Qoyil, janob ŞERMATOV!

Prezidentimiz ötgan yili Öqituvçi va murabbiylar kuniga bağişlangan tantanali marosimda matbuot naşrlariga eʼtibor taʼlim sohasida köngildagiday emasligini qayd etib, ayniqsa, öqituvçilar öz ustida işlaşi uçun, albatta, gazeta-jurnallarning ahamiyati katta ekanligini taʼkidlagan edi. Xöş, bugun Xalq taʼlimi vazirligi va uning tizimlarida mamlakatimiz rahbarining bu haqli taʼkidiga javoban munosabat özgardimi?

Maʼlumki, respublikamizda 10 ming 90 ta umumiy örta taʼlim maktabi bor. Uşbu dargohlarda 502 ming 42 nafar öqituvçi 6 million 168 ming 198 nafar bolaga taʼlim-tarbiya berişadi. 500 mingdan ortiq bolalar esa boşlanğiç sinf­larda öqiydi.

Bugun davlat byudjetining juda katta qismi uşbu sohaga yönaltirilib, yoşlar taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratilayotgani ham ayni haqiqat. Lekin… ming afsuski, mamlakatimizdagi boşqa nufuzli gazeta-jurnallar öz yöligaku-ya, Xalq taʼlimi vazirligining özi muassis bölgan naşrlar adadiga qarab, bugun ham bu borada biror yoruğ söz deyişga ojizmiz.

Mana, eʼtibor qiling 2021 yilda:

  1. “Maʼrifat” gazetasi — 7 681 ta.
  2. “Uçitel Uzbekistana” gazetasi — 1 987 ta.
  3. “Gulxan” jurnali — 1 900 ta.
  4. “Tong yulduzi” gazetasi — 2 013 ta.
  5. “Ğunça” jurnali — 3 000 ta.

Yuqoridagi gazeta-jurnallar jami adadini hisoblaganda, hammasi 16 581 ta ekan. Bundan anglaşiladiki, har 372 ming nafar bolaga, har 30 ming öqituvçiga yoki har 30 ming boşlanğiç sinf öquvçisiga bor-yöği 1 tadan naşr töğri keladi. Eng qiziqarli ösmir-yoşlar jurnali bölgan “Gulxan”ning hatto har 5 ta maktabga 1 nusxa ham bormayotganiga nima deyiş mumkin? Demak, ön minglab öquvçilar 11 yil davomida maktabda öqib, bolalar naşrlarini hatto körmay, qöliga olmay taʼlim öçoqlarini bitirib ketyapti! Yana bolalarimiz kitob öqimayapti deb, xafa bölişimizga ne hojat?

Nima ham derdik, xalqimiz topib aytgan, avval rang kör, keyin hol sör, deb. Matbuotga bölgan “yuksak eʼtibor va mehringiz”ga qoyil, kiroyi vazir bölsa sizdek böladi-da, janob Şerzod Şermatov!

Hikmatullo QODIROV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan