Oliy sud nega fuqarolarni qabul qilmayapti?
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev özining Telegram’dagi kanali orqali Oliy sud vakillarining fuqarolar uçun qabul eşiklarini yopib olganini tanqid qildi.
Afsuski, bizga kelayotgan murojaatlarning aksariyati sud faoliyati va qarorlaridan norozilik bilan boğliq. Va sönggi vaqtlarda bu norozilik qatoriga Oliy sud vakillarining fuqarolar uçun qabul eşiklarini yopib, “bizda qabul yöq”, degan prinsipda iş tutayotgani ham qöşildi.
Deputatlar qabulxonasida har kuni “bizni Oliy sud rahbarlari qabuliga kiriting, qabulga kira olmayapmiz”, degan gapni eşitaveriş ğalati bölarkan.
“Sudga borgan har bir fuqaro faqat adolat topişiga kafolat beramiz… Har bir insonning taqdirini hal etişda ongimizda — adolat, tilimizda — haqiqat, dilimizda esa poklik ustuvor böladi”, deya bağrikeng xalqimizga murojaat qilib, Özbekiston sudyalarining boşida turgan idora rahbariyati öz xalqining fuqarolarini qabul qilişdan özini tortsa-ya?!
“Yaxşiyam pandemiya bor ekan. Qabulni töxtatib qöyişga ayni muddao böldi. Biroq karantin tartibi yengillaşdi, barça idora va taşkilotlar fuqarolarni sanitariya talablariga rioya etgan holda qabul qilyapti. Lekin Oliy sud, nega siz qabul qilmaysiz? Siz oydan tuşganmisiz, yo xalqdan ustun oliy irqdanmisiz?
Yaqinda Qonunçilik palatasining yalpi majlisida hatto spiker Nuriddinjon Ismoilov ham Oliy sudning fuqarolarni qabul qilmayotganligiga eʼtiroz bildirganda, Oliy sud raisi örinbosari Ikrom Muslimov qabul masalasida muammo yöqligini aytib, vaʼda bergandi. Özim ham bir neça bor Oliy sudga boğlandim, “muammo yöq kelsin fuqarolar”, deyişdi.
Natijada esa, viloyatlardan umid bilan kelgan fuqarolar “boring qabul qiladi”, degan gapimizga işonib, Oliy sud eşigi tagida kun böyi sarğayib vaqtini va işonçini yöqotayapti.
Oliy sud, siz parlamentni, 34 millionlik xalq vakillarini ham aldadingiz. Biz sizdan birgina narsa — öz xalqingiz fuqarolarini qabul qilişni, eşitişni söradik, xolos. Şu oğirmi?
Biz sudning çinakam mustaqil bölişini istaymiz va bu yölda ularni töliq qöllab-quvvatlaymiz. Biroq şartimiz — sud davlat idorasiga emas, avvalo fuqarolarning manfaatlariga xizmat qilsin, ularning dardu taşvişlariga quloq tutib, qonunlarga asosan adolatli qaror qabul qilsin. Sud boşidagilar öz işini unutib, turizmni tarğibot qiliş uçun toqqa borib, heç qanday sud-söroqsiz odamlarning uyini “özboşimça qurilgan”, deb prokuror va hokim bilan uylarni buzdirmasin, Özbekistonni dunyoga şarmanda qilmasin!
Qiyin bölsa ham adolat yölida işlayotgan vijdoni borlaridan uzr söragan holda, fuqarolarni qabul qila olmaydigan Oliy suddagi janoblarga köpçilik nomidan oxirgi savol: siz özi kimga xizmat qilayapsiz?
PS.: Bizni populizm va asossizlikda ayblab, idorama-idora şikoyat qiliş va falonça fuqaroni qabul qildik, degan statistika bilan “reaksiya” qilib, özingizni oqlaşdan avval fuqarolarni qabul qilişni boşlang. Mayli şunda biz populist va yolğonçi bölişga rozimiz, faqat siz fuqarolarni qabul qiling va eşiting!
Rasul KUŞERBAYEV,
Oliy Majlis Qonunçilik
palatasi deputati
