Şuʼlalanib yotar suv yuzi asta
Muallif haqida:
Şoir Şukur Qurbon (Olimjon öğli) — 1951 yilda Andijon viloyatining Baliqçi tumanida tuğilgan. Bugunga kelib, önga yaqin şeʼriy töplam, yigirmaga yaqin qöşiq, Ozod Şarafiddinov, Abdulla Oripov, Tohir Malik va Muhammad Yusuflar haqida badia va esselar yaratgan. Istiqlolni şaraflovçi sonetlar guldastasini eʼlon qilgan. Maʼnaviyatimiz merosi bölmiş Hadisi şariflar asosida yozilgan 1600 ta törtligi adabiyotimizda öziga xos voqea böldi. Tarjima sohasida ham şoir barakali qalam tebratgan: u jahon adabiyoti vakillaridan Françesko Petrarka, Adam Mitskeviç, Jak Prever, Nozim Hikmat, M.Yu. Lermontov, A.S.Puşkin, Rasul Hamzatov, Ye. Yevtuşenko singari şoirlarning asarlarini özbek tiliga ögirgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
OQQUŞLAR KÖLI
Şuʼlalanib yotar suv yuzi asta,
Unda osmon aksi qalqib turibdi.
Bir qança oqquşlar taşviş bilmasdan,
Şu moviy oğuşda suzib yuribdi.
Erkalanib, suvga boş urib bir-bir,
Ular zavq topgaylar, topgaylar hayot.
Ular şu kölga bir umr hokimdir
Va şu köl mehriga quldir umrbod.
* * *
Beş önta hovli- joy,
Qolgani dala.
Dala örtasida bir töda bola.
Bir töda bolaning orzulari möl,
Dala örtasida bittagina yöl.
Şu yöldan yurişar-yurmoqçi bölsa,
Şu yöldan borişar-bormoqçi bölsa.
Dala adoğida lekin yöl bitar,
Orzular birma- bir söngiga yetar.
Beş önta hovli-joy,
Qolgani dala.
Ortga qaytmasaydi bir töda bola.
* * *
Sahna qonuni, bu — öz qiyofangdan
Qança çiqa olsang va begona zot
Suvratiga qança yaxşiroq kirsang,
Şunça olqişlaydi seni boşqalar.
Hayot qonuni, bu — öz qiyofangda
Qança sobit bölsang va begona zot
Suvratiga kirmay qança kun körsang,
Şunça olqişlaydi seni boşqalar.
SOĞINÇ DARVOZASI
1
Öğlim, sen borsan-u, nega yöqdaysan?
Öğlim, kul ostida qolgan çöğdaysan.
Bu kul nima, öğlim, seni topmişdir,
Gul umring bamisli xazon yopmişdir?..
Gul umr avvali, axir, ğunçalik,
Ğunçaning qismati, nahot, şunçalik?
Sen sari borgali barça yöllar berk,
Damlar berk, kunlar berk, oyu yillar berk.
Faqat yöllarida tikonlar soçiq
Soğinç darvozasi menga lang oçiq.
Taqdirdan qayga ham borarding qoçib,
Hayhot, bu darvoza senga ham oçiq!
Unib-ösmay turib, kulmay bir şöx-şan,
Sening ham köksingga sançilar tikan.
Yetimça deyişsa seni öylayman,
Seni qizğonaman, seni kuylayman.
2
Laylak keldi, yoz böldi,
Qanoti qoğoz böldi.
Bolalik quvonçlari,
Öğlim, senga oz böldi.
Dadang turib, dadasiz
Qolganliging rost böldi.
Sen bilmaysan, gödaksan,
Unutasan dadangni.
Dadang, deb körsatarlar
Senga boşqa odamni.
Yetti yot begonaga
Ergaşasan “dada” lab.
Dadang bunda yuradir
Köksiga ğam qadalib.
Köksimga ğam qadalsa,
Seni eslayman, öğlim.
Bor ekaning ham — davlat,
Qaddim rostlayman, öğlim.
Laʼnatlayman özimni,
Laʼnatlayman onangni
Va senga dada bölgan
Yetti yot begonangni.
Sevgi bizni şu qattiq
Savdoga qöydi, öğlim.
Boşimizni el aro
Ğavğoga qöydi öğlim.
Bu olamda közlar bor,
Ahvolimiz körarlar.
Bu olamda sözlar bor,
Masxaralab kularlar.
Kulgi bölib har kimga
Bu jahondan ötarmiz.
Yöl böyiga çiqarmiz,
Yöllarga köz tutarmiz.
Közlarimiz tört bölib,
Bir-birovni kutarmiz.
Bu jahondan ötgunça
Qop-qora qon yutarmiz.
Laylak keldi, yoz böldi,
Qanoti qoğoz böldi,
Bu dunyoning rohati,
Öğlim, menga oz böldi.
Öğlim turib, öğilsiz
Qolganligim rost böldi.
3
Mayliga, seniki bölsin şu yomğir,
Boşingdan injuday soçilsin, öğlim.
Yomğirday ezildi sensiz bu bağir,
Bu bağir osmonday oçilsin, öğlim.
Köz qoram sen eding, hamon özingsan,
Öksib ulğayursan xayollarimda.
Tik qaray olmasman balki közingga,
Yurak hovuçlarman savollaringdan.
Balki savol bölib singarman faqat
Mahzun tabassumli qoraçiğingga.
Balki ikki jahon qilolmas toqat
Meni körging kelib qilgan yiğingga.
Öşanda özingni yupatgin özing,
Olaqol, seniki bölsin şu yomğir.
Otalar hamişa jumboqdir, qözim,
Qözim, farzandlarga hamişa oğir.
ORTIQÇA ODAM
Orangizdan ötib ketaylik şundoq,
Qaytmaymiz, bezovta qilmaymiz boşqa.
Kuyladik — könglimiz tölib ketgan çoq,
Ingradik — boşimiz tekkanda toşga.
Izimizdan ğiybat qilingiz, biz — şod,
Tökilar orttirgan gunohlarimiz.
Keragidan ortiq siyladi hayot,
Keragidan ortiq qalb doğlarimiz.
Keragidan ortiq sevdik, yiğladik —
Bir pari paykarning vasliga taşna.
Muhabbat boğiga bizlar siğmadik,
Siz siğing, iloyim, siz baxtli yaşang.
Sizni tark etmasin iqbol va omad,
Tole qarşilasin sizni har safar.
Bizsiz bemalolroq qozoning şuhrat,
Bizsiz bemalolroq uring qahqaha.
Keçirasiz,
Ötib ketaylik şundoq.
TÖRTLIKLAR
Ösadigan el bir-birin botirim, deydi.
Böştobin ham zör işlarga qodirim, deydi.
Yomonlarin özaro loy aylaşadi xöb,
Boşqalarga topilmasim, nodirim, deydi.
* * *
“Zamona — zörniki” dedilar menga,
“Tomoşa — körniki” dedilar menga.
“Muhabbat-çi? Şeʼr-çi?” — söradim qaqşab,
“Manglayi şörniki!” – dedilar menga.
* * *
Öngga qarab taʼzim qiling — “özbekçilik” ,
Çapga qarab taʼzim qiling — “özbekçilik” ,
Könglin oling oldinning ham, orqaning ham,
Ablahni ham rozi qiling — “özbekçilik” .
* * *
Kelmas edim, yetakladi bu yerga yölim,
Yozmas edim, bitikladi bu sözni qölim.
Yölimni-da, burar edim, qölim kesardim…
Burolmadim kesolmadim… yonardi könglim.
MUQADDIMA
Adiblar haqida öylasam avval
Hayratga tuşardim yozganlaridan:
Qanday yozgan ekan bunday asarlarni, deb
Uzoq-uzoq surardim xayol.
Kunlar ötdi,
Oylar ötdi,
Yillar ötdi –
Ötib bormoqda umr,
Endi men hayratga tuşaman köproq:
Şunday asarlarni yozgan adiblar
Qanday yaşar ekan dunyoda, deya
Uzoq-uzoq suraman xayol.
SENSIZ UMR YARIM
Qayda u kunlarim, qayda u visol?
Qayda quvonçimga qorişgan jahon?
Seni men yöqotdim yölovçi misol,
Qoldi qaroqçiga talangan karvon.
Sensiz umr yarim va dunyo bir kam,
Netay, öqtin-öqtin zirqirar qalbim?
Öçoği bor-ku yarq etgan çöğning ham,
Qoldim uyi kuygan musulmon kabi.
Döl urgan daladek parişon bu dil,
Afsus-nadomatlar yondirar böğzim.
Menga laʼnatlar ayt, qarğa muttasil,
Bersin jazoimni Xudoyim özi.
Yongan uy tiklanar, butlanar karvon,
Döl urgan dala ham yaşnaydi qaytib.
Biroq yöqolmaydi köksimda armon,
Biroq sen yiğlaysan, laʼnatlar aytib…
Şukur QURBON
