Gazeta çiqmay qolsa, faqat muharrir aybdormi? Yoxud viloyatdagi bosma naşrlarning bugungi ahvoli haqida mulohazalar
Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev diqqatiga!
Maʼlumki, ayni çoğda özbek jurnalistikasi, bosma naşrlar, ayniqsa, Qaşqadaryo viloyatida naşr etilayotgan köpgina gazetalar moddiy-maʼnaviy jihatdan juda oğir ahvolga tuşib qolgan. Eʼtiborsizlik şu darajadaki, viloyat hokimligi va viloyatdagi sohaga “sadağang ketay” mutasaddilar 2021 yil obunasi uçun nomiga bölsa-da “tavsiya etamiz” degan sözni ham aytişmadi. Oqibatda esa jamiyatning közgusi bölgan bosma naşrlar ayni paytda xira tortgulik ahvolda…
“Hurriyat” gazetasining şu yil 9 iyundagi 24-sonida asli muboraklik, bugun poytaxtda yaşab, ijod qilayotgan şoir-jurnalist Oçil Tohirning “Muborak hayoti”ning hayoti söndimi?” — deya kuyunçaklik bilan yozgan maqolasini öqib qoldim. Bunda u gazeta muharririni noşudlikda ayblayapti. Men Oçil akani tuşunaman. U kişining qizişganida ham jon bor. Çunki u kişi bundan yigirma beş-öttiz yillar oldin Muborakda zör işlagandi. U paytlari neftçi va gazçilar maskani bölgan Muborakda tuman televideniyesi faoliyat körsatardi, uçta bosma naşr – “Muborak hayoti”, “Xalq ovozi”, “Özbekiston yonilği-energetikasi” – “Toplivnaya energetika Uzbekistana” gazetalari çop etilardi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining tayançlaridan hisoblangan Muborak gazni qayta işlaş zavodi va Muborak neft-gaz qazib çiqariş boşqarmalari hisobidan obunalar taşkil etilardi. Odamlar gazetalarni bepul öqişar, jamiyatdagi voqea-hodisalarga munosabatlarini yozişar, ijodiy maşqlarini eʼlon qilişardi. Adabiy muhit kuçli, ijodiy jöşqinlik hukmron edi…
Men özim ham 1992 yilda Muborakda taşkil etilib, Qarşi şahrida özbek va rus tillarida naşr etilgan “Özbekiston yonilği-energetikasi” — “Toplivnaya energetika Uzbekistana” gazetasining özbek bölimi muharriri sifatida işlaganman. Gazetada istiqlolning dastlabki yillarida Muborak gazni qayta işlaş zavodining yangi quvvatlari bunyod etilişi, “Alang” va “Kökdumaloq” konlarining özlaştirilişi, yaʼni mamlakat yonilği-energetika resurslari mustaqilligini taʼminlaş va uni mustahkamlaş yölida mardonavor mehnat qilgan neftçi-gazçilar faoliyatini keng yoritganmiz.
Çunki odamlar yuksak vatanparvarlik namunalarini körsatib, fidoyilarça mehnat qildilar. Muborakning özidan ikki nafar Özbekiston Qahramoni, ön nafarga yaqin “Özbekistonda xizmat körsatgan sanoat xodimi” unvonlari sohiblari va boşqa yuksak mukofotlarga sazovor bölgan işlab çiqariş ilğorlari yetişib çiqqani ham fidokorona mehnatlarning davlatimiz, qolaversa, xalqimiz tomonidan munosib eʼtirof etilganligining ifodasidir. Men ham uşbu mehnat ilğorlari haqida öndan ortiq kitob yozdim…
Afsuski, hozir ijodiy jöşqinligimiz biroz sokinlaşib qoldi. “Özbekiston yonilği-energetikasi” – “Toplivnaya energetika Uzbekistana” gazetasi ham “jon taslim qiliş” arafasida. Turli sabablarga köra, yirik neft-gaz korxonalari muassislikdan voz keçişdi, obuna bölmay qöyişdi. Holbuki, har kunlik işlab çiqariş hajmi bir neça ön milliard sömni taşkil etadigan bu gigant korxonalar işçilari, qolaversa, hududdagi maktablarning öqituvçi va öquvçi-yoşlari uçun turli bosma naşrlarga obuna taşkil etib bersalar, birov urişmaydi-ku? Ular maʼnaviyatga eʼtiborni unutib qöymoqdalar.
“Muborak hayoti” gazetasi muharriri Akram Iskandarovning goh hokimlikka, goh tumandagi yirik korxonalar mutasaddilariga xat yozib, obunaga yordam sörab yolvorib, sarğayib yurganliklariga köp marta guvoh bölganman…
Burnoği yil u yonimga kelib, gazetada qoloq bir maktab faoliyatidan tanqidiy maqola eʼlon qilgani uçun tuman xalq taʼlimi bölimi mutasaddilari “arazlab”, obunaga yordam bermay qöygani, muassis bölmiş tuman hokimligiga najot istab borsa, ular ham quruq vaʼdadan nariga ötmagani, gazeta davlat tasarrufidan çiqarilib, xususiylaştirilişi mumkinligi haqida gap tarqagani haqida yozğirgandi. Uning “tutayotganini” körib, battar “pufladim”:
— Şartmidi şu, atrofga qarang, sönggi uç-tört yil içida olimlar, adiblar, döxtirlar, öqituvçilar davlat tomonidan qanday zör qöllab-quvvatlanayapti. Mahalla tizimi, maktabgaça taʼlimni rivojlantirişga katta mablağlar sarflanmoqda. Kambağal-noçorlarga yordam berilayotir. Siz bölsangiz, öz yoğingizga özingiz qovurilib, jizğanak bölib yuribsiz. Heç kimga kerak emassiz. Hukumat ham ötgan yili yozda eʼlon qilingan Davlat boşqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari muassisligidagi davriy bosma naşrlarni qöllab-quvvatlaş va ular faoliyatini yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tarbirlar töğrisidagi qaror loyihasini tasdiqlamadi. Muassis qaramasa, nima kerak edi şu “qahramonlik”, — dedim. Içimda esa unga hamdard edim, açindim!
Esimda, özim ham uning ahvoliga tuşgan edim. Gap şundaki, “Koson” gazetasining ötgan 2020 yil 8 dekabrdagi 45-sonida “Temir daftar” va boşqa röyxatlarga kiritilmayotgan kambağal oilaga kim yordam beradi?” sarlavhali tanqidiy maqola eʼlon qildik. Maqola çiqqan gazeta sonini konvertga solib, rasmiy xat tayyorlab, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş tuman bölimiga jönatdik hamda munosabat bildirişlarini söradik. Lekin xatimizga javob kelmadi. Aksinça, bölim boşliği tahririyatga qönğiroq qilib, tanqidiy maqolada kötarilgan masalalar bilan sektor şuğullanişini va ular javob berişi kerakligini aytib, koyib berdi. Buning ustiga, “zörligini körsatib”: mahalla işi bilan boğliq turli komissiyalar tarkibiga muharrir ham tirkab qöyiladigan böldi…
Mahallaga borsangiz, maʼnaviy-maʼrifiy işlarga eʼtibor sustligidan ranjiysiz. Bir paytlar MFY idorasida “Mahalla” va boşqa markaziy naşrlar, tuman gazetasi taxlamlari bölardi. Bu yerga işi tuşib kelgan fuqarolar bosma naşrlar ziyosidan bahramand bölişardi. Hozir esa…
Qöyingçi, muboraklik hamkasbimni yupatgan böldim. Çiroqçiliklar aytganidek, “jaylaşadi” dedim, bizga ham navbat keladi, davlat qaraşadi, çidang, dedim. U gunoh iş qilib qöygandek boşini xam qilib ketdi. Gazetaning har bir sonida tumandagi yangiliklar, islohotlar haqidagi xabarlardan taşqari, diniy ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik, maʼnaviy tahdidlar, yoşlar tarbiyasi, turli huquqbuzarliklarning oldini oliş böyiça tumandagi masʼullar, masjidlar imom-xatiblari, ziyolilarning maqolalari; yonğin, elektr, gaz xavfsizligi, har xil yuqumli kasalliklar profilaktikasi va ularning oldini oliş yuzasidan mutaxassislarning tavsiyalari…ni berib borayotgan, yaʼni tumanda mafkuraviy tarğibot-taşviqot işlarini olib borayotgan, qolaversa, yoş iqtidorlarni kaşf etişda kamarbasta bölayotgan tuman gazetasi nega öz holiga taşlab qöyildi? Sababi, gazeta davlat tasarrufidan çiqariladigan korxonalar röyxatiga tuşgan. Viloyat xususiylaştiriş idorasi tahririyat mol-mulkini sotib olib, MÇJga aylantir, deydi. Tahririyatning öz binosi, xizmat maşinasi yöq, ön beş yillar oldin obuna hisobidan olingan eski kompyuter bilan, şöro davridan qolgan ikkita stol va törtta oyoği singan stulni sotib olişga ham beş olti oydan buyon maoş olmagan muharrirning imkoniyati yöq. Şu bilan ikki tomon ham jim…
Xullasi kalom, eʼtiborsizlik tufayli Muborak tuman gazetasi ötgan yilning oxirgi çoragidan buyon naşr qilinmayapti. Obunani köpaytirib, bosmaxonaning qarzini tölab, gazeta çiqaraman, oylik maoş olaman, deb tört tomonga çopib, heç bir natijaga erişolmay, har tomonlama çarçab ketgan muharrir hozirda işsiz qolib, uyda bekor yotibdi. Endi uni ham “Temir daftar”ga kiritişadi, davlat yordam qiladi, bolasining kontrakt tölovini tölab berişadi, homiy biriktirişadimi, şunday bölsa kimga mazza?! Jamiyat esa bitta fidoyi maʼnaviyat tarğibotçisidan ayrildi…
Şuningdek, Qarşi tumanining “Naxşab” gazetasi ham sakkiz oydan beri çop etilmayapti. Uşbu gazetada köp yillar muxbir, muharrir örinbosari, muharrir vazifasini bajaruvçi bölib işlagan Husanjon Suvonov baʼzan telefon qilib qoladi. Maktabda ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçi sifatida yarim stavka iş topganligi, kuni ötayotgan bölsa-da, tumanda gazeta yöq bölib ketişidan xavotirda ekanligini aytadi. “Xavotir olmang, ana endi özingizning moddiy ahvolingiz önglanadi, — deyman hazillaşib uning ruhini kötariş uçun, — yarim stavka uçun tölanadigan töqqiz yuz ming söm rözğoringizga yetmaydi, söngra “Temir daftar”ga tuşasiz va yaxşi bölib ketasiz!”
Yana bir açinarli va boşqa yeçimi topilişi lozim masala şuki, 2000 yillardan keyin davlat tomonidan beriladigan “dotatsiya”ni töxtatib, xöjalik hisobida iş yuritişga ötkazilgan bosma naşrlar asta-sekinlik bilan muttahamlik botqoğiga botib, tişlari tökilib borayotir. Yaʼni, işlab çiqariş korxonasi yoki bir byudjet taşkiloti rahbari oldiga borib, u bilan falon nusxa obuna uçun şartnoma tuzgan tahririyat, keyin öşa korxona – taşkilot yoki muassasa haqida tanqidiy fikr aytolmaydi. Muttahamlik qilib, aytsa, kelgusi yil u obuna bölmaydi, gazeta çiqmaydi, xodimlar işsiz qoladi. “Gazetalarda tanqid kamayib ketdi, jurnalistlar mavjud muammolar va kamçiliklar haqida oçiq-oydin fikr bildirmayaptilar” deguvçilar tanganing bu tarafi ham borligini inobatga olsalar, ortiqça iddaoga hojat qolmasdi.
Bugun viloyatdagi boşqa tumanlar hokimliklari muassisligidagi gazetalar ham moliyaviy oğir ahvolda arang faoliyat yuritayaptilar.Ularning aksariyatining adadi 150 tadan 700 tagaça. Bir “Ğuzor hayoti” va “Koson” gazetalari ming nusxadan sal köproq adadda naşr etilayapti. Lekin xodimlarning oylik maoşlaridan qarzi yildan-yilga ötib gardanini bosib kelayotgan tahririyatlar uçun mingta adad ham yetarli emas.
Viloyat böyiça ötgan yili sakkizta gazeta sotuvga qöyilgandi. Ammo hali-hanuz bu masala bir tarafga surilgani yöq. Ular içida viloyatning otaxon naşri “Qaşqadaryo” ham bor. Bir paytlar butun mamlakatga dong taratgan naşrning adadi ayni çoğda örtamiyona tuman gazetasi qatoriga tuşib qolgan. Iqtisodiy yetişmovçilik tufayli jamoadan malakali, qalami çarxlangan, navqiron jurnalistlar ketib qolmoqda. Öylanib qolaman: viloyat va tuman gazetalarini mahalliy hokimliklarga muteʼ bölmagan tarzda faoliyat yuritişlarini taʼminlagan holda, ulardagi fidoyi jurnalistlardan jamiyatimizning turli jabhalarida amalga oşirilayotgan islohotlar yöliga ğov bölayotganlarga qarşi Prezident aytayotganidek, jamoatçilik nazoratini olib borişda foydalansa bölmaydimi?! Işonçim komilki, ular faoliyatini kuçaytiriş orqali jamiyatimizdagi oşkoralik va şaffoflik ham bir neça barobar ortardi, samaradorlik ham turli “qabulxonalar”dagidan ziyoda bölardi. Hozir esa viloyatimizdagi tahririyatlar birin-ketin yopilyapti, qisqaryapti, natijada aksariyati öz mustaqil fikri va dunyoqaraşiga ega, qalami çarxlangan ijodkorlarni yöqotayapmiz.
Töğri, bugun internet rivojlanib borayotganligi, bosma naşrlar haqida baʼzi mutasaddilarning kaltaöylovlik bilan qilayotgan “başoratlari”, “majburiy obuna” iborasining isteʼmolga zörlab kiritib yuborilganligi, sohaga faqat pul topiş ilinjida kirib kelayotgan ayrim qalamkaşlarning közi oçligi, yaltoqliklari bosma naşrlarning ham, jurnalistning ham obrösizlanişiga sabab bölayotgan bölişi mumkin. Lekin bu omillar bosma naşrlarni öz holiga taşlab qöyişga, maʼnaviyatga eʼtiborsizlik qilişga sabab bölmasligi kerak.
Yangi Özbekistonda, şunday dorilomon zamonda, tadbirkor mayli özi pul topadi, byudjetdan oylik maoş oladigan erkak maktab direktorini ham qöya turaylik, oddiy maktabgaça taʼlim taşkiloti mudirasi bolajonlarning nonini “tuya” qiliş evaziga yaltillagan yengil maşinada yalpayib “kataysa” qilayotgan davrda, xalqning maʼnaviyati-maʼrifati yölida xokisorlik bilan gazeta çiqarib yurgan muharrirni bugun ayblaş emas, balki uni har tomonlama qöllab-quvvatlaş kerak. Hurmatli şoiri zamon Oçil Tohirning nega hamma narsaga yetgan aqli, şu narsalarga kelganda oqsaydi? “Şum bola” aytganidek, yana bilmadim…
Orif OMONOV,
Koson tumanidagi
“Koson” gazetasi muharriri
