Gazetaga virus tuşmaydi yoxud xorijda gazetalar qanday qilib millionlab nusxada çop etilmoqda?
- Özbek kinolarida ham gazeta öqiydigan sahnalar paydo bölarmikan?..
- Bosma matbuot va ijtimoiy tarmoq – ommaviy öyin iştirokçilari emas!
- Sizni smartfonda boşqa ilovalarga ötiş emas, qoğoz şitiri çalğitsin!
- “Washington Post” AQŞ prezidentini isteʼfoga çiqişga mahkum etgandi…
Qoyadan qulayotgan bölsang, qanotlaringni keng yoyib parvozga şaylan, heç narsa yöqotmaysan deganlar. Bugungi bosma ommaviy axborot vositalarining ahvoli aynan ana şu holdadir. Qoyadan qular ekan, bir olam qoğozning va şuning barobarida Sözning şitiri eşitiladi.
Biz zamonaviy çet el filmlarida ertalabki nonuşta paytida gazeta öqiyotgan odamlarni köramiz. Dunyo bizdan ortda qolib ketyaptimi yoki biz gazeta, jurnal, kitob öqimaslikni taraqqiyot ramzi ölaroq qabul qilmoqdamizmi? Bizning qaynona- kelin janjallari,oğa-inilar örtasidagi meros talaşuv haqidagi filmlardan toliqqan tomoşabinlarimiz ham gazeta öqiyotgan özbek siymosini kinolarda körarmikan deb “Özbekkino” mahsulotlariga qayta-qayta nazar taşlayman. Artistlari Tik-tokçi, olimlari bozorçi bölgan millatning gazetalari qay ahvolga tuşişi mumkin, buni çamalab köriş u qadar murakkab emas.
Gazetalar tarix soatining lahzalarni yuritguvçi kapgiridir, deydi buyuk nemis donişmandi Artur Şopengauer. Xöş, bu tarixni ertaga qölida planşet va smartfon tutgan avlod eskilik sarqiti sifatida yuziga qora böyoq çaplamasligiga kim kafolat bera oladi? Bugun mumtoz şoirlar şeʼrlarini öqib ötirsak rivojlana olmaymiz degan tömtoq fikr, ertaga xuddi Rey Bredberining asaridagi kabi butun insoniyat maʼnaviy mulkini yoqib toptaşni şavkat deb bilsa, ne ajab?
Bugun internet öqiş uçun vaqtimiz möl-köl, lekin bu gazeta öqişni töxtatiş kerak degani emas! Dunyoning eng yirik gazetalari Amerika, Yaponiya va Osiyoda jamlangan. Yaponiyada, bir kunda umuman, naşrlarning örtaça tiraji 460 million nusxani taşkil etadi. Jurnalistikani örgangan bölsangiz, keçagi gazetadan köra eski narsa yöqligini yaxşi bilasiz. Biroq bu holat allaqaçon özgargan, çunki gazetaning işlab çiqariş sikli bir kun davom etadi. TV har soatda yangiliklarga xizmat qiladi. Internetda ular har 15 daqiqada yangilanadi.
Asrlar avval, maʼlumot oliş bilan boğliq muammo bor edi, ular kimlar tomonidandir monopollaştirilgandi. Endi boşqa muammo — juda köp maʼlumot bor, axborot bor. Jurnalistning işi bu maʼlumotlarga, turfa xildagi axborotlarga faroşlik qilişdan iborat bölib qoldi. Bu öquvçiga turli xil “çiqindi-xabar”larni öqişdek muşkullik tuğdirsa, jurnalistga uni tafakkur supurgisi bilan supurib tozalaşdek vazifani yukladi. Yaʼni, bugun jurnalist uçun har qaçongidan oğirroqdir.
Internetda reklamadan tuşgan daromad gazetalarga emas, balki qidiruv tizimlariga ötadi. Ularning 60 foizi bitta kompaniyaga – “Google”ga ötadi. Şu sababli internetda reklama va kontentdan tuşadigan daromad bosma reklamadan tuşadigan daromad darajasiga yeta olmaydi. Çunki biz “Google”ga barça reklama daromadini çiqardik.
“Teatr kino hujumi ostida egilmadi! Televizor bois radio yöqolmadi!” — bosma matbuot himoyaçilarining dalillari bir xil. Texnologiya oldin bor bölganlarini siqib çiqariş uçun paydo bölmaydi. Kino teatr bilan jang qilmaydi, bosma matbuot ijtimoiy tarmoq bilan – çunonçi bu ommaviy öyin emas, har ikkisi öz qadrini juda yaxşi bilişi kerak.
Biz bugun dunyoning turli davlatlarida internet rivojiga qaramay kunlik naşrlar millionlab adadda çop etilayotganidan xabarimiz bor. Ular turfa saytlarga taşrif buyurişi barobarida xonadonlarga gazetalar ham kirib boradi. Hatto AQŞning “Nyu-York Tayms”, Turkiyaning “Hurriyet” gazetalarining yakşanba kungi sonlari boşqa kunlarga nisbatan bir qança köp adadda çop etilar ekan. Şularning öziyoq “Bosma matbuotning kuni bitdi” degan naslsiz şov-şuvlarning asossiz ekanligini isbotlaydi. Misol uçun, nemis gazetasi “Die Zeit” yuqori sifatli tahliliy maʼlumotlarni taqdim etişga vaqt ajratdi va uning adadi kun sayin ösib bormoqda.
Bugun biz dunyoning eng old gazetalari bölgan bosma naşrlarning baʼzilari haqida söz yuritar ekanmiz, uşbu fikrlarimizni gazetxonga aytib ötgimiz keldi: gazetaga virus tuşmaydi va u batareya bilan ham işlamaydi. Nima bölganda ham, gazeta yirtilişi, çökişi yoki namlanişi, yonişi mumkindir. Biroq unga qasd etilmasa u yöq bölib ketmaydi. Smartfon yoki kompyuterda yangiliklarni öqiyotganingiz yangliğ, u sizni boşqa ilova va xabarnomalar bilan doimiy çalğitmaydi. Çunki ular qoğozda emas. Internetda juda köp soxta yangiliklar mavjud va gazeta har doim tasdiqlangan maʼlumotlarni taqdim etadi. Tahlilni siz faqat gazeta sahifalaridan topib öqişingiz mumkin böladi. Biz bugungi internet bosqinlariga qaramay, dunyoda har kuni minglab, millionlab gazetalar çop etilayotganidan xabardormiz. Holbuki internet deganlari AQŞ, Buyuk Britaniya, Yaponiya yoki Xitoyda Özbekistondagiga qaraganda ança tezkor. Işonmasangiz ularning kundalik gazetalari adadiga eʼtibor qarating.
Buyuk Britaniyaning 66 milliondan oşiq aholisi bor. Ularning eng dong taratgan “Guardian” gazetasining kunlik adadi esa 204 ming 222 donadir. Bizning eng nufuzli gazetamizni va 34 million aholimizni taqqoslangu örtadagi tafovutni özingiz çamalab olavering. Bu gazeta 1821 yildan buyon naşr etib kelinadi. Gazeta 2014 yilda Pulitser mukofotini va 2006 yilda dunyoda eng yaxşi dizaynda çop etiladigan gazetasi maqomini olgan. U özining internet körinişi va saytiga eng köp odamlar taşrif buyurişi bilan dunyoda beşinçi, Angliyada esa birinçi örinda turadi.
Nyu-Yorkda çop etiladigan “The Wall Street Journal” gazetasi har kuni 2 milliondan ortiq nusxada çop etiladi. Bizda ilmu maʼrifat yuksak çöqqilarga kötarilgan XVII asrda bu şahar endigina barpo etilgan edi. Bugun dunyoning eng muhim iqtisodiy, moliyaviy, siyosiy va madaniy markaziga aylangan Nyu-Yorkdagi uşbu gazeta Yevropa va Osiyoda ham naşr etiladi. Gazeta 1889 yildan buyon gazetxonlar qöliga yetib boradi. Pulitser mukofotini 30 bor qölga kiritgan. Gazetada eng muhim iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy muammolar kötarib çiqiladi. Gazeta 96 ga yaqin betni taşkil etadi. Kunlik kirim 191 000 AQŞ dollaridan iboratdir. “The Wall Street Journal” Qöşma ştatlardagi eng yirik tirajda çiqayotgan gazeta sanaladi.
“The New York Times” — “Nyu – York vaqti” Amerikaning kunlik gazetasi 1851 yil 18 sentyabrdan jurnalist va siyosatçi Genri Jarvis Reymond boşçiligida çiqa boşlagan. Mamlakatda adadining köpligi jihatdan uçinçi örinda turadi. Veb-sayti esa butun dunyoda eng ommaviy yangiliklar sayti bölib, unga oyiga 30 million odam taşrif buyuradi. “Nyu-York tayms” naşri “Har bir yangilik çop etişga loyiqdir” degan şior bilan çiqadi. Uşbu şior 120 yildirki gazetaning bir burçagida hammaning eʼtiborini tortib turibdi.
Vaqti bilan juda köp gazetalar öz hajmini özgartirdilar. Faqat “Nyu-York tayms”gina özining katta hajmini va rangliligini saqlab qoldi. Mamlakatda fuqarolar uruşi avjiga çiqqan paytda gazeta ofisiga hujumlar uyuştirilgan.
Uşbu gazeta oddiy kunlari 600 ming, yakşanba kunlari 1 million 100 ming tirajda çop etiladi. Bu gazeta tiraji böyiça AQŞda ikkinçi va dunyoda 39 örinda turadi. Gazeta 117 marta Pulitser mukofotini olgan.
“Asahi Shimbun” Yaponiyaning milliy gazetasidir. U ertalablari 7 million 96 ming, keçqurun 3 million 100 ming tirajda çop etiladi. U eng yirik va eng qadimiy gazeta bölib, 1879 yildan buyon çop etib kelinadi. U 14 ta axborot agentliklari xizmatlaridan foydalanadi. Yakşanba kungi sonida “Nyu-York tayms” gazetasi ham ilova qilinadi. Gazetaning nomi “Tong quyoşi” degan maʼnoni anglatadi. Gazeta tört sahifadan iborat.
Odatda köplab odamlarda hindistonliklarga nisbatan köçada yaşaydigan qoloq bir millat sifatida qaraş şakllangan. Biroq bu mamlakatning eng nufuzli va eng köp öqiladigan gazetalaridan biri ingliz tilida har kuni çop etiladigan “Times of India” gazetasidir. Gazeta 1838 yildan buyon Hindistonning 10 ta regionida naşr etiladi. U nufuzi va öquvçilari sonining köpligi jihatdan Hindistonda uçinçi örinda turadi. Gazeta har kuni 3 million 321 ming adadda çiqadi. BBS xizmati “Times of India”ni dunyodagi eng yaxşi olti gazetaning biri deb hisoblaydi.
Bugun Xitoy mahsulotlari hammamizning xonadonimizda biz bilan yaşayapti. Uning ingliz tilidagi “China Daily” gazetasi bölib butun mamlakatda çop etiladi. Kunlik tiraji 500 mingdan ortiqdir. Uning xizmat ofislari Nyu-York, London, Vaşington, Gongkong va Yevropada bor. Gazeta 1981 yildan ingliz tilida, 1995 yildan buyon esa ingliz, xitoy va fransuz tillarida naşr qilinadi. Gazetada Butun dunyodagi xitoyliklar hayoti va faoliyati bilan boğliq materiallar berib boriladi.
Navbatdagi yirik gazetalardan biri bu Avstraliyadagi kundalik “The Sydney Morning Herald” gazetasidir. Gazetaga 1831 yilda asos solingan. U milliy yangiliklar brendidir. Gazeta odatdagi kunlar 766 ming va şanbada 1 milliondan ortiq tirajda çop etiladi. Unda tanqidiy ruhning ustuvorligi va bu jihatdan öziga xosligi közga taşlanadi. Gazeta asos solingandan buyon töxtovsiz naşr qilinmoqda. 25 million aholisi bor millat uçun har kuni bitta gazetaning bir million atrofida çop etilişi tahsinga loyiqdir.
“Argumentы i faktы” — Rossiyaning xalqaro miqyosda donği çiqqan gazetalaridan biri bölib, mintaqasiga qarab 32 sahifadan 64 sahifagaça çop etiladi. Gazeta 1978 yildan buyon gazeta körinişida çop etiladi. Adadi bugungi kunda 1 million 500 ming. 1990 yilda gazeta eng köp adadda çiqayotgan gazeta sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. Öşa paytda gazetaning adadi 33 441 100 nusxada çiqqan. Gazeta faqat adadi sabab Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan bölişi mumkin. Biroq uşbu adadga şunçaki poyga öynab yetib olmaganligi aniq. Gazetaning 66 ta tahririyati Rossiyada, 16 tasi esa xorijda joylaşgan.
Gazeta 1978 yil yanvar oyidan çiqa boşlagan bölsa, özining mazmun-mundarijasiyu, taşqi dizaynlarini bir neça bor özgartirgan. Lekin uning öqişliligi, saviyasi, hayot tomirlariga töğri tuşa oliş salohiyati özgargani yöq. U şu paytga qadar Rossiya gazetalar içida hajm nuqtai nazaridan liderlikni qöldan boy bermagan. Gazeta hamon 60 dan ortiq mamlakatga tarqaladi. Bitta sonini taxminan 4,5 million odam öqiydi. Saytiga esa har kuni 28 million odam taşrif buyuradi.
Ispaniyaning “El-Mundo” ispan tillilar orasidagi eng şuhratga burkangan gazetalaridan sanaladi. U 1989 yildan buyon çop etiladi. Uning kunlik tiraji 330 mingni taşkil etadi. Gazeta Iroqdagi uruşni qöllab-quvvatlagani uçun Ispaniya premyer ministri Asnarni qattiq tanqid qilgan edi. U Italiya noşirlik kompaniyasiga tegişli. Gazetaning sotuvdagi narxi(bir donasi) 1,7-2 yevro turadi. Boş ofisi Madridda joylaşgan.
“Washington Post” — Vaşingtonda çop etiladigan kundalik gazeta bölib, 1877 yildan buyon Amerika ahliga xizmat qiladi. “Washington Post” gazetasi öz materiallarida milliy siyosatga alohida urğu beradi. Gazeta oddiy iş kunlarida 545 ming 345 dona, yakşanbada 764 ming 666 nusxada çop etiladi. 2013 yilda gazetani dunyoning eng boy odamlaridan biri Jef Bezos 250 million AQŞ dollariga sotib olgan edi. Gazeta öz faoliyati davomida juda köp siyosiy raqobatlarga aralaşgan. Hatto 1972 yilda Uotergeyt mojarolarida “Washington Post” muhim rol öynadi, natijada prezident Riçard Nikson isteʼfoga çiqdi.
Mana dunyo gazetalari ob-havosi, xulosa esa özingizdan. Bugun farzandingizning qöliga bitta gazeta yo jurnalni tutarkansiz, uning qalbiga quyoşni yetaklab kirasiz va u bolangiz qalbida yaşab qoladi, hayot yölini yoritadi. Dunyoda millionlab odamlar gazeta sotib oladilar. Ularning ham maqsadi bitta — quyoşni söndirmaslikdir. Zotan, qalb botqoqliklarini quritiş, tafakkurimizga quyoş bilan birga mayin şabadaning kirib kelişi ham bor gap. Quyoşimizni öz qölimiz bilan söndirmaylik!
Özimizda, jonajon yurtimizda ham “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”, “ Yoş leninçi” (hozirgi “Yoşlar ovozi”), “Sovet Özbekistoni” (hozirgi “Özbekiston ovozi”), “Şarq yulduzi” kabi naşrlar uç yuz mingdan sakkiz yuz ming nusxagaça çop etilgan.
Töğri, bu hozir emas, ança yillar oldin…
Gözal BEGIM
