Is gazidan ehtiyot böling!
Maʼlumki, sovuq kunlar boşlanişi bilan harorat keskin pasayib boradi. Şu bois, köpçilik xonadonlarini isitiş uçun turli çoralar köra boşlaydi. Elektr isitiş asboblari, tabiiy gaz tarmoqlari yoki isitişning boşqa turli yöllaridan foydalaniladi.
Ogohlik juda zarurki, tabiiy gazning töliq yonmasligi, bexosdan uzilib qolişi, xona içida töplanişi, tabiiy gazni yoqib qarovsiz qoldiriş, quvurlarni ulaşda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida çaqnaş, yonğin, hamda tabiiy va is gazidan zaharlaniş holatlari kabi turli favqulodda vaziyatlar sodir bölişi mumkin. Bu hol insonlarning turli xil tan jarohatlari olişi yoki ayrim holatlarda ölim bilan yakunlanişi kuzatiladi. Uşbu holatlarning kelib çiqiş sabablari va manbalari örganilib, tahlil qilinganda, fuqarolarning tabiiy gazdan notöğri foydalanişi, nazoratsiz qoldirilişi, isitiş qurilmalari, gaz quvurlari ulangan joydan gaz sizib çiqişi oqibatida insonlarning zaharlanişi kuzatilmoqda. Bundan taşqari, qölbola isitiş moslamalari bilan isitiladigan xonalarda möri tölib qolişi va yonğin vaqtida yopiq, tutunli xonalarda qolgan şaxslarda ham zaharlaniş holatlari yuz berişi mumkin.
Maʼlumot uçun: is gazi xonadonlarda, taşkilotlarda foydalaniladigan tabiiy gazning töliq yonmasligi, kömir va organik moddalarning çala yonişidan hosil böladi. U rangsiz, hidsizdir.
Is gazidan zaharlaniş darajasi gazning miqdoriga, kişilarning zaharlaniş joyda qança vaqt qolib ketganligiga va boşqa omillarga ham boğliq.
Aholini tabiiy va is gazidan zaharlanişining oldini oliş uçun nafaqat mutasaddi taşkilot, idoralar xizmatçilari balki, har bir xonadon egalari va barça fuqarolar ogoh bölişi, barça ehtiyot çoralarini körişi zarur.
Olim ORIPOV,
Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Mediamarkazi DM YOXTTEB YON va PB inspektori, katta leytenant.
