi oqibatida boşi kulfatdan çiqmaydigan kimsalar ham uçraydi. Şu örinda Lev Tolstoyning: “Oilada baxtli bölgan insongina hayotda baxtli böladi”, degan hikmatli gapi esga tuşadi. Nasriddin nihoyatda oilaparvar, oilada çinakam baxtli inson edi. Öziga munosib, hayotning xuş-noxuş kunlarida, xorijda keçgan uzoq musofirçilik yillarida yelkadoş-hamnafas bölgan fariştali umr yöldoşi Maşrufaxon bilan bir qiz, tört öğilni tarbiyalab, voyaga yetkazdilar. Imon-eʼtiqodli, solih farzandlari hayotdan özlarining munosib örinlarini topişdi. Ota-onalari ularning orzu-havasini köriş baxtiga muyassar böldilar.
Nasriddin hayotdan zavq olib yaşaşni bilar, döstlarini ham şunday baxtga çorlar edi. Aşaddiy şaxmat işqibozi, ijodkorlar örtasida ötkazilgan Çorvoq musobaqasining ikki karra ğolibi, ustoz Erkin Vohidov: “Men uçun odamlar ikki toifaga bölinadi – şaxmatni biladiganlar va bilmaydiganlar”, degan edi. Biz Nasriddin bilan birinçi toifaga mansub — şaxmat “jinni”si, yaʼni hayotda katta döst, şaxmatda esa munosib raqiblar edik.
Nasriddin şaxmat bilan boğliq tadbirlarda, ayniqsa, ijodkorlar örtasidagi musobaqalarda hamişa faol edi. Şaxmat bahonasida — Ibrohim Ğafurov, Saydi Umirov, Baxtiyor Nazarov kabi ustozlar, Xurşid Döstmuhammad, Suvon Meli, Habib Temirov, Nosirjon Toşmatov, Mirpölat Mirzo, Zuhriddin Isomiddinov, Şohrux Akbarov, Saidjon Siddiqov, Yoqubjon Xöjamberdiyev kabi döstlar bilan diydor körişib, miriqib gurunglaşar edik.
Nasriddinning ğayrati, taşabbusi bilan Ğafur Ğulom nomidagi naşriyotda “Şaxmat möʼjizasi” degan qiziqarli kitob çop etilgan, “Navoiy va şaxmat” nomli salmoqli maqolasi ham tilga tuşgan edi. Ha, tinib-tinçimas döstimiz qadimiy öyin bölgan şaxmatni ommalaştiriş va tarğib etişda ham katta xizmat qilgan.
Nasriddin bilan oxirgi körişişimiz ham şaxmat öyini paytida bölgan edi. Öşanda Yozuvçilar uyuşmasining Dörmondagi ijod uyida adiblar örtasida şaxmat musobaqasi ötkazilayotgan, öyin taşkilotçisi sifatida yonimizdagi Qibray sanatoriysida davolanayotgan Nasriddinga bir kun avval xabar bergan edim. Usta şaxmatçi bölgan döstim bu gal hayron qoldirib: “Öyinda qatnaşişga qatʼiy vaʼda berolmayman, ahvolimga qarayman”, deya mujmalroq javob qildi. Ertasi öyinimiz rosa qizigan paytda döstimiz odatdagidek kulimsirab yonimizga keldi va uzrini aytdi: “Döstlarim! Afsuski, men öynay olmas ekanman. Tobim yöqroq…” Ana şu qisqa muloqot bizning oxirgi körişişimiz ekan…
“Yaxşilikni çehrasi oçiq insonlardan izlang”, degan hikmatli gap bor. Nasriddinning hamişa çehrasi oçiq edi. Men hayotimda bunaqa feʼli yaxşi odamni boşqa uçratmaganman. U hamişa quvnoq, hamişa samimiy, kayfiyati ham hamişa kötarinki, aʼlo darajada bölar edi. Donişmandlarning taʼkidlaşiça, kayfiyatning hamişa yaxşi bölişi donolikning birinçi şartidir. Ön nafar şoir, yozuvçilardan iborat bölgan gap-gaştagimizda Nasriddin davraning guli edi. Tilga olingan har bir masalaga uning öz nuqtai nazari, öz qaraşlari bölar, şu bois gurungi diltortar edi.
Nasriddin Muhammadiyev uzoq yillar Özbekiston baynalmilal madaniyat markaziga rahbarlik qildi. Döstlik va qardoşlik riştalarini mustahkamlaydigan turli festivallar, tadbirlar ötkazilişida boş-qoş böldi.
Nasriddinning özim kuzatgan yana bir eʼtiqodi turkiy xalqlar birligi ğoyasi bilan boğliq edi. U bir umr ana öşa ğoyaning tarğiboti bilan şuğullandi. Turkiston qayğusi uning eʼtiqodidan mustahkam örin olgandi.
Baynalmilal madaniyat markazidagi zahmatli xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, döstimizga “Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi” unvoni berilgan edi. Keyinroq u “Mehnat şuhrati” ordeniga ham loyiq körilgandi.
Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi Nosir Muhammadning “Hut şamollari” degan salmoqli “Saylanma”sini naşr etdi. Unga ijodkorning turli yillarda yozgan şeʼrlari bilan bir qatorda fors, turk, nemis, rus tillaridan qilgan tarjimalari ham kiritilgan. Qimmatli manbalar asosida yozilgan “Turon tarixi” kitobi ham muxlis va mutasaddilarda iliq taassurot qoldirdi. Şuningdek, uning yurtimizda matbaaçilik va kutubxonaçilik tarixiga bağişlangan kitobi noyob kitoblar qatoridan örin oldi.
Özining tabarruk yetmiş yoşini qirçillama yigitdek tetik, kötarinki kayfiyatda kutib olgan döstimizning hali ijodiy rejalari bisyor edi. Afsuski…
Ajoyib inson va yetuk ijodkor Nasriddin Muhammadiyevning bir neça yil oldin hayotdan bevaqt köz yumişi uni yaqindan bilgan yoru birodarlari, qarindoşlari uçun oğir musibat böldi. Yagona taskin-tasalli şuki, u avvalo, özidan yaxşi nom, yaxşi xotira va boy adabiy meros qoldirdi. Albatta, uning umri otasining çiroğini yoqib ötirgan solih farzandlarda, nabira, evaralarida, qator kitoblarida davom etmoqda.
Şodmon Otabek,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi
