Sözi ölmaganning özi ham ölmas

23 dekabr — Özbekiston xalq yozuvçisi

Asqad Muxtor tavallud topgan kun

 

Bu yil Özbekiston xalq yozuvçisi, “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni sohibi Asqad Muxtor tavalludining 100 yilligi yurtimiz böylab keng nişonlanmoqda. Uşbu tabarruk sana munosabati bilan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Şarq” naşriyotida atoqli adibning “Tanlangan asarlar” kitobi çop etilmoqda. Uşbu salmoqli naşrdan sevimli adibimizning eng sara asarlari örin olgan.

Taniqli yozuvçi Xayriddin Sulton tomonidan mazkur kitobga yozilgan Sözboşi quyida juzʼiy qisqartirişlar bilan eʼlon qilinmoqda.

Qariyb qirq yildirki, har biri öziga xos ijodiy maktab yaratgan köp ustozlardan kasbu kor va mahorat sirlarini örgandim va hanuz örganib kelaman. Ammo ular orasida mutafakkir adib Asqad Muxtor önlab ijodkorlar qatori men uçun ham birinçi muallim – ustodi avval bölgan, deb hamişa faxr-iftixor bilan takrorlayman.

Garçi u kişining vafotidan buyon salkam çorak asr ötgan bölsa-da, asarlari bugun ham biz bilan birga yaşamoqda. Sözi ölmaganning özi ham ölmas. Demak, bugun Asqad Muxtorning ikkinçi umri davom etmoqda.

1

Asqad akaning bolalik, yoşlik davri qanday keçganini biz faqat uning ayrim asarlari va adib haqida yozilgan kitoblar orqali bilamiz, xolos. Lekin şu narsa aniqki:

Oydinda tuğilib, jöyakda çayilgan,

Ğöza bilan ösgan bolaman.

Dars örniga qor keçib, loy keçib,

Paxta terganimni esga olaman, –

degan satrlar uning bolaligi ham millionlab özbek bolalarining qismati kabi keçganidan dalolat beradi.

Men u kişini ötgan asrning 70-yillari boşida yaqindan tanib-bilganman.

Bundan qirq ikki yil muqaddam, dorilfununni endi bitirgan kezlarim taqdir menga Asqad akaning qöl ostida işlaş baxtini nasib etdi. Dastlab, “Guliston” jurnalida “umidli muallif” sifatida qatnaşgan bölsam, keyinçalik ikki yil mobaynida u kişining bevosita rahbarligida xizmat qildim. Bu yillarni hayotimning eng fayzli va unutilmas davri, deb aytsam, xato qilmagan bölaman.

Asqad akaning 1970 yili “Guliston” jurnaliga boş redaktor etib tayinlanişi alohida bir tarix.

“1966 yili Özbekistonda “Guliston” jurnali qayta oçildi, – deb xotirlaydi taniqli şoir va olim Abdulla Şer. – Bu – özbek xalqining maʼnaviy hayotidagi juda katta voqea edi (şörolar davrida, hozirgidek, xohlagan odam yoki taşkilot, mablaği kötarsa, jurnal oçolmasdi, har bir naşr, u hatto şapaloqdekkina gazeta bölsa ham, Maskovning ruxsati bilan taşkil qilinardi).

Men – jurnalistika fakultetining talabasi, öquv amaliyotini şu jurnalda ötkazdim.

“Guliston” barçaning sevimli jurnaliga aylangan edi; unda luğatdagi rusçalaştiriş va ovröpolaştirişga qarşi özbekçalaştiriş, şarqlaştiriş uçun kuraş borardi: “revolyutsiya” – “inqilob”, “redaksiya” – “tahririyat”, “avtor” – “muallif”, “poeziya” – “nazm” yoki “şeʼriyat”, “proza” – “nasr”, “filosofiya” – “falsafa” tarzida muomalaga kiritilardi; “Temur tuzuklari” forsçadan tarjima qilinib, sonma-son bosilardi (tarjimon esa Şarqiy Turkistonning norasmiy prezidenti bölgan, gomindançi-bosqinçilardan ölkaning deyarli 90 foiz hududini ozod etgan, SSSR KGBsi tomonidan aldov yöli bilan Toşkentga bir keçada olib qoçib kelingan “xalq marşali”, ilohiyotçi olim, faylasuf va adib Alixontöra Soğuniy edi); ingliz tarixçi olimasi Hilda Hukhemning Amir Temur haqidagi kitobidan parça, akademik Ibrohim Möminovning “Temur va temuriylar” maqolasi şu jurnal orqali xalqqa yetib bordi; Rasul Hamzatovning milliy qadriyatlar va ozodlikni uluğlovçi “Doğistonim” asari Erkin Vohidov tarjimasida bosila boşladi. “Guliston” milliy jurnalga aylanib borayotgan edi…”

Siyosiy huşyorlikni unutib, “adabiy partizanlik” yöliga ötib ketgan sobiq frontçi, jurnalist-adib Ibrohim Rahim örniga bolalar uyida tarbiya topgan, şu bois sovet hokimiyatiga çin dildan sadoqatli, siyosiy pozitsiyasi mustahkam, ehtiyotkor deb hisoblangan Asqad Muxtor jurnalga rahbar etib tayinlanadi.

Milliy ziyolilar, afkor omma Ibrohim Rahimning qölidan tuşgan bayroq Asqad Muxtorning qölida qanday hilpirar ekan, hilpirarmikan özi, degan xavotir bilan jimgina kuzatib turardi.

Yangi boş muharrir ikki öt orasida qolgan edi. Garçi partiya va xalq — bir tanu bir jon, deb barça minbarlardan jar solinsa-da, har ikkisiga birdek yoqiş amrimahol vazifa edi.

Xöş, Asqad aka rahbar sifatida iş boşlagaç, jurnalda qanday özgariş yuz berdi?

Bu haqda öşa voqealarning nafaqat guvohi, balki faol iştirokçisi bölgan Abdulla Şer şunday deb yozadi:

“Taşqaridan qaraganda, göyo jurnalda özgariş bölgandek körinardi: “Temur tuzuklari”, “Doğistonim” töxtatib qöyilgan, “boş muharrir” örniga — “boş redaktor”, “muallif” örniga — “avtor”, “tahrir hayʼati” örniga — “redkollegiya” yozilardi, oldingiga qaraganda zamonaviy materiallarga kengroq örin berilardi. Ammo sinçkovlik bilan nazar taşlagan kişi jurnal materiallari tobora teranlaşib borayotganini, bevosita emas, Ezop tilida bilvosita milliy özlikni tanişga daʼvat etuvçi, öquvçini öylantiradigan maqola va asarlar berilayotganini, millatimiz tarixi yana ham dadilroq yoritilayotganini körişi mumkin edi.”

Şu tariqa, zohiran kompartiya Markaziy Qömitasining naşri bölmiş “Guliston” jurnali boş muharrir va ijodiy jamoaning aql-zakovati, qatʼiyati tufayli mohiyat eʼtibori bilan erkin va teran fikr minbariga, söz böstonining çinakam gulistoniga aylanib, keng öquvçilar ommasining işonç-ixlosini qozona boradi.

Maʼnaviy bedorlik, ruhiy bezovtalik, xalq dardini yurakdan tuyiş, faol fuqarolik pozitsiyasi, nuqtai nazarning kengligi va xolisligi kabi xislatlar “Guliston”ni el orasida maşhur va manzur qilgan edi.

Asqad aka jurnal boş muharrirligiga tayinlanayotganida Markazqöm rahbariyati jurnal adadini köpaytirib bermoqçi böladi. Şunda u kişi kutilmagan gapni aytadi: “Yöq, unisi özimizga qolsin. Odamlar izlab öqiydigan bölsin. Siz aytsangiz, majburiyatga aylanib qoladi”.

Darhaqiqat, qisqa vaqt içida jurnal adadi uç yuzu ellik mingdan oşib ketadi.

2

Bu davrda jurnal sahifalarida özbek jamiyatida katta şov-şuv qözğagan qanday ötkir maqolalar çop etilganini köpçilik yaxşi eslaydi.

Öşa yillari “Guliston” tahririyatida işlagan yana bir taniqli adibimiz Tohir Malikning xotiralari ham bu fikrni tasdiqlaydi:

“Asqad Muxtor muharrirligi ostida çiqqan “Guliston” jurnalini varaqlasak, kun tartibiga qöyilgan köp muammolarni uçratamiz: köhna yodgorliklarni asraş, tabiatga mehribonlik, “SJK” (zotdor qöylarni sunʼiy urçitiş — tahr.) deb atalmiş qorakölçilik ofatiga qarşi isyon, “maşinada ming tonna paxta terdi”, degan yolğonni foş etiş, amalparastlik xastaligini körsatiş, paxta hosildorligini kötariş maqsadida tuproqni, odamlarni zaharlaşga qarşi turiş…

Bular oson yeçiladigan, kun tartibiga qöyilgani uçun rahbariyatdan rahmat yoğiladigan muammolar emasdi. Taʼbir joiz bölsa, har birining ötkir tişlari bor edi. Har biri maʼlum maʼnoda partiya olib borayotgan siyosatga qarşi edi.

Köpçilik Asqad akani “ğoyat ehtiyotkor” deb taʼriflaydi. Bu unça töğri emas, ehtiyotkor odamda xudbinlik, qörqoqlik böladi. Ehtiyotkor odam jiddiy masalalarni çetlab ötadi, alyor aytib yuraveradi. Jurnaldagi har bir jiddiy maqola döst-duşmanlarni bir seskantirib olardi. Jumhuriyat rahbarligiga, Moskvaga jurnalning “xato”larini bayroq qilib kötaruvçi maktublar oqimi töxtamasdi.”

Gapning davomini yana hassos şoirimiz Abdulla Şerdan eşitaylik:

“Darhaqiqat, “Guliston” jurnali Asqad aka rahbarligida tom maʼnodagi milliy jurnalga aylangan edi.

Birinçi özbek generali Sobir Rahimov deb yurgan xalq Oktyabr töntarişigaça Jörabek Qalandarqori öğli degan general bölgani, u bir neça ğarb va şarq tillarida erkin sözlaşa olgani, uning kutubxonasidan Bartold, Semyonov singari şarqşunos olimlar foydalanganini, u Furqat, Fansurullobek, Sattorxon Abduğafurov, Saidrasul Saidazizov, Inʼomxöja Umriyoxöjayev singari vatanparvarlar bilan birgalikda Milliy ozodlik ligasini tuzişga uringanini va çor xufiyalari tomonidan Qöyliqdagi boğida sirli ravişda öldirilganini bilib oldi. Furqat, avvallari yozib kelinganidek, Rossiyaning Örta Osiyo ustidan hukmronligini qöllab kelgan şoir emas, balki milliy ozodlik harakati rahbarlaridan biri, Jörabek öldirilmasidan biroz oldin aldov bilan, pasportsiz xorijga çiqarilib, keyin Vatan hududiga kiritilmagan ziyoli ekanidan, general Kaufman yenga olmagan qömondon ayol Qurbonjon dodxohdek mard onaxonlarimiz ötganidan, Namoz Pirim öğli, mustamlakaçilar alam bilan yozganlaridek, öğri emas, millat ozodligi uçun kuraşgan xalq qahramoni bölganidan odamlar “Guliston” orqali birinçi marta xabar topgan edilar. Andijon qözğoloni rahbari Muhammad Ali eşonning dor ostida: “Men Vatan ozodligi uçun qurbon bölyapman! Yaşasin ozodlik! Bosqinçilarga ölim!” degan sözlari özini tanigan har bir jurnalxon qalbida aks-sado bergan edi.

Bu milliy qahramonlarimiz haqida yozgan Murod Xidir, Şarif Yusupov, Hamdam Sodiqov, Naim Norqulov, Haydarbek Bobobekov singari isteʼdodli ziyolilar ilk marta xalqqa haqiqatni oçib berdilar.

Ana şunday materiallarni Asqad Muxtor nafaqat ötkazardi, balki ularning mualliflariga “Guliston”ning maxsus mukofotlarini topşirardi”.

3

Odatda muharrirlar haqida gap ketganda, ularning faoliyatiga qanday jasoratli maqolalarni eʼlon qilganiga qarab baho beramiz. Lekin şunday materiallar böladiki, ularni çop etmaslik ham bir qahramonlikdir.

Boş muharrir sifatida Asqad aka köksini qalqon qilib qaytargan materiallarni, afsuski, köpçilik bilmaydi.

Masalan, bir gal Erkin Vohidovga qarşi kattagina maqola yozib keltiriladi. Nima emiş — ğazallari eskilik ruhida, feodalizmni ideallaştirar emiş. Albatta, bu maqola jurnal yuzini körmaydi. Muallif janjal kötaradi. Masalaga Markazqömning katta mavqega ega masʼul xodimlari ham aralaşadi. Unga jiddiy siyosiy tus berib, işni “doşqozonda qaynatmoqçi” böladilar. Asqad aka qatʼiy turib, barçasini bosdi-bosdi qiladi. Ehtimolki, bu voqealardan öşa vaqtda Erkin Vohidovning xabari ham bölmagan…

Yana bir gal atoqli olim Ibrohim Möminovga hujum uyuştiriladi. U kişining “Amir Temurning Örta Osiyo xalqlari tarixida tutgan örni” risolasiga qarşi moskvalik bir “mutaxassis” yozib kelgan maqola “Guliston” jurnalidan qaytariladi va oxir-oqibat sobiq Markaz bosimi bilan boşqa joyda eʼlon qilinadi.

Adabiyotşunos olim Ergaş Rustamovga qarşi, diniy-mistik şoir Ahmad Yassaviyni kötar-kötar qilyapti, degan tuhmat maqolaning “Guliston”da çop etilişi uçun ham qattiq tazyiq ötkaziladi. Ahvol şu darajaga yetadiki, Asqad aka axiyri: “Avval meni boş muharrirlikdan böşatinglar-da, söng bu kişiga toş otinglar!” — deyişgaça boradi.

Asqad Muxtor rahbarligida tahririyatdagi faoliyat — bu sakkiz soatlik odatiy iş emas, tinimsiz, keça-kunduz davom etadigan maʼrifiy kuraş maydoni edi.

Ehtimol, bugun bu gaplar mubolağa bölib tuyular, ammo öşa zamonda “Guliston”da çiqiş — yoşu qari yuzlab adiblar uçun faxru ğurur, isteʼdod şahodatnomasini qölga kiritiş bilan barobar edi. Bu dargohda unvonu nufuz degan matohlar ötmas, har kimning moliga — yozgan matniga qarabgina toş-tarozi qöyilar edi.

4

Asqad akani tanigan-bilgan barça odamlar uning tabiati, köngli, didi nihoyatda nozik bölganini eʼtirof etadilar.

Ammo bu noziklik, ustoz munaqqid Ibrohim Ğafurov taʼbiri bilan aytganda, qiliçning ötkir tiğidek, kerak paytda yomonlik va jaholat tomirini şartta çopib taşlaydigan qudratga ega noziklik edi.

Sözimning isboti uçun quyidagi lavhaga köz taşlaşingizni sörayman:

“Isteʼdodli şoir, nosir, jurnalist Anvar Eşonov (Xudo rahmat qilsin) öşa kezlardagi “otaxon gazeta” — “Sovet Özbekistoni”da işlardi. Nima böldi-yu közböyamaçi, poraxör amaldor töğrisida felyeton yozib, ajdarhoning dumini bilmay bosib oladi. Felyeton bölgan odam naq Özbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining ikkinçi kotibi V.Lomonosovga tegişli ekan. Tabiiyki, felyeton asossiz deb topilib, gazeta uzr söradi, Anvar Eşonov esa muhokama qilinib, işdan quvildi. U “qora röyxat”ga tuşgan edi, biror-bir matbuot organi uning maqolasi tugul, na şeʼrini, na hikoyasini bosardi — boyaqiş har jihatdan qiynalardi.

Köp isteʼdodli yoşlarga yaxşilik qilgan, öta talabçanligi bilan nom çiqargan Vahob Rözimatov Asqad akaning oldiga kirib, Anvar Eşonovning ahvolini tuşuntiradi. Asqad aka: “Bölmasa, özining yaxşi körgan mavzuida bir hikoya olib kelsin, bervoramiz”, deydi. Anvar aka Ikkinçi jahon uruşida halok bölgan özbek askarlari haqida hikoya olib keldi. Hikoya jurnalda çiqqaç, Markazqömning ikkinçi kotibi boş muharrir nomiga: “Nega Markaziy kömitaning jurnali tuhmatçi, halol sovet kişisini atayin qoralaş bilan şuğullangan, jamiyatimizga yot jurnalistning maza-matrasiz materialini bosdi?” — degan mazmunda xat yuborgan, Asqad aka esa unga javob yozişni atayin ep körmaganini bildiriş uçun javobni özi tayyorlab, maktub tagiga: “Jurnal boş muharrir örinbosari: V.B.Rözimatov” deb yozib qöygan edi.

Bu — V.Lomonosovga nega osmondan kelasan, öpkangni bos, degan gapni anglatardi. Çunki u davrda Markazqöm kotibi u yoqda tursin, hatto oddiy instruktorga ham xatlar boş muharrir imzosi bilan jönatilardi. Bunday “odobsizlik”ka Lomonosov umrida birinçi marta duç kelgan bölsa kerak.

Xatda esa ikki oğiz, sovuqqina qilib, Anvar Eşonov isteʼdodli yoş yozuvçi, uning jurnalda eʼlon qilingan hikoyasi sovet vatanparvarligi va xalqlar döstligini tarannum etadi, jurnal sahifalarida bundan buyon ham şunday materiallarni berib borişni tahririyat maqsadga muvofiq deb hisoblaydi, qabilidagi rasmiy sözlar yozilgan edi.

Şu-şu, Anvar Eşonovning nomi asta-sekin yana matbuotda körina boşladi, xatga “reaksiya” bölmadi. Ikki orada Vahob aka tarixga kirdi — boşqa biror muharrir örinbosari Markazqömning ikkinçi kotibiga tengma-teng turib xat yozmagan.” (Abdulla Şer xotiralaridan).

Vaqt-soati yetib özbek matbuoti tarixi bilan şuğullanadigan biror tadqiqotçi xalqimiz maʼnaviy hayotida butun bir davrni taşkil etadigan “Guliston” jurnali tarixini ham yozişiga işonaman. Ehtimolki, öşanda Aleksandr Tvardovskiy boşqargan “Novыy mir” jurnali öz vaqtida rus jamiyatiga qançalik ijtimoiy taʼsir körsatgan bölsa, fidoyi muharrir Asqad Muxtorning “Guliston”i ham özbek jamiyatining ijtimoiy hayotiga şunçalar kuçli taʼsir körsatgani yanada tölaroq oçib berilar…

1980 yili hayotimda hali-hanuz yuragimni zirqiratadigan bir voqea yuz berdi: azbaroyi yoşlik ğururi sabab, özim sevib-ardoqlaydigan, menga köp yaxşilik va muruvvat körsatgan, tarbiyat qilgan qadrdon “Guliston” jamoasidan ketişimga töğri keldi. Asqad akaning meni bu yengiltak qarorimdan qaytariş uçun qilgan barça harakatlari zoye ketdi. Tahririyatning hurmatli bir xodimi mening şaʼnimga aytgan bir oğiz nohaq söz uçun burgaga aççiq qilib, körpani kuydirdim.

Keyinçalik hamkasbim Erkin Aʼzam ham xuddi şunday holatga tuşdi va hamon bundan iztirob çekib yuradi.

Endi tasavvur qiling: Asqad akaning örnida boşqa har qanday odam bunday şogirdlarni umrbod oq qilib yuborgan bölardi. Ammo ustodi avval şu qadar olijanob, bağrikeng inson ekanki, bizdan xafa bölganini, köngli oğriganini sira-sira sezdirmadi. U kişining bizni samimiy qöllab-quvvatlaşini, xayrixoh va duogöyligini hamişa sezib yaşadik.

1982 yili Erkin Vohidov “Yoşlik” jurnaliga boş muharrir etib tayinlanganida, ijodiy jamoani qanday şakllantiriş töğrisida maslahat sörab Asqad akaga murojaat qiladi. U kişi esa bir neça ijodkorlar qatorida ana şu ikki şogirdini ham tavsiya etadi. Şu tariqa biz “Yoşlik” jurnalining asosçilari sifatida yangi jamoada iş boşladik.

Baʼzan menga adabiy silsilalar tarixida anglab bölmas bir qonuniyat bordek tuyuladi. Öz davrida Ibrohim Rahim, Asqad Muxtor kabi ustozlar kötargan bayroq bugun “Tafakkur”, “Maʼnaviy hayot”, yangi “Guliston” tahririyatlari peştoqida hilpiramoqda.

5

Asqad Muxtor — nihoyatda bilimdon, xayol va hofiza ufqi bağoyat keng, izlaş-izlaniş va tafakkur butun borliğining mazmuni bölgan uluğ sanʼatkor edi.

Abdulla Qahhor, agar Yevropa qariçi bilan ölçaganda ham, Abdulla Qodiriy ijodi eng yuksak talabga javob beradi, deya taʼkidlaganidek, Asqad Muxtor ijodi ham XXI asrning adabiy mezonlariga köp jihatdan munosib bölib kelmoqda.

Maʼlumki, u kişining maşhur “Çinor” romanida daho adib Lev Tolstoyning Yasnaya Polyanada toşkentlik maʼrifatparvar Abdulahad qori bilan uçraşuvi tasvirlangan bir bob bor.

Bir kuni ustozdan uşbu hikoya qanday yaratilgani haqida söradik.

“Bu voqea real tarixiy asosga ega, — dedi Asqad aka. — Tolstoyning kundaligida 1910 yil 24 sentyabriga doir qaydlar orasida mulla Abdul Vohid qori haqida bir jumla bor. Men mulla Abdul Vohid qorining tarjimai holini örganganman. Asarda Abdulahad qori deb berilgan. U toşkentlik, qarindoşlari hali ham bor. Dumaga aʼzo bölgan, podşoga yozgan ehtiyotsiz maktubi uçun Tula guberniyasiga surgun qilingan. U haqda doğistonlik şeriklaridan birining kitobi ham bor”.

Kundalikka bitilgan bir jumladan şunday mukammal badiiy kartina yaratiş uçun, tabiiyki, ijodkorning isteʼdodi ilohiy ziyo bilan yöğrilgan bölişi şart.

Asqad akaning özi yozganidek: “Odissey arvohlarni özi bilan suhbatlaşişga köndiriş uçun ularga öz qonidan berib tiriltiradi. Yozuvçi tarixiy şaxslar haqida yozganida şunday qilişi kerak”.

Abdulahad qori bilan Lev Tolstoy suhbatini tasvirlar ekan, adib uluğ mutafakkirning içki dunyosini, uning iztirobli tuğyonlarini nihoyatda işonarli va taʼsirçan jonlantirib beradi:

“— Mana öşa siz aytgan Stolipinni olaylik. Otasini yaxşi bilardim, özini ham bolaligida tizzamga ötqazib erkalatganman. Hozir u ham odamlarni osyapti, çopyapti. Çunki xizmati şunaqa. Bu xizmatga şuning uçun kirganki, özining bahosi sariq çaqa, xizmatda esa yiliga sakson ming olyapti. Oliy tabaqa deb atalgan bu jamiyatning hammasi şunaqa, mulla. Podşoh ham mustasno emas. Agar u axloqi komil kişi bölsa, men undan iltimos qilardim: odamlararo mehru muhabbat hukmronligini joriy eting, deb…”

“Çinor” romanini varaqlasangiz, uning sahifalarida biri-biridan gözal va teran maʼnoli rivoyat, hikoyat va qissalarga duç kelasiz. Abu Nasr Forobiy va Lev Tolstoy kabi benazir zotlar bilan xayolan hamsuhbat bölasiz. Sevilyadagi Don Juanning toş mehmoni sirlaridan hayratga tuşasiz. Germaniyada özbek doktori Umida Qoriyevaning boşidan keçgan ğaroyib voqealar sizni beixtiyor tölqinlantiradi.

Yurt boşiga iş tuşganda yovga qarşi kuraşiş örniga toş orasiga biqinib olgan qörqoq bir jonzotning oxir-oqibatda yalqov va hissiz toşbaqaga aylanib qolgani haqidagi rivoyat kişini çuqur öylarga toldiradi. Özining falsafiy maʼnosi bilan bu rivoyat Frans Kafkaning “Evriliş” hikoyasiga hamohangdek tuyuladi.

“Buxoroning jinköçalari” qissasi ham yozuvçi taxayyul olamining naqadar kengligidan, adibning har qanday tarixiy maʼlumotga badiiy sayqal berib, uni qayta tiriltira olişdek noyob salohiyatidan dalolat beradi.

Qissada XX asr boşidagi Turkiston ölkasining mahzun manzaralari, mustamlakaçi tuzumning makkor siyosiy fitnalari, jadidçilik harakatining şukuhli va fojiali onlari, Fayzulla Xöjayev singari yuzlab yoş buxoroliklarning ozodlik va adolat istab tangu tor, jinköçalarda sarson-sargardon kezişlari, ularning ruhiy tuğyonlari, qalb isyonlari uluğ bir hasrat, beqiyos mahorat bilan tasvirlab beriladi.

“Insof — din sof”, deydi qissaning maʼrifatli qahramonlaridan biri. Ammo xudbinlik va razolat, hokimiyat uçun kuraş turli siyosiy kuçlarning hayot matlabiga aylangan bu ola-tasir yillarda ezgulik, mehr-oqibat, insofning zavolga yuz tutişi natijasida din “sof” emas, tobora “sob” bölib borayotganini körib, yuragimiz qayğu-anduhga töladi. Taʼbir joiz bölsa, xalqimiz, millatimiz johillik, hirsu havas, mayda manfaatlar tufayli boşi berk jinköçalarga kirib qolgandek tuyuladi.

Asqad Muxtorning 1958 yili — 38 yoşda yozgan “Qoraqalpoq qissasi” degan asari bor. Özbekiston xalq yozuvçisi Erkin Aʼzam bu qissa töğrisida haq gapni aytgan: asardagi sovet tuzumini madh etuvçi, “mazmuni zamonasozlik” qilib bitilgan beş-olti sahifani istisno etgan holda, uni bugun ham bemalol naşr etiş va katta qiziqiş, zavq-şavq bilan öqiş mumkin.

Uşbu qissa muallifi Farğonada tuğilib ösgan, keyinçalik yevropaça muhitda tarbiya topgan bölsa-da, özi uçun nisbatan uzoq bölgan qoraqalpoq eli hayotini, uning urf-odat va qadriyatlarini naqadar çuqur bilişi kişini lol qoldiradi.

Keling, asardagi mana bu kiçkina parçani birgalaşib öqiylik:

“Boşqarma oldida ötov keragalari, kigizlar, har xil köçlar uyulib yotibdi, odam gavjum. Çöl tomondan köç kötarib kelayotganlarni dam hazil bilan, dam uzoq suriştirib kutib olişmoqda.

— Sen qaydaği, men qaydaği, qöşilibdi Şimbaydaği! Qöşing ne, tomir?

— Baybişe.

— Tirengşi?

— Tirem jekensal.

— Uruving ne?

— Kengtanau uruvi, ne qildi?

— Ulken uruvşi?

— Ulken uruvim möyten, oqşölpon öranindan, tamğasi tapişqi.

— Möyten şulluqdanma, jaunğirdanma?

— Şulluqdan-ğöy.

— Arising özimizning qönğirot ekan-ov?

— Hovva.

— E, selemetmisan, quda!”

Kitobdan bu iqtibosni keltirgaç, öylab qoldim: uni özbekçaga tarjima qiliş kerakmi yoki asliça qoldirgan maʼqulmi?

Biroz mulohaza yuritib, bugungi yoşlar ham tuşunişi uçun bu ğaroyib suhbatning özbekça muqobilini bergan tuzuk, degan fikrga keldim.

“ — Sen qaydagi, men qaydagi, qöşilibdi Çimboydagi! Qöşing nima, qarindoş?

— Boybiça.

— Aymoğing-çi?  

— Aymoğim jekensal.

— Uruğing nima?

— Kengtanav uruğidan, ne qildi?

— Katta uruğing-çi?

— Katta uruğim — möyten, öroni – oqçölpon, tamğasi — panşaxa.

— Möyten şulluqdan tarqaganmi yoki javinğirdan?

— Şulluqdan-ku.

— Asling özimizning qönğirot ekan-da?

— Şunday.

— E, salomat bormisan, quda!”

Ha, endi qoraqalpoqning uruğiyu aymoğini bilgan bölsa, Tölepbergen Qayipbergenov ham şunçalik bilgandir-da!

Yozuvçining “Taft” degan kiçkina hikoyasida qahramon Kobuldagi Boği Bobur qadamjosini va u yerdagi qari tut daraxtini ziyorat qiladi. Unga bu tut Bobur Mirzo davrida ötqazilgan, deb aytadilar. Qarib, yöğon tanasi tamoman çirib, öq ildizi tuproqqa aylangan, lekin bir-ikki şoxida yaşil barglar hali ham şivirlaşib turgan daraxtga qarab qahramon xayolga beriladi. Bu niholni ekkanlar balki buyuk bobomizni körgandir, deb orziqadi. Tiz çökib, tutning pöstloği bor tomonga kaftini uzatib, badaniga öt yugurganday böladi. Şu payt unga soqçi qilib ajratilgan Maʼrif degan askar bolaning: “Bölmaydi”, degan ovozini eşitib, “Uşlaş mumkin emas şekilli”, deb xijolat tortadi.

Keyin maʼlum bölişiça, Maʼrif “bölmaydi” deganda boşqa narsani nazarda tutgan ekan. Uning otasi bozorda, ötin rastasida tarozibonlik qilar, şu bois, soqçi yigit ham ötinning sifatini yaxşi bilar ekan. “Endi u yonsa ham taft bermaydi. Çirindi”, deydi askar bola. Bu qari tut hali yonmasdan turib bir insonga qança yoniq tuyğu — taft berayotganini u şörlik qaydan bilsin.

Bir daraxtga qarab kimdir ajdodlari xotirasini, kimdir ötinni köradi — yozuvçi esa har ikki holatni ham köra oladi.

6

Asqad aka şeʼriyatda öziga xos yangi yönaliş oçgan, novator şoir edi. Buni özbek şeʼriyatidagi eng nigilist şoir ham eʼtirof etmasdan iloji yöq.

Şeʼr öqişi ham ajoyib edi: xuddi ötin yorgandek qarsillatib emas, göyoki muhim bir voqeani sizga işonib sözlab berayotganday, sokin bir ohangda öqirdi. Har qanday sunʼiylik yoki yasamalik, artistizm u kişiga mutlaqo begona edi.

Asqad aka tinimsiz mutolaa qilardi. Öqigan kitoblarini doimo döstu yorlarga, hamkasb-şogirdlarga, öquvçi muxlislariga “ilinib”, tavsiya etib yurardi. Yiğinlarda, gurung va suhbatlarda jahon tarixi, falsafasi, sanʼat va musiqasi, klassik va zamonaviy adabiyot masalalari içida baliq suvda suzgandek erkin suzar edi.

Bugun adabiy urfga kirgan modernizm deysizmi, postmodernizm yoki boşqa “izm”larmi, hammasidan çuqur xabardor, barçasidan puxta bilimga ega inson edi. Öşa davrda Ittifoq miqyosida çop etiladigan maşhur adabiy naşrlarda faol qatnaşar, öz fikrlarini dadil himoya qilar edi.

Asqad aka turli töda va guruhlarga qöşilmas, maişatbozlik, oşxörliklardan yiroq yuradigan, ğoyat tartib-intizomli, içki madaniyati kuçli inson edi.

Zahmatkaş ustozimiz yoşlik çoğidan yetimlik bilan ösgan, şu bois inson qadrini hamma narsadan yuksak tutar edi. Xokisor va mağrur edi. Bir-biriga zid bu ikki xislat uning tabiatida ajib bir tarzda uyğunlik topgan edi. Tom maʼnoda kamtar, kamsuqum edi. Xizmat maşinasidan ham köpda foydalanmas, işga piyoda kelib-ketardi.

“Ziyoli inson qanday bölişi kerak?” degan savolga men bir oğiz söz bilan: “Asqad Muxtorday bölişi kerak”, deb javob bergan bölardim. Rahmatli ustozimizni yaqindan bilgan odamlarning barçasi bu fikrimga qöşilsa kerak.

Taʼbir joiz bölsa, u kişi tom maʼnodagi maʼrifatparvar — XX asrning sönggi jadidi edi. Maʼlumki, jadidlarning asosiy ğoyasi — maʼrifat orqali jamiyatni isloh qilişdan iborat bölgan.

Noyob isteʼdodi, nodir aql-zakovati bilan Asqad aka şöro tuzumining çirib borayotganini sezar edi, deb öylayman. Ustoz riyo va yolğonga, xuşomad va qullik psixologiyasiga qurilgan bu soxta hayotni yurak-yurakdan rad etar, sirtdan sokin köringan vujudining har bir hujayrasida ulkan bir maʼnaviy-ruhiy isyon guvillab yotar edi. U kişining butun faoliyatida turğun va manfur könikmalardan qoniqmaslik, jamiyatni yangilaş, isloh qilişga intiliş yaqqol sezilib turar edi. Ammo öşa zamondagi minglab-millionlab vijdonli, insofli, isteʼdodli odamlar singari, u zot ham ojiz, sukutga mahkum edi. Lekin şunga qaramasdan, bir umr haroratli sözi, grajdanlik pozitsiyasi bilan soxta aqidalarga qarşi kuraşib yaşadi.

Umrining oxirida Asqad Muxtor zohiran özi sadoqat bilan xizmat qilgan, ammo uning ğayriinsoniy siyosatidan qalbi, yuragi benihoya aziyat çekkan şaxs sifatida sovet tuzumi va uning mafkurasi yer bilan yakson bölganini kördi. Imperiya vayronalari ostida qançadan-qança yuksak ideallar, inson taqdirlari qolib ketganiga ham guvoh böldi.

Hayot şomida sarobga aylangan orzu-umidlarini nazarda tutib, aççiq armon va afsus bilan “Içimda nola bor”, deb yozdi…

7

Asqad aka umrining sönggi yillarida oğir xasta böldi. Lekin azob-uqubatlarni mardona yengib, oxirgi soniyaga qadar ijodiy izlanişdan, tafakkurdan töxtamadi. Garçi kasallik tufayli tildan qolgan bölsa-da, behalovat qalbi gözallik va haqiqat sari intilişda davom etdi. Buni adib umrining nihoyasida bitilgan möʼjaz falsafiy asar — “Tundaliklar” misolida yaqqol körişimiz mumkin.

Yodimda, ikki-uç marta rahmatli ustozimizni tuğilgan kunida — 23 dekabr kuni uylariga yöqlab borgan edik.

Asqad aka Jangoh dahasidagi kottejlardan birida yaşardi. Bu uyda adib haşamat va dabdabaga kömilib umrguzaronlik qilgan bölsa kerak, deb öylaganlar yanglişadi. Xonadon nihoyatda odmi va orasta, jihozlari ham sohiblari singari kamtarona edi. Asqad akaning ijodxonasi ham ortiqça aşyolardan xoli, kiçkinagina bir bölma edi.

Bir gal Erkin Aʼzam bilan yöqlab borganimizda, bizga: “Keçasi işlamanglar, soğliqqa zarar ekan, keça uyqu uçun yaratilgan”, deb nasihat qildi. Ustozning bizga aytgan boşqa ögitlari ham bor edi. Lekin biz boşqalariga amal qilmasak ham, şu nasihatiga qattiq rioya qildik, yaʼni taassufki, keçasi ham, kunduzi ham yolçitib ijod qilmadik.

Yana bir safar borsak, ustoz, dardi kuçayib, qiynalib yotgan ekan. Lekin şunda ham çinakam ziyoliga xos odob va madaniyat bilan istiqbolimizga peşvoz çiqişga qançalik uringani aslo esimdan çiqmaydi.

Vafodor umr yöldoşi Roza opa, farzandlari jam bölib, u kişini şifoxonaga olib ketiş harakatida edilar.

Öşa yili domla “Döstlik” ordeni bilan mukofotlangan edi. Yuksak mukofot bilan tabriklagan böldik. Şunda, heç unutmayman — Asqad aka maʼyus jilmayib, ikki-uç oğiz sözni zörğa şivirlab aytdi, yaʼni: “Ha-a… Döstlik bor, döstlar yöq…”.

Men muhtaram kitobxonlar, qadrli adabiyot muhiblarini, yoş döstlarimizni fursat topib, avvalo, Asqad Muxtorning davr sinovlaridan bezavol ötib kelayotgan gözal va betakror asarlarini, ustoz haqidagi ibratli yodnomalarni öqişga daʼvat qilgan bölardim.

Bu kitoblarni mutolaa qilgan kişi ölmas söz qudratidan, yoniq tafakkur alangasidan bahra olişi şubhasiz.

Öylaymanki, dunyoda bundan ortiq maʼnaviy halovat bölmas.

Xayriddin SULTON

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan