Vahimaga örin yöq, lekin…

Ming afsuski, bir yildan köproq vaqt ötsa ham, hamon butun dunyo nigohi soat sayin ösib borayotgan kasallik aniqlanganlar körsatkiçida bölib qolmoqda. Odamning eslagisi ham kelmaydi. Qança kulfat, taşviş keltirdi bu ofat. Koronavirus balosidan qaçon butkul xalos bölar ekanmiz? Hozirça heç kim bir nimarsa deb aytolmas…

2020 yil yakunida yurtimizdagi vaziyat biroz yengillaşganday böldi, nazarimizda. Oqibatda yangi yilga ötar-ötmas himoya niqoblaridan deyarli voz keçdik, karantin qoidalari ham esdan çiqdi. Ommaviy tadbirlar, töyu maʼrakalar avjiga çiqib, anʼanaviy hayot tarziga endi qayta boşlagandik hamki, na iloj, “kuy avjida uzildi tor” — joriy yilning 15 mart sanasidan boşlab koronavirusga çaliniş holatlari yana orta boşladi…

Maʼlumotlarga qaraganda, 2021 yilning mart holatiga köra, Toşkent şahrining 10 tumanidagi 77ta umumtaʼlim maktabida jami 150 nafar öquvçiga koronavirusdan zararlaniş taş­­xisi qöyilgan. Bundan taşqari, 24ta maktabning 31 nafar öqituvçisida; 13 ta maktabgaça taʼlim muassasalarining 15 nafar tarbiyalanuvçisi va 8 ta MTMning 8 nafar tarbiyaçisida; 9 ta oliy taʼlim muassasasining 25 nafar talabasi va 5 ta oliy taʼlim muassasasining 7 nafar öqituvçisida; 6 ta litseyning 7 nafar öquvçisi va 4 ta litseyning 4 nafar ustoz-öqituvçilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Tan oliş kerak, markaz joylarda jarima tölamaslik uçungina niqob taqib, özimiz va atrofdagilar soğliğiga mutlaqo befarq bölib qolgandik. Sönggi paytlarda televideniyedagi körsatuvlarda ham (masalan, “Bolajon” telekanalining bir loyihasida topişmoq aytiladi, jamoaga bölingan bolalar esa öz guruhdoşlari bilan quçoqlaşib, masofa saqlamasdan savolga javob qidiradilar va hokazo) karantin qoidalari deyarli buzilib, tarğibot işlari amalga oşirilmay qöymoqda. Jamoat transportlari, bozor va boşqa şu kabi odam gavjum joylarda ham antiseptik vosita, himoya niqoblaridan foydalanmayapmiz, hisob. Tumanlarimizdagi ahvolni esa aytsang til, aytmasang dil kuyadi. Viloyatlarga borib körgan biladi, odamlar xuddi karantin tartib-qoidalari ularga aloqasi yöqdek bemalol yurişibdi…

Kasallikning “isi” çiqqan ilk kunlari kuzatilgan tanqisliklar yodingizdami? Bozor va dökonlarda kartoşka va boşqa mahsulotlar tanqis bölib, “yöqolib” qolgani-çi?

Dorixonalarda tanqis dorilarning topilmay qolganlari-çi?

… Joriy yilning 15 mart kuni Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayev boşçiligida maxsus komissiya yiğilişi ötkazildi. Şu kundan boşlab poytaxtda karantin talablariga rioya qilinişi qatʼiy nazoratga olina boşladi. Respublika böyiça ham bu kabi tadbirlar ötkaziş va tarğibot işlarini köpaytirib, nazoratni kuçaytiriş yölga qöyilmoqda…

Birinçi navbatda özimiz qanday davrda yaşayotganimizni çin dildan his qilmay, oila aʼzolarimiz va yaqinlarimizni nazoratga olmasak, körilayotgan çoralar zarraça natija bermaydi.

Dunyoni özgartiriş niyati bor odam işni örnini tartibga keltirişdan boşlaydi. Şunday ekan, eng avvalo, özimiz özimizni nazorat qilsakkina, hammasi yaxşi böladi.

Abdulaziz ABDUVALI öğli

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan