Falak qölidagi jom
Oydin Hojiyevaning “Işq aro parvonalar” nomli tarjima kitobi bundan olti yil muqaddam naşr etilgan (“ Mumtoz söz”, 2014. – 108 b) ekan. Bu töplam şoiraning öz hisobidan oz nusxada çiqarilgani, kitob dökonlari orqali sotilmaganligi uçun ham köpçilik öqimagan bölişi mumkin. Kitobda Ozarbayjon xalqi tuhfa etgan qator şoiralar orasida alohida örin tutadigan uç nafar — Mahsatiy Ganjaviy, Hayron xonim, Xurşidabonu Notavonlarning şeʼrlari ozarbayjon va fors tillaridan öz tilimizga ögirilgani özbek kitobxonlarini, albatta, quvontiradi.
Mahsatiy Ganjaviyning asl ismi Munisa bölib, 1098-1188 yillarda yaşab ijod etgan. U Umar Hayyom, Nizomiy Ganjaviy bilan yaqin ijodiy aloqada bölgan. Asosan, ruboiy janrida ijod qilgan.
Oydin Hojiyeva barmoq vaznida şeʼr yozib, öziga xos tasvir yölini topgan şoira. Uning Munisa Mahsatiy ruboiylari tarjimasini öqib hayron qoldim. Rauf Parfi ham ijodi davomida deyarli ğazal yozmagan. Ammo “Jahon adabiyoti”da taniqli bir şoir ğazallari tarjimasini öqib şunday holga tuşgandim. Demak, Oydin opa Rauf Parfi singari faqat öz yölidan yurişni afzal bilgan bölsa-da, mumtoz şeʼriyatimiz namunalarini ijodining poydevori deb bilgan. Qarang, Mahsatiy Ganjaviy ruboiylari tarjimon nazdida qanday jaranglagan:
Yuz şukur, subhu şom rizqim muhayyo,
Va lekin xuş ötmas kunlarim aslo.
Zaharga aylanar oğzimda şinni,
Haqirlar yodimga tuşgan hamono.
Sabr, taʼma haqida köp gapiriladi. Yoziladi. Ammo mol-davlat bandilarining noçorlarga nasihatida ham sabrli bölişga çorlovlar borligi baribir kişini öylantiradi. Bu holni baholaşga qiynalasan. Şunday öy Mahsatiy könglidan ham keçgan bölsa kerak, yozadi:
Birovlarga kuning qolsa, bu — yomon,
Qurigan şox soya solibdi qaçon?
Sabr aziz aylar, taʼma etar xor,
Tansiq narsalarga qanoat darkor.
Şoiraning Umar Hayyom bilan adabiy aloqada ekanligini yuqorida aytdik. Xöş, u qay jihati bilan undan farq qiladi? Mahsatiyning deyarli barça ruboiylarida ayol qalbi körinib turadi: “Har gal yor kamondan öq otgan çoği, gulday dudoğidan öpiç olsaydim”. Töğri, ustozi taʼsirida ham bitganlari bor: “Şod yaşa, tuproqda yotgung benavo”, “Dunyo ham falakning qölidagi jom, Qon töla piyola, desam, rost bölar”. Şu örinda aytiş joizki, ruboiy janrida kamdan-kam ijodkor yangi fikr ayta oladi. Çunki Bedil, Umar Hayyom, Pahlavon Mahmudlar bu janrni yuksaklarga kötarişgan. Mahsatiy ana şu yuksaklikka kötarila olgan. “Xarobotdan çiqib bir oy yuksaldi”, “Xarobot — manzili jömard erlarning, Bunda örni yöqdir badkirdorlarning” deya şoira darveşlar dunyosiga nazar solsa, boşqa bir ruboiysida eronlarning toliblarni tarbiyalaş uçun toblaganlariga işora qiladi: “Afsus çekma deya zarar keltirdim”.
Hayron xonim Dumbuli XVIII asrning 80 yillari XIX asrning 50 yillarida yaşab ijod qilgan. U Ozarbayjonning Naxiçivan şahrida Kanğarli dumbuli avlodiga mansub xonadonda tuğilib voyaga yetgan. U, asosan, ğazal janrida ijod qilgan. Şoira yozadi: “Taqdirga çora yöqdir rozi-rizodan boşqa”. Öylanib qolasan: foniy dunyoda böş qöygan nafsimiz, birovning haqqidan qörqmasligimiz, dilozorligimiz, özimizga, boşqalarga befarqligimiz taqdirga qançalik aloqador?
Tasavvufda yorni Yaratganga timsol sifatida qöllaş anʼanasi ikki yönalişda davr surib kelgan: hol talabida va holi ibrat böladiganlar taʼsirida. Hayron xonim ijodi ikkinçi yönalişga xos:
Dilim bir bulbuli beoşiyondur,
Unga gul butoği bir makondur.
Çun dilbar ketdi, iymon – din ketdi,
Dilu jon izma-iz yölga ravondur.
Yoki:
Bir oy yuzli ilinjida nigohim bor,
Saharlar, keçalarda nola, ohim bor.
Şoiraning bunday şeʼrlari köp va O.Hojiyeva ularni maromiga yetkazib tarjima qilgan.
Xurşidabonu Notavon 1832-1897 yillarda yaşab ijod etgan. 1855 yili şoira Bokuda fransuz adibi Aleksandr Dyuma bilan uçraşgan. Dyuma xotiralarida “onasi 40, qizi 20 yoşlar atrofida bölib, ular qölidagi farzandlarini xuddi qöğirçoq kabi öynatib turişi”ni yozadi. Şoira ijoddan taşqari musiqa, rassomlik, badiiy kaştadözlik, köylakka bezak berişda mohir bölgan”. Şoira “Majlisi faromuş” tögaragini moddiy jihatdan taʼminlab turgan. “Xon qizi buloği” deb nom olgan suv taʼminotini işga tuşirgan. Şu buloqni şoira ijodiga mengzasa ham böladi. Ammo bunda u mehr buloğiga aylanadi.
Şoira ilohiy işq oşiqlari holatini şunday tasvirlaydi:
Köngil qonin közumdin novaki ğamzang ravon aylar,
Masaldur mardum içra: “Mast ölan, albatta, qon aylar.
Köngil bilkim, u çaşmi mast ölub aslo xato etmas,
Sira yöq şubha gar qon etmak ölsa, qonga – qon aylar.
Yaratganga bağişlanganlar eʼtiqod, iymon taqozo etsa, uni öz joni, qoni evaziga bölsin himoya qiladi, degan fikrni ilgari surgan şoira boşqa ğazalida dil ahlini ogohlantiradi: “Har oqşom kördi majlisdaki, şam ağyorga yordur”.
Kitob muqaddimasida Jannat Nağiyeva uç şoira taqdirini şunday izohlaydi: “Mahsatiy el-yurtidan quvğin etildi, Notavon tahqir va hasratda umr keçirdi. Hayron xonim majburan Eronga köçirildi, yoridan yiroq tuşdi — Tabrizda uzoq vaqt tanholikda umr keçirdi”. Ammo ular körgan jabru sitamlar, qilgan orzu-umidlar ildiz ekanki, muattar gullar undi, ösdi, muattar hidlar taratmoqda. Mana, bu ifordan bugun bizning elimiz ham bahramanddir.
Ilhom Ahror
