Özbek şunday deydi…

Bir asar taassuroti

 

Hamişa milliy adabiyotimiz vakillari, ayniqsa, nasrimiz namoyandalaridan katta umid qilib kelaman. Yoşmi, örta avlodmi, muallimga aylangan ustoz adiblarmi – barçasini öqişga harakat qilaman, nekbin bir nigoh bilan ijodini kuzataman. Ijodi jahonni zabt etgan Markesu Xeminguey, Joysu Vulf, Kortasar yoki Moyem kabi adiblarni inkor etmagan holimda özbek yozuvçilarini ulardan kam körgim kelmaydi. Çunki, yozmoq zahmatini ozgina bilganim uçun ham yaqinginada ötgan Asqad Muxtor, Odil Yoqubov, Şuhrat, Pirimqul Qodirov, Şukur Xolmirzayev kabi salaflarimizning asarlarini jiddiyat bilan öqib, ularning ham özbek bölib, (Bu juda muşkul iş. Hisob-kitob qilinsa, bir yarim ştatlik iş özbeklik degani.Ş.S.) ham şunday ijodiy merosni bizga qoldirib ketganlariga tasanno deyman.

Ayrim davralarda menga turk adibi Rişod Nuri Guntekin, gruziyalik Nodar Dumbadze, abxaz Fozil Iskandar yoki ovrupolik qalam sohiblarini maqtayverib, ularning asarlaridan topgan hikmatini quloğimga quya­verib sillamni quritişadi. Avvaliga jim tinglayman, “Ha, mahoratli, katta isteʼdodli yozuvçilar” deb gap berib turaman. Asta-sekin özimiz haqimizda gap boşlanganida hamsuhbatimning ensasi qotganini köraman, pisandasini eşitaman, oxiri bölmaydi – yorilaman: “Uluğbek xazinasi”ni öqiganmisiz? “Vafodor” degan, kör kişi ignada yozgan romanni-çi? Oybekni bilarsiz — “Navoiy” romani bor. Asqad Muxtorning “Qoraqalpoqnoma” asarini yoki Şukur Xolmirzayevning “Ön sakkizga kirmagan kim bor?” asari… Va hokazo…

Qarşimda burnini jiyirib öltirgan “xos kitobxon” birodarim men aytgan kitoblarni öqimagan, öqisa-da “ikkinçi sort” deb biluvçi, ularning mualliflarini esa jaydarilikda ayblovçi bir jonzotki, unga gap uqtirib bölmaydi. Umrida bir tun qon yutib qoğoz bilan yuzma-yuz böliş azobidan bebahra bu kabi haqparastlar bilan sira-sira suvim tinimaydi. U kişiga Navoiyni gapirsang, “Qaçongaça ötganlar bilan maqtanamiz” deb oğzingga uradi, Şukur akani gapirsang, “çapani” deydi, Ahmad Aʼzamni öqimagan böladi — tanimaydi, Nazar Eşonqul desang, “ğarbning taqlidçisi” deydi, Ötkir Hoşimov, Toğay Murod, Erkin Aʼzam kabi ustalarni öylab ötirmay “mahalliyçi”, “yuki yengil” kabi ayblar bilan kamsitaveradi. Öz adabiyotini qadrlab, qiyoslab, boriça eʼzozlayolmagan bunday bilağonlar, uyiga mehmon kelganida keksa, kambağal otasini közdan panaroq xonaga bekitib qöyuvçi gumrohga öxşaydi.

Hazrat Qodiriydan boşlab romanga ham ötgan, mustabid davrning har 30-40 yilida “kallaklanib” turgan, ötgan yuzyillikda ne-ne asarlarni dunyoga bergan yozuvçilarimizni avval öqib, biznikilar nega bunday öylaşlari va yozişlari sirini tuşunib, öziga xos yöriqqa tuşganimizning sababi — yaxşimi-yomonmi öz feʼl-atvoriga ega millat bölib şakllanganimiz ekani, bu bemisl yutuqligini (millat bölib şakllanolmagan elatlar juda köp dunyoda.) anglaşimiz kerak. Bir oddiy haqiqatni bilaman: özidan ğururlanolmagan va öziga tanqidiy köz bilan qaray olmagan, bir söz bilan aytganda, öz qadrini bilmagan xalqning holiga voy, oxiri — tanazzul.

Va tağin bir öqirman sifatida bilaman, bizda jahonga olib çiqsa bölguday, jahonni öziga qaratguday asarlar talaygina.

Bu gap-sözlar, mulohazalar taniqli yozuvçi Xayriddin Sultonovning “Odamlardan tinglab hikoya” nomli kitobini öqiş asnosida tuğildi, özbekni, milliy adiblarimizni yana bir bor yaxşi körib ketdim.

Özbek böliş qiyin, özbek bölib qoliş bir-bir yarim ştatlik iş! Qon-qoniga mehmondöstlik, özi oç bölsayam mehmonini, özi oğrib tursayam bolasini, özi muhtoj bölsayam bemorning köng­lini öylaydigan, ado qilgan işini ğurur bilan aytiş örniga “vazifam edi, bajardim-da” deb yelka qisib turadigan, ayni damda qitmirligi ham, egiluvçanligi ham, eng muhimi tantiligi, qöli oçiqligi heç bir xalqqa öxşamagan bunday odamlarning keng dunyoda boşqa nusxasi yöq. Şu xalqning yuragini tinglab, dardu ğussasini öziga olib, qalam surayotgan adiblarga rahmat. Xususan, “Odamlardan tinglab hikoya” muallifiga ham!

Kitob juda köp jihatlari bilan kaminaga manzur böldi. Undan joy olgan 31ta hikoyaning hammasi monolog tarzida bitilgan. Qiziği, butun boşli kitobdagi barça hikoya şunday — bir xil fasonda qurilgan esa-da, ğaşga tegmaydi, zerikmaysiz. Sababi, har biri mus­taqil asar bölgan bu hikoyalarning hammasi hayotiy, tirik odamlarning tarzi, ularni har kuni yonimizda köramiz. Dardlari ham, quvonçlari ham juda taniş, qadrdon! Ayrim hikoyalardagi badbin kimsalarning qiyofasi ham juda özbekona.

Kitob boşdan oxir özbeklar haqida! Bu taʼrif ğalati eşitilmasinki, özbeklar haqida, uning hayoti, kiru yorqin turmuşi haqida mardona yoziş özi bölmaydi. Tili özbekça-yu maʼnosi betayin asarlar bisyor zamonda bunday kitob “yarq” etib körinadi.

Biz öz farzandimizga, öz otamizga şunday munosabatda bölamiz doim: qusurlaridan aççiğlanamiz, xatosidan nadomat qilamiz, kiçkinagina yutuğidan ham benihoya quvonib ketamiz, silqib turgan dardini körib, çor-noçor malham izlab yuguramiz, aybini pardalab aytamiz, yaxşisini oşiramiz, yomonini yaşiramiz. Va uni iç-içimizdan yaxşi köramiz, ortidan yaxşilik soğinamiz, oyoğiga tikon kirsa tanimiz zirqirab ketadi. Uşbu kitob öz xalqiga ana şunday mehrli, dardli nigoh bilan boqib turgan adibning içkuyar bir asaridir.

Kitobdagi “Millatçining jazosi” hikoyasi qahramoni mus­taqillikdan keyin ismidagi bir harfni özgartirmoq, yaʼni “sof özbek” bölmoq niyatida “pasportstol”ga boradi va qiynalib bölsada, maqsadiga erişadi, ammo boşqa — şu vaqtgaça amalda bölgan hujjatlari sabab juda köp savdolarga duç keladi, hatto öz nomidagi uyidan ajralişiga bir bahya qoladi. Va ismi avvalgidek bir harf nuqsoni bilan qolişiga jon-jon deb rozi böladi. Bu sovet davridan qolgan çandiq — hammaga taniş muammo hikoyada juda hayotiy tas­virlangan. Bunday muammo özbekka xos, özbekkina öz ismini özgartirsa byurokratiya degan devorga boşi borib uriladi, bu devor bizga juda taniş. Buni hikoyadagina aytiş, oğriniş, örtaniş va yupaniş mumkin.

Xalqimizning ilk mustaqillik yillaridan tortib bugungi kungaça ötgan yöli, vaqt ötgan sari özgarayotgan dunyoqaraşi, almaşinayotgan rasm-rusumlari, oşayotgan tajriba bilan bir paytda yöqolayotgan ayrim fazilatlari, qöyingki, özbekning hayoti aks etgan bu hikoyalar özimizga taşqaridan – yozuvçi közi bilan qaraşga bir ajoyib vositadir. “Birinçi million”, “Mantiq darsi”, “Sudda”, “Otabekning janozasi” kabi hikoyalarni kitobxon oğrinib, yuragi örtanib öqiydi, ularning har biridagi milliy dard öquvçiga yuqadi. Köngil bir xörsinib oladi. “Bu bizning hayotimiz” degan murodga keladi. “Yaxşisiyam, yomoniyam — özimizniki!” degan xulosa köngilni kengaytiradi. Öyga çulğaydi.

Kitobdagi “Tarjimai hol” hikoyasi esa olis toğlardagi çöponning qora uy — ötovini yodimga soldi. (Garçi hikoyada ötov yoki çöpon hayoti tasvirlanmagan. Ş.S.) Gap şundaki, ötovning devori — keragalar yiğilib turgan paytda ixçam, bir-ikki yilqiga yuk böladi. Ammo uni yoyib qaddini rostlasa undan butun boş­li qora uy bino böladi. “Tarjimai hol” — yiğilib turgan keraga kabi. Unda millatning timsoli bölgan bir oilaning bir asrlik hayoti tas­virlangan. Bu hikoya­ni muallif keragani yoygandek yoysa — adabiyotimiz zör bir romanga boyir edi. Asardagi Oq poşşo zamonidan mustaqillik davrigaça bölgan fursatda öziga töq, ziyoli bir oila vakillarining ne-ne azob­larni boşdan keçirgani, bir uyda ötirgan keksa onaning tilidan hikoya qilinadi. Roviyning öz jigarlari — ota-onasi, opa-singillari, yolğiz akasidan ajralişlari, tağin qonidagi özbekka xos yaşovçanlik, Xudodan umidvorlikdan kuç olib, yerga ajriqday yopişib, hayot bilan talaşib-tortişib, hikoyada aytilganidek, avlodlarni “oğzida tişlab, orqasiga opiçlab” yillar tuzoğidan omon ötişi va… dorilomon kunlarga yetib kelişi juda katta jasorat. Asarni qonida özbekdan bir urpoği bölgan odam betaʼsir, diydasi yoşlanmay öqiy olmaydi. Mutolaa söngida öquvçi özi mansub şu xalqqa qarata, beixtiyor “borlar içra bor bölib, törtovoraning orasida telpaging qirrayib yurgin-da” degan aziz tilovlarni eslasa ajabmas. Yodimga bir şeʼrimdagi satrlar keldi:

Olamda musavvir, maşşoq xalqlar bor,

Ellar tomoşaga navbatda turgan.

Ammo özbek degan buyuk dehqon bor,

Özbek esa doim xirmon kötargan…

Özbek şunday bölgan — xirmon kötargan, borini ulaşgan, yöqqa sabr, boriga şukr qilgan. Asardagi odamlar hayotini tomoşa qilib turib, bunça matonat, toqat, betinim mehnatga kuç qaydan deysiz? “Men körmaganni bolam körsin, men qiynalsam ham bolam yaxşi yaşasin” degan özbekka xos tutumni, Xudoga tavakkal qilib, umid uzmay yaşagan odamlarimiz naqadar çin muslim ekanini teran his etasiz. Elga niyatiga yaraşa podşoh kelarkan, niyatiga yaraşa rizq-nasiba berilarkan. Niyatiga, oyoq olişiga qarab uluğ farzand­lar tuhfa etilarkan. Dunyoga saboq bergan mudarris­lar, muhaddislar, aziz avliyolar, şoirlar, olimlar, jahongirlar çiqqan özbekning ham Xudoga yoqqan joyi bor. Bu jihat şunday: tongda işga, şomda uyga qaytayotgan, rözğorini, qora qozonini qaynatib, ertasini Ollohga tavakkal qilib, har damda umid va qörquv orasida ötayotgan oddiy, keng­feʼl odamlarning tilovi bu! Ilm ham, maʼrifat ham, toju davlat ham şu qadoqqöllarning duosida, ezgin, ezgu niyatlarida jamdir.

Rahmatli onajonim, “Turib tuyoq böl, yonib çiroq böl. Elga nafing köp bölsin!” deb köp tilar edi. Millatning bir oilasi — bir bölagi haqidagi “Tarjimai hol” hikoyasi şu kabi aziz tuyğularimni esga soldi, boz tiriltirdi.

* * *

Munaqqid emasman. Yomon öquvçi ham emasman. Kuniga bir yangi kitob çiqib yotgan jamiyatimizda har qaysi kitob ham örnimdan qözğatavermaydi. Köngil hamma kitoblardan ham tölğonmaydi. Şu sabab köngil bir toşdi, şularni qoğozga tuşirdim. Yaxşisi, kitobni topib öqiş kerak. (Ammo bu kitob ham boşqa yaxşi kitoblar kabi juda kam adadda çop etilgan – 2000 tagina.) Sof milliy tafakkur bilan yonib turgan muallifga barakali ijod va umr tilayman!

Şodmonqul SALOM,

Özbekiston Yozuvçilar

uyuşmasi aʼzosi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan