Vulqon
Muallif haqida:
Bayram Aytmurod – 1986 yili Qoraqalpoğiston Respublikasi Bözatov tumanida tuğilgan. Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida tahsil olgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining “Birinçi kitobim” loyihasida “Qönoq” nomli kitobi çop etilgan.
(Hikoya)
Aytsam, işonmaysiz, işonsangiz, tomingiz ketadi. Ha-ha, tomingiz ketadi. Hammasi bugun ertalab boşlandi. Nonuştaga ötirayotsam keliningiz öttiz ikki tişini körsatib tirjayadi, oğzi quloğida. Keçagi maişatning boş oğriği zirqiratib turganda bu nima qiliq? Birov ölay desa…
– Tinçlikmi? Ertalabdan oğzingni yiğiştira olmayapsan? – dedim qizargan közlarimni undan uzmay.
– Ha, tinçlik, – deydi-da yana piq etib kuladi. – Odamlarga insof kirib qolibdi. Hovli supurayotsam sutçi xola sumkalarini kötarib ötib ketyapti. Boşqa kun “aylanay, örgilay” qilib söraşadigan, sutini maqtab hol-jonimga qöymay oldiradigan xolaga salom bersam alik olmaydi. “Töxtang, ikki litr sut bering” desam “Sut yöq, endi umuman bölmaydi” deb döq ham qildi. Xotinim oğzi tölib kampirning ğiybatiga tuşib ketdi. Soçiga oq tuşgan, tirikçilik yukidanmi, qarilik taʼsirimi, qaddi bukçayibroq yuradigan xolani men ham bir-ikki marta körganman. Rosti, unga rahmim kelardi. Şu bittagina sigirining sutini pullab, nevaralarining ğamini yeb yuribdi boyaqiş kampir, deb kerak bölsa-bölmasa sotib olardim. Keliningizning gaplari meni hayron qoldirdi. Uning sigir tugul, eçkisi ham yöq ekan. Bozordan kötara olib, ustiga ikki baravar narx qöyib “dom”dagilarga pullar ekan.
Ha nima qilibdi, şu ham gap böldiyu, deysiz-da. Men ham avvaliga şunday öyladim. Ammo birdan içimda bir narsa gumbirlab qolsa böladimi. Boşimning oğriği battar kuçaydi, köz oldim qoronğilaşib, xotinimga özim bilmagan holda “Şu desang…” deb, keçagi maişatning tafsilotlarini miridan-sirigaça aytib beryapman-da. Özim qörqib ketdim. Miyamda özimni töxtatmoqçi bölaman-u, içimdagi gap xuddi toşqin misol oqib kelyapti. Unga na bir töğon, na bir tösiq topolmayapman. Yaxşiki, kenjamiz uyğonib qoldi. Bölmasam maişatdan keyingi köngilxuşlikning “sandiği” oçilib, şarmanda bölardim. Xotinim bolani yuvib-taragunça, apil-tapil kiyinib özimni köçaga urdim.
Menga nima bölyapti, özi? Aʼzoi badanim qaltirab, köksimni bir narsa kuydiryapti. Nahotki, vijdon qurğur neça yuz yillab yotgan vulqon misol uyğonib qoldi. Buning oqibati yomon böladi, hali bu vulqon boşimga balolar yoğdirmasa edi.
Xayol bilan bölib, qizil çiroqdan ötganimni sezmay qolibman. YPX xodimining tayoqçasini körib, arang töxtab oldim. Hujjatlarim orasiga oltita beş mingtalikni solib, sekin yaqinlaşdim. Hayriyat, taniş ekan, kelişsa böladi desam, könmaydi-da! Şu yalinaman, iltimos qilaman yöq deydi. Boşqa payt “Iye, aka yana sizmi?” deb miyiğida kulib qöyadigan odam qaboği oçilmaydi.
– Aka, protokol tuzib, maşinangizni jarima maydoniga olib borişga majburmiz.
Ö-hö, rasmiyatçilikni rosa bopladi-ku! Körsatuvga olinyaptimi yo nari-berida boşliği turibdimikan degan öyda yon-atrofga alanglayman, heç qanday kamera ham, boşliq ham yöq. Bir vaqt boşimdagi oğriq boşlanib, aybimni tan olib turibman-da. Boşqa payt talaşib tortişadigan odam muloyim muşukday yalinyapman. Taniş-biliş ekanimizni, hatto, qadrdon bölib qolganimni qistirgandim, baloga qoldim. Yaqindagina quyuq söraşadigan xodim bugun insof, vijdon haqida vaʼz öqiydimi-yey, kuyib-pişib yöl qoidalarini tuşuntiradimi-yey, qizil çiroqdan ötiş naqadar ayançli oqibatlarga olib kelişi töğrisida maʼruza qiladimi-yey. Xullas, maşinani jarima maydoniga olib borgunça quloq miyamni yedi.
Tarvuzim qöltiğimdan tuşib, taksi töxtatdim. Işxonamning manzilini aytib, “tört ming böladimi” deb sörasam, bobillab berdi. “Insof bormi, özi, bir qadam joyga şunça pul beradimi, u yergaça bir litr benzin ham ketmaydi-ku, siz meni kim deb öylayapsiz, ikki ming bersangiz oborib qöyaman”, – desa-ya? Hayron qoldim…
Eng qiziği esa işxonada boşlandi. Eşikdan qorovulimiz Sarsen oğa peşvoz çiqdi. Odatda tavoze bilan körişadigan odam, ikki qölini paxsa qilib olgan.
– Soat neça bölganini bilasizmi? Boşliq ham şunaqangi masʼuliyatsiz böladimi? Hujjatingizni körsating, qani?
– Iye oğa, çap yoningiz bilan turdingizmi? Meni tanimayapsiz, şekilli?
– Juda yaxşi taniyman-da. Siz şu idoraga boşliqsiz. Qölingizda beş öntaça xodim bor. Xöş, nima böpti şunga? Bu degani işxonaga xohlagan paytda keliş kerak degani emas. Qonun-qoida hammaga barobar. Xafa bölmang-u, sizni ölgudek yomon köraman. Özingizça hol-ahvol söraysiz, nevaralarimni suriştirasiz, ammo qorovulning turiş-turmuşi sizni umuman qiziqtirmasligini közingiz aytib turadi. Siz ikkiyuzlamaçi, xudbin odamsiz. Töğrisi, har safar sizni körganda qölimni köksimga qöyib söraşiş, tilyoğlamaçilik qiliş jonga tegdi, uka. Baribir, foydasi yöq.
Rost gap ham şunça aççiq böladimi? Qalampir çaynaganday yuzim burişdi. Boşimning oğriği yana zöraydi. Içimdagi vulqon aʼzoi badanimni kuydirdi. Şunçalik közimni yoğ bosib ketdimi… Ayb özida, nafaqadagi odamga qorovul bölib işlaşni kim qöyibdi? Uyingda nevaralaringni rohatini körib, kampiringga aççiq kök çoyni damlatib, sörining ustida dam olib yot. Xayolimdan keçgan gaplar beixtiyor tilimga köçib qolsa deng. Çolga qattiq taʼsir qildi. Çap köksini çangallagança ötirib qoldi. Qutim öçib ketdi. Darrov tez yordamga telefon qildim. Oradan yarim soat ötib, yetib keldi. Ungaça kök çoy, qora çoy qilib bölarim böldi.
– Namunça keç qolmasanglar, – deb zahrimni soçmoqçi edim şartta oğzimga urişdi.
– Aka, uzr, “lojniy vizov” deb öylabmiz, – deydi.
Qorovulni kasalxonaga jönatib, xonamga kötarilayotsam oldimdan hisobçimiz çiqib qoldi. Rangi dokadek oqargan, közlari ola-kula. Taşviş yöqda taşviş böldi qaynonamning ölgani, deganday minğillab “Aka, sizda gapim bor” deydi. Obbo, buning ham içida vulqon uyğongan körinadi, gapidan alanganing isi kelyapti. Indamay xonaga boşladim.
Qabulxonada kotibamiz ötiribdi, közlari qizargan. Menga bir narsa söramoqçidek, biror najot izlayotgandek qaradi. Rahmim keldi. Axir, şunday ofatijon bir parivaş, hamma aytganingizni, ha, aynan hamma aytganingizni ortiği bilan bajara oladigan hurliqo sizga möltillab tursa, yuragingiz tars yorilmaydimi? Ammo pinagimni buzmadim, hisobçi bilan xonamga kirib ketdim.
“Xöş nima gap” deyişim bilan hisobçimiz dardi hol qilib ketdi.
– Aka, meni qutqaring. Ortiq çiday olmayman.
– Nima böldi, özi? Tuşuntiribroq gapir.
– Kamomadlarni joy-joyiga qöymoqçiman, siz ham “yegan”laringizni… qaytaring! – favqulodda buyruq ohangida çiqqan bu gapdan esankirab qoldim.
– Yolğon “vedomost”larni ham qayta töğirlab, xodimlarning oyligini boşdan hisoblaşimiz kerak. Işxonamizga tegişli maşina bilan törtta kompyuterni “spisaniye” qiliş haqidagi buyruqni ham bekor qilaylik.
– Esing joyidami?! Sen nimalar deyotganingni bilasanmi? Kimga tuhmat qilayotganingni anglayapsanmi? – deb baqirişimni bilaman yana boşim gangib, oğzimdan boşqa gaplar çiqa boşladi. – Yegan bölsam, yegandirman. Bir özim yebmanmi? Mening ham oşiradigan, oşatadigan joylarim bor. Boşliq böliş oson deysanmi? Qolaversa, kazo-kazolarning töy-maʼrakalari bor. Quruq borib bölmaydi. Nima, men çöntagimdan çiqaribmanmi? Maşina bilan kompyuter balansda bölgani bilan özi yöq ekanini mendan köra yaxşi bilasan-ku, katta xolamnikidan olib kelamanmi endi ularni? Bor “vedomost”larni töğirlab tur, olti oylik hisobotni ham boşqatdan qil!
Bunaqada aqldan oziş heç gapmas. Nimalar bölyapti? Qanday jin uryapti özi a, bu odamlarni? Xayollarim ğujğon urib miyamni portlatib yubordi. Nafas yetmay qoldi. Böyinboğimni böşatdim. He böyinboq taqmay har balo bölay! Ançagaça özimga kelolmay kursida çalqança ötirdim. Bir payt eşik taqillab, örinbosarimning boşi körindi, undan söng kadrlar bölimi boşliği, xöjalik işlari böyiça mudir, hisobçi, kassir opamiz… Hammasi qölida işdan böşaş haqidagi arizasi bilan kirib keldi. Lom-mim demadim, tuşundimki, ularning ham içidagi vulqoni qözğalgan, uni endi töxtatib bölmaydi. Imzo qöyib berdim.
Qöllarim qaltirab, yaqin taniş bölib qolgan revizor akamizga qönğiroq qildim.
– Allo. Assalomu alaykum, akaginam. Soğliqlar…
– Maqsadga öting, uka, vaqt yöq.
Iye, nima balo? Bu odamni ham jin çalibdimi deyman.
– Şu desangiz, direktorlikni topşirmoqçiman, aka, – dedim özimni göyoki taʼtilga çiqmoqçi odamday şöxçan körsatişga harakat qilib. – Ozgina yordamingiz kerak. Idorani butunlay tekşirib, hamma kamomadni çiqariş… Yöq, avvalgiday emas, bu safar rosmanasiga tekşiruv ötkazsangiz degandim…
– Siz meni tuşunmadingiz, çoği. Umuman ilojim yöq, bir soat oldin men işdan böşaganman…
Xayr-maʼzur qilmasdan göşakni qöygani alam qildi. Axir, kimsan falonçiman desam, öpkasini qöltiqlab yugurib keladigan odam şunday iş qilsa, jahlingiz çiqmaydimi? Lekin uni ham tuşuniş kerak, hammasiga içimizda uyğonib qolgan vulqon aybdor.
Stolim tagidagi tugmani bosdim. Sal turib kotiba körindi, özidan oldin esa bir varaq oq qoğoz.
– Arizami?
Tasdiq ohangida boş çayqadi. Beixtiyor uh tortib yubordim.
– Unda, yana bitta ariza tayyorlang. Boşqarma boşliğiga mening nomimdan. Faqat tezroq, u yoqdagilar ham işdan böşamay turib ulgurişim kerak…
Özimni xuddi quşdek yengil his qildim, boş oğriğim töxtadi, köksimni kemirayotgan oğir yukdan qutuldim. Yöl-yölakay bor pulimga bozor qilib, uyga yayov qaytdim.
Eşikni taqillatsam, heç kim oçmadi. Içkarida na ovoz, na oyoq tovuşi eşitildi. Kalitim bilan eşikni oçdim, yurakni ezadigan jimjitlik. Uyda heç kim yöq, huvillab yotibdi. Xontaxta ustida bir parça xat: “Şu paytgaça bolalarimiz uçungina sizga çidab keldim, ortiq toqatim qolmadi, meni izlamang!”
Alamdanmi yoki karaxtlikdanmi, beixtiyor muzlatgiçni oçib, Anvar şoir aytganidek “sabuhiy”, özbekça aytganda “paxmin” qildim. Oh, bunçalar aççiq bölmasa, bu aroq deganlari.
Birdan hamma narsa – devordagi naqşlar, şift, kiyim-keçak solinadigan şkaf, yerdagi gilam közimga issiq körinib ketdi. Qöl telefonim esa har doimgidan ham yoqimliroq jiringlab qoldi. Olsam, ertalab menga pöpisa qilgan hisobçi “Aka, aytganingizday hammasini tayyorlab qöydim, qöl qöysangiz, bas” deydi. “Nima, darrov-a, xöş, qança qarz böldim?”. “Unday demang, aka, boşimizda soyabon bölib turganingiz uçun biz sizdan qarzdormiz”.
Bunday özimga qarasam, keça uyga arang sudralib kelib, yeçişga ham ulgurmagan kiyimlarimda turgan ekanman.
Xursand bölib ketdim, hatto közim yoşlanganini ham sezmay qoldim. Oşxonaga ötdim, keliningiz yöq, tağin qörqib ketdim. Bir payt qölida sut bilan kirib qoldi. Bir öziga, bir qöliga qarab serrayib turganimni körib, izoh bera boşladi.
– Sutçi xola biram yaxşiki. Çaqaloğingizga ataylab ertalab soğilganidan olib keldim deydi.
– Xayriyat…
Bayram Aytmurod
