Vahima — yarim kasallik, sabr — şifoning boşi
Özidan ham vahimasi yomon bölgan koronavirus pandemiyasi mamlakatimizga kirib keldi.
Özbekiston Respublikasi Boş vaziri tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida bu virusga qarşi mamlakatimizda amalga oşirilgan işlar, joriy holat, virusga çalingan fuqaro va izolyatsiyaga olingan şaxslar va aniq rejalar haqida batafsil, keng muşohada bilan hissiyotga berilmasdan maʼlumotlar taqdim qilindi. Jurnalistlarning barça savollariga atrofliça javob berildi.
Eng muhimi OAV, ayniqsa, blogerlardan aholi orasida vahima tarqatmaslik söraldi, bu borada javobgarlik mavjudligi töğrisida ogohlantirildi. Yiğilişdan söng ötgan davr içidagi vaziyat mahalliy OAV, bu masalada özlarini masʼuliyatli tutişga harakat qildi, deyişimizga asoslar mavjud. Biroq boşqa mamlakatlarda bölganidek, yurtimizda ham bu kasallik aholi örtasida maʼlum vahimani keltirib çiqargani ham bor gap.
Şu narsa ayonki, koronavirus kabi yalpi xavflarga qarşi kuraşda kompleks jarayon bölişi lozim. Bunda uning barça turdagi salbiy oqibatlarining oldini oliş uçun keng kölamli yondaşuv zarur. Jumladan, aholi orasida vahimaga yöl qöymaslik eng ustuvor yönalişlardan biri sifatida qaralişi lozim böladi. Biz özgalarning xatolaridan, tarixda vahima tufayli kelib çiqqan katta yöqotişlardan zarur xulosa qilişimiz zarur.
“Duşmandan qörqma, vahimadan qörq”, deyilgan maqol ham bor.
Vahima özi nima?
Psixologiyaga oid kitoblarda vahima — his-tuyğu va kayfiyatning buzilişi sifatida qaraladi. Vahimada odamni asossiz qörquv bosadi, kişi nimadandir xavotirlanib, hadiksiraydi, bezovta böladi, köngli ğaşlanib, oromi yöqoladi. Unga kelajakda falokat bölişi muqarrardek, özi yoki yaqinlarining hayoti xavf ostida turgandek tuyuladi.
Bunday şaroitda şaxsda asosli, oqilona qarorlar qabul qiliş layoqati çeklanadi.
Albatta bu holat faqat bizning mamlakatimizga xos desak, adolatdan bölmaydi. Zero, koronavirusning jahon miqyosidagi zararlari haqida bir-biridan mudhiş xabarlar köpayib borayotgan bir şaroitda, köplab mamlakatlarda bizda keça kuzatilganiga öxşaş vaziyatlar böy körsatmoqda.
Mazkur holatni ayrim mutaxassislar insonning qadimga davr yoki örta asrlarda bölib ötgan pandemiyalarning “genetik” asorati sifatida baholaşadi. Ammo biz XVIII-XIX asrda emas, hatto XX asrda ham emas, balki XXI asrda yaşayotganligimizni unutmasligimiz kerak.
Sönggi yuz yillikdagi insoniyatning ösiş körsatkiçlari aynan tibbiyotning taraqqiyoti evaziga insonning umumiy umr köriş davomiyligi ortganligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.
Agar jiddiy faktlarga eʼtibor qaratadigan bölsak, bugun bundan oldin kuzatilgan pandemiyalardan köra, ança kamroq xavf oldida turganimiz, yaqqol közga taşlanadi — 16 mart holatiga köra, mazkur kasallikka çalinganlar örtasida ölim holatlari 4 foizga ham yetmaydi.
Bundan kelib çiqadiki, koronavirus xuddi terrorizmga öxşaş effekt uyğotmoqda, yaʼni aslida terrorizm ortidan keng kölamli uruşga nisbatan kamroq qurbonlar berilsa-da, lekin uning ommaviy axborot vositalaridagi “dovruği” butun dunyoni larzaga soladi.
Axborot va ijtimoiy masʼuliyat
Mazkur pandemiya hali epidemiya bosqiçidayoq, Şveysariya Milliy teleradiokompaniyasining Xalqaro axborot xizmati “bir tomondan, OAV aholini voqealar rivojidan xabardor qilib turişimiz kerak, boşqa tomondan esa OAV yoki ommaviy kommunikatsiya vositalaridagi “faollar” köproq “layk” yiğiş uçun vahimani kuçaytirişimiz – axloqsizlikdir”, deya yozgan edi.
Xorijdagi özbek auditoriyasiga möljallangan ayrim destruktiv OAV fuqarolarimizdan bozor, savdo obʼyektlardagi navbatlar haqida foto va video materiallarni jönatişni sörab murojaat qilmoqda. Bundan nima muddaoligi aniq. Ular yana bir bor özlarining haqiqiy başarasini körsatmoqdalar xolos. Bunday foto va video materiallarning tarqatilişi yanada sarosima va vahimaning tarqalişiga xizmat qiladi xolos. Bu esa ular kutgan holat.
Taʼkidlaş lozimki, bugungi kunda biror-bir kasallik keng tarqalişida transport-kommunikatsiyalarining rivojlanganligi va insonlarning turli maqsadlardagi harakatlanişi eng muhim omil bölib turibdi. Boşqa tomondan bu jarayonda insonlarning özlarini qanday tutişi muhim ahamiyatga ega.
Sabr şifodir
Mazkur vaziyatda nafaqat tibbiyot sohasi, balki inson ruhiyatini örganadigan sotsial psixologiya mutaxassislari katta sahnaga çiqişi lozim körinadi. Zero, buyuk bobokalonimiz Ibn Sino aytganlaridek, vahimaning özi yarim kasallikdir. Xotirjamlik yarim soğlikdir. Sabr esa şifoning boşlanişidir.
Albatta, keng ommadan oddiygina qilib, özini namunali tutişni söraş, yetarli bölmasligi mumkin. Çunki u bugun juda katta axborot bosimi ostida qolgan. Ana şunday şaroitda sotsialogiya, psixologiya mutaxassislari aynan öşa kommunikatsiya vositalari orqali insonlarni özlari bilmagan holda vahimaga berilib, turli harakatlardan tiyilişga çaqiriş yöllarini körsatib, turişsa ayni muddao bölar edi.
Sinov va javobgarlik
Millat va mamlakat tarixida şunday kunlar böladiki, bu paytda xalq özining bir maqsad yölida birlaşa oliş qobiliyatini namoyon eta olişi, qiyinçiliklarni mardonavor qarşi olişga tayyorligini körsatib qöyişi lozim. Bunga öxşaş vaziyatlarda albatta taşabbusni öz qöliga oladigan qatlam bölişi lozim. Bunday qatlam esa mantiqiy ravişda davlat xizmatçilari bölişi kerak. Zero, ular öz xizmat vazifalarini sidqidildan, fidoyilarça bajariş bilan bir qatorda, ana şunday xalq boşiga oğir sinov tuşgan paytda jamiyatda özini tutişi bilan boşqalarga şaxsiy namuna körsatişi va yuksak axloqiy qoidalarga rioya qilişi lozim. Buni bizdan köra, bir neça ming barobar yirik xavf ostida qolgan Xitoy tajribasi isbotlab berdi.
Milliy qonunçiligimizda vahima tarqatganlik uçun mutanosib jinoiy javobgarlik mavjudligi, ana şunday harakatlarni öylab yoki öylamay sodir qilayotgan şaxslarni yana bir bor huşyorlikka çaqirişiga umid qilamiz.
Xususan, aholi orasida vahima çiqarişga qaratilgan materiallarni tayyorlaş yoki ularni tarqatiş maqsadida saqlaş 44 mln. 600 ming sömdan 89 mln. 200 ming sömgaça miqdorda jarima yoki 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Aholi orasida vahima çiqarişga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday şaklda tarqatiş 66 mln. 900 ming sömdan 89 mln. 200 ming sömgaça miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Agar yuqoridagi harakatlar oldindan til biriktirib yoki bir guruh şaxslar tomonidan; ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, şuningdek, internet jahon axborot tarmoğidan foydalanib sodir etilgan bölsa, 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Şuni taʼkidlaşni istardikki, biz hozir duç kelgan taşvişlar ötib ketadi, ğalvir suvdan kötariladigan vaqt keladi… Ana şu vaqt kelganda, bosib ötgan yölimizni nafaqat özimiz, balki bizga yumşoq qilib aytganda xayrixoh bölmagan kuçlar ham tahlil qiladi. Özbekiston xalqi qiyinçilikni qançalik oqilona yengib ötdi degan savol yuzaga çiqadi, ojiz jihatlarimizni aniqlaşga harakat qilişadi.
Ammo biz bu vaziyatda xalqimizning qadimdan şakllanib kelgan donişmandlik xislatlari namoyon bölişiga işonamiz va bu kelajakda bizning xotirjamligimizga rahna solmoqçi bölgan ğarazgöylarga aniq signal bölib xizmat qiladi hamda zinhor xalqimizni olomonga aylantirişga jazm etmaydilar.
Xudoyor Meliyev,
Adliya vazirligi masʼul xodimi.
