Eh, qorbobo, qorbobo
Muallif haqida: Qöçqor Norqobil — 1967 yili Oltinsoy tumanida tuğilgan. ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan (1992). “Daryo ortidagi yiği” (1994), “Ön sakkizga kirmagan men bor” (2002), “Kulib tur, azizim” (2005), “Quyoşni kim uyğotadi?” singari nasriy hamda “Xosiyatli dunyo”(1992), “Kaftimdagi qizğaldoq” (1993) şeʼriy töplamlari naşr etilgan. A. S. Puşkin, M. Yu. Lermontov, S. Yesenin, Ye. Yevtuşenko kabi şoirlarning nasriy asarlarini özbek tiliga tarjima qilgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
Qöçqor Norqobil.
Hikoya
Yarim soat yalindim. Könmadi, borolmayman, dedi. Qarasam, telefonimning ham joni çiqib borayapti — quvvati tugayapti.
— Bu balki Sening hayotingdagi eng unutilmas kun bölar, bu kun balki, taqdiringni keskin burib yuborar… uxlayver, ğaflat bosib. Sadqai odam…
Telefonimni alam bilan öçirdim. Maşinamni endi yurğizaman, deb kalitga qöl uzatgan edim, qöltelefon jiringladi:
— Qayerdasan?
— Qayerda bölardi, uyingning yonidaman.
— Böpti, kutib tur, tuşaman.
— Hah, özimning qadrdonim, zörsan-da…
— Öçir ovozingni.., — böğriqdi Suhrob.
Yölga tuşdik. Suhrob orqa örindiqda. Qiyofa tund, qovoqdan qor yoğadi. Mening ham damim içimda. Peşonamdagi oynadan ayozni qörqitadigan avzoyiga boqib, içimdan kulgi kötariladi, özimni zörğa tiyaman.
— Qadrdonim, birrovginaga (şu sözga urğu berib, çözib aytaman) haligi joyga, firmaga kirib çiqaylik. Qorboboning kiyimlarini tayyorlab qöyişgan.
Suhrob jim. Yuzini oynaga buradi.
— Juda savob iş qilayapmiz. Mehribonlik uyi deganlari bilan baribir kemtikligi bor-da, yetimning könglini yetti osmon but etolmaydi. Buyam bir ziyoratday gap; savobi behisob, — deyman uning diliga dam urib.
— Axir, keyingi hafta boramiz deganding-ku. Dam oliş kunini ham yeding.
— Nima ham qilarding, ayiqqa öxşab uxlarding. Kuning behudaga ötardi.
Maşina şahardan çiqib böldi, uning töxtat, tuşib qolaman, deb xarxaşasi tutib qolişidan qörqmay, özimça jiğiga tega boşladim:
— Çinakkam aktyor heç qaçon xalqdan uzilmasligi kerak, keça-yu kunduz öqlangan miltiqday şay turişi lozim, hamma joyda otilişi şart; sahnada ham, köçada ham, yetimxonada ham. Faqat töylarga qarab yugurmasligi kerak. Buni men emas, Çexov aytgan.
— Çexov bunday demagan.
— Nimagadir, Çexov aktyorlarni unça xuşlamagan. Köp hikoyalarida ularni “döpposlab” ötgan. Qiziq, bugun ham şu, unçalik özgarmagansizlar.
— Almoyi-aljoyi gaplaring bilan nima demoqçisan?, — old oynadagi öqraygan nigohga doş berolmayman. Suxanimga andava uraman:
— Lekin sen unday emassan. Sen boşqaçasan.
— Masalan?
— Tekindan tepki yaxşi deydiganlar toifasidan emassan, katta qalb egasisan…
Suhrob qah-qah urib kuladi. Tilyoğlamalik qilayotganimni sezadi:
— Qörqma, sendan heç narsa söramayman. Keçqurun vohaga ketişim kerak. Faqat tezroq qaytsak böldi.
— Albatta, nari borsa bir yarim, ikki soat böladi tadbir, keyin qaytaveramiz. Yaxşisi, holiroq joyda töxtaymiz, kiyinib olsang bölardi.
— Boradigan joyimizda xona-ponasi bordir, axir?
— U yoqda noqulay. Hamma seni taniydi. Bolalar ham. Kimsan, falonçi! Elning eʼzozidagi odam. Men aktyor emas, Qorbobo olib boraman deganman.
— Ey, Xudo, şu kunlar ham bormidi… Şu yerda töxtay qol. Sanjobroq ekan.
Maşinani töxtatdim. Yukxonasidan kiyimlarni oldim. Qoretik, qortön, qortelpak, qortayoq, qortörva. Böyi simbatdan Xudoyim qismagan Suhrob köz öngimda şunday qur tökdiki, tovlanib turibdi, hatto közlari ham yaltillaydi.
— Qorda muzlagan qoşu soqolingdan aylanayin, Özbekistonda xizmat körsatgan Qorbobo! Mana bu boşqa gap. Ana endi seni heç kim tanimaydi. Ketdik.
Tuşlikka yaqin, ikki yarim soat yöl yurib, gözal şaharçaning bolalar makoniga yetib keldik. Bizni bu yerda allaneçuk mahzunlik, söniq kayfiyat qarşi oladi, deb öylagandim. Yöq, çaroğonlik, beğubor orzu-umidlar çayqalgan kelajakning yoruğ va yorqin nuri bilan yuzlaşdik. Birzumda maydonçani, unda tiklangan ziyobaxş tiniq uyçalarning zavq-şavqqa çölğangan hayqiriqlariga duç keldik. Vuuyy, bu yer bunça ozoda va toza bölmasa. Bizni qurşab olgan beğubor fasl tafti oğuşida ulkan arça bezatilgan zalga kirdik. Bolalikning qiy-çuvlari, zavqi, Qorboboning taşrifi, bizdan oldinroq kelib turgan Qorqizning jozibali jilva-yu tabassumi kaminani ham bolalikka qaytardi.
— Bolajonlarim, qoraközlarim!!! Men olis-olis toğlardan, qor qoplagan boğlardan, ön-keça-yu ön kunduz uxlamay yurib keldim. Uçar aravamni esa manavi Qorqizimga bergan edim. Sen oldinroq borib tur, men donogina öğil-qizlarim uçun sovğatörvamni köpgina kitoblarga töldirib olay, u yerdagi bolajonlarimning bari kitob öqiydigan, kitobga qiziqadigan bolalar ekan, ular uçun eng yaxşi sovğa kitob böladi deb, mana sizlarga kitoblar olib keldim… Sizlarga sovğalarim maʼqulmi-i-i?
— Hi-i-i-i-!! Hi-i-i-i! Maʼ-a-a-q-u-l-l!!!
— Qani, unda Qorqizim ke, qopimdagi kitoblarni olib, mening oqil va olim bolalarimga tarqatişga yordam ber! Ha-ya, darvoqe, men yölda kela-kela manavi yozuvçi amakilaringni ham körib qoldim. Men unga yur bolam, seni bir joyga, eng aqlli bolalarning oldiga olib boraman desam, nima deydi, deng? Aytaymi?
Bolalar jim turişadi. Söng guvillaşadi:
— Ayti –i i-ngg! Ayti-i-ngg!!
— Men bormayman. Mening işlarim kööp. Yöl juda uzooq-ku, deydi. Keyin men nima qildim, aytaymi-i-i?
— Ayti-i-i-ing! Ayt-i-i-i-ingg!
— Hozir seni şu sehrli tayoq bilan (u qölidagi tayoqni mening manglayimga niqtaydi) şunday bir burab, muzga aylantirib qöyaman dedim. Keyin qörqib oldimga tuşib kelaverdi.
Bolalar kulişadi. Özimni noqulay sezaman. Qorbobo va Qorqiz davra aylanib kitob tarqatişadi. Yozuvçilar uyuşmamizdan olib kelgan kitoblarimizni bolalar köksiga bosib, şodu xurramlik tuyişayotganidan sevinaman. Jajjilar şeʼr-qöşiqlar aytişadi. Qorbobo arça yonidagi kursiga çökib menga termuladi:
— Bolajonla-a-ari-i-m-m! Manavi yozuvçi akangiz ham sizlarga atab şeʼr yodlab kelgan. Şuni ham eşitaylik-a!!!
—Xö-ö-p-p! Xö-ö-p-p!!!
Men davra örtasiga çiqib, xayolan bolalarbop şeʼr axtaraman. Qani, birortasi şu tobda esga kelsa… Qorbobo boş çayqab-çayqab qöyadi. Keyin turgan joyimda şeʼr töqib, ayta boşlayman, sezgir Qorbobo yana boş çayqaydi. Boşlovçi davra ortida turgan murabbiylarni ham bazmga çorlaydi. Öyin-kulgi yana avjiga çiqadi. Raqsga tuşamiz biz ham. Bir mahal qarasam, Qorboboning boşi egik. Murabbiylardan biri kelib, uning qölidan tutib, raqsga tortadi. U turgan joyida toş qotib, bir çayqaladi-da, yana kursiga çökadi, bukilib, yerga kirguday bölib, boşini egadi. Tizzalari qaltirayotganini sezaman.
— Nima böldi, tobing yöqmi?
— Ha, mazam qoçdi. Yuragim gursillab urayapti, taşqariga çiqaylik.
Men nima qilişimni bilmayman. Qorbobo hansirab nafas olardi:
“Taşqariga… taşqariga…”. Murabbiylardan biri quloqli idişda çoy opkelib uzatadi.
Qorboboni hovliga olib çiqdik. U ihraydi. Özimni aybdor his qilib, şoşa-pişa uni maşina örindiğiga ötqazaman. Yölga tuşamiz.
Yaqin atrofdagi şifoxonaga borişni möljallayman. U orqa oynani oçadi. Şunday sovuqda-ya. Ögirilib qarayman. Qalpoği-yu, “soqoli”ni yeçib olgan Suhrobning qon tepgan yuzida reza-reza ter.
— Tezroq hayda. Uzoqroq ketaylik.
— Oynani yop. Şamollaysan.
— Yonib ketayapman.
— Hozir şifoxonaga boramiz, — deyman.
— Heç qanaqasiga, Toşkent yöliga çiq, uyga hayda, — Suhrob közlarini yumib jim qotadi. Birozdan söng tilga kiradi:
— Hozir ötib ketadi, ötib ketadi.
Viloyatdan çiqaverişda, yöl çetidagi oşxona yoniga töxtaymiz. Suhrob ança öziga kelgan. Hamon közlarida yoş ğiltillaydi. Maşina içida kiyimlarini almaştiradi. Tamaddi qilib oliş uçun hovliga hadlaymiz. Suhrobni tanib qolgan xörrandalar unga mehr va qiziqiş bilan qaraşadi. Xizmatçilar bizni katta ehtirom bilan içkari xonaga boşlaşadi. Birzumda xontaxtaga turli meva-çevalar zeb beradi.
— Bular sizlar uçun, xöjayin yubordilar, — deydi yugurdak bola.
Suhrob allatovur bölib devorga yelka tirab, yana közlarini yumadi. Qarşimda umuman notaniş, begona kimsa ötirganday böladi, yöq, bu Suhrob emas, umuman, boşqa odam. Men uni heç qaçon bunday, ezğindi va noçor ahvolda körmaganman. Botinib, yurak yutib biror narsa deyolmayman. Özimni aybdor his qilaman.
— Soğliging yaxşimi? Senga nima böldi? — ovozimni titroq tutadi.
— Men uni kördim. — Suhrob közlarini yumib ingraydi. Xuddi alahsirayotganga öxşaydi.
— Kimni körding? Nimalar deyapsan? — seskanib ketdim. — Senga nima bölayapti?
— Uni kördim. Gulsanamni kördim… Yuragim uzilib tuşişiga ozgina qoldi… Odam ölsa şunday ölsa kerakda-a?
— Elovsirama. Senga nima böldi? — Peşonasini uşladim. Jiqqa xöl. Muzdek.
— Men uni sevardim. Nega garangsirab anqayasan? Ayt, ötkirroq narsa buyur, içmoqçiman. Sen ham körding-ku, axir? — Suhrob xontaxta girdiga qarsillatib bolğamuşt uradi. — Körding-ku! Lekin, lekin… u bilmadi, u sezmadi… Yo sezdimikin? Gulsanam, Gulsanam, — köziga yoş oladi. Şu tobda u allaqaysi spektaldan rol ijro etayotganga ham öşardi.
— Kim u Gulsanam? Öyin qilmay gapir.
— Haliginda davraga çiqib gapirdi-ku. Murabbiy bölib işlarkan. Şu Gulsanam edi. Bir qaraşda tanidim. Közim tinib, boşim aylanib ketdi. Azoyi-tanim zirqirab oğridi. Yaxşiyam hovliga olib çiqding, yöqsa…
— Çalama-çatti qilmay, bir boşidan gapirsang-çi, — deyman nimanidir anglaganday bölib.
— Oradan öttiz yil ötayapti-ya. Öttiz yil. Ahyon-ahyonda eslasam ham yurak öynoği bölardim. Mana bugun kördim… Men uni sevardim. U pedinstitutda öqirdi. Aytaveray, birinçi marta bu borada birovga dil yorişim, biz bir-birimizga boğlanib qolgandik. Uçinçi kursda Gulsanam öqişini taşlab ketdi, u homilador edi. Zor qaqşab yalindim, ketma dedim, qol dedim, faqat… faqat?
Sabrim çidamaydi:
— Nima faqat?
— Men ahmoq, men tentak, men it bolani oldirib taşla, uyimdagilar bilsa janjal-töpolon böladi, dedim. Otamning qahri qattiq edi, qörqdim. Ayamay urardi öziyam.
— Keyin-çi?
— Keyin ketdi.
— Sen izlab bormadingmi?
— Bordim. Yolğiz onasi bor edi. Ikki opasi turmuşga çiqib ketişgan. Onasi nima desa deb qarğadi, boşqa bu yerga oyoğingni bosma, deb haydab soldi. Gulsanam toğdagi xolasinikiga ketgan ekan. Men zörğa bolasi, Gulsanamning bolasi haqida söradim. Onasi uv tortib yana yiğladi: “Bola öldi. Bola ölik tuğilgan, endi qorangni öçir, yer yetkur”, deb dod-faryod qildi.
Suhrob toş qotadi. Mijjalari duv-duv yoş. Hiqillaydi. Botinida olov örlab, borliğiga öt ketganini his qilaman. Köngil odami, taniqli sanʼatkorning ahvoli ruhiyati, ayni damdagi holatini taʼriflaşga ojizman.
— Odam odamga öxşaydi-da. Oradan şunça vaqt ötgan bölsa… Balki senga şunday tuyulgandir,— deyman unga taskin beriş uçun.
Suhrob telbanamo qarab turadi. Söng qöli bilan çap köksiga uradi.
— Menga qara, qanday odamsan özi? Manavi joy, manavi yurak heç qaçon aldamaydi. Ehtimol men kördirman, öttiz yil oldin söqir bölganimça qolib ketgandirman, lekin, lekin, yuragim kör emasligini, yuragim körişi mumkinligini bugun şu yoşga kirib anglab yetdim. Yuragim uni körişi hamona bir muddat töxtab qoldi, ha, urmay turdi. Ölib qolsam kerak, endi öldim deb, öylovdim. Tuşunayapsanmi?
Meni ham qaltiroq bosdi. Lolu karaxt bölib unga termulaman.
— Bilasanmi, muhabbat haqidagi film yo biror spektaklda rol ijro etsam, qarşimda Gulsanam qarab turganga öxşayveradi. Sen buni tuşunmaysan.
Jimlik çökadi. Suhrob örnidan bir amallab turib, yölakdagi jömrakni buraydi, yuzini yuvadi. Xontaxta ustidagi ötkir isqotini piyolaga töldirib quyadi. Sipqoradi. Yana yelkasini devorga suyaydi, közlarini yumadi. Men uning yurak közi butun olamni, men va biz sezmagan borliqni körib turganini anglayman.
Yemak ham nim-nikali böldi, nomiga u-bu narsa totinamiz, bunday paytda tomoqdan bir nima ötarmidi? Endi örnimizdan qözğalamiz degandik, eşik şaraqlab oçilib, ostonada hansiragan köyi yugirdak bola paydo böldi:
— Hurmatli akalar. Sizlarni yöqlab boy aka kelibdilar. Taşqarida turibdilar.
— Kim u boy akang? — deyman hayron bölib.
— Bu joylarning hammasi şu kişiniki.
Bunday izzat-hurmatlarga könikib qolgan Suhrob hamon ezğindi ahvolda, qovoq uyub taşqariga yöl oladi. Keng-möl hovli sathini maydalabgina urayotgan qor oqartib ulguribdi. Maşinamiz yonida egnida qimmatbaho palto, boşida surqalpoq kiygan, kelişgan yigit bizni qarşi oladi. Men uni qayerdadir körganday bölaman, yuz-angori kimgadir öxşab turibdi. Yigit jilmayadi:
— Assalomu alaykum, aziz mehmonlar. Men şaharda sizlarga bir piyola çoy tayyorlab qöyuvdim. Oyijonim buyurgan edilar. Tuşlik ham qilmay jönavoribsizlar. Orqangizdan özim quvib kelaverdim.
Şu tobda allambalo rusumdagi qop-qora maşina yukxonasini oçgan haydovçi haligi yugurdak bola yordamida ikkita katta qutini olib bizning maşina tomon yurişadi. Men Suhrobga qarayman. U boy öğlondan köz uzmaydi.
— E-ye-ye, bu narsalar şartmas, — deyman, — axir savob uçun keldik. Nima narsangiz bölsa öşa bolalarga olib borib bering. Jon uka, odamni uyaltirmang, bunday…
— Akalar, şundoğam Mehribonlik uyini öz otaliğimga olganman. Oyijonim bolalarni yaxşi köradilar. Şu yerda işlaydilar. Oyijonimning iltimosini yerda taşlamay, bugungi bayramga kelganlaringiz uçun men ham xursand böldim.
Yigitning tabassum çiroy qöşgan qatʼiyat zohir tiniq çehrasi, undagi barq urgan şijoati menga juda-juda taniş ekanligini yana bir bor his qildim. Qayerda, qayerda körganman uni? U bilan qayerda gaplaşganman?
— Ukajon, oyingiz öşa yerda işlaydilarmi?, — deydi Suhrob ovozi titrab va hamon undan köz uzmaydi.
— Ha… Aytdim-ku. (Yana öşa taniş tabassum).
— Ismi… Ismlari kim?
— Gulsanam, oyimning ismi Gulsanam! Mening ismim esa, Suhrobjon! Siz bilan adaşmiz. Sizni juda hurmat qilaman, — deydi öğlon.
Içimdan bir narsa uzilib ketganday böladi. Öğlon qöl uzatib xayrlaşadi. Aktyor döstimning lablari pirpiraydi, yuzi oqarib ketadi:
— M… m… m… may, mayli Suhrobjon, — deydi baʼzör. Söng gandiraklab kelib maşina orqa örindiğini oçadi.
Biz yölga tuşamiz. Mening yuragim öynay boşlaydi. Poyonsiz dalaning qoq örtasiga kelganimizda ortimdan ingroqli sas eşitiladi:
— T-t-töxtat, maşinani töxta-a-a-att.
Men ortga ögrilib qaraşga özimda kuç topolmayman. Eşik oçiladi. Oqliq qoplagan tep-tekis dala uzra çayqalib borayotgan Suhrobni köraman. U ança nariga borib töxtaydi. Qöllarini yozib falakka termuladi. Osmonni qoq yorib yuborguday dahşatli hayqiriq yangraydi:
— Gulsa-a-a-an-a-a-mmm!
