Hammasi ortda qolmadi!
Insoniyat köp ming yillik tarixi davomida ne-ne baloyu ofatlarni boşdan keçirmagan, deysiz. Turli tabiat hodisalari, qirğinbarot uruşlar deysizmi va yana qançadan-qança davosiz kasalligu ölatlar…
Yangi davrga kelib, globallaşgan dunyo odamiga yana bir oğir dard — koronavirus balosi xavf soldi. 2019 yilning oxirlarida Xitoyda tarqala boşlagan virus köp ötmay jahonning bir neça davlatlarida qayd etildi. Bugun yer yuzida tojdor virus kirib bormagan davlat qolmadi hisob.
Ötgan bir yildan ortiq vaqt mobaynida pandemiya sababli dunyoning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy vaziyatida köplab salbiy özgarişlar keçdi. Kasalxonalar koronavirus yuqtirgan bemorlar bilan tölib ketdi, infeksiya sababli ölimlar soni ortdi. Dunyoda ekspertlar tomonidan “2008-2009 yildagi jahon iqtisodiy inqirozidan köra kuçliroq”, deb baholangan sinov boşlandi. Köplab korxonalar, xizmat körsatiş obʼyektlarining faoliyati töxtab qoldi. Ayrim hududlarda oçarçiliklar avjiga çiqdi…
Prezidentimiz ötgan yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “Pandemiya jahon iqtisodiyoti uçun – şunga eʼtibor bering – har oyda qariyb 400 milliard dollar miqdorida zarar keltirmoqda. Bugungi kunga qadar dunyo böyiça 500 millionta iş örni yöqotilgan”, degan dalilni keltirib ötdi.
Jahon Soğliqni saqlaş taşkiloti maʼlumotiga köra, joriy yilning 9 fevral kuni sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan 376 mingdan ortiq yangidan kasallaniş holati aniqlangan, 9 ming 664 nafar bemor vafot etgan.
Jons Xopkins universitetining öşa kungi maʼlumotlariga qarasak, şu paytgaça dunyoda kasallikni 106 million 471 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 325 mingdan ortiği vafot etgan.
Soğliqni saqlaş vazirligining axborot berişiça, 2021 yil 8 fevral holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79 ming 204 (+42) nafarni taşkil etmoqda. Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlardan 153 nafari oğir, 29 nafari esa öta oğir ahvolda. Bugun yaşirişga, “xas-pöşlaş”ga hojat yöq, bu raqamlar aniq röyxatdan ötgan bemorlarga oid maʼlumot. Ammo heç qayerga bormay uyida davolangan, kasallikni bilib-bilmay ötkazib yuborganlar-çi, ular ham kam emas.
Şuningdek, xabaringiz bor, yanvar oyi oxirida tojdor virusning Birlaşgan Qirollikda paydo bölgan turi, yaʼni hozir dunyo ahli xavfsirayotgan “britança” ştammi ming afsuski, yurtimizda ham aniqlangan.
Virusning “britança” ştammiga qarşi körilayotgan çoralar böyiça ötkazilgan brifingda koronavirusga qarşi kuraş ştabi aʼzosi Nurmat Atabekov “Virus ham izlanişda va u yangi ştammlarni paydo qiliş orqali özining himoyasiga harakat qilmoqda”, deb aytdi. Kördingizmi, bu balo qançalik ayyor çiqdi.
Hatto şu virus öz himoyasi haqida qayğuryapti ekan-a. Biz nega ğaflatga çömişimiz kerak? Nima uçun xotirjamlikka berilişimiz kerak? Axir ötgan yili şu ofat dastidan ne kunlarni boşdan keçirmadik? Qança-qança yurtdoşlarimizni koronavirus dastidan yöqotmadikmi? Neça oylab köçada bemalol yurolmadik, emin-erkin bozor-öçar, bayram-tadbir qilolmadik, yoru birodarlarimizning diydorini körolmadik; öquvçiyu talabalarning bilim olişi çeklanib qoldi, işlab çiqariş korxonalari faoliyati töxtadi va hokazo… Boşdan keçirgan qiyinçiliklarimizni qatorlaştirib sanamasak ham, özingiz unutib ulgurmagan bölsangiz kerak. Hozir tibbiy niqobni 500, sifatlisini 1000 sömdan sotişyapti, bundan bir neça oygina oldin otning kallasidek narxga bölsa ham uni olişga tayyor edik-ku…
Hozir yana bozorlarda, jamoat joylarida masofa saqlamay yura boşlaganimiz, şahar avtobuslarida, metroda tiqilişib ketib borayotganimiz yoki ayrim joylarda uzundan-uzun tiğiz navbatlarda turayotganimiz bizning mutlaqo xavfdan xalos bölganimizni ifodalamaydi. Aksinça, AQŞ, Hindiston, Braziliya, Rossiya va Yevropaning bir qança davlatlarida qayta jonlangan ofat bamaylixotirlikka berilmaslik şartligini körsatmoqda.
Maʼlumotlarga köra, koronavirusning yangi ştammi avvalgisiga qaraganda 71 foiz köproq yuquvçan va tarqaluvçan ekan. Bu esa 71 foiz köproq eʼtiborli bölişimiz kerak deganidir. Kasallikning yangi turi aholi orasiga yoyilib ketmasligi uçun çet eldan kirib kelayotganlar çegaralarimizda jiddiy tekşiruvdan ötmoqdalar. Soğliqni saqlaş tizimi vakillari esa zarur bölmagan hollarda yurtdoşlarimizning çet el safarlariga çiqmay turişlarini söramoqda.
Hozir mamlakatimizda vaziyat ança izga tuşgandek körinsa-da, biroq bu hali hammasi ortda qoldi, degani emas. Negaki, yuqorida aytganimizdek, dunyoda ahvol jiddiyligiça qolmoqda. Şunday ekan, jamoat joylarida yuzga niqob taqib yurişni kundalik odatdan çiqarib, köçalarda bemalol yurgan vatandoşlarimiz, avvalo, öz soğliğini, qolaversa, yaqinlari salomatligini öylasalar yaxşi bölardi. Töy-tomoşalarga izn berildi, ammo ularga töda-töda bölib boriş va bazmda niqobsiz yallo qilib yurişning oldini olgan maʼqul.
Yaşirişga hojat yöq, bugun tibbiy niqob taqayotganlar faqat poytaxtda qoldi, hisob. Afsuski, viloyatlarda bunga umuman rioya qilişmayotir. Körib-bilib yuribmizki, aholining köpçilik qismi eng oddiy karantin qoidalariga ham rioya qilmayapti. Misol uçun, yaqinda Surxondaryo, Qaşqadaryo taraflarda böldik. Töylar, marakalarda 300-400 dan ziyod odamlar qatnaşmoqda. Aqalli biror kişining niqob taqqanini körmaysiz.
Köçalarda, bozor va boşqa joylarda ham şu ahvol. Nahot, biz uçun kimdir nazoratçi bölişi kerak? Axir, soğligimiz, xavfsizligimiz, avvalo, özimiz uçun kerak emasmi?
Quyida Mavlono Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy” asaridan bir hikoyatni keltirsak:
Bir kişi jazirama sahroda tuya minib, yonida bir itni ergaştirib ketayotgan ekan. Ular juda ham köp yöl yurganidan haligi it çanqab, qorni oçib, madordan qolib yiqilibdi. Xöjayini darhol tuyadan tuşib qarasaki, it öladigan. U yoğidan ötib qarabdi, bu yoğidan ötib qarabdi, nima qilişini bilmabdi. Oxiri beçora it ölib qolibdi. Haligi odam itini azbaroyi yaxşi körganidan ustiga özini taşlab dod solib yiğlayveribdi. Öşa atrofdan ötayotgan bir badaviy uning faryodini eşitib kelibdi va yiğisining sababini sörabdi. “Körmayapsanmi, itim oçlik, suvsizlikdan ölib qoldi”, debdi boyagi odam. Badaviy tuyaning örkaçlari orasidagi xurjinni körsatib, içida nima borligini sörabdi. “Bir közida köpgina non, ikkinçi közida meşlar töla suv bor”, deb aytibdi. Itning egasi badaviyning “Non-suving bor ekan, nega itingga bermading?” degan savoliga esa “Ularni özim uçun olganman”, deya javob qilibdi. Badaviy bu odamga hayron-hayron qarab: “Itingning hayoti öz qölingda böla turib ölişiga qöyib beribsan, bas, endi nega yiğlaysan?” — degan ekan.
Bu hikoyatdan maʼno şuki, özimizning, yaqinlarimizning, qöyingki, butun xalqning salomatligini, hayotini asraş har birimizga boğliq. Agar biz qölimizdan keladigan, imkonimiz bölgan oddiy işlarni qilmasak: niqob taqmasak, dezinfeksiya vositalaridan foydalanmasak yoki boşqa zarur ehtiyot çoralariga amal qilmasak, xurjinida non-suvi böla turib, itining oçlik va taşnalikdan ölişiga yöl qöygan odamning işini qilgan bölmaymizmi? Keyin çekadigan puşaymonligimizu tökadigan köz yoşlarimizdan ne naf?
Şahzod ŞODMONOV
