Baliqni boşidan tozalagan yurt
Poraxörlik Osiyo xalqlarining öziga xos xususiyatlaridan biri bölgan, deya xotirlaydi mamlakat boş vaziri bölgan Li Kuan Yu öz asarlarida. Singapur davlatini korrupsiyadan tozalaş — loyqa suvni zilol holga keltirişdan-da qiyin, deyişgan. Li Kuan Yu 30 yildan ortiq millat otasi sifatida hukumat tepasida turgan bölsa, bu talotöp vaziyatni tartibga soliş uçun astoydil harakat qiladi. U baliqni boşidan tozalaşga qaror qilib, mayda poraxörlarga nisbatan arqonni uzun taşlab qöygan. Dono Li bor diqqat-eʼtiborini yuqori davlat amaldorlariga qaratgandi. Korrupsiyaga qarşi byuro direktori istalgan odamga qarşi iş oçiş huquqiga ega bölgan. Li Kuan Yu şubha ostiga tuşgan döstlari, hatto qarindoşlarini ham ayab ötirmaydi.
“…Parlament aʼzosi Fi Yu Kok naq 4 marta lavozimini suiisteʼmol qilib, jazoga tortildi. Yetkazilgan zarar 60 ming AQŞ dollariga teng edi. U qamalib, biroz muddatdan söng 36 ming AQŞ dollari garov puli evaziga ozodlikka çiqdi va Tailandga qoçib ketib, noçor yaşay boşlaydi.
Eng açinarlisi, Fi Yu Kok Milliy rivojlaniş vaziri Ti Çen Vanni ham jinoiy harakatlariga şerik qilgan edi. Bir haftadan söng, janob Van öz joniga qasd qildi…”, deb xotirlaydi Li Kuan Yu.
Amaldorlarni qamaş, quvğin qiliş va ularning öz joniga qasd qilişi kabi holatlar odatiy tusga kirgandi. Jazolar ayovsizligidan davlat xizmatçilari u yoqda tursin, oddiy fuqarolar ham öğrilik qilişga nihoyatda qörqardi. Yirik amaldorlarga bölgan munosabat quyi poğonadagi davlat xizmatçilarining faoliyatini qatʼiy tartibga solib turgan.
“…Rasmiy qarorgohim davlatga tegişli. Oddiy fuqarolardan heç qanday ustunligim yöq. Maşina, haydovçi, boğbon, oşpaz va boşqa xizmatçilarim ham umuman bölmagan…”, deb yozadi Li Kuan Yu.
Hukumat işlaydigan fuqarolarga qamçi bilan bir qatorda şirinlik ham tutardi. Bu davlat amaldor va sudyalarining oyligi ança baland bölgan. Masalan, Singapur boş vaziri dunyodagi eng oyligi yuqori vazir bölib, sudyalar ham yiliga 1 million AQŞ dollaridan kam maoş olmagan. Li Kuan Yu kam oylikka işlagan rahbar va xodimlar köplab yetakçi davlatlarni kasodga uçratgan, deb hisoblagan…
Singapurda davlat xizmatçisi uçun barça qulayligu şart-şaroitlar yaratilişi bilan birga, mansabini suiisteʼmol qilganlarga qasos, mol-mulk musodarasi, qaşşoqlik va oila uçun şarmandalik tizimi qatʼiy işlaydi. Hatto hozir ham har bir amaldor: “Sen va oilang doim taʼminlanasan. Faqat halol işla! Qoidani buzsang, jamiyat senga çiziq tortadi”, jumlalarini hayotiy meʼzon deb biladi.
Mamlakat korrupsiyadan qanday xalos bölgan bölsa, xuddi şu tartibda iflos şaharni Osiyoning eng toza va dunyoning namunali markazlaridan biriga aylantirdi.
Masalan, ilgari Singapurda içimlik suvi umuman bölmagan. Ekvatordagi bu şahar-davlatning kanalizatsiya va ariqlarida suv nihoyatda iflos holda oqardi. Toza suv qöşni Malayziyadan maxsus quvurlar orqali keltirilgan. Ammo orolning tejamkor aholisi iflos suvlarni töplab, yuqori texnologiyalar asosida tozalab, şişa idişlarga quydi. Natijada yangi, toza içimlik suvi paydo böldi. Mamlakatdagi barça iflos suv qayta işlanib, isteʼmolga yaroqli holga keltiriladi.
Uzoq yillardan buyon Singapur oqova suvini dengiz va daryoga çiqarmaydi. Tejamkor aholi nafaqat dengiz suvi, hatto yomğir va qor suvidan ham xuddi şunday unumli foydalanadi. Bugun Singapurda 15 ta suv ombori mavjud. Maktablarda öquvçilarga suvni tejaş uqtirilib, toza suvdan unumli foydalangan fuqarolar kommunal tölovlarda çegirma va yengilliklarga ega bölişadi.
Singapur köçalari toza, binolari baland va çiroyli. Bu davlatda tupuriş, yöl-yölakay nimadir yeb ketiş, jamoat joyida yomon musiqa çaliş yoki odobsizlarça qöşiqlar kuylaş qonun bilan taqiqlangan. Köçani qöya turing, hatto uy şaroitida ham yalanğoç holda yuriş mumkin emas. Bu “jinoyat”ni sodir etgan kişi 2000 AQŞ dollari miqdorida jarima tölaydi yoki uç oygaça ozodlikdan mahrum qilinadi.
Bugun Singapurda saqiç çaynaş ham mumkin emas. Saqiçni mamlakatga import qiliş jinoyatdir. Davlatga çet eldan saqiç olib kirgan, “saqiç kontrabandasi” bilan şuğullanganlikda ayblanadi va bu uçun 100 000 AQŞ dollarigaça jarima tölaydi yoki 2 yillik qamoq jazosiga mahkum etiladi.
Mamlakatda hozir ham ölim jazosi mavjud. U eng oğir jinoyatlarga, masalan, öta vahşiy qotillik, giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullaniş, korrupsiya, davlatga xiyonat va prezident hayotiga suiqasd qiliş kabi holatlarda qöllaniladi.
Singapur jahondagi eng kiçik mamlakatlardan biri bölsa-da, baʼzi sohalarda dunyoning gegemon davlatlari bilan ham bemalol raqobatlaşa oladi. Bu yerda tabiiy qazilma boyliklari, neft va gaz konlari umuman bölmagan. Qişloq xöjaligi ham deyarli rivojlanmagan edi. Xöjalikka möljallangan yerlarning umumiy maydoni 10 ming kvadrat kilometrdan sal oşadi, xolos. Şunday bölişiga qaramay, aqlli iqtisodiyotni tizimli ravişda yölga qöyiş natijasida bu davlat yildan-yilga yuksalib bormoqda.
Aytgança, Singapur 100 foiz göştni import qiladi. 96 foizdan ortiq dengiz mahsulotlari, 93 foiz sabzavotlar va 80 foiz tuxum ham qöşni mamlakatlardan keltiriladi. Töğri, yaşaş uçun juda qimmat davlat, ammo milliy daromad ham kişi boşiga 35 ming dollargaça ösgan-da!
Ekspertlar turli davlatlar aholisining daromadini hisoblab, Singapurni jahon reytingining 4-örniga loyiq topişdi. 2019 yilda Jahon banki uni biznes uçun eng qulay davlat deya tan oldi. Korrupsiya darajasi pastligi böyiça 2020 yildagi “The Transparency Internetional” jahon reytingida Yangi Zelandiya va Daniyadan keyin Singapur 3-örinni egallagan. Maʼlumot örnida, bu röyxatning 146-örnini ming afsuski, qizil çiziqça bilan biz “zabt etganmiz”…
Singapur köçalarida içki işlar xodimlarini deyarli uçratmaysiz. Xavfsizlik organlari faqat videokameralar yordamida kuzatuvni amalga oşiradi. Biroq davlatda jinoyatçilik darajasi nihoyatda past. Maʼlumotlarga köra, har 100 ming kişiga yiliga 0,032 foiz jinoyat töğri kelarkan.
Singapur hukumati 2030 yilgaça aholi sonini 30 foizga köpaytirişni maqsad qilgan. Singapurlik fuqaro farzandli bölganida, oila hisobiga boğça tölovi va tibbiy xizmatlar uçun pul ötkazib beriladi. 2016 yil mart oyidan ilk farzand uçun tölanadigan bir martalik pul mukofoti 6 ming AQŞ dollari, uçinçi va keyingi farzandlar uçun esa 8 ming AQŞ dollari qilib belgilangan. Bir neça yildan buyon AQŞning “Bloomberg.com” moliyaviy-iqtisodiy axborot agentligi Singapurni “Dunyodagi eng soğlom mamlakat” deya eʼtirof etib kelmoqda…
Abdulaziz AHMEDOV
