“Buyuk rejissyorlar” işdami?
Hamma ham özidan yaxşi nom qoldirgisi keladi, albatta. Harakati sabab, bir kasbning etagini tutib, öz taomilida kasbiga mehr qöyadi. Ammo baribir ustoz maqomiga erişiş oson emas-da.
Kasblar köp. Bir-biriga öxşamaydi, serqirra. Ammo har bir sohaning yetuk mutaxassisi böliş uçun uning maşaqqatli mehnatiga çidaş kerak. Şunday ekan, bir kasbni ikkinçisidan ustun qöyib bölmaydi. Har birining öz zahmati bor.
Biroq kasblar içida doimo el nazarida yuriş, odamlarning yaxşi yoki yomon gapini eşitişdek yana bir kasb borki, bu kasb egalari boriga rozi bölib mehnat qilaveradi.
Kimdir rejissyorlik sohasining tarixi uzoq emas desa, boşqalar odam paydo bölganda rejissyorlar ham paydo bölgan deyişadi. Kim bilsin, balki bu işorada ramziy maʼno bordir. Axir rejissyor sahnalaştiruvçi degani, demak oddiy oilada ham özining borligini anglatib turuvçi aʼzolarni sahnalaştiruvçi boşqarib turmasa, boşboşdoqlik boşlanadi.
Umrini şu sohaga bağişlagan, telespektakllar, videofilmlar, telekörsatuvlar tayyorlagan ustoz-rejissyor, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi Haybatilla Aliyev televideniyening rostmana rejissyori edi.
Haybatilla Aliyev 1996 yili meni televideniyega işga olgan, bu sohaning sir-asrorlarini örgatgan, har tomonlama qöllab-quvvatlagan. Töğrisi, hali maktabda öqib yurgan kezlarimdayoq ustozning taniqli gruzin yozuvçisi Nodar Dumbadzening “Abadiyat qonuni” romani asosida sahnalaştirgan köp qismli videofilmini bir neça marta tomoşa qilganman. Ammo öşa davrlarda videofilmni rejissyor sahnalaştirişi, bu kasbining masʼuliyati, maşaqqatli tomonlarini bilmas, tasavvur qilmas edim. Hatto tuşunçam ham yöq edi.
Televideniyega işga kirganimdan söng, u yerdagi işlar, tasvirga oliş va montaj jarayonlari bilan tanişa boşladim. Şunday qilib, ssenariy bilan işlaş, aktyorlar tanlaş va repititsiya jarayonlarining özi ançagina maşaqqatli mehnat ekanligini tuşunib yetdim. Haybatilla Aliyev boş rejissyor bölgan “Adabiy dramatik körsatuvlar muharririyati”da atoqli, maşhur ijodkor rejissyorlar Maqsud Yunusov, Mahkam Muhamedov, Ergaş Karimov, Meli Mahkamov, Hamid Qahramonov, Ğayrat Ubaydullayev, Ergaş Sultonovlar işlardi. Ularga boş bölişning özi bölmasdi-da. Buning uçun insondan bilim va salohiyat bilan birga katta tajriba ham talab etilardi.
Haybatilla Aliyev öz nomi bilan haybatli, töğri sözni har doim va har joyda aytadigan, joyi kelganda xodimlarini himoya qila oladigan boş rejissyor edi. Şuning uçun, u kişini nafaqat muharririyatda, balki öşa paytdagi Özbekiston televideniyesining barça rahbarlari, ijodiy va texnik xodimlari hurmat qilardi. U kişining yötalib, tomoq qirib qöyişlarida maʼno bor edi. Göyo mavzudan çetlaşma, degandek nazar taşlab qöyardi. Gohida qattiqqöl, gohida yumşoqfel odam edi.
Yuqorida aytib ötganimdek, taniqli rejissyorlar bilan işlay boşladim. Ular bilan salomlaşiş, birga işlaşning özi şaraf edi. Bahs-munozaralar, qizğin suhbatlari faqat videofilmlar, telespektakllar, körsatuvlar haqida, kamçilik va yutuqlar haqida bölardi. Suhbatlarni avvaliga uzoqdan tinglagan bölsam, keyinroq ularning davralariga qöşiliş, köplari bilan birga körsatuvlar tayyorlaş menga ham nasib etdi.
Bir kuni katta majlisda Haybatilla akadan:
— Rejissyorlaringiz qani? — deb söraşdi. Şunda Haybatilla aka:
— Menda rejissyor yöq! — dedi qatʼiy ohangda.
Raisning jahli çiqib:
— Bu nima deganingiz, redaksiyangizda qança rejissyor bor-ku, birortasi ham majlisda yöq! — desa, Haybatilla aka: “Menda rejissyor yöq, ular bari “buyuk rejissyorlar”, deb javob berdi. Kutilmaganda kulgi kötarildi, rais ham kulib yubordi. Şundan keyin har gal rais Haybatilla akani körganda: “Buyuk rejissyorlaringiz bugun işdami?” — deb söraydigan bölgandi.
Haybatilla Aliyevning televideniyeda tayyorlagan körsatuvlari, konsertlari, telespektakllarini sanab sanoğiga yetişning iloji yöq. Afsuslanarli tomoni şundaki, ularning aksariyati “Oltin fond”da saqlanib qolmagan. Ustoz bir gapni köp takrorlardi.
Haybatilla Aliyevning televideniyeda “Teleteatr”ning taşkil bölişi va rivojlanişida xizmatlari beqiyos. Aytişlariça 1970-1980 yillarda har duşanba teatr kuni bölgan ekan. Şu kuni “Adabiy dramatik körsatuvlar muharririyati”ning har bir rejissyori studiyada hafta davomida bir telespektaklni sahnalaştirib, duşanba kuni keçki dasturda töğridan-töğri efirga berardi. “Teletomoşabinlar har hafta duşanbani intizorlik bilan kutişadi, afsuski, köp mehnatlarimiz havoga uçib ketyapti. Bu lentaning yetişmasligi işimizni “beliga tepayapti”, derdi H.Aliyev.
Şunga qaramay, bugungi kunda Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi arxivida saqlangan va turli kanallarda efirga berilayotgan spektakllarning 90 foizini Haybatilla Aliyev ekranga köçirgan…
Ustoz bir kuni:
— “Xalqimizda börini oyoği boqadi”, degan gap bor. Rejissyorni ham oyoği boqadi. Rejissyor taşqi va içki hayotdan xabardor bölişi uçun yurt kezişi kerak, — dedi.
Şundanmi, özi ham muharririyatda kam bölar, vaqt topdi degunça turli tadbirlarga, körgazmalarga, köproq teatrga oşiqardi. Spektakllarni yozib olgunga qadar esa kamida beş-olti marta özi borib körar, har bir sahnani deyarli yodlab olardi. Bu yozib olişda qiyinçilik tuğdirmas, tasvirçilarga: “Hozir öng tomondan çiqib keladi, örtada turgan boş qahramonga eʼtibor bering, yirik planda körsatamiz, közini, közini körsating”, deb körsatma berardi. Bu yirik planda degani edi. “Tomoşabin aktyorni yuzini, közini körişi kerak”, deb uqtirardi.
Uning aksariyat nodir asarlar qatorida Nodar Dumbadzening romani asosida işlangan “Abadiyat qonuni” va Tohir Malik romani asosida yaratilgan “Sönggi öq” köp qismli videofilmlari televideniye oltin xazinasi bölib qoldi.
Haybatilla Aliyev köplab şogirdlar tarbiyaladi. Ular bilan suhbatlaşsangiz: “Boş rejissyor desa, köz öngimizda Haybatilla Aliyev gavdalanadi”, deyişadi. Çunki ustoz şogirdlariga har tomonlama ibrat bölgan. U kişi har kuni televideniyega kirib kelayotganida qöllarida albatta uç-törtta gazeta va jurnal bölardi. Xonasiga kirganimizda ham yo gazeta, yo jurnal va yoki kitob öqib ötirganini körardik. Baʼzan, xorigan paytlari oromkursida yuzlarida gazeta bilan dam olardi.
Haybatilla Aliyevni yodga olar ekanman, bugungi kunda turli telekanallarda, xoh davlat, xoh xususiy kanallar bölsin, ularda berilayotgan öta sayoz, maʼnan yalanğoç, tarbiyaviy ahamiyati yöq körsatuvlar, videofilmlar, milliy seriallarni körib, bugun teleradioda H.Aliyevdek ziyoli, bilimli rejissyorlar yetişmayotganini sezib qolaman…
Nosir ERKABOYEV
