Haykallar
(Hikoya)
Xiyobonda bugun sukunat hukm surar, kuzgi yomğirdan söng barça haykallar sof va buğubor his qilardilar özlarini. Ayni damda bu yerda heç zoğ körinmasdi. Hademay havo oçilib ketsa, qöl uşlaşgança sevişganlar paydo böladi. Yigitlar sevimli yorlariga sevgi izhor qila boşlaşgaç, haykallar bir-biriga qarab kulimsirab qöyişadi. Qizlar ham atrofga öğrinça boqib heç kim yöqligiga işonç hosil qilgaç, sekin yigitning pinjiga suqilişadi. Ular negadir bizdan tortinişmaydi yoki haykaltaroş bizni odamga öxşab yasamaganmikin, öy suradi haykallardan biri. Yigit qizning yonoğidan bösa olayotgan çoğ esa haykallar özlarini noqulay sezib yuzlarini çetga burmoqçi böladilaru, lekin heç udda qilişolmaydi.
Vaqt ötib esa bunday manzaraga örganib ketişdi. Haykallar qarşisida qançadan-qança izhorlar aytilib, öpiçlar olinmadi deysiz. Ular ham şu on yoşlikdagi muhabbatlarini eslab bir entikib qöyişardi. Yangi sevişganlar ham, köp yillik qadrdon qiyofalar ham bor ularning orasida. Lekin bitta yigitni heç unutib bölmasdi. Novçadan kelgan, soçlari jingalak, egnidan çarm kurtka tuşmaydigan bu kimsani haykallarning barçasi yaxşi taniydi.
Sevgi izhorining matni ham yod bölib ketgan: “Osmonda Oy va Quyoş bitta bölganidek, sen ham men uçun yagonasan, — deb boşlanib — Qiyomatda ham ayrilmaymiz” deb yakunlanardi. Ha, orada qaysi bir köhna haykal şoirning şeʼrini ham yodlab berardi. Avvaliga öşa haykal bundan suyundi, keyinçalik esa aççiği keladigan böldi. Çunki oşiq yigit bularni har gal turli qizlarga xuddi ilk marta uçraşuvga çiqqan böz boladek aytib berardi. Yigitça bu xiyobonga öta sodiq edi. Lek sevgi bobida bunday deb bölmasdi: u bilan sayrga kelgan qizlarning qiyofalari tez-tez almaşib turardi.
Barça qizlar unga bir nigoh — işonç, mehr va vafo bilan boqişar, şörlik qizni hademay taşlab ketilişini bilgan haykallar esa xörsinib qöyişardi. Şunga qaramay ular yigitga ança örganib qolişgandi. Axir yigit tuşmagur şoir edi-da. Durust şeʼrlar töqirdi bu yerda. Baʼzan örindiqda yolğiz ötirib yon daftariga nimalardir qoralab şivirlab öqirdi. Hatto bir-ikki marta haykallar bilan sözlaşgan ham.
— Şeʼrlaringizni öqib adabiyotga mehr qöydim, ustoz.
— Vaqti kelib orangizda mengayam joy topilarmikin?
— Ruhingiz meni qöllasin, taqsir, — derdi köhna haykalga mehr bilan boqib.
Taq-tuq qadam tovuşlari va mayin atir isi yaqinlaşgaç esa u yon daftarini çöntagiga solib, haykallarni unutardi va yorini qarşi olişga oşiqardi.
— Bu qiz yaxşi körinadi, balki şunga uylanib tinçib ketar, — uning ortidan söz qotadi bir haykal.
— Menimça esa bir umr toq ötadi, uning tuyğulari beqaror. Şeʼrlari durust, lekin.
— Sizga öxşab bir umr böydoq ötsin ekan-da, oğa, — kuladi şerigi.
— Sizga öxşab oila va rözğor taşvişlariga kömilib adabiyotdan uzoqlaşib ketsinmi? Ana, çala romaningiz qaysidir javonda çang bosib yotibdi.
— Zarari yöq, muhimi mengayam haykal örnatişdi-ku.
— Ha, safimizga qöşilganingiz yaxşi böldi, baribir, — uçinçi haykal bu ikkovi tirikligida ham bir-biri bilan çiqişolmaganini eslab vaziyatni yumşatdi. — Ijod boşqa, şaxsiyat boşqa.
Şu payt asosiy darvozadan bir gala öquvçi-yoşlar körinişdi. Közlarida hayrat bilan ustozlariga ergaşgança ular tomon quvonç bilan qadam taşlaşardi.
— Bugun ham poyimiz gullar bilan tölarkan.
— Bugun birovingizning tuğilgan kuningizmi?
— Yöq, mening ölgan kunim, — bir haykal xörsindi. — Qarang, yana kimlar kelyapti öquvçilar bilan? Şogirdlarim! Demak, men öqigan maktab öquvçilarini olib kelişibdi-da. Haa… qabrimga borişmasayam, haykalimni yöqlab kelişibdi, hartugul.
— Xotirangiz kuçli ekan. Men birorta şogirdimni eslolmayman, rosti.
— Ölganingizga 200 yil böladiyu, esda qolarmidi? Ular ham qabrida kökarib çiqqan bölsa.
— Siz yoşlarga yaxşi-da, baribir.
Öquvçilar qöllaridagi guldastalarni haykal poyiga birma-bir qöyişdi. Söng bir zumda TV kameralari paydo böldiyu, haykallarni tasvirga tuşira boşlaşdi. Mikrofonda marhum ijodkor haqida töliqib sözlayotgan şogirdlarning iliq xotiralaridan haykalning közlariga yoş kelay dedi. Ammo toş qaçon yiğlagan? U ham yiğlolmadi. Tadbir marhum şoirning şeʼrlaridan parçalar öqiş bilan yakunlandi.
— Tirikligimda bosilmagan şeʼrlarim öqildi, kördinglarmi? — Gerdaydi haykal, garçi qilt etmasa ham.
— Ofarin, oğa, kuçli yozasiz, yöğ-ye, yozgansiz.
— Ertaga ham biror adabiy keça bölarmikin?
— Zerikmadingizmi-ey? Menga qolsa heç kim kelmasin.
— Qiladigan boşqa işimiz bölmasa… sevişganlarni tinglaşdan köra şunisi tuzuk.
— Bizdan köra tunov kungi yigitga eʼtibor berişsa yaxşimidi, deyman. Bunday talantlar kam hozir.
— Manavi örindiqqa çökib sonet qoralagan yigitmi? Ha, şivirlab öqib qayta yozib, söng yana öqib, qoğozlarni oxir-oqibat yirtib anhorga taşlab yubordi. Esiz, şunday şeʼr. Biror gazetaga berganida maşhur bölib ketardi.
— Körding-ku, otasi qönğiroq qilaverib bezor qildi. Ilhomi qoçib ketdi, şörlikni. “Mollar keldi, qaçon dökonga olib borasan”, deb qöymadi boy otasi. Şeʼrni tuşunarmidi u.
— Ilhom yöq narsa. Ijod — turgan bitgani qora mehnat.
— Yozuvçi uçun şundaydir balkim. Lek şeʼr ilhomsiz bölmaydi.
— Havo yana ayniyapti. Tunda jala yoğadiganga öxşaydi. Sovuq kunlar boşlansa tadbirlar ham tugaydi. Bahorgaça qarğalar qağillaşiyu onda-sonda paydo bölib qoladigan juftliklardan boşqa ermak bölmaydi.
— Ustimizga biror narsa taşlab qöyişmasa bahorga bir ahvolda çiqamiz.
— Xavotir olmang, qayta böyaşadi.
— Nurab ketmasam deb qörqaman. Harholda, men ança eski haykalman.
— Çidamlisiz. Juda bölmasa, örningizga boşqa haykal keltirib qöyişadi, — xoxolab kulmoqçi edi yana öxşamadi. — Hazil-da taqsir.
Haykal esa uh tortib bir qöliga qaradi. Barmoqlari darz ketibdi.
— Bu barmoqlar siyoh bölib yurardi doim…
— Hozir esa hamma kompyuterda asar yozadi. Men esam maşinkada çiqillatardim! Tungi sukunatda uning ovozi pianino ohangidek yoqimli eşitilardi. Romanimni adaşmasam, 5 yoki 6 marta qayta köçirgandim. Şukur, umrimning sönggi yillari tökinlikda ötdi, yangi asarlar buyurtma qilişar, maşinka uçun bir kotiba ham biriktirişgandi. Ammo… yozolmadim. Hamma maşhur kitoblarim ijara uyda, noçorlikda bitildi.
— Gap bundamas, menimça. Tolstoy va Dostoyevskiyni olaylik, zamondoş yozuvçilar, biri tökinlikda, biri noçorlikda yaşadi. Ammo asarlari tengsiz. Hamma gap isteʼdodda. Xudo yuqtirgan iqtidorda.
— Balkim.
Uzoq vaqt jim qolişdi. Hammasi öz hayotini eslab ketdi. Yozilgan, yozilmagan asarlari haqida öy surişdi.
…Qiş kelmay turib qalin qor yoğdi. Haykallar oppoq qorga belandi, söng barmoqlariga sumalak indi. Köhna haykalning sumalagi oğir çiqdi: qarsillab yerga tuşdi. Özi bilan qölni ham yulib, yerga çilparçin qildi. Qolgan haykallar sergak tortib unga qaraşdi.
— Oğrimadimi?
Şoşib berilgan bu savoldan söng piq-piq kulgi ovozi eşitildi. Söng bari jiddiy tortişdi.
— Esiz, çap qölim edi. Hamma asarlarimni yozgan çap qölim…
— Öylamang, taqsir. Sal qorlar erisin, sizni albatta taʼmirlab qöyişadi.
— Şunday, şunday. Bahonada töliq qorlardan tozalab ham qöyişadi. Binoyidek bölasiz.
— Unça sezilgani ham yöq, döstim. Jilla qursa, biror kitob qolipi ilaştirib qöyilsa, yöqligi sezilmaydi.
Daldalar, yupatişlar uzoq davom etadi. Biroq uning qöli yöqligini odamlar sezmadi. Selfiçi yoşlar tizzasiga tirmaşib suratga tuşib ketaverişdi, köça supuruvçilar singan qöl uyumlarini nimaligiga qiziqmay tozalab ketişdi, quyoş böy körsatgaç yana muşoiralar davom etdi.
— Men nurayapman… — köhna haykal singan bilagidan söng uvadalanib borayotgan yelkasiga boqdi. — Tuğilgan kunim köklamda… ungaça meni payqaşmaydi.
— Bahorgaça sabr qiling, taqsir. Tavallud ayyomingizdan sal burun sizni körişadi, taʼmirlab qöyişadi. Poyingiz gullarga töladi yana…
Şu payt ularning qadrdoni — bevafo şoir yigit körinib qoldi. Haykallar kayfiyat bilan uni kuzata boşlaşdi. Bu gal uning yonida boşiga yaltiroq şarf öragan, ikki yuzi nimpuşti navjuvon ketib borardi. Uning yangi kelinçak ekanini hamma payqadi.
— Nahotki, uylangan bölsa?
— Bir oy qorasini körsatmagandi yigit omon bölgur. Töy böpti-da.
— Endi esini yiğib, masʼuliyatli oila boşliği böladi.
Yigit kelinçakni töğri köhna haykal yoniga olib bordi. Söng qizga yuzlanib taniştirdi:
— Mening ustozim. Allaqaçonlar ölib ketgan bölsayam, asarlarini öqib hayotni, odamlarni, olamni örganganman. Maʼnaviy otam desa ham böladi. Bilasan, dadam bizni taşlab ketgan. Onam bilan yaşagan uyçamizda bitta şu şoirning sarğayib ketgan dostoni bölardi. Öşa dostondagi qiz mening döstim edi. Qoronğu kunlarimizda şu kitob, şu qiz menga umid berib turardi. Zulmatdagi nur kabi ojiz şuʼla taratardi. Bu yerga haykali örnatilgan kun esimda… Poyiga çökib aççiq-aççiq yiğlaganman. Men, onam va u bolalikni birga qiyinçiliklar bilan ötkazdik. Onamga kuni kelib menam katta şoir bölaman, şeʼr yozib sizni boqaman derdim. Bilsam, şeʼr bilan qorin töydirib bölmas ekan. Lekin nolimayman, hunarim bor, rözğorimda kam yöq. Men uning dostonidagi qizni topgunça köpçilik bilan tanişdim, yurdim… Buni sendan yaşirmaganman. Nihoyat, seni topdim. Sen öşasan, xuddi öşa qiz. Juda yolğiz edim… Toki avtobusda seni va qölingdagi öşa dostonni uçratib qolmagunimça.
Kelinçak jilmaydi. Köhna haykalga sinçiklab boqdi. Söng peşonasi biroz tirişdi:
— Qarang… ularning bir qöli sinib qolibdi, — dedi açiniş bilan.
Yigit ham buni payqab, yon atrofni tekşirdi: singan qölni topolmadi.
— Buni aytiş kerak… Yur, maʼlum qilaylik. Qara… böyniga ham darz tuşibdi. Yomğir yoğsa, battar böladi.
Ular şoşgança haykallar xiyobonidan çiqib ketişdi.
— U baribir sizga sadoqatli, taqsir, — közlariga yoş kelgandek xörsindi şerigi. — Meni bunday muxlislarim yöq bölsa kerak.
— Öşa dostonni yozib zap qilgan ekansizda!
— Doston… — öylandi u. — Menimça, “Yolğizlik”ni aytyapti u. Unda jangda halok bölgan ota va yetim qolgan qizçaning keçmişlarini yozgandim.
— Bilasizmi, qaysidir yili bir yigit öz joniga qasd qilganida, sönggi maktubiga mening şeʼrimni ilova qilgan ekan! —Maqtangisi keldi yoş bir haykalning.
Kulgi kötarildi.
— Faxrlaniş uçun topgan voqeani qarangu!
— Aytgança, eşitdinglarmi, şu oy oramizga yangi haykal qöyişarkan.
— Kim bölsa u?
— Bilmadim. Lekin odamlarning aytişiça, ölganiga köp bölmagan. Yoş ketgan ekan şörlik.
— Dard olib ketibdimi?
— Ha, xorijda davolanişga puli bölmagan ekan. Endi falon pulga haykal qöydirişsa, görida tinç yotsa kerak-a?
— Kesatmang. Har kimgayam haykal qöyaverişmaydi. Asarlari orqali yuraklarga yetib borganlargagina nasib qiladi. Hammaning taqdiri har xil.
— Isteʼdodlarni tirikligida qadriga yetgan maʼqulmi deyman-da, oğa.
— Ölgandan söng ham nomi kömilib ketgandan köra şunisi tuzuk. Mana, masalan, Kafkani olaylik, bilsangiz u…
— Bilaman, bilaman. Mayli, bahslaşmadim. Hammayam Tolstoydek boy bölmagan.
— Markes aytgandek, oçdan öliş uçun boşqa kasblar yetarli… Umuman olganda, ijodga tirikçilik manbai deb qaramay, boşqa hunar va sohani örganib qöyiş zarar qilmaydi.
— Naçora, men sizga öxşab katta yer egasi bölmaganman. Oddiy kosib edim, kosib.
— Muhimi, şu yerdasiz, oramizda, azizim.
Ora-sira bölib turadigan qisqa bahslardan söng yana uzoq sukunat boşlanardi. Bir neça hafta davom etgan yoqimli jimlikni qattiq qarsillagan ovoz buzdi. Tong sahar barça seskanib köhna haykalga qaradi: undan asar ham qolmagandi.
— Bahorga yetmadi, şörlik.
— Keçagi yomğir aralaş qor bejiz ketmadi…
Odamlar bu gal albatta, hodisani payqaşdi va katta uyum yonida yiğilib ança vaqt muhokama qilişdi. Kimdir haykaltaroşni aybladi, kimdir ob-havoni. Oxiri sovuqda dildiraşgança tarqay boşlaşdi.
Köp ötmay uning örniga yangi haykal örnatişdi.
Nodirabegim Ibrohimova
Muallif haqida:
Nodirabegim Ibrohimova – 1989 yil Farğona viloyati, Oltiariq tumanida tuğilgan. 2011 yil Özbekiston davlat Jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Qisqa hikoyalari Rossiya, AQŞ, Hindiston, Turkiyaning turli naşrlarida bir neça bor eʼlon qilingan. Ijod fondi tomonidan 2017 yilda “Yoningdagi baxt”
hikoyalar töplami 10 ming nusxada çop etilgan. “Jodugar yoxud ming yillik hayot” va “Zulm va muhabbat” nomli qissalari, “Dunyodagi eng baxtli odam”, “Töy sovğasi”, “Hayotning beş tortiği” nomli tarjimalar töplami naşr etilgan.
