“Şvetsiya matbuotida tanqid qilingan holatga zudlik bilan çora köriladi”
Turli davrlarda zamonning zayli bilan yurtimizni tark etib ketgan vatandoşlarimiz bugun jahonning barça hududlarida ham topiladi. Şvetsiyadagi muhojir vatandoşlarimizdan biri Muqim Mahmudovning ikki öğli Şamsiddin va Nuriddin Mahmudovlar yaqinda Özbekistonga kelişgan edi. Dunyo körgan kişilarning suhbatini olgan yaxşi, deb, ular bilan körişdik, gaplaşdik. Quyida suhbat asnosidagi ayrim fikr va mulohazalarni umumlaştirib, eʼtiboringizga havola etişni lozim topdik.
Vatandoşlarimiz yurt soğinçi, Ona tuproq qadri, muhojirlikdagi hayoti, öqişi, işlari haqida hikoya qildilar. Har bir narsada hikmat bor, deganlaridek, ularning gurunglari ham muştariylarimizni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.
Taşqariga birinçi qadam
Otamiz ham, onamiz ham ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning özbek filologiyasi fakultetida öqişgan. Öşa yerda tanişib, turmuş qurganlar, biz şu tuproqda tuğilganmiz. Lekin 2007 yildan beri Şvetsiyada yaşab kelmoqdamiz. Bu davlat Skandinaviya yarimorolning şarqiy qismida joylaşgan. Maydoni Özbekistonnikidan biroz katta, ammo aholisi köp emas, 10 milliondan ziyod. Şvetsiya davlat tuzumiga köra, konstitutsion monarxiya hisoblanadi. Ölka hududining 9 foizi köllardan, 50 foizdan ziyod qismi örmonlardan iborat. Aholisining 90 foizdan ortiğini şvedlar taşkil qiladi. Rasmiy til — şved tili. Aholining 80 foizdan köproq qismi şaharlarda yaşaydi. Şvetsiya intensiv qişloq xöjaligiga ega bölib, yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat hisoblanadi.
Dastavval, Şvetsiya töğrisida özimizning ham umuman maʼlumotimiz yöq edi. U yerga ketişimizni yölga çiqişdan bir hafta oldin bilganmiz. Ota-onamizning: “U yerda arça eksak, falon pul berişarkan, şu bilan kun körib, bolalarimizni öqitamiz”, deb gaplaşişganini eslaymiz. Şvetsiyada naqd örmonning orasiga şaharlar tuşgan. Ikki-uç soat daraxtlarning orasida ketib borarkanmiz “Şu örmonning içiga taşlab ketişarkan-da”, deb öylagandik. Sekin-asta hammasi iziga tuşib ketdi.
Dastlab borganimizda, şubhasizki, tilni bilmaganmiz. Maktabda sinfdoşlar boşqaça nigoh bilan qaraşardi. Tilni örganganimizdan söng şvedlar orasida yaşaş yengillaşdi. Xokkeyga qatnab, şvedlar bilan öşa yerda yaxşigina tanişib oldik. Lekin biz özbekmiz, milliy qadriyatlarimiz, dinimiz mavjud. Şved madaniyatining bizga töğri keladigan tomonlari bor, töğri kelmaydigan tomonlari ham bor. Moslaşiş mumkin bölgan jihatlariga moslaşdik.
Şvetsiya fuqaroligini olganmiz, bir şvedga qanday munosabatda bölsa, bizga ham şunday munosabatda bölişadi. Ular tekin öqisa, biz ham tekin öqiy olamiz. Ular işlaydigan işlarda biz ham işlaymiz qölimizdan kelsa, albatta.
Bir işni öğlingizga yoki begonaga beriş kerak bölsa, öğlingizni tanlaysiz-ku. Özbek yoxud boşqa millat vakiliga kömak beriş mumkin bölsa, özbekni tanlaysiz. Ularda ham şunday. Lekin öz işingizning ustasi bölsangiz, kökragingizdan itarişmaydi.
Biroz kulgili, ammo juda oğir…
Şvetsiyada yaşayotganimizga noyabrda 14 yil böladi. Aqlimizni taniganimizdan beri u yoqda yaşayotganimizni hisobga olsak, Özbekistondan köra Şvetsiya haqida taassurotlarimiz köproq. Ammo baribir Vatan deganda şu yurtni tuşunamiz. Vatanni qömsaş katta bölganimiz sari kuçayib boraverdi. Özbekistonda ammalarimiz, xolayu toğalarimiz bor. Şved örtoqlarimiz bilan gaplaşganimizda, “Buvimnikiga borib keldim. Buvim falon narsa pişirib berdi”, deydi. Biz esa şu narsadan mahrum edik. Bizning faqat ota-onamiz bor edi. Maktabga boramiz, uyga kelamiz. Yana atrofdagi özbeklar bilan ham ozgina bordi-keldimiz bölgan. Lekin qarindoşçilik boşqa narsa-da. U paytlari vatandagilar bilan telefonda ham gaplaşolmasdik. Dadamizning kelib çiqişi asli Öşdan, şuning uçun ular bilan oz-moz muloqot bölgan.
Yoşlikdan qarindoşlar bilan birga bölmadik. Hozir, ayniqsa, bilinadi. Xorazmga borganimizda bizni heç kim tuzuk tanimadi. Özimiz ham baʼzan xolalar yoki toğalarni bir-biridan ajratolmay qolamiz. Bu biroz kulgili, ammo öylab körsangiz, juda oğir…
Bir gap bor edi: “Özingning davlatingda “şved”san, Şvetsiyada — muhojir”. Vatanimizda bizga “bu şved bölib ketgan” degan nigoh bilan qaraşadi. Şvedlar bizni begona deb biladilar. Şunday qilib, arosatda qolib yaşadik. Lekin Xudoga şukur, bizning eng katta yutuğimiz tilimizni saqlab qolganimizda böldi. Ota-onamiz Vatanni til va din orqali könglimizga ekkan. Biz tengi özbek bolalari hozir tilini unutib yuborişgan, bobo bilan nevara bir-birini tuşunmaydi.
Diniy bağrikenglik borasida
Şvetsiyada özining millatini ustun qöyiş bor, baribir. Iş qidirayotganda köp duç keliş mumkin bu narsaga. Anketalarga asl ism-familiyangizni yozsangiz iş çiqavermaydi, şvedça ism-familiya yozsangiz darrov işlar çiqib kelişni boşlaydi.
Şuningdek, bizning musulmonligimiz, namozxonligimiz bor. Şvedlarning ham baʼzilarida islom töğrisida xato tuşunçalar mavjud. Ammo tizim bunday emas. Masalan, onamiz maktabda öqituvçi. Bir safar maktabning kiçik bir xonasida namoz öqiyotganlarida erkak farroş kirib, baqir-çaqir qilib, sökkan. “Nimaga bu yerda namoz öqiyapsan?” — deb. Onamiz qörqib qolib, öşa yerdan ötib ketayotgan maktab direktoriga bölgan voqeani aytib, yiğlab yuborganlar. Ertasi kuni öşa farroş işdan haydalgan. Demoqçimizki, tizimda erkinliklar bor. “Bir odam namoz öqigani uçun tahqirlanibdi, buni maktab direktori bila turib, bosdi-bosdi qilibdi”, degan gap çiqib ketadigan bölsa, maktab uçun badnomlik böladi.
Yana bir misol, yaqinda bir katta kompaniya musulmon xodimlariga tanaffus vaqtida ham namoz öqiş mumkin emas, degan talab qöygan. Bu holat gazetalarda eʼlon qilinib şov-şuv bölib ketdi. Keyin öşa kompaniya namoz öqişga ruxsat berişga majbur böldi. Çunki xodimning öz ixtiyorida bölgan vaqtdagi faoliyatiga heç kimning aralaşişga haqqi yöq. U noqonuniy işlar bilan şuğillanmasa böldi.
Ammo odamlarda har xil fikrlar bölişi mumkin. Oxirgi yillarda musulmonlar köpaygani sababli qarşiliklar ham biroz sezilyapti. Boşqa tomondan, bizning musulmonlar ham har doim odobli bölaverişmaydi. Doim ham islomni töğri suratda körsatişolmaydi.
Eng arzon işçi — özbeklar…
Özbeklar Şvetsiyada ham ançagina. Asosan, köpçiligi işlaş uçun borgan. Farroşlik, ustaçilik va şu kabi jismoniy işlarga yollanişadi. Yoki kirakaşlik qilişadi. Aqliy işlarda işlaydiganlari kam. Şvedlarning özlari ham aytib qolişadi: “Oliy maʼlumotli kişilar ham bu yerda şafyor bölib yurişadi”, deb.
Özbeklar Şvetsiyada yangi xalq, yaqin 5–10 yil içida borib joylaşişmoqda. Şuning uçun ota-onalar jismoniy işlar ortidan pul topişsa, ularning bolalari öqib, davlat işlariga ham joylaşa boşlaydi.
Şvedlarda bir gap bor: “Arzon işçi qidirsang, polyakni yolla, undan arzoni —ukrain. Eng arzoni kerak bölsa, özbekni yolla”. Ha, şved uçun arzimagan hisoblangan pul ham özbek uçun mömaygina mablağ.
Şuningdek, Nuriddin mana bunday qöşimça qildi: “Men Şvetsiyadagi eng nufuzli universitetlardan biri bölgan Upsalada farmatsevtika böyiça öqiyman. Talabalarning yarmi şved bölsa, qolgan yarmi boşqa yerlik. Lekin bu oliygohda hozirça mendan boşqa özbek yöq”.
Bola ota-onasidan olib qöyilişi mumkin
Biz Şvetsiyaning qişloğida ham, şaharida ham yaşadik. Qişloqdagi maktab taʼlimi şaharlardagidan ança yaxşi. Öqituvçilarning qiladigan işi kamroq bölgani uçun öquvçilarni bemalolroq öqitadi. Markazlar va çekka hududlarda maktablarning bir xil statusda bölişiga katta eʼtibor qaratişadi.
Şvetsiyaning boşqa barça sohalarida bölmagani kabi taʼlim tizimida ham pora, taniş-bilişçilik kabi illatlar yöq. Biz kiçik sinfligimizdan beri Şvetsiya taʼlimini olayotgan bölsak, bir marta ham pora, degan narsaga duç kelmadik. Balki juda katta bir odamning, vazirning bolasi bölsa, qandaydar “qöllab yuboriş”lar bölişi mumkindir. Lekin unday narslar röy bersa ham, darrov gazetalarga çiqib ketadi.
Onamiz pedagogika böyiça öqidilar. Diplom işida Özbekiston taʼlim tizimi bilan Şvetsiya taʼlim tizimini soliştirgan. Öqib açindik. Yoş qizlar bilan intervyu uyuştirilgan. Baʼzilari: “Yoşligimda yaxşi öqirdim, keyin taşlab ketdim. Oilamiz kambağalroq, ota-onamning meni öqitişga kuçi yetmadi. Heç narsani bilmaydiganlar ham “beş” olib ketaveradi. Öqituvçi öziga beradigan sovğaga qarab baho qöyadi”, deb aytgan… Biz ham Şvetsiyaga dastlab borganimizda moliyaviy ahvolimiz u qadar yaxşi emasdi. Ammo maktabda aʼloçi öquvçilar bölganmiz. Öqituvçi sen puldorning bolasi emassan, yoki begona yurtdansan, deb ajratmagan.
Öqituvçilarning hurmati ham baland. Ortiqça iş qilmaydi. Bir soat dars ötsa, şu darsni ötişga tayyorlangani uçun yana bir soat darsning pulini qöşib berişadi.
Maktab paytida bolaning uyida öqişga xalaqit beradigan holatlar sezilsa, tezda çoralar köriladi. Hatto bola ota-onasidan olib qöyilişi ham mumkin.
Şvetsiyada xalq taʼlimi kabi oliy taʼlim ham tekin. Masalan, talaba oilali bölsa ham, ijarada turişini, yeb-içişini, ostidagi maşinasining xarajatlarini qoplay oladigan darajada pul topa olişi mumkin. Buning uddasidan çiqolmasa, davlat unga juda kam foizli qarz beradi. Qarzni esa aniq bir işga joylaşib, işlaşni boşlaganidan keyin tölaşi mumkin.
Şu örinda aytib ötişimiz kerakki, 14 yilga yaqin vaqt davomida Şvetsiyada yaşayotgan bölsak, Özbekistonda rivojlantirilişi kerak bölgan sohalarni köramiz-da, “Qanday qilib şunga hissa qöşsam, böladi, u yerda olgan bilimim bilan vatanimga qanday naf yetkazişim mumkin”, deb öylaymiz. Qaçondir u yerda özlaştirgan yutuqlarimizni bu yerga olib keliş niyatimiz bor. Eng birinçi özgarişi kerak bölgan soha — taʼlim tizimi. Bu özgarsa, boşqa hamma narsa iziga tuşa boşlaydi.
Qonunga hurmat
Şvedlar qonunni nihoyatda hurmat qilişadi. Masalan, guvohi böldikki, Özbekistonda kimdir yöl harakati qoidasini buzdimi, nohaq bölsa ham, YPX xodimiga eʼtiroz bildirib turaverarkan. Şvetsiyada esa aksinça. “YPX xodimi meni töxtatdi”, deb aytişga uyalişadi. Çunki eşituvçilar ham: “Özingdan ayb ötgan-da”, deyişadi. Yölda ming tirbandlik bölsa ham, çetdagi jamoat transportlari uçun ajratilgan yölga heç kim çiqib ketmaydi. Kutiş kerak bölsa, kutib ötiraverişadi. Eng oddiy narsalarga ham jiddiy qaraşadi. Masalan, köçada yoki binoda kiçik bölsa ham axlat taşlolmaysiz. Jazodan qörqqaningiz uçun emas, uyalganingizdan. Xalqning ongi şunday şakllangan.
Şuningdek, yuqorida taʼlim haqida gapirganda ham aytdikki, korrupsiya urçib ketmagan. Deyarli ön yillarga yaqin vaqtdan beri hokkey öyinlariga hakamlik qilamiz. Şu jarayonda ham biror marta kimdir kelib, bizga pul taklif qilmagan. Şvedlar bu narsa haqida öylab ham körişmaydi, töğrisi.
Matbuot real kuçga ega
Şvetsiya matbuoti real kuçga ega. Biror gazetada qandaydir tanqidiy maqola çiqsa, albatta, tanqid ostiga olingan holat örganilib, çora köriladi. Faoliyati tanqid qilingan bölsa, unga çora körilişidan avval puşaymonlik bilan özi isteʼfoga çiqib ketadigan mansabdorlar ham bor. Bir qiziq misol aytadigan bölsak, Şvetsiyadagi eng katta partiyalardan birining yetakçisi Mona Salin ismli ayol davlatning puliga özi uçun ikki dona şokolad olgan. Oxiri şuni deb işdan ketdi. Xullas, matbuotda biror narsa eʼlon qilinsa, reaksiya va natija, albatta, böladi.
Ğurur
Şvetsiya 100 yil oldin juda yomon ahvolda bölgan. Içkilikbozlik şu darajaga yetganki, aroqni taqiqlaş xalq orasida ovozga qöyilganda natijalar salbiy çiqqan. Işxonalarda pul örniga aroq beriladigan darajaga yetgan. Şu yöl bilan xalqning ongi past darajada uşlab turilgan. Ammo xalq abadiy bunday yaşamaydi. Şunday qilib, şvedlar tarixda heç qaçon hozirgi paytidagidek rivoj topmagan. Bu sababdan ular davlati bilan ğururlanişadi.
Şvetsiyadan çiqib ketadiganlar kam. Ketsa ham, köpinça sovuq iqlimdan qoçib ketişadi. Yoki katta-katta kompaniya rahbarlari boylik orttiriş uçun ketişi mumkin. Çunki Şvetsiyada soliqlar ança baland. Lekin heç kim kun körolmay qolib, davlatni taşlab ketmaydi.
Şved xalqi nihoyatda oddiy, ortiqça narsalarga intilib yubormaydigan xalq. Bir şveddan “Hayotda maqsading nima?” — desangiz, “Volvo”, villa va it”, deb javob beradi. Yaʼni, bitta “Volvo” maşinasi, bitta villasi hamda bitta iti bölsa, kifoya.
Şvedlar uzoq vaqtdan beri osoyiştalik, töqçilikda yaşaşayotgani uçunmi, juda bemalol. Ayniqsa, qişloq joylarda heç qanday muammosi yöqday yaşaşadi. Davlat işlarida işlovçilar tavozeli. Odamlarda bir-biriga bölgan işoniş kuçli. Biz dastlab yaşagan joyda tuxum sotadigan dökonça bor edi. Kamera örnatilmagan, köpinça sotuvçisi ham bölmasdi. Borib tuxumni olasiz, falon dona tuxum oldim, deb yozasiz, pulni taşlab, qaytim qutisidan qaytimni olib ketaverasiz. Bu siz bilan biz uçun hayratlanarli, töğrimi? Vaholanki, biz musulmonmiz, yolğon gapiriş, öğrilik qiliş gunoh ekanini bilamiz.
Yana, vatandoşlarning bir-biriga qiladigan munosabatlari farqli. Bir voqeani aytsak: Özbekistonda emas, Qirğizistonda bölgan. Şunga öxşaş holatlar Özbekistonda ham bölganini eşitganman, lekin guvohi bölmaganman. Xullas, bundan 2–3 yil avval Qirğizistonga qöndik. Aeroportda xodim: “Sumkangni yerga qöy, oç!” — deb qöpol muomala qilyapti. Keyin: “Pasportingni ber”, dedi. Pasportning rangini körib, muomalasi özgardi. Qirğizçada sökib turgan odam, özbekça gapira boşladi. Çet el fuqarosining pasporti bölgani uçun öşa joyda bizga haddi aʼlosida hurmat körsatdi. Özining xalqi bölsa, yerga uraverar ekan.
Özbekistonda buning boşqaçaroq, til bilan boğliq körinişini uçratiş mumkin. Odamlar qaysidir bir çet tilida, asosan, rus tilida yaxşi gapira olişsa, özlarini elita qatlam vakilidek his qilişar ekan. Şvetsiyada ham baʼzi vatandoşlarni köramizki, bolasi bilan ham şved tilida gaplaşadi, köçada ham. Özbekça gapirsangiz, özbek tilini bilmaganga oladi özini. Vaholanki, bu özining zörligini körsatiş emas, balki past ketişdir. Öz ona tilini qadrlamagan xalqdan boşqa nimani ham kutiş mumkin?!
Balki dunyoviy jihatdan ayrim tomonlardan orta qolib ketgandirmiz, ammo milliylik, maʼnaviyat, maʼrifat, diyonat, til nuqtai nazaridan ustunliklarimiz bölsa borki, kam emas. Albatta, bu narsalarni saqlab qola bilmoq juda-juda muhimdir.
Şahzod ŞODMONOV
yozib oldi.
