Yolğon ham evi bilan-da!

Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Qiziq zamon böldi, baʼzida ijtimoiy tarmoqlarda qaysi bir maşhur odamning vafot etgani haqidagi xabar tarqalib ketadi. Lekin, Xudoga şukrki, ketidan bu gapning yolğonligi ham yozib çiqiladi. Hay, endi bir şov-şuv-da, desangiz, buning ortida bir inson, uning taqdiri turibdi. Axir, oldingi xabarni öqiganlarning hammasi ham keyingi xabarni öqiydi yo köradi, deb öylaysizmi?..

Buni qarangki, ikki hafta burun “Telegramm”   tarmoğida Şoira Azimovaning “Prezident qölidan unvon olişni xohlamagan şoir Rauf Parfi” degan materiali eʼlon qilindi. Tagiga: “Rauf Parfi nega: “Unvon ‒ men uçun harom”, degan?” sözlaridan iborat tagsarlavha ham qöyilgan.

Hozirgaça uni 15 ming 86 kişi köribdi.

Matnga eʼtibor qaratsangiz, bunga tamoman zid holat bayoniga duç kelasiz. Rauf Parfi umrining oxirlarida poytaxt çekkasidagi qaysi bir zavodning yotoqxonasida oilasi bilan turar ekan. Militsiya xodimlari: “Propiskangiz yöq”, deb kelaverib, bezor qilişganida, har gal ularga “Özbekiston xalq şoiri” unvonini tasdiqlovçi guvohnomani körsatib, qutulib qolar emiş. “Bu hujjatni faqat şuning uçun olib yuraman”, deb aytgan emiş uni körişga borganlarga.

Yaqinlarining aytişiça, hayotining sönggi yillarida Rauf aka pasportini yöqotib qöygan, ana xolos, haqiqat bu yoqda ekan-ku!

Demak, mabodo militsiya xodimlari suriştirib kelgan bölsa, propiska emas, avvalo, pasportni sörab kelgan. Şunday ekan, unvoni bitilgan yorliqni körsatgan bölişi tabiiy holat.

Yana bir jiddiy xato: Rauf Parfiga 1999 yili Mus­taqillik bayrami arafasida hukumatning qarori bilan Özbekiston xalq şoiri unvoni berilgan emiş. Birinçidan, mamlakatimizda davlat mukofotlarini hukumat, yaʼni Vazirlar Mahkamasi bermaydi, davlat beradi. Ikkinçidan, bunday unvon qaror bilan emas, Prezident farmoni bilan beriladi. Savodsizlik ham şunçalik böladimi?! Bloger bölsangiz özingizga, istaganimni yozaman desangiz xato qilasiz! Avval siyosiy jarayonlarni bir qur örganib olsangiz özingizga yaxşi. Elga kulgu bölmaysiz.

Amaldagi tartibni yaxşi bilamiz. Rauf Parfi nomzodi mukofotga Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi imzosi bilan tavsiya etilgan. Bunda uyuşmaning öşa paytdagi rai­­si Abdulla Oripovning adolatli taşabbuskorligini ham esdan çiqarmaslik kerak.

Bundan taşqari, tartib-qoidaga köra, mukofotga tavsiya etilganlarning hujjati oldindan tayyorlanadi. Ularni nomzodning iştirokisiz amalga oşirişning heç iloji yöq. Pasport, maʼlumotnoma, yaqin qarindoşlar haqida maʼlumotlar va hokazolar yiğiladi. Ana endi vafotidan keyin mukofotga tavsiya etilganlarning hujatlarini tayyorlaşning qançalar azob ekanini köz oldingizga keltiring.

Aytmoqçimizki, Rauf aka unvonga tavsiya etilganidan töla xabardor bölgan. Voz keçsa, nega öşa mahal voz keçib qöya qolmagan? Amaldagi tartiblar böyiça, heç kimga tomdan taraşa tuşganday, yaʼni kutilmaganda, heç qanday hujjat söramay yo majburan davlat mukofotlari berilmaydi.

Şoir bu unvonni olganida hamma xursand bölgan emiş-u, uning özi xursand bölmagan emiş. Bu ‒ mutlaqo bölmagan gap!

Birinçidan, unvonni tasdiqlovçi guvohnomani, boringki, militsiya xodimlariga körsatiş uçun bölsa ham, yonida olib yuribdi ekan-ku. Ikkinçidan, davlat bu unvon egasiga umrining oxirigaça har oy eng kam oylik maoşning maʼlum miqdorida pul tölab boradi. Rauf aka şu pullarni olmagan, deb hisoblaysizmi? Buni tasdiqlovçi hujjat bormi qölingizda? Aksinça, davlat arxivida bu pullarni har oy imzo çekib olgani töğrisida maʼlumotlar saqlanadi.

Endi mana bu siyosiy savodsizlikka diqqat qiling: oradan bir kun ötib, öşa vaqtda mamlakat Prezidenti bölgan Islom Karimov unvonlarni egalariga topşirgan emiş. Holbuki, öşa paytdagi qoidaga köra, Mustaqillik arafasida farmon bilan taqdirlanganlarga mukofotlar Konstitutsiya kuni arafasida, yaʼni dekabrning boşlarida topşirilgan. Bu — haqiqat. Buni hamma biladi.

Odamlar öz manfaatlariga mos­lab, tarixni xohlagança böyab-bejab körsataversa, voqelikni körgan-bilgan, uning içida bölgan, bevosita guvoh kişilar qarab turaversak, adolatdan böladimi?!

Yolğonning yolğonligini kimdir isbotlab berişi kerak-ku!

Axir, Rauf Parfi yolğonni juda-juda yomon körar edi. Şuning uçun, aziz birodarlar, kelinglar, öz tariximiz, öz davlatimizni özimiz yomonlaşni bas qilaylik. Juda yomonlagimiz kelib ketsa, heç bölmaganda, yolğon-yaşiqlarni qöşib-çatib, xalqni, yoş avlodni bunday çalğitmaylik!

Sultonmurod OLIM,

filologiya fanlari nomzodi,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan