Fariştam bor

Muallif haqida:

Bibi Robiya Saidova — 1991 yilda tuğilgan. Özbekiston Milliy universiteti özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Hikoya, şeʼr va maqolalari Respublika matbuotida çop etib kelinadi. “Parvoz” deb nomlangan kitobi naşr etilgan.

Höl soçlarini yelkasi oşa taşlab, közguga soldi. Yuvib çiqqanidan söng odatdagidek birmunça ösgandek tuyuldi. Qayta-qayta art­sa-da, soçidan köz yoşlaridek oqayotgan tomçilar qöliga tuşib ğaşini keltirdi. Uy vazifasini bajarişga şaylanayotgan   singlisining oldiga bordi-da, soçini bir örim qilib örib qöyişini buyurdi. Singil endi uyğonayotgan iştiyoqini buzgani uçun oş ustiga kutilmaganda mehmon kelganday noxuşlanib, taroqni erinibgina qöliga oldi-da taray boşladi.

– Çiroyli qilib ör! Menga qara, agar ötgan safargiday ayrim joylari ğurraga öxşab şişib qolsa, anovi köylagimni kiyişga boşqa bermayman!

– Voy-vö, yaxşiyam bitta köylak ekan-ey. Sizga kim aytdi, uyqusirab turganimda ördiring deb. Özingizda ayb.

Singil yuziga sergaklik yugurganday böldi-da, opasining soçi bilan boyagidan boşqaça “muomala” qila boş­ladi. Soçni tekislab, teng uç qismga ajratdi. Qöllari orasiga olgan soçlarni qitiğlay-qitiğlay örişni boş­lar ekan, tösatdan barmoqlari harakati sustlaşdi. Ixtiyoridagi boşning ensa qismidagi soçlarini bir muddat paypasladi-da, opasiga kulimsiragança:

– Opa, yöğe, endi opoqi desammi, qiziq, mana bu soç tolangiz yarmigaça oqaribdi, oldinlari közim tuşmagan ekan, – dedi.

Opa kutilmaganda tarsaki yegan odamday örnidan sapçib ketdi:

– Nimalar deyapsan? Yana uyqusirayapsanmi, deyman, – yiği opaning böğziga qarab yugurdi. – Yaxşilab, qara, devorning oq-poqi tegib ketgandir. Qoqib kör-çi.

Singil opaning nogahon yiğlamsiraganidan xavotirlanib, çap quloq yuqorisidagi soçlarni yengilgina urib kördi:

– Opa, ketmayapti… Lekin arzimagan narsa-ku, nega siqilasiz? Ha-ya, topdim, balki böyoqdir. Öqişdan qaytayotganingizda biror joyda yangi böyalgan devorning ohagi tegib ketgan bölişi mumkin.

Közlaridan beixtiyor yoş donaçalari dumalab tuşayotgan opa endi sing­lisiga öşqirdi:

– Tentak, men senga devorlarga suya­nib yuradigan alkaşmidim?! Bundan taşqari devordagi öşa ohak   quloğimning tepasidagi soçlarim orasidan aynan mana şu tolaning yarmiga tegib ketadimi?! Menga qara-çi, – opa talvasaga tuşgan köyi davom etdi. – Yöq, aldayapsan. Yana hazillaşyapsan men bilan. Qani tezda qölimga öşa tolani tutqaz-çi, böl tez!

Singil opaning bu vajohatidan sarosimaga tuşgandi. Biroz şoşib qoldi-da, unga teskari bölib ötirgança çözilayotgan qölga “aybdor”ni uşlatdi. Opa barmoqlari orasidagi “aybdor”ni siquvga oldi-yu közguga qarab yugurdi. Singlisining hazillaşib turadigan odati şu safar ham takrorlanganiga butun vujudi bilan işonişga urinardi. Közini u yoqqa, boşini bu yoqqa qiyşaytirgança asov nigohini bir nuqtaga jamladi. Şuurida ilinib turgan ana şu yolğizgina ilinji boya soçlari uçidagi tomçilarga öxşab yerga tuşdi-yu çil-parçin böldi. Turgan joyiga asta çökkaladi-da, höngragança yiğlab yubordi. Uning nazarida göyo birozdan söng barça soçlari oqarib ketadi-yu, oğzida qolgan bir-ikki tişlarini körsatib irjaygança ğijimlangan qoğozdek yuzlarida ajin tarmoqlab ketgan keksalik qölidan sudrab olib ketadigandek tuyulardi. U şu yoşga kirib soçi kuni kelib oqarişi mumkinligi haqida öylaşga ulgurmagandi ham. Yoşlik bunga yöl qöymasdi.

Yiği ovoziga avvaliga singlisi, söng oşxonadan onasi yugurib keldi.

– Eh, şu yoşga kirib ham heç bosilmadilaring-da. Har doimgiday aytişib qoldilaringmi? Opangga yana nima deding? Qani, qizim, opangdan tezda keçirim söra-çi! Kap-katta qizsan, böldi yiğingni töxtat! Har gapni könglingga olaversang qanday yaşaysan bu hayotda?

Onaning jon kuydirib aytayotgan bu ovutişlari uçqunni alanga oldiriş uçun qilingan “puf-puf”laşday böldi.   Sababi, opa ana şu oqariş evaziga sing­lisi bilan ming marotaba urişib, ming marotaba keçirim söraşga tayyor ekanligini xayoliga keltirdi-yu yiğisi avjiga mindi. Ona bu oldingilariga öxşamagan holat ekanligini darrov payqadi-da boşqa gapirmadi. Söng kiçkina qiziga savol alomati bilan yuzlandi.

– Haligi… arzimagan narsa. Boya soçlarini örmoqçi bölayotganimda bir tola soçlarining yarmigina oqargan ekan. Şunga aza oçib ötiribdilar. Axir, opa, sizdan ham yoş-yoş qizlarda, öğil bolalarda, masalan, mening kursdoşlarimning ayrimlarida ham oqargan bir neç­ta tolalari körinib yotadi. Parvolariga keltirişmaydi-ku?

Bu gap “Atigi yarim tolaga şunçami, hali bunisi holva böladi” degandek tuyuldi-yu xörligi kelib öksinib-öksinib yiğlaşda davom etdi.   Ona ohangiga xavotir singgan nim tabassum bilan:

– Qani körsat-çi uni! – dedi. Singil kutib turganday tizzalari orasida ham bölib olgança yiğlayotgan boşga yaqinlaşdi va soç tolalarini ohista paypaslab, göyo ona hakamu, u guvoh bölib, “aybdor”ni körsatdi. Ona kulgusi şoda-şoda bölib gilamga tökildi.

– Hali ham bolaliging qolmagan, qizim-ey! Şu oqargan yarim tolang uçun şunça   yiğlayapsanmi? Yaxşi, yiğlayver, ana şu yarimtani butun qilib qöya qolasan.

Yiği bosimi asta-sekin pasaya boş­ladi va örnini hiqqillaşga böşatib berdi. Ona mayin ohangda davom etdi:

– Qizim, bundan keyin arzimagan har narsaga kuyinaverma. Xudo umrni insonga bu uçun bermaydi. Goh öqişingda baho uçun, goh dugonalaringni aytgan ayrim gaplari uçun siqilganing siqilgan. Senga bir paytlar aytib bergan   “Sulaymon uzugi” haqidagi rivoyatni yodingdan çiqarma.

Sulaymonning uzugiga yozilgan sözlar hozir unga tasalli berolmas edi. Opa içini kalamuşday kemirişga tayyor turgan puşaymonlarga berdi-da, alami kelib yana yiğini boşlamoqçi böldi. Ona buni darrov payqadi:

– Lekin senga yana bir gap aytay, soçingdagi bu tola boşqa narsadan darak. Bu hammada ham bölavermaydigan xosiyatli belgi, qizim. Aytişlariça, yoşligida kimning soçida senikiday oqargan tola bölsa, bu öşa insonning xos fariştasi hisoblanar ekan. – Yiği bu safar orqasiga qaytib ketdi. – Aksinça, sen xursand bölişing kerak. Qani, böldi, boşingni kötar, soddaginam-ey!

Kaftida olov tutgan odamday qaynoq mehr barmoqlarigaça ufurib turgan ona bukilgan tizzalar orasiga berkinib olgan boşni kötarib, bağriga bosdi. Singil boşi ham bundan benasib bölmadi. Ona bağridagi har ikki peşonadan mehr bilan öpdi:

– Qani, böldi, tura qolinglar. Hali öqilmagan qança kitoblar javonda sizlarni kutib yotibdi.

Opa boşidagi oq tola farişta ekanligini öylarkan, yuragida tölib qolgan toşlar birin-ketin tökilib tuşganday yengil tortdi. Söng bir umr suyaşga tayyor turgan yelkalardan boşini kötarar ekan, nigohi onasining oqargan soçlari bilan töqnaşdi. Göyo kimdir muzday suvni ustidan quyib yubordi. Bu suvning zahi yurakkaça borib yetdi. Uning nigohi qaytib çiqişni xayoliga ham keltirmay onasining soçlari orasida qoldi. Karaxtlik opani bir muddat oğuşiga öradi. Bu fursatda ona ovqatdan xabar olgani oşxonaga yöl oldi. Singil ham qolib ketayotgan darslariga qarab yugurdi.

Opa ötirgan joyida uzoq öyladi. Uni bu holga endi özining emas, balki onasining boşidagi “fariştalar” solgandi. U özini bu “fariştalar”ga ilk bora duç kelgandek his qilardi. Közlarini şunça vaqtdan beri şamğalat qilib kelayotgan kunlardan, oylardan, yillardan aççiği çiqdi. Ularga aldanib şamğalat bölgan közidan, özidan ğazablandi: “Nahotki, hozirga qadar zarraça payqamagan bölsam. Nahotki… Men… men esa şu bor yöği yarim tolagina soçim oqarganiga dunyoning diydiyosini qildim, hayotdagi barça fojialar yiğilib boşimga kelgandek his qildim özimni. Ammo onam… onajonim…” Közlaridan duv-duv tökilayotgan yoşlarini yenglari bilan arta-arta qiz endi onasini bağriga qattiq bosiş istagida oşxona tomonga şoşildi. Yaqinlaşar ekan, juda ohista tarzda şivirlaş quloğiga çalindi. Qadamlarini sekinlatdi-da, nigohini içkariga yölladi. Qarasa, ona yerga ötirgan köyi qiblaga yuzlanib qöllarini boşiga qadar kötargança Xudoga yolvorib nimalarnidir piçirlayotgan ekan.

Bibi Robiya SAIDOVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan