Ötayotgan yil bilan suhbat
2020 yilni bayramu şodiyonalar bilan kutib olgandik. Unga uyimizning töridan joy körsatdik. Oldinda bizni nimalar kutayotgani şubhasizki, heç kimning yetti uxlab, tuşiga ham kirmagandi…
Mayli, nima bölganda ham bu yilni ham kuzatiş arafasida turibmiz. Yöqotişlar, yutuqlarimiz öz yöliga. Bugun 2020 yilni topib, köç-köronini yiğiştirayotgan joyida ikki oğiz suhbatini oldik. Keling, birgalikda yilning eng esda qolarli, jamoatçilik orasida qizğin muhokamalarga sabab bölgan ayrim voqealari haqida u bilan gaplaşamiz.
— Avvalo, vaqtingiz tiğiz bölsa–da, ostonada turgan holatda suhbatga rozi bölganingiz uçun rahmat.
— Haaaaapççuuu, arzimaydi!
— Iltimos, niqobingizni yaxşilab taqib olsangiz. Iloji bölsa, ikki qavat “maska” taqsangiz ham mayli.
— Öxx-xu, öxx-xu. Xöp…
— Aytingçi, nega aynan sizda bunçalik köp köngilsizliklar sodir böldi? Hammamiz uçun bu qadar sinovli yil böldingiz?
— Bilasizmi, döstim, bu aslida menga boğliq emas. Şaxsan aybim yöq mening. Köring, hozir kimda yöq kasallik? Odamlar köp göşt yeyapti. Hammaning etida ortiqça göşt! Men bitta göştni aytmayapman. Odamlar keragidan köproq yeyişga örganib qoldi özi. Oqibatda bu muammolar yiğilib, töplanib qolgandi. Şunçaki, jabrini tortiş mening çekimga tuşgan ekan, töqmoq mening boşimda sindi, xolos.
— Töğri, sizga ham qiyin böldi. Lekin fuqarolarimiz siz öylagançalik köp göşt yeydi, deb hisoblamayman. Göştning narxi palon söm bölsa, aholining daromadi siz aytgançalik “köp göşt yeyişga” yetarmikan, nima deb öylaysiz?
— Iya, bu nima deganingiz? 5 nafar farzandi bölgan va bitta oylik maoşi bilan yaşayotgan oilaga ikki yarim million söm oylik bemalol yetadi. Buni iqtisodçilar allaqaçon hisoblab çiqişgan. Qolaversa, aholi jon boşiga 5600 sömdan köp daromad topayotgan bölsangiz, demak siz kambağal oilaga kirmaysiz. Hatto kuniga 5600 söm topayotgan gadoy ham ança öziga töq umrguzaronlik qiladi! Yaşaş şaroitingiz yaxşi bölganidan keyin, uyda göştsiz ovqat bölmaydi-da!
— Şunaqa deng. Buxorodagi tabiiy ofat, Söx va Ğuzordagi ğalayonlarga munosabatingiz qanday? Bu ham sizning çekingizga çiqqan favqulodda köngilsizliklarmidi?
— Endi, internet degan bir balo çiqib, yomon böldi-da, döstim. U hayotimizga şunçalik şiddat bilan kirib keldiki, bu insonlar onggiga salbiy taʼsir körsatdi, ularning psixologiyasiga kuçli zarba berdi. Nafaqat odamlar, balki flora va fauna olamiga ham bu voqealar öz taʼsirini ötkazmay qolmadi. Masalan, Sardoba suv omborini eslang. U yerdagi suv jonivorlari ombor yon-atrofini kavlab taşlagan ekan (boşqa joy qurib qolganday!), baliqlar ham miyasi aynib qolib, boşini devorlarga uravergan. Natijada, qanday köngilsiz hodisa yuzaga keldi. Endi, siz sanagan voqealar, töğrisi, baribir menga boğliq emas. Hali aytdimku, bu mengaça töplanib qolgandi. Aksinça, 2020 yilda yuzaga çiqib, birin-ketin hal etildi va hamon muammolar örganilyapti.
— Ayrim tumanlarimizga gaz va elektr energiyasi yetib borganu lekin yolçitib berilmayapti. Odamlar hatto norozi bölib, köçaga çiqqan holatlar ham kuzatildi?
— Töğri, hammasini oçiq aytiş kerak. Bor narsani bor, yöqni esa yöq deyiş lozim. Tan olaman, men kirib kelganimda, çekka tumanlar ham gaz va elektr energiyasi bilan taʼminlanadi, deb rejalaştirilgan edi. Ammo turli sabablar, xususan, pandemiya tufayli bu işlar amalga oşmay qoldi. Odamlarning talab qilişga haqqi bor. Mutasaddilar bu borada ham harakat boşlaşgan, yaqinda Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov ham bu mahsulotlarning ortiqça isteʼmolga yöl qöymasligini tarğib qilamiz, bugunning eng dolzarb vazifasi şu, deya munosabat bildirgandi-ku. Eşitdingizmi özi şuni?
— 2020 yil, töğrisini aytsam, sizning ketayotganingizdan juda xursandmiz! Aytingçi, siz bilan bölgan köngilsizliklar yangi yilda bartaraf etiladimi? Jarohatlarni “davolaş” uçun yana qança vaqt kerak, deb öylaysiz?
— Yangi yil bilan haliça körişmadim. Aaaaapçu!
— Soğ böling!
— Rahmat! Yangi yil hozirda “Tashkent sity”da Tiktokerlar bilan uçraşuvda ekan. Yoniga kirişga, oçiğini aytsam, 10 ming söm topa olmadim. Özingizga maʼlum, bu yil xarajatlar rosa köp böldi. Menimça, yangi yilda zafarlar örni birin-ketin qoplanadi. Yanayam bilmadim.
— Ötgan yilda uşalmagan armoningiz bormi?
— Dardimni söradingiz, muxbir bola. Şu desangiz, boşida çanada kelib, yil oxirida “Trailblazer” bölmasa ham, hamyonbop va sifatliroq ulovda ortga qaytaman, deb öylagandim. Afsuski, şu niyatim orzuligiça qolib ketdi-da… Bu masalada Antimonopoliya qömitasi ham yordam bera olmadi. Öx-xu!
— “Maska”ngizni yaxşilab taqib, imkon qadar yangi yil bilan körişmasligingiz va koronavirusni unga ham yuqtirmasdan, özingiz bilan olib ketişingizga tilakdoşmiz. Suhbat uçun esa taşakkur!
Abdulaziz Ahmedov
suhbatlaşdi.
