Ölim duosini kim daf qila oladi?

Hayotda baʼzan yetti uxlab tuşingga kirmaydigan ğalati hodisalar ham uçrab turar ekan. Bölmasa… odam odamga ölim tilaşini qanday tuşuniş mumkin? Aslida bu voqea şunday bölgan edi.

— Ha, işonavering sizga va oila aʼzolaringizga ölim duosi yoğilgan, — dedi Xiva tuman Soyot qişloği Oq köl MFYda yaşovçi uyga kirib kelgan opa-singil G. va Z.Abdullayeva (ism-şarifi özgartirilgan)lar. Bundan xonadon sohibasining esxonasi çiqib ketdi.

— Voy ölmasam, endi nima böladi?

— Heç narsa bölmaydi, biz buning çorasini topamiz.

Ular es-huşidan ayrilayozgan ayolning sotiliş bahosi 2.700.000 söm “kardinal” tilla zanjiri, bir juft sotiliş bahosi 1.620.000 sömlik “jemçug” tilla ziraklari, sotiliş bahosi 1.080.000 sömlik tilla uzugi, sotiliş bahosi 13.000 sömlik “Yantar” kungaboqar moyi, sotiliş bahosi 25.000 sömlik “Clear” şampuni va sotiliş bahosi 3000 sömlik kir yuviş sovunini qölga kiritişib, uning jami 5.441.000 sömlik mol-mulkini firibgarlik yöli bilan özlaştirişadi.

Opa-singillar tilla taqinçoqlarni olib, römolga öraganini, ölim duosini oçiş uçun duo qilişganini aytib, römolni uyning yotoqxonasidagi şkaf ustiga taşlaydilar. Rö­molga öralgan taqinçoqlarni uç kungaça oçmaslikni, yetti kun bu haqda heç kimga aytmaslikni tayinlaşadi. Ayollar uydan çiqib ketganidan keyin jabr­lanuvçi römolni oçib qarasa, içidan qotgan non bölagi çiqqan xolos. Bu haqda darhol IIBga murojaat qiladi…

Sud tomonidan jinoyat işidagi mavjud dalillar va guvohlar körsatmalari har taraflama, sinçiklab  tekşirilib, sudlanuvçilarning ayolligi, oilaviy ahvoli, yetkazilgan zararlar qoplangani inobatga olinib, ularga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan ayb­lov hukmi çiqarildi.

Xonadon egasi keyin bilsa, bu opa-singillar baklaşka yiğuvçi niqobidagi firibgarlarning özginasi ekan. Attang, odam şu darajada işonuvçan, laqma böladimi, axir?!

Birovlarning mol-mulkini “tuya” qiladigan bunday firibgarlarning tuzoğiga ilinmang, azizlar.

M.Hasanov,

jinoyat işlari böyiça Xiva tuman sudi raisi.

Şerjon Maşaripov,

“Xiva tongi” gazetasi boş muharriri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan