Tasvirga olişning qoidasi bor, şuni ham bilmaysizmi, bloger?
Bugungi sud–huquq tizimidagi islohotlar endilikda sudlarning çinakam mustaqilligini, oçiq va şaffofligini taʼminlaşiga şubha yöq.
Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda sudlar faoliyati bilan boğliq salbiy çiqişlar köpaydi. Töğri, jamiyatda söz erkinligi taʼminlanmoqda. Ammo bu degani bilib-bilmay sudga taʼsir ötkaziş, ommaga notöğri axborot beriş kerak degani emas-da!
Ötgan yilning 28 dekabr kuni “UzNews.uz” muxbiri, tadbirkorlik subʼyekti murojaatiga köra, Oliy sudning iqtisodiy işlari böyiça sudlov hayʼati tomonidan körib çiqilayotgan iş böyiça sud majlisida iştirok etgan.
Aytadiki, Oçiq sud majlislarida OAV vakillari iştirok etişiga tösqinlik qilinmasligi qonunlarimizda belgilab qöyilgan. Uşbu tamoyil iqtisodiy, şuningdek, fuqarolik, jinoyat va maʼmuriy sudlovlarni amalga oşirilişini tartibga soluvçi Kodekslarda ham öz aksini topgan. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020 yil 21 fevraldagi “Sud muhokamasi oşkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot oliş huquqini taʼminlaş töğrisida”gi qarorida sud muhokamasi oşkoraligi protsess iştirokçisi bölmagan şaxslarga, şu jumladan, ommaviy axborot vositalari vakillariga sud majlisida qatnaşiş imkoniyati berilişi bilan taʼminlanişi körsatilgan”.
Töğri. Ammo ommaviy axborot vositalari xodimlari qanday holatlarda videotasvirga oliş masalalari ham plenum qarorida aniq belgilab berilgan.
Sud binosi şunçaki kirdi-çiqdi joy emas, istagan odam “tap” etib bostirib kiraveradigan. Bu yerda nizolar köriladi, taraflar yuzma-yuz böladi, inson taqdiri hal etiladi. Şuning uçun özini hurmat qilgan jurnalistmi, blogermi sud majlisiga kelgaç, avvalo, oddiy röyxatdan ötişi kerak. Iş bilan biron idoraga borilganda ham kirişga ruxsat söraladi-ku, şunday emas-mi? Sud jarayonini tasvirga oliş masalasi esa alohida masala. Bunda taraflar roziligi söraladi, albatta. Va raislik etuvçining ruxsati kerak böladi. Bu oddiy qoidalarni ayrim blogerlar tan olgisi kelmaydi negadir. Demoqçimizki, bloger masalaning mohiyatini bilmay turib munosabat bildirişdan oldin, etika va madaniyatini örgansa yaxşi bölardi. Sudyaning sud majlisida kim iştirok etayotganligiga aniqlik kiritişi, bu blogerning söroqqa tutilişini anglatmaydi.
“Namanganliklar.uz” kanali blogeri esa jinoyat işlari böyiça Pop tuman sudining oçiq sud majlisiga kiritilmagani, oçiqdan-oçiq tahdid va qarşiliklarga uçragani haqida bong uribdi. Bu yerda ham vahima qilişga asos yöq. Çunki, ularning asosiy maqsadi keliboq jarayonni videotasvirga oliş bölgan. Ammo yuqorida aytganimizdek, buning öz tartib-qoidasi bor. Birinçi navbatda, sudda qatnaşayotgan taraflarning, qolaversa, raislik qiluvçining roziligini oliş lozim böladi. Ayting-çi, hamma huquqbuzar, jinoyatçi, meros talaşayotgan fuqaro yoki şartnoma talabini buzgan tadbirkor ham özini tasvirga tuşirtirib, ommaga eʼlon qilişni istaydimi? Bu öta nozik mavzu.
Ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuvga sabab bölgan yana bir voqea bu “Effekt.uz” muxbiri E.Tojiboyevning tasvirçisi bilan jinoyat işlari böyiça Termiz tuman sudiga borib janjal uyuştirgani böldi.
“Biz ommaviy axborot vositadanmiz, biz sudni yoritişga haqlimiz”, deydi bloger. Uning sud raisiga bosim ötkazgani tarqatilgan videoda oçiq oydin körinib turibdi.
Birinçidan, bloger OAV vakili hisoblanmaydi, u şunçaki söz erkinligidan foydalanişi mumkin bölgan har bir fuqaro bilan teppa teng bir fuqarodir. Köpgina blogerlar Boş qomusimizda “sudlarda işlar oçiq köriladi”, deyilgan deb iddao qilişadi. Göyo faqat özlariga tegişli moddani öqigandek. Ammo ular göyo 112-moddani unutadilar. Yaʼni, “Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga böysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oşiriş borasidagi faoliyatlariga biron-bir tarzda aralaşişga yöl qöyilmaydi va bunday aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab böladi” deyilgan.
Qiziği, sud jarayoni ketayapti. Bloger rais huzuriga kirib intervyu olmoqçi. Hali qaror qonuniy kuçga kirmagan. Jinoyat protsessual kodeksining 14-moddasida aniq yozib qöyilgan: “Sudning iş yurituvida bölgan işlar böyiça qabul qilingan sud hujjatlari qonuniy kuçga kirgunga qadar sudya ular yuzasidan ommaviy axborot vositlarida çiqişga haqli emas.” Sudya buni juda yaxşi biladi. Şuning uçun kasb qoidalariga amal qilib, intervyu berişga şoşilmaydi.
Blogerning: “Biz bu sud jarayonini tasvirga olişimiz kerak”, deyişi qançalik töğri ekanligini özingiz tuşunib olavering.
Afsuski, aksariyat blogerlar uşbu qoidalarni sinçiklab öqimagan. Agar öqigan bölişganida, ularning janjal uyuştirişiga hojat qolmasdi. Qani bu yerda odob etikasi, muomala madaniyati. Afsuski, ayrim blogerlar sohani yoritar ekan, masalaning içiga çuqurroq kirib borişmaydi.
Yuqoridagi uç holat böyiça Oliy sud va Sudyalar oliy kengaşi tomonidan munosabat bildirildi. Ayni paytda “Effekt.uz” muxbirining xatti-harakati yuzasidan hujjatlar rasmiylaştirilib, örganib çiqiş uçun prokuratura idoralariga yuborilgan.
Aytiş joizki, bugungi kunda sud-huquq sohasidagi islohotlar bois, OAV bilan hamkorlikni kuçaytiriş maqsadida Oliy sudda Jamoatçilik va OAV bilan hamkorlik boşqarmasi taşkil etildi. Viloyatlarda boşqarmaning xodimlari iş olib bormoqda. Ular jurnalistlar va blogerlarning har qanday savoliga javob berişga tayyor. Murojaat qilinsa, kifoya.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, bitta xulosa qiliş mumkin: jurnalistlar, OAVlari professional kasb egalaridir. Ular qonun-qoida talablarini yaxşi biladilar. Kasb etikasiga ega insonlar. Ammo… bugungi kunda, asosan, ijtimoiy tarmoqlarda turli şov-şuv kötarayotganlarning aksariyati har xil saytu tarmoq muxbirlarimiz deb özlarini bilayotganlarning asl mutaxassisliklari kim, qonunlarni bilişlari, qisqaça aytganda savod masalasi neçoğlik, oddiy insoniy fazilatlari-çi?
Afsuski, bu savollarga köpinça ijobiy javob berib bölmaydi. Şunday ekan, bilib qöying ey, siz blogerlar, axborot olişning, söz erkinligidan foydalanişning ham öz tartibi, odobi bor!
Zokirjon QÖZIBOYEV,
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi
Jamoatçilik va OAV bilan hamkorlik
boşqarmasi katta maslahatçisi.
