“Televizor ovozini balandlating: Faxriddin Umarov kuylayapti!”

Sanʼat, xususan, musiqa sanʼati xalqning özligini yaratişga, şu bilan bir qatorda, uning nomini butun dunyoga tarannum etişga yordam bera oladigan beqiyos kuçdir.

Musiqa sanʼati haqida gap ketganda, bastakorlar, ijroçilar, xonandalar, umuman, uşbu soha ustalari faoliyati, isteʼdodi haqida söz yuritiladi. Şu nuqtai nazardan, özbek qöşiqçilik sanʼatida yuksak mavqega ega bölgan ustoz sanʼatkor Faxriddin Umarov ijodi ahamiyatlidir.

 

“O, muhabbat!

Boğingdan gul termagan kim bor!

Dastlab har kim qalam olgan on,

Yonib seni kuylar begumon…”

“18 ga kirmagan kim bor”…

Qança zamon avlodlari qöllarida magnitofonini kötarib, bu qöşiqqa jör bölişgani, sevgan odamiga uni armuğon qilib kuylab berganining şohidi bölganmiz…

Hayoti davomida öz isteʼdodi, sanʼati, xayrli işlari bilan tirikligidayok öziga haykal qöyib ketgan odamlar bor. Ularning mehnati odamlar qalbidan joy oladi. Şunday insonlar qatorida sohir ovoz hofiz Faxriddin Umarovni ham tilga olişga haqlimiz. Ular bilan zamondoş bölganimiz bilan faxrlanamiz, nomini hurmat bilan tilga olamiz.

“Onam derman” qöşiğini men köp yillar oldin eşitgandim. Öşa paytlarda dadamning onasi — buvim vafot etgan paytlar edi. Dadam 56 yoşlar atrofida, 18 nafar   nevaraning bobosi edi. Dadamning xonasiga kirganimda, qöşiqni tinglab ötirar ekan, onasidan yetim qolgan yoş boladay yurak-yuragidan sel bölib yiğlardi. Dadamning bu qadar munğayib qolganini heç qaçon körmagandim. Onadan ayrilmoq naqadar oğir ekanligini onamning vafotidan keyin öz boşimizdan ötkazdik. Har zamonda öşa qöşiqni eslaganimda, közimga yoş keladi.

Aslida, jozibador, sehrli ovoz sohibi Faxriddin Umarovning barça qöşiqlari xalqimiz tomonidan intiqlik bilan kutilgan, maroq bilan tinglangan, boşqa xonandalar tomonidan ham sevib kuylangan.

Dunyoga kelarkanmiz, umr karvoni yölida neça xil odamlar bilan yöldoş bölamiz. Eng yaqin, aziz insonlaringiz: ota-ona, jigargöşalar… Kim qaysi manzilda yöli oxirlaşini, qaysi bekatda tuşib qolişini bilmaymiz. Qadrdon insonlarimizni umrimiz sönggigaça yöqotgimiz kelmaydi..

Onam rahmatlik ham Faxriddin Umarovning muxlisi edi. Uning: “Mahallamiz uçun bir donagina televizor bor edi. Faxriddin Umarovning konserti bölarkan, deyilsa, mahallaning hammasi yopirilib kirişardi. Televizorning ovozini baland qilib qöyilardi”, degan gaplarini eslayman. Bizning uyda ham kattagina plastinka qöyiladigan magnitofonimiz bölardi. Köpinça Faxriddin Umarovning qöşiqlarini maroq bilan eşitardik.

“Umr ötmoqdadir” qöşiğini tinglagan odam, albatta, özining   beğubor bolaligini, ota-onasining qaynoq bağrida ötkazgan eng gözal, eng şirin damlarini qalbidagi murğaklik, soğinç va allaneçuk hissiyotlar bilan birma-bir eslaydi, sarhisob qiladi.

Faxriddin Umarovning “Işqinda zor böldim”, “Soçining savdosi tuşdi”, “Qaydasan”, “Özbegim”, “Birinçi muhabbatim”, “Tabassuming” va boşqa yuzlab qöşiqlari xalqimiz könglidan çuqur joy olgan.

Ixlosmandlari orasida köpçilik öz farzandlariga Faxriddin ismini qöyişgan. Şulardan biri Qozoğiston Respub­likasi Parlament Majlisi deputati Faxriddin Qoratoyevdir. Faxriddin aka Qoratoyev özi ham sanʼatning tom maʼnoda ixlosmandi, oşiği. Faxriddin Umarovga bölgan mehr-muhabbati baland edi. Faxriddin Qoratoyevning 2020 yil 27-29 oktyabr kunlari Qozoğiston Respub­likasining nufuzli gazetalaridan biri — “Janubiy Qozoğiston”da çop etilgan “Hofiz Faxriddin Umarovning faxrli yöli” nomli maqolasini öqib, buning guvohi bölasiz.

Bir paytlar hofizning hayot yöli bilan qiziqqandim. Uning bolalik davrlarida otasini “quloq” qilib, butun oilasi bilan Ukrainaga surgun   qilingani, onasidan erta yetim qolgani, uruş yillarida körgan qiyinçiliklari, keyinçalik mustabid tuzum davrida uçragan tazyiqlari haqida öqib, uning sabr-matonatiga qoyil qolgandim.

Şukurlar bölsinkim, mustaqillik yillarida Faxriddin Umarovga özining mehnati va isteʼdodi ila topgan şon-şuhrati qaytarib berildi. Xalqning   mehr-muhabbatini qozongan   Faxriddin Umarovga “Xalq hofizi” unvoni berildi. Bir muxlis sifatida xalq hofizi Faxriddin Umarovning nomini abadiylaştiriş maqsadida biron-bir köçaga yoki sanʼat maktabiga uning nomi berilsa, degan orzuimiz bor…

Nodirbek YUSUPOV,

Muyassar OSMONOVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan